Strategiyani amalga oshirishning xaqiqiy san’ati – bumos vazifa-larni hal etish uchun nima talab qilinishini aniqlash qobiliyati hisoblanadi. Kichik korxonalarda strategiyani yurituvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri quyi pog‘ona rahbarlariga murojaat qilishi va ish hajmlarini bajarilish, muddatlarini o‘zi nazorat qilishi mumkin. «Nima qilish kerak?»ligini bilish tashkilotning faoliyatini, ishini yaxshi bilish bilan yechiladi.
Samarali tashkilotni shakllantirish. Strategiyani sifatli amalga oshirish ijrochilarning malakasiga, tashkilotning raqobat ko‘nikmalariga va ichki samaradorligiga bog‘liq. Maqsadga mos keladigan tashkilotni yaratish strategiyani amalga oshirishda birinchi darajali vazifadir. Keltirilgan vazifaning quyidagi uch tomoni muhim ahamiyatga ega:
Tayanch lavozimlarga qobiliyatli shaxslarni tanlash;
Tashkilotni asosiy faoliyat yo‘nalishlarida boshqaruv kadrlari, iqtisodiy texnik bilimlar va raqobatli imkoniyatlar bilan ta’minlash;
Tashkilotning strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlaydigan qarorlarni qabul qilish va xo‘jalik ishlarini tashkil etish.
Bilimdonlikni (kompetentlikni) oshirish. Raqobatchilar erisha olmaydigan ko‘nikmalar va tashkilotchilik qobi-liyati – raqobat kurashida ustunlikka ega bo‘lish uchun asos hisoblanadi. Hal etuvchi sohalarni yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash muhim tashkiliy masala hisoblanadi. Strategiyani «a’lo» darajada yaratish orqali raqobat ustunligiga ega bo‘lish mumkin bo‘lmasa, uni sifatli tadbiq etish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin. Firmalar o‘xshash strategiyalar orqali raqobatlashadigan vaziyatda strategiyani samarali tadbiq etilishi raqobat ustunligiga asos bo‘ladi. Masalan, «Honda» kompaniyasining asosiy raqobat ustunligi bu benzinli dvigatellar texnologiyasini yaxshi bilishidir, «Intel» kompaniyasi esa personal kompyuterlar uchun murakkab mikrosxemalarni yaratadi, «Sony» kompaniyasi elektron texnologiyalar sohasida yetakchi hisoblanadi.
Strategiyani tadbiq etuvchilar hal kiluvchi sohalarda ko‘nikmalarning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olishi tavsiya etiladi:
Odatda tor ixtisoslashuv bilangina chegaralanib bo‘lmaydi, firmaning hamma bo‘linmalarida yaratiladigan o‘ziga xos tashkiliy sifat to‘g‘risida gap yuritish lozim.
Ko‘nikmalar ishchi guruhlar va bo‘limlarning hamkorlikdagi faoliyati natijalaridan shakllanganligi sababli brigadirlarga va bo‘lim boshliqlariga kompaniyani raqobat ustunligini shakllantirish majburiyatini yuklab bo‘lmaydi.
Tayanch sohadagi ustunlikni uzoq muddatli raqobatdoshlikka aylantirish uchun ushbu masalaga raqobatchilarga nisbatan ko‘proq e’tiborni qaratish lozim.
Xaridorlarning talablari turlicha o‘zgarishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlarni oldindan aniq ko‘rish mumkin emas. Shu sababli o‘zgarishlarni oldindan prognoz qilish bazasi va ko‘nikmalari yetarlicha keng va moslashuvchan bo‘lishi lozim.
Ko‘nikmalar turli-tuman bo‘lishi quyidagilarni nazarda tutadi:
Insoniy resurslarni va bilimlar bazasini boshqarish.
Narxni yaratuvchi zanjirdagi ishchi guruhlar harakatlarini muvofiqlashtirish.
Ushbu muammolarni yetakchi yoki katta menejerlarga topshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.