Mavzu: Strabonning "Geografiya" asaridagi tarixiy geografik ma’lumotlarning ahamiyati



Download 59,86 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2022
Hajmi59,86 Kb.
#679826
1   2
Bog'liq
9-mavzu Strabon

Kurs ishining maqsadi: O`lkamizning moddiy va madaniy boyliklari tarixini o‘rganishda yunon davri tarixchi olimlarining o’rni alohida hisoblanadi. Chunki san’atshunoslikning arxeologiyaga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Ushbu kurs ishida biz vatanimiz tarixini xolisona yoritishda antik davr malumotlarida foydalanish orqali yoritib berishni maqsad qildik
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • O’lkashunoslik malumotlarni taxlil qilish

  • Antik davrdagi manbalar yurtimiz tarixida tutgan o`nini o’rganish.

  • Strabon asarlarini tahlil etish orqali o’rganish.

Ob’ekti: Tarixiy o`lkashunoslikda Yunon olimlari manbalarini tahlil qilish.
Predmeti: Surxondaryo arxeologiya muzeyi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Ushbu kurs ishining ahamiyati o`lkamizning moddiy va madaniy boyliklari, tarixini o‘rganishda o‘lkashunoslik manbalarining tutgan o‘rnini taxlil qilish.. Antik davr yunon olimlari arxeologiyasiga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Tarixiy yodgorliklarga insoniyat hayotidagi eng muhim voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, inqilobiy harakatlar bo‘lib o‘tgan joylar, atoqli sarkardalar, yirik davlat fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog‘liq voqea joylari, o‘tmishdan bizga meros bo‘lgan qo‘lyozma asarlar manbalari asosida o‘rganiladi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

I bob. Qadimgi yunon tarixchilari asarlarida yurtimiz tarixi.
1.1. Yunon manbalari haqida
Insoniyat o’zining qadimgi tarixiga hamma vaqt qiziqish bilan qarab kelgan.Bu davrni antik dunyo deb ataymiz.Antik dunyoda yashagan bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz.Qadim zamonlardan qolgan va shular asosida biz o’tmish tarixini tiklaydigan narsalarning hammasi ular hoh tosh va boshqa obidalarga yozilgan yozuv bo’lsin,hoh antik muallifning guvohlik berib yozib qoldirgan asarlari bo’lsin,hoh bino yoki mehnat quroli bo’lsin,ana shularning hammasi biron-bir qadimgi davrni o’rganish uchun manbadir.Antil davrning badiiy go’zalligiga asos solgan Gomer ijodidagina enas,shu bilan birga Esxil,Sofokl,Evripid va Aristofan kabi so’z san’atkorlarning nodir adabiyot durdonalari ham bitmas-tuganmas badiiy estetik zavq manbaidir. Gesiod,Geradot,Fukidid,Ksenofont kabi tarixiy nasrni go’zal sahifalar bilan boyitgan ulug’ istedotlarning mo’tabar nomlari ham biz uchun g’oyat qimmatlidir.Bu adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga hos qirralarini kuzatamiz.Gomer davridayoq skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgan edi.Bu o’rinda Gomerning skiflar haqidagi fikri beihtiyor etiborimizni o’ziga jalb etadi.Gomer o’zining poemasida skiflar haqida kuylagan edi,deb yozadi Flaviy Arrian”Aleksandrning yurishi”asarida.Skiflar hqiqatgo’y odamlar bo’lgan,ular Osiyoda yashaydi,biroz kambag’alrog’u,ammo juda haqiqatgo’y.Yunon adibi Gomerdan tashqari yana bir yunon adibi Geradot o’zining asarlarida ham skiflar haqida qiziq-qiziq hikoyalar yozib qoldirgan.Geradot ijodi to’qqizta kitobdan iborat.uchinchi kitobning bir qismi va to’rtinchi kitob to’liq holda skiflar hayotiga bag’ishlangan.Shu o’rinda skiflarning o’zi kimlar,degan savolning tug’ilishi tabiiy.
Skiflar haqida izchil ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan rus olimi V.N.Dyakovning fikricha,skiflar Markaziy Osiyodan tarqalgan,ularning tili shimoliy Eron gruppasiga yaqin edi.Ularning ona tillari O’rta Osiyoda yashovchi sak va massaget qabilalarinikiga o’xshash bo’lgan.Skiflar haqida yirik tadqiqotlar yaratgan yana bir olim L.V.Ditmarning fikricha,skiflar,asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan ko’chmanchi qabilalardan bo’lib,asosan cho’l joylarda yashar edi.
Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz.Ammo uning ijodiga yaqindan yondoshsak,eng avvalo yunon adabiyotining ulug’ namoyondasi bo’lganligining ham guvohi bo’lamiz.To’qqiz kitobning har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya,rivoyat va o’zoga hos tarixiy novellalarini o’z ichiga oladi.Geradot ijodi orqali biz o’sha davrda Markaziy Osiyoda xalq og’zaki ijodi ancha rivoj topganligini bilamiz.Darhqiqat,ilk xalq og’zaki ijodi namunalari hisoblangan “To’maris”,”Shiroq”afsonalarini ham Geradot,Polien ijodida uchratamiz.
Hatto bu afsonalarning ham ma’lum darajada tarixiy asosga ega ekanligini yunon adabiyotining ulug’ namoyandasi Ksenofontning asari orqali bilib olishimiz mumkin.Ksenofonning bundan tashqari “Anabasis” “10000 yurishi” asarlarida qarib yarim asrdan ko’proq davom etgan Eron-Yunon urushi tasvirlanadi.Badiiy adabiyot insoniyat tarixini aks ettiradi.Shuning uchun ham biz ko’pincha Geradot,Ksenofont asarlarini tarixiy asar sifatida qaraymiz.Aslida bu asarlar tarixiy nasrning yorqin namunasidir.Ularda go’zal badiiy ifodani kuzatamiz.O’z o’rnida tarixchilar ham bu asarlarni o’qib tarix haqida xulosa chiqaradilar.
Hamma davrlarda ham tarix fani bilan adabiyot o’ziga hos ravishda chambarchas bog’lanib kelgan. Ushbu kurs ishining mavzusini shu ma’lumotlar bilan bog’ladim va ochib berishga harakat qildim.Kurs ishini II bob to’rt paragrafga bo’lib yoritdim.Kirish,xulosa va adabiyotlar shular ichida.Yana bir ma’lumot antic tarixchilarning asarlari Yunon tarixiga oid eng asosiy yozma manbadir.Gretsiyada tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas.Greklarning tasavvuricha tarix fan emas,balki san’atdan va pand nasihatdan iborat.Shu sababli qadimgi Greklar boshqa fanlar singari tarixning ham o’z muzasi bor,bu muza Kliodir,Klio boshqa muzalar bilan bir qatorda san’atlar boshi Apollon ayyomlari orasida bo’lgan deb hisoblaganlar.Greklar tarixiy voqealar tog’risida chiroyli va pand nasihatli hikoyani hammadan ko’proq qadirlaganlar.Ular,tarixning asosiy vazifasi pand nasihatdan iborat deb hisoblaganlar.
Targ’itoy Zove bilan daryo qizi Borisfenessadan tug’iladi. Targ’itoydan uch o’g’il paydo bo’ladi:Lipoqsay,Arpaqsay va eng kichkinasi Qoloqsay.Bu o’g’illar hayotligida kunlardan bir kun osmondan oltin narsalar yog’iladi.Bular quyidagilar:omoch,arqon,bolta va tovoq.Bu oltin narsalarga katta o’g’il yaqinlashganda,ular o’zlaridan shunday nur taratib yarqiraydiki,orqaga chekinishga majbur bo’ladi.O’rtancha o’g’il yaqinlashganda ham shunday hodisa yuz beradi.Eng kichik o’g’il yaqinlashganda bu oltin buyumlar o’zida yarqiroq nur tararishdan to’xtaydi.Natijada u bu oltinlarni olib,uyga ravona bo’ladi.Shundan so’ng katta o’g’il Lipoqsay kichik ukasi Qoloqsayga shohlikni inom etadi. Hikoya qilishlaricha Lipoqsaydan tarqalgan skiflarni “Avxatoblar”deb atashgan.O’rtancha o’g’il Arpaqsaydan tarqalgan skiflarni “Katiaram” va “Traspiamlar”deyishgan.Kichil o’g’il shoh Qoloqsaydan tarqalgan skiflarni “Paralattamlar”deb nomlaganlar.Skiflar shohi ularni “Skolotlar”deb atashgan.Skiflar esa ulani Ellinlar deb atashgan1 Kunlardan bir kuni Ilon qiz uchta o’g’il tug’adi.Ulardan biriga Agofirs deb nom qo’yadi ,ikkinchisini Gelondeb ataydi.Uchinchisini,eng keyin tug’ilganini Skif deydi.Uch o’g’ildan ikkitasi,ya’ni Agofirs va Gelon otasi Gerakl qo’ygan shartni bajara olmagani uchun,Ilon qiz ularni mamlakatdan quvib yubordi. Eng keyin tug’ilgan kichik o’gil Skif otasi Gerakl shartlarini bajargani uchun,Ilon qiz unga tovoqsimon oltin to’qali qayish bilan bepayon yerlarni beradi.Shundan buyon skiflar bu yerlarda paydo bo’ladilar2.
Bu hikoyaning mazmuniga diqqat bilan e’tibor bersak,Gerodot skiflarga bir qadar hayrihohlik bilan qaraganligining guvohi bo’lamiz.Bu o’z navbatida,olviyalik greklar bilan skif qabilalari o’rtasidagi munosabatlarning ijobiy bo’lganligidan ham dalolat beradi.Albatta,bu afsonadagi voqealarga fantastik bo’yoqlar bilan jilo berilgan.Shunday bo’lsad,bu afsonalarning g’oyaviy ruho xalqlar dilidagi tilak va orzularga hamohangdir.Shunday qilib Gerodotning ijodiy merosi to’qqiz kitobdan iborat bo’lib,har bir kitob yuz ellik va undan ko’p hikoyalarni o’z ichida mujassam etgan.Tadqiqotchilar va tarjimonlar bu hikoyalarni boblarga bo’lishgan.Gerodotning takidlashicha,ularning har qaysisi o’ziga xos alohida hikoyalardir.
Gerodot skiflar taomlariga ham qiziqish bilan qaraydi.Oltmish birinchi hikoyada bu haqida shunday deyiladi:”Jonliqning go’shtini suyagidan ajratadida,qozonga soladi.Suyagini o’choqqa qalab yoqadi va shu bilan qozonni qaynatib go’shtni pishiradi.Mobodo qozon topolmasa,go’shtni jonliqning qorniga soladi-da,suv quyadi.Tagiga suyak qalab yoqadi.Suyak juda yaxshi yonadi.Suyakdan tozalangan go’sht tez pishadi.Taom tayyor bo’lgach qassob bir bo’lak go’shtni va pishirilgan qorinni Hudo yo’liga bag’ishlaydi.Uy hayvonlarining hammasini ham qurbonlik qilaverish mumkin,ayniqsa otni qurbonlik qilish alohida buyurilgan.3
Gerodot skiflarning harbiy odatiga doir ham g’aroyib voqealarni hikoya qiladi.Skiflar birinchi o’ljasi bo’lgan dushmaning hammasining kallasini kesib olib,shoh huzuriga olib keladilar va evaziga shohdan mukofot oladi.Aks holda mukofotdan mahrum bo’ladilar.
Dushmanning boshidagi terisini shunday ajratadi:boshining tepasini qulog’i oldidan aylana shaklida kesadi.So’ngra teri qismini ajratib oladi.Teri yumshoq holda pishgancha qo’lda iylanib,otning boshidagi tog’asiga ilib qo’yadi.Skif otda yurganda uni ko’rib mag’rurlanadi.Dushmanni kallasining terisidan ko’pchilik otlariga yugan,jabduq qilib olishgan.Agar bunday terilar ko’payib ketda o’zlari uchun kishilik kiyim qilib,kiyib oladilar.Ko’pincha o’lja olingan dushmanning o’ng qo’lining terisini shilib olib,yoy va uning o’qlarini solib qo’yadigan qin yasab oladilar.Haqiqatdan ham odam terisini juda qalin,yarqiroq va chidamli bo’ladi.Ko’pincha dushman terisini butunlay shilib olib:tayoqqa kiydiradilar,o’zlari bilan birga otda olib yuradilar.4
Peloponnes urushiga bag’ishlagan tarixning muallifi va zamondoshi Fukidid(eramizdan avvalgi 460-359-yillar).Gerodotdan atigi yigirma to’rt tosh kichik edi.Lekin shunday bo’lsa ham u boshqa zamon va boshqa dunyoqarashli kishisi edi.Fukididning tarixi antic dunyoning eng zo’r tarixiy asarlaridan biridir.Bu tarix o’z tuzilishi jihatdan,turli faktlarning sabablari va natijalarini chuqur analiz qilish jihatidan hamda o’z tasvirotining aniqligi jihatidan juda ajoyibdir.Fukidid birinchi bo’lib bo’lib tarixi pand-nasihat qiluvchi fan deb hisoblangan edi.U yozgan ediki,tarixning maqsadi,ilgari o’ylaganlaridek,o’tmish haqida qiziqarli hikoya qilib berishdan iborat,toki avlodlar undan foyda chiqara olsinlar. U yozgan ediki, biron-bir ahamiyatsiz tarixiy faktni to’g’ri va oddiyligina bayon qilish uni turli uydirmalar bilan bezab bezashdan ko’ra hiyla yaxshiroqdir.Bu fikrlar,shubhasiz,tarix fanida o’sha zamon uchun progressiv fikrlardir. Fukididnig hizmati ana shundan ham iboratki,u o’z tarixida faqat o’z ko’zi bilan ko’rgan-bilgan kishilarining shahodatidangina foydalanib qolmasdan,shu bilan birga hujjatli manbalar-shartnomalar va har xil obidalarga yozilgan yozuvlardan ham foydalangan.Shu tariqa u birinchi bo’lib tarix sohasiga obyektiv manbalarni dohil qilgan. Fukidid tarixi o’sha davrning ilmiy asarlaridir5.U jiddiy xronologik tarzda yozilgan,unda u yoki boshqa boshqalarning sabab va natijalari manbalarga asoslangan holda bayon qilib,beriladi.Fukidid tarixiy taraqqiyotni turli hildagi kishilar va guruhlar manfaatlarining kurashi natijasi deb qaragan.Uning tarixining birinchi,muqaddima kitobida eng qadim zamonlardir boshlab Gretsiya tarixi qisqacha bayon qilinadi.
Strabonning o’n yeti kitobdan iborat “Geografiya”asari jahon adabiyotida o’zining munosib o’rniga ega.Asarda antik davrlarga oid juda boy materiallar bor.Bu materiallar ayniqsa tarxiy jihatdan qimmatlidir.”Geografiya”asari o’z davri uchungina emas,bugungi kunda bizning zamondoshlarimiz uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotmoqda.Bu asar juda ko’plab mamlakatlar va xalqlar tarixiga bag’ishlangan.Nomlanishi “Geografiya”deb atalsa ham asar boshdan-ohirigacha dunyo xalqlari,ellatlarining faqat joylanish chizg’ilaridan iboratdir,deb tushunmaslik kerak.Asarni o’qir ekanmiz,ilmiy va badiiy qimatga ega bo’lgan yorqin ifoda va ma’lumotlarga duch kelamiz.Bu asar jug’rofiya fanining rivojida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,u antik adabiyot tarixini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamdir. Chunki adib antik dunyoda yashagan,ijod qilgan shoirlar,fojianavislar ijodiga to’xtalar ekan,o’z asaridan ko’pgina sahifalarni adabiyot mavzusiga bag’ishlagan va adabiyotning o’ziga hos hususiyatlari haqida qimmatli fikrlarni bayon qila olgan.Bu asar hajm jihatdan katta va keng bo’lib qolmasdan,mazmunan ham juda boy asardir.Bu asar Strabon nomini dunyoga tanitdi.Asarning yana bir muhim hususiyatlaridan biri shundaki,unda etetik zavq bag’ishlovchi lavhalar juda ko’p6.Strabon o’z asarida xalqimizning qadimdan mabud va mabudalarga sig’inganligini takidlab o’tadi.Strabonning bu keltirib o’tganlari biz uchun muhim fakt hisoblanadi.Bu keltirib o’tilgan faktlar haqiqatga juda yaqin.
Shunday qilib Strabonning “Geografiya”asari o’lkamizning antik davrlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.Bu allomaning asarini o’qib,O’rta Osiyodagi shaharlar va daryolar tarixi bilangina tanishib qolmasdan,balki bu yerdagi xalqlarning urf-odatlari,rasm-rusumlari,hayoti va turmush tarzi haqidaham ma’lumot olamiz.Muhim tomoni shundaki,Strabon boshqalar aytgan fikrlarni takrorlamasdan,yangi-yangi fikrlarni,dalillarni keltiradi.Albatta, boshqa antic adiblar singari Strabon ijodida ham ayrim chalkash fikrlar uchraydi.Lekin aksariyat hollarda,adib voqealar bayoniga obyektiv pozitsiyadan qarashga harakat qilgan.Yana bir muhim jihat shundaki,Strabon bobokalonlarimiz hayotidan aniq dalillar asosida hikoya qilada.Biz bu hikoyalar orqali uzoq o’tmishning poyonsiz kengliklari bo’ylab parvoz qilish sharafiga muyassar bo’lamiz.7

1.2. Fozila Sulaymonova tadqiqotlarida yunon manbalari.


Markaziy Osiyo, jumladan Movarounnahrning qulay jug‘rofiy sharoiti, tabiati, iqlimi mintaqada odamlarning uzoq o‘tmishda bu yerlarda o‘troqlashib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini, tabiiy sharoitdan kelib chiqib yerlarni sug‘orish usuli bilan hosilolganligini ko‘rsatadi. Bu esa mintaqada madaniyatning ancha erta, bir necha ming yillar avval shakllanishi ta’minlaganidan dalolatdir. Uning yorqin isboti so‘nggi o‘n yilliklarda arxeologlar tomonidan ochilayotgan shahar vayronalari, moddiy madaniyat qoldiqlari va ibtidoiy bo‘lsa-da, san’at asarlaridir.Hech qachon hech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o‘z holicha yashagan emas, aks holda hech qanday taraqqiyot bo‘lmagan bo‘lar edi. Eng qadimiy va antik davrlardauzoq masofalarni ot-ulovda bosib o‘tish ancha mushkul bo‘lganvaqtlarda ajdodlarimiz Misr, Bobil, Markaziy Gretsiya, Yunoniston kabi mintaqalar bilan aloqa qilganlar. Ipak yo‘lining ko‘p qismi mamlakatimizdan o‘tishi hunarmandchilik, savdo-sotiqning erta va keng rivojlanishiga olib keldi. Ajdodlarimiz shunchalik ishchan va uddaburo bo‘lganlarki, Vizantiyaimperatorlariuzoq vaqtlarga qadar o‘zlarining diplomatik va moliya ishlariga samarqandliklarni, umuman, vatanimiz vakillarini jalb etganlar. Uzoq o‘tmishda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarningyozuvlari — xorazm yozuvi, parfiya yozuvi, sug‘d yozuvi, grekbaqtriya yozuvi, qadimgi turkiy yozuv bo‘lsa-da, bizgacha ularning yirik namunalari saqlanib qolmagan. Hatto zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"ning faqat uchdan bir qismigina bizgacha yetib kelgan. Vatanimizninguzoq o‘tmishi haqidagi asosiy ma’lumotlarni arxeologiya 3 topilmalari, Yaqin Sharq mamlakatlarida qadimda yashagan xalqlardan qolgan yozma yodgorliklar, qadimiy Gretsiya va Rim mualliflarining asarlaridan topamiz. Bu o‘rinda Herodot, Ktesiy, Strabon, Arrian, Diodor va b. asarlari beqiyos qimmatlidir. Afsuski, haligacha xalqlarimizning uzoq o‘tmishini,ularning umum insoniy madaniyat rivojiga qanday hissa qo‘shganini yorituvchi asarlar yaratilmadi. Ko‘p yillar davomida Toshkent Davlat universitetida chet ellar adabiyotidan dars o‘tib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi institutlarida tadqiqot olib borar ekanman, madaniyat, adabiyotdagi mushtaraklik meni qiziqtirib keldi. Ammo ilmiy adabiyotda bu holatni yorituvchi asarlar yaqin vaqtgacha yozilmagan. Borlari ham ko‘pincha yevropotsentrizm nuqtai nazaridan, Sharq xalqlari, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini mensimaslik nuqtai nazaridan fakt va voqealarni talqin qiladi. Hanuzgacha markaziy shaharlarda bosmadan chiqqan asarlarda skif madaniyati, san’atining shakllanishi va rivojida mintaqamiz xalqlarining roli inkor etiladi. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi va madaniyati bir-biridan ajratilgan holda tadqiq etiladi (Drevniye sivilizatsii, M., 1989 va hokazo). O‘rta asrlar degan ibora Uyg‘onish davrida kelib chiqqan bo‘lib, ikki buyuk madaniyat, yorqin hayot antik davri va Uyg‘onish davrining oralig‘i mudhish qoloqlik, diniy jaholat hukmron bo‘lgan davr deb hisoblangan. Urta asrlar ham o‘z navbatida ilk va yetuk davrlarga bo‘lingan, birinchisi Rim imperiyasi qulagan davrdan to XI-XSH asrgacha, ikkinchisi XSH-X1U asrlardan to XVII asrgacha, ya’ni Ovrupo qit’asidagi birinchi burjua inqilobigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ovrupo mamlakatlari tarixini bunday davrlashtirish so‘ngti vaqtlarda, 70-80 yillarda ro‘y berdi. Avvallari Uyg‘onish davrigacha bo‘lgan davrlar o‘rta asrlar deb hisoblangan.Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda cherkov, monastir arxivlarida, kutubxonalarda qadimiy qo‘lyozmalar topilgan. Ular asosan XSH-X1U asrlarda yangicha fikrlovchi averroistchi olimlar tomonidan yaratilgan va cherkov xodimlari ataylab buzgan asarlar nusxalari edi. Ma’lum bo‘ldiki, O‘rta asrlarda hayot osoyishta bo‘lmagan, mafkuralar, g‘oyalar, diniy va e’tiqodlarning keskin kurashi, diniy bid’atlar shakli ostida feodal tuzumi va uning mafkurasi bo‘lmish isaviya diniga qarshi dahshatli kurash, janglar bo‘lib o‘tgan. Topilmalar O‘rta 4 asrlar haqidagi tushunchani mutloq o‘zgartirib yubordi, tarixchi olimlar u davr keskin ziddiyatlar, kurashlar davri bo‘lgan (V.I.Rutenburg, N.I.Konrad, ML.Batkin, L.A.Kotelnikova, A.L.Gurvich, A.X.Gorfunkel, A.L.Yastrebitskaya, M.T. D'Aliverni, YE.Jilson, K.Bost, A.Mayyer,M.Grabman, G.Ley va b.) deydilar. Bu fikr umuman o‘rta asrlar emas, balki XI-XSH asrlardan keyingi, ya’ni Sharq bilan aloqa o‘rnatilgan va bu aloqa ta’siri ostida Ovrupo xalqlari ma’naviy hayotida o‘zgarishlar ro‘y bera boshlagan davrga taalluqli deb hisoblayman. Undan avvalgi yetti-sakkiz asrni o‘z ichiga olgan davr haqiqatan jaholat, zulmat, o‘ta qoloqlik davri bo‘lgani shubhasiz. Ispaniyada salkam sakkiz asr davom etgan arablar hukmronligi, yarim orolda Sharq madaniyati, ilm-fan, falsafa, badiiy adabiyotning rivojlanishi, xalifalikni tashkil etgan boshqa xalqlar, ayniqsa Movarounnahr, Eronmadaniyatining arablar tomonidan o‘zlashtirilishi, Ispaniyada esa yanada takomillashtirilishi (Ibn Ro‘shd) Ovrupoxalqlari, ayniqsa Ispaniya bilan chegaradosh mamlakatlar uchun izsiz kechmadi. Aksincha, Garb mamlakatlari xalqlari madaniyati shakllanishi va rivojiga turtki bo‘ldi. Ko‘p olimlar USH-XSH asrlar oralig‘ida Afrika qirg‘oqlari va Pireney yarim orolidan to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan mintaqada yaratilgan texnik, tabiat, tibbiyot, astronomiya, matematika, falsafa fanlari yutuqlarini Ovrupo o‘zlashtirishi uchun besh asrdan ortiq vaqt kerak bo‘ldi, deb tan oladilar. Bu haqda italyan adabiyotining bilimdoni I.N.Golenshsev-Kutuzov fransuz olimi G.Quardi ("Arab falsafasi o‘rta asr Ovruposida", Parij, 1847) asariga suyangan holda shunday deydi: "Bag‘dodda Obbosiylar, Kordovada Umaviylar va Almoviylar saroyida UI-XN asrlarda O‘rta Osiyoda musulmon matematik va mutafakkirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ajoyib olimlar maktablari faoliyat ko‘rsatdi. Ular ilm-fanning yuksak rivojini ta’minladilar. Shunday qilib, Samarqanddan Toledogacha yaxlit bir madaniy taraqqiyot yo‘li cho‘zildi. Ovrupo to XII asrgacha grek-arab fanining chekka viloyati edi, xolos" .Ispaniyada shakllangan tarjimonlar maktabi nafaqat "grek-arab fani"gina emas, balki Movarounnahr olimfaylasuflari Muhammad Muso Xorazmiy, Forobiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi o‘nlab olimlarningasarlaridan ham G‘arbiy Ovruponi bahramand qildi. Sharq olimlari merosini tarjima etish borasida Ovrupo mamlakatlarida mingga yaqin tarjimonlar mehnat qildilar. 5 X1-X1U asrlarda Ovrupo xalqlari ziyolilari uchun arab til lni bilish, Sharq madaniyati, ilm-fani, adabiyoti bilan yuz; ki bo‘lsa-da, tanish bo‘lmoqlik shart hisoblangan. G‘arbiy Ovrupodagi birorta universitet, ayniqsa, tibbiyot fakulteti arab fani va tilisiz faoliyat ko‘rishi g‘ayritabiiy bo‘lgan. Sharq ilm-fani, falsafasi Ispaniyaga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, unga chegaradosh Janubiy Fransiyaga, XIII asr o‘rtalarida esa Shartr universiteti, u tor-mor etilgach, Parij universiteti olim va talabalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.Fransuz olimi Gyuining fikricha, Ovrupoda XP-XSH asrlarda Sharq olimlari asarlari tarjimasi bilan tanishgach, umuman Sharq va uning madaniyati bilan yaqinlashish ehtiyoji tug‘iladi. "1311-1312 yillar Vena soborining qaroriga binoan Parij, Rim, Oksford, Bolonya, Salomank universitetlarida sharq tillari kafedralari tashkil etiladi. Maqsad Sharq fani xazinalaridan foydalanish edi. 1587 yili esa Fransiya koroli Genrix Shning buyrug‘iga binoan Kollej de Fransda arab tili kafedrasi ochiladi (XVI asr oxiriga kelib Sharq tillari institutiga aylanadi, u hozir ham mavjud-F.S)" . Haqiqatan, Ovrupoda ilohiyot, isaviya dini ta’limoti emas, inson tajribasiga, inson mafkurasiga asoslangan haqiqiy ilm-fanning, ratsionalistik dunyoqarashning shakllanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sharq olimlari asarlari ta’siri ostida ro‘y berdi. 1270 va 1277 yillari Parij yepiskopi e’lon qilgan qatag‘ondan keyin lotin averroistchilari deb nom olgan Forobiy, Ibn Sino, Ibn Ro‘shd ta’limotlarining tarafdorlari boshqa mamlakatlar, ayniqsa, Shimoliy Italiyadan boshpana topadilar. XIII asr oxiri va XIV asr davomida Bolonya, Paduya, Genuya kabi shaharlar universitetlari lotin averroizmi markaziga aylanadi. Sharq ta’siri faqat ilm-fan, falsafadagina emas, adabiyotda ham ancha sezilarli bo‘lgan. Ovrupoda dunyoviy mazmundagi adabiyot dastavval Ispaniyada, avval arab tilida, keyincha mulamma (shiru shakar) turida shakllanadi. Bu she’rlar ko‘pincha zajal va muvashshax janrlarida yaratilgan bo‘lib, ayniqsa zajal keng rivoj topgan. Zajal ashula sifatida musiqa bilan ijro etilar, naqorati tinglovchilar ishtirokida ko‘pchilik bo‘lib aytilgan. Bu janr shunchalik keng tarqalgan ediki, shahar va qishloqlarda sayyoh truppalar tomonidan ispan, arab, yahudiylar orasidagina emas, chegaradosh Fransiyada ham bijro etilgan va katta qiziqish bilan tinglangan. Zajalning muvaffaqiyatidan mutasavvuflar (Ibn al-Arabiy) ham keng foydalanganlar, ular zikr tushishlarda aynan shu janrni qo‘llaganlar. Sharq bilan uchrashmaguncha Ovrupo mamlakatlari,hatto ilgor hisoblangan Fransiyada ham yozma adabiyot din arboblari tomonidan diniy mazmunda, lotin tilida yaratilgan asarlardan iborat bo‘lgan. XIII asrga kelib ilg‘or mamlakatlarda feodalizm tuzumi shakllanib bitgan, ritsarlik o‘z mavqeini o‘rnatgan edi. Bu jarayon, ayniqsa, Fransiyaning janubidagi Provansda erta boshlanadi. Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalarining o‘rnatilishi, salb yurishlari, ayniqsa, arab Ispaniyasi ta’siri ostida Fransuz feodal jamiyati hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. XUN-XUSH asrlarda yashab ijod etgan ovrupolik olimlar milliy til va dunyoviy mazmundagi eng qadimiy she’riyat— provansal she’riyati arab Ispaniyasida keng tarqalgan she’riyat ta’siri ostida shakllangan degan fikrni olg‘a suradi. Bular orasida eng ko‘zga ko‘ringanlari Huyye, "Original romanslar", 1693; Massiye, "Fransuz poeziyasi tarixi", 1739; Quadrio "SHe’riyat tarixi", 1749; Andre, "Adabiyot tarixi",1808; Sismondi, "Fransiya adabiyoti tarixi", 1814; Jengene, "Italiya adabiyoti tarixi", 1811; Uarton, "Ingliz she’riyati tarixi", 1824 va boshqalarda "Ovrupoda eng qadimiy deb tan olingan provans trubadurlari she’riyati va sivilizatsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ispan arablari ta’siri ostida kelib chiqdi" deyiladi. Sismondi esa salb yurishlari davriga baho berib, ayniqsa "Provansda arab Ispaniyasi ta’siri ostida madaniyat, ilm-fan (Ibi Sino), falsafa (Ibn Ro‘shd), trubadurlar she’riyati ayniqsa rivoj etgani" haqida yozadi. Olim "arablar ta’siri Sitsiliya orqali ham kelgan" , degan fikrni ham bayon etadi. X1-XI asrlarda Fransiyaning janubidagi Ispaniyaga chegaradosh bo‘lgan Provansda Ovrupoda birinchi bo‘lib pul aloqalari, savdo, hunarmandchilik, madaniyat, ilm-fan, san’at, adabiyot shakllanib, rivoj topadi, shaharlar obodbo‘lib, mavqei oshadi. Ispaniyadan taklif etilgan arxitektorlar hashamatli binolar quradilar. Haqiqiy ritsarlik ham dastavval Provansda shakllanadi Endilikda ritsarlarning bilim darajasi kengayadi, qahramonlik, botirlik idealiga madaniyatlilik, saxiylik, olijanoblik-; nazokatlilik, bilimdonlik, oshiqlik tushunchalari ham qo‘shiladi. Dinda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Islomdagi ismoiliilik ta’siri ostida shakllangan katar bid’ati qit’alar oshib Janubiy Fransiya, Provansgacha borpb yetadi va albigoychilik nomi ostida keng tarqaladi. Katarlar ta’limoti ismoilizm, moniylik va zardushtiylik ta’limotlari ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, "Har bir insonda Iso payg‘ambar tanasining zarrachasi bor, shuning uchun uni haqoratlab, qiynab bo‘lmaydi" deydilar (bu o‘rinda zardushtiylarning" "har bir jonzod va o‘simlikda quyosh zarrachasi bor" degan g‘oyasini eslaylik). XIII asrda Rim papasi unga qarshisalb yurishi uyushtirib, boy shaharlar, zodagonlar qasrlarini vayron qiladi, aholini qiradi. Ispaniyaga chegaradosh bo‘lgan boy o‘lka vayronaga aylanadi. Ritsarlik g‘oyasi dastavval Provansda shakllanganidek ritsar adabiyoti, asosan she’riyati ham shu o‘lkada shakllanadi. Endilikda maxsus shoirlar paydo bo‘ladilar, asar tili, uslubiga katta ahamiyat beriladi, she’rda hech qanday qo‘pol so‘zlar ishlatilmaydi. Provansda adabiy til ham shakllanadi. Provans shoirlari trubadur yoki truver deb ataladilar.


II bob. Strabonning “Geografiya ” asari muhim manba sifatida
2.1.Strabon asarlarining ilmiy ahamiyati.
Skiflar haqida izchil ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan rus olimi V.N.Dyakovning fikricha,skiflar Markaziy Osiyodan tarqalgan,ularning tili shimoliy Eron gruppasiga yaqin edi.Ularning ona tillari O’rta Osiyoda yashovchi sak va massaget qabilalarinikiga o’xshash bo’lgan.Skiflar haqida yirik tadqiqotlar yaratgan yana bir olim L.V.Ditmarning fikricha,skiflar,asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan ko’chmanchi qabilalardan bo’lib,asosan cho’l joylarda yashar edi.
Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz.Ammo uning ijodiga yaqindan yondoshsak,eng avvalo yunon adabiyotining ulug’ namoyondasi bo’lganligining ham guvohi bo’lamiz.To’qqiz kitobning har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya,rivoyat va o’zoga hos tarixiy novellalarini o’z ichiga oladi.Geradot ijodi orqali biz o’sha davrda Markaziy Osiyoda xalq og’zaki ijodi ancha rivoj topganligini bilamiz.Darhqiqat,ilk xalq og’zaki ijodi namunalari hisoblangan “To’maris”,”Shiroq”afsonalarini ham Geradot,Polien ijodida uchratamiz.
Hatto bu afsonalarning ham ma’lum darajada tarixiy asosga ega ekanligini yunon adabiyotining ulug’ namoyandasi Ksenofontning asari orqali bilib olishimiz mumkin.Ksenofonning bundan tashqari “Anabasis” “10000 yurishi” asarlarida qarib yarim asrdan ko’proq davom etgan Eron-Yunon urushi tasvirlanadi.Badiiy adabiyot insoniyat tarixini aks ettiradi.Shuning uchun ham biz ko’pincha Geradot,Ksenofont asarlarini tarixiy asar sifatida qaraymiz.Aslida bu asarlar tarixiy nasrning yorqin namunasidir.Ularda go’zal badiiy ifodani kuzatamiz.O’z o’rnida tarixchilar ham bu asarlarni o’qib tarix haqida xulosa chiqaradilar.
Hamma davrlarda ham tarix fani bilan adabiyot o’ziga hos ravishda chambarchas bog’lanib kelgan. Ushbu kurs ishining mavzusini shu ma’lumotlar bilan bog’ladim va ochib berishga harakat qildim.Kurs ishini II bob to’rt paragrafga bo’lib yoritdim.Kirish,xulosa va adabiyotlar shular ichida.Yana bir ma’lumot antic tarixchilarning asarlari Yunon tarixiga oid eng asosiy yozma manbadir.Gretsiyada tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas.Greklarning tasavvuricha tarix fan emas,balki san’atdan va pand nasihatdan iborat.Shu sababli qadimgi Greklar boshqa fanlar singari tarixning ham o’z muzasi bor,bu muza Kliodir,Klio boshqa muzalar bilan bir qatorda san’atlar boshi Apollon ayyomlari orasida bo’lgan deb hisoblaganlar.Greklar tarixiy voqealar tog’risida chiroyli va pand nasihatli hikoyani hammadan ko’proq qadirlaganlar.Ular,tarixning asosiy vazifasi pand nasihatdan iborat deb hisoblaganlar. “Xo’jalik haqida”gi traktatasida u eramizdan avvalgi IV asrdan Gretiyaning ekonomikasiga oid muhim faktlarni yoritib beradi. “Lakedemon politsiaysi” asarida u Spartaning konservativ aristokratik tuzimini ideallashtiradi. Ksenofont dunyoqarashining reaksion belgilari bor edi:U Eronning monarxik tuzimiga,Spartaning aristokratik tartiblariga hayrihohlik bilan qarardi.Sparta esa o’sha vaqtda tezlik bilan inqirozga yuz tuta boshlagan edi.Bu hol Ksenofontning Gretsiya tarixining ba’zi voqealarini g’arazli suratga bayon qilishga olib keldi.
Eramizdan avvalgi IV asrda faylasuf Aristotelning “Afina polotsiyasi”nomli tarixiy asari g’oyat muhim asaridir.Aristotel umuman davlat haqida qayta,asosli asarpometiya tayyorlar ekan,o’sha davrdagi barcha grek davlatlarining va ba’zi boshqa davlatlarining siyosiy tuzimining o’rganishga qaror qilgan8.U shogirdlari bilan barcha 158 pometiya yozgan,ya’ni ayrim davlatlarning siyosiy tuzimini tasvirlab ko’rsatgan.Bizning davrimizgacha faqat “Afina politsiyasi” yetib kelgan.Bu asar Misrda o’tkazilgan arxeologik qazishlar vaqtida grek papiruslaridan biriga yozilgan holda topilgan.Bu asar ilk bor XIX asr ohirida nashr etilgan. ”Afina politsiyasi” ikki asosiy qismga bo’linadi.Birinchi qismga eramizdan avvalgi VII asrdan boshlab Afina tarixi beriladi,ikkinchi qismda Afina davlatini boshqarish obzori berilib,Afinada qanday muassasalar ishlaganligi,saylovlar qanday o’tganligi va h.k ko’rsatiladi. ”Afina politsiyasi”eramizdan avvalgi V va IV asrlardagi Afina tarixiga oid muhim manbadir.9
So’g’diyonaning antik hayoti haqida yozilgan qisqa bir satr ham butun bir romanning kuchiga tatiydi.Chunki buning sababi,o’sha davrdan xabar beruvchi badiiy ijod namunalarining juda kamligidir. Roman sahifalarida varvarlarning urf-odatlariga keng o’rin ajratilgan.Asarda yozilishicha,Aleksandr varvarlarning urf-odatiga amal qilgan.Hatto varvarlarning milliy kiyimlarini kiyib yurshni maqul ko’rgan10.Mana shu ma’lumotdan ham ko’rinib turibdiki,eramizdan avvalgi 329-327-yllardayoq So’g’diyonada yashagan elatlarning o’z milliy kiyimlari,o’ziga hos urf-odatlari mavjud bo’lgan.Hatto ularning urf-odatlari va milliy kiyimlari makedonlarga ham manzur bo’lgan.
Shundan qilib,Plutarxning “Aleksandr” asari O’rta Osiyo haqida, qadimiy so’g’diyona tarixi va bu yerlarda bo’lib o’tgan qiziq-qiziq voqealar haqida anchagin bizga ma’lumot beradi.Bu asar ona yurtimizning,qadrdon elimizning,jonajon shahrimiz,hattoki qishloqlarimizning antic davridan hikoya qiluvchi nodir adabiyot yodgorligidir.
Antik geograflarning asarlari juda qimmatli manbadir.Strabon eramizdan avvalgi 64-63-yillrda Amasiya viloyatida tug’iladi.Strabon yoshligidan g’aroyib sarguzashtlarga boy voqealarni tinglashni juda sevardi.Ayniqsa yosh bolakayning qalbini dengizchilarning sayohatlari o’ziga asir etgan edi.Strabon yoshligida zamonasining mashhur ahllari qo’lida ta’lim oladi.Amislik Tirannion Strabonning birinchi ustozi bo’lgan.U vatandoshlari “Yangi Aristotel”deb atshgan.Strabonning ikkinchi ustozi Aristomed edi.Strabon qirq uch kitobdan iborat “Tarixiy kundaliklar”asarini yaratadi. Eramizdan avvalgi I asrning ikkinchi yarmida yashagan geograf olim Strabon asarlarida hususan tarixga oid ko’p ma’lumotlar bor.U o’zining “Geografiya”asarida turli mamlakatlarning tabiatiga oid ma’lumotlar haqida so’zlab qolmasdan,ulardagi xalqlarning hayoti va tarixi haqida ham so’zlaydi.
Krit orolida va Gretsiya hududida,Pilos va Mikenada o’tkazilgan qazuvlar vaqtida topilgan lavhalardagi yozuvlar chiziq xat deb ataluvchi maxsus yozuv bilan yozilgan.Bu yozuvlarni faqat bizning asarlarimiznining 50-yillaridagina o’qish mumkin bo’ldi. Bu yozuvli lavhalar eramizdan avvalgi II ming yillikdagi eng qadimiy Gretsiyaning iqtisodiyoti va ijtimoiy munosabatlariga oid o’ziga hos bir manbadir. Ellinizm davriga oid papiruslar juda muhim tarixiy manbadir. Bu papiruslar moliya hisobotlaridan,qarz tilxatlaridan, xatlardan,davlat qarorlaridan,aholi va mol-mulk ro’yxatlaridan buyruqlar va shu kabilardan iborat.Bundan tashqari,yana hunday papiruslar topilganki,ularda badiiy asarlar va tarixchilarning asarlari yozilgan11.
Arxeologik tadqiqotlar ellinizm davrini qaytadan bunyod qilish uchun juda ko’p ishlar qilindi.Qadimgi Pergameda o’tkazilgan qazuvda ayniqsa katta ishlar qilindi.Hozirgi Turkiyaning Bergama shahri o’rnida qadimgi Pergamening Akropoli o’rganib chiqilgan.Ushbu asrda Mesopotamiya hududida,Gretsiya Kipr,Italiya va Kichik Osiyoning turli viloyatlarida ham katta-katta qazishmalar o’tkazildi.
Shunday qilib,arxeologik tadqiqotlar Gretsiya tarixiga hamda Gretsiya bilan mahkam,uzilmas aloqada bo’lgan va qadimgi grek madaniyatining tasirini boshdan kechirgan xalqlarning tarixiga oid asosiy manbalardan biridir.
Strabonning o’n yetti kitobdan iborat yirik asari juda ko’plab mamlakatlar va xalqlar tarixiga bag’ishlangandir. Strabonning o’zi yer yuzining yuzlab o’lkalarida, minglab katta-katta shaharlarda bo’ladi. Uzi bo’lgan elatlarning tarixini ko’rgan va bilgan voqyealari asosida yoritsa, uzoq yurtlarga oid faktlarni aniq manbalar, tarixiy kitoblardan qidiradi. Nomlanishi «Geografiya» deb atalsa ham, asar boshdan oxirigacha dunyo xalqlari, elatlarining faqat joylanish chizgilaridan iboratdir, deb tushunmaslik kerak. Asarni o’qir ekanmiz, ilmiy va badiiy qimmatta ega bo’lgan yorqin ifoda va ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu asar jo’g’rofnya fanining rivojida katta rol o’ynaydi. Shuningdek, u antik adabiyot tarixini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamdir. Chunki, adib antik dunyoda ijod qilgan shoirlar, fojianavislar ijodiga to’xtalar ekan, o’z asaridan ko’pgina sahifalarni adabiyot mavzuiga bag’ishlagan va adabiyotning o’ziga xos xususiyati haqida qim-matln fikrlarni bayon qila olgan. Muhim tomoni shundaki, Strabon o’tmishdoshlari bo’lgan shoirlarnp shunchaki tilga olib o’tmasdan, ularning ijodiga keng to’xtaladi, asarlaridan katta-katta parchalar keltirib, ularga o’z munosabatini bildiradi. Alohida adiblar ijodigagina emas, adabiyotning umumiy yo’nalishlariga, rivojlanish yo’llariga ham keng to’xtaladi. Shoirlar ijodini baholashda Strabon o’zining kuchli ilmiy fikrlariga tayanadi. Ayniqsa, Homer, Sofokl, Yevripid, Kallimax ijodi yuzasidan bildirgan gxulosalari ko’p jihatdan qimmatlidir. Shu tufayli «Geografiya» asarini faqat jo’g’rofiya tarixi uchungina ahamiyatli, deb qarash biryoqlamalikdir. Strabon ensiklopedist olim sifatida tarix, adabiyot jo’g’rofiya, etnografiya fanlarining uzviy bog’liqligi nuqtai nazaridan masalaga keng va mufassal to’xtaladi. «Geografiya» hajm jihatdan yirik asar bo’lib qolmasdan, mazmunan ham juda boydir. Bu asar Strabon nomini jahonga tanitdi. Asarning yana muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda estetik zavq bag’ishlovchi lavhalar juda ko’p. Strabon o’z asarida go’zal badiiy ifodalarga juda keng o’rin beradi. .Mamlakatlar, o’lkalar tabiati go’zal badiiy bo’yoqlar bilan sug’oriladi. Kitobda O’rta Osiyoda yashovchi sak, so’g’d, skif, massaget qabilalari o’tmishn alohida qayd qilib o’tiladi. XII—XIII— XIV kitoblarda Kichik Osiyo tarixi yoritiladi. XV kitobdan ham Eron va Hindiston davlatlari haqida qimmatli ma’lumotlar olamiz. XVI kitob Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Assiriya, Vaviloniya, Messopotamiya, Suriya, Finikiya, Arab mamla-katlaridan hikoya kiladi. XVII kitob esa Misr, Efiopiya, Liviya o’lkalariga bagishlangan. Strabon Kaspiy dengizining sharq qismida yashovchi massagetlar hayotiga to’xtalar ekan, bu qabilalar haqida ilgari o’tgan muarrixlar qariyb hyech narsa yozmaganliginp ta’kidlaydi. Yezilganlari ham juda oz yoki yetarlicha anik ma’lumotlar bermaydi, deydi. Muallif Qora dengiznnng shimoliy qismida yashovchi skif, sarmat qabilalari haqida to’xtalar ekan, bu joylar «varvarlarning yerlari» deydi. Albatta, Qora dengiznnng shimol qismida yashovchi skiflar, Kaspiy dengizining sharqiy kismida joylashgan massagetlar haqida grek va Rim adiblari ilgari ham yozishgan. Bu haqda Gerodotning ijodidan ancha kengroq ma’lumotlar olamiz. Rimliklar Vengriya, Ruminiya yerlarini bosib olib, to Dunay daryosi bo’ylarigacha kelgan edi. Birok ular O’rta Osiyoga yurpsh qilishni nazarda tutmagan edilar. Rimliklarning bos-tirib kelayotganini eshitgan Kaspiy dengizining shimolidagi va Dunay daryosi bo’ylaridagi skiflar sharqqa tomon ko’chib* o’tadilar. Birok ular Gongadan Afg’oniston yerlarigacha, Xi-toydan Osiyogacha cho’zilgan o’lkalarni yaxshi bilishardiKaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan keng tekisliklar Girkoniya viloyati bo’lib, bir tomoni Mediya va Arman toglari bilan o’ralgan. Bu tog’larning yon bag’irlarida albanlar bilan armanlar yashaydi. Katta qismida gellar, qud-dusliklar, amardlar, vitiya va anariaklar yashashadi. Anariak-lar yashaydigan joylar Parrasiv o’lkasining bir qismi bo’lib, ularni hozirgilar forslar deb ataydilar. Eppion toglari bilan o’ralgan Vitiya viloyati Epionda joylashgan. Bu yerlarda ellian qurollarini, misdan yasalgan buyumlarni uchragish mumkin. Bu yerda Apariak degan shahar bop. Aytishlaricha, unda go’yo xudoning irodasini biladigan, xar qanday savollarga tangrn nomidan javob beradigai ibodatxona qohinlari, orakullari kayfu safo surib yashasharmish. Yana boshka elatlar esa qaroqchilpk va jangu jadallar bilan mashg’ul bo’larmish. Dengiznnng tog’lik qirg’oqlarini quddusliklar egallashgan bo’lib, ularning yeri 5000 stadiyni tashkil etardi, deydi. Strabondan ilgari bu yerlarga Patrokl degan kishi ham uzoq Rim o’lkalaridan kelgan. Anik ma’lumotlar berishiga ko’ra, u Kaspiy dengizining Sharqny qirg’oqlarini kezgan. Xozirgi Turkmaniston kenglik-larpda xam bo’lgan, bu yerdagi qabilalar bilan uchrashgan. Chunki «Bu yerdagi qabilalar kashshoq yashardi», deydi muallif. Shu fikrning o’ziyoq bu yerdagi elatlarning hayoti bilan u yaxshi tampsh bo’lganligidan dalolat beradi. Strabonning bu o’lkalarga kelganligi noma’lum, ammo uning Qora dengiz bo’ylariga kelganligini, Kavkaz o’lkasida bo’lganligini tarixiy ma’lumotlar tasdiqlaydi. Girkoniya unumdor, serhosil yerlar bo’lib, juda keng o’lka edi. Bu joylarda Talabroka, Samariana, Karta kabi bir |Qancha "mashhur shaharlar bor. Bu ulkaning bir cheti dengizga •borib to’xtaladi. Bu dengiz Kaspiydan 1400 stadiy balandlikka joylashgan edi. Bizningcha, bu Orol dengizidir. Mana shu lavhalardan xam ko’rinib turibdiki, Strabon Girkoniya o’lkasining joylashishinigina emas, bu vodiydagi shaharlar, serxosil, unumdor yerlar, qabilalarining iqtisodiy ahvoli haqida ham ma’lumot bermoqda. Girkoniya ba’zi bir davrlarda Marg’iyona, hatto So’g’diyona davlatlari bilan ham qo’shilib ketgan. Mahalliy xalqning boyligi asosan quyidagilardan iborat edi: uzumchilik, vinochilik, bog’dorchilik, boshoqli o’simliklardan non olishadi, o’rmonlarida asalarilar bilan shugulla-.nishadi. Dengiz, orollarida yashash juda qulay. Aytishlaricha, bu yerlardagi odamlar oltin ham saqlarmish. Girkoniyaning hukmdorlari dastlab o’zga yurtlardan bo’lgan varvarlar — medeyanlar, forslar, keyinchalik parfiyanlar bo’-lib, ular o’zga yurtlardan kelgan qo’pol va johil varvarlar edi. Qo’shni o’lkalarda qaroqchilik, ko’chmanchilik hukm surib, keng Girkoniya o’lkasnning antik davrlari haqida berilgan ushbu ma’lumotlar, faqatgina ma’lumotlar tizimidan iborat bo’-lib k.olmasdan, shu davrga oid ayrim muhim masalalarni yechishga ko’maklashadi. Aristobulning so’zlariga ko’ra, Girkoniyada boy o’rmonlar bo’lib, unda zman daraxtlari bor edi. Oqqarag’ay, qoraqarag’ay va umuman qarag’aylar bu yerda o’smasdi. Bu epizodda Girkoniya o’rmonlariga ta’rif berilmoqda. Biroq bu ta’rif Strabon yashagan zamonaga dahldor bo’lmasdan, eramizdan ilgarigi 330 yillarga taalluqlidir. Chunki, Aristobul Aleksandr Makedonskiyning ishonchli kishisi va «bilimdon hukmdor bo’lib, eramizdan oldingi 330—327 yilla-rida Girkoniya viloyatiga kelgan va bu yerlardan olgan taassurotlarini o’z kundaliklarida qayd qilgan edi. Aristobul Girkoniya viloyatidan Oks daryosiga kelib, bu daryoga ko’prik quradi. Chunki hunarmandlik kasbini puxta egallagan Aristobul hozirgi til bilan aytganda injener edi. U Aleksandrning tosh otadigan mashinalarini sozlar, ko’priklar qurardi. Strabon Aleksandriya shahrida uzoq muddat istiqomat qilib, tahsil olib yurgan kezlarida Aleksandriyaning olamga mashhur kutubxonasidan Aristobul va Ptolomey kundaliklarini topib o’qiydi. Girkoniyadan dengiz tomon Ox va Oks daryolari oqib o’tadi. Ox daryosi Nesay orqali o’tadi. Ko’plar aytadiki, go’yo Ox daryosi Oks tomon oqarmish. Aristobulning aytishicha, Oks Hind daryosini Mana shu faktdan ham ko’rinib turibdiki, qadimgi davrlarda Aristobul, Ptolomey, Kallisfan, Evman, Diodordan tash-kari xam Appolodor degan yozuvchi O’rta Osiyo haqida asar yozgan. Appolodor o’z asarini «Parfem tarixi» deb atagan. Strabon bu tarixchining asarini o’qigan. Chunki, Strabonning hayot yo’lini ta’eiflaganda ta’kidlab o’tgan edikki, u O’rta Osiyoga oid faktlarni sinchkovlik bilan o’rgangan. Hatto ayrim mubo-lagali yoki ishonchsiz manbalarga ham tayangan. Lekin o’z asa-riga ozgina shubha tugdirgan faktlarni slib knrmagan. Bu jihatdan u O’rta Osiyoga kelib ketgan Aristobul ijodiga katta ishonch va hurmat bilan qaraydi. Hatto O’rta Osiyoda bulgan Ptolomey «Kundalik» lariga ham bir oz shubha bilan mu-nosabatda bo’ladi. Chunki, Ptolomey Aleksandrning eng yaqin kishisi va ishongan sarkardasi edi. U o’z kundaligida Aleksandr-Makedonskiyga ortiqcha baxo berib yuborgandi. Shuning uchun ham o’z kundaliklarida tasvirlangan ayrim voqyealarning bayoniga u Aleksandr Makedonskiyning ishonchini qozonish uchun mubolaga jumlalarni ko’shib bayon etardi. Tanais daryosi Osiyoni Yevropadan ajratib turadi. Osiyo— ning katta qismi Tanais daryosi bilan Girkoniya dengizi o’rtasida joylashgan bo’lib, bu joylar makedoniyaliklar tomonidan bosib olinmagan edi. Osiyoning bu bo’lagini Aleksandr bosib olgan deb, yozuvchilar o’zlarini ko’rsatish uchun ustakorlik bilan noto’g’ri fikr yuritganlar. Strabonning yuqoridagi fikrlarida qayd etilishicha, makedoniyaliklar Tanais daryosi bo’ylariga bormaganligi ma’lum bo’ladi. Atoqli olim Bobojon Gofurov esa makedoniyalik shoh Aleksandrning Tanais daryosi bo’ylariga bormaganligi haqi- dagi faktlarni tasdiqlaydi. Hind togidan Ox, Oks kabi ko’ilab daryolar oqib keladi. Bu daryolar ichida eng shimoliy qismda joylashgan Yaksart bo’lib, u xam Kaspiy dengiziga quyiladi. Haqiqatan ham, ko’pgina tarixiy kitoblarda Yaksart daryosi Tanaid daryosi bilan chalkashtiriladi. Holbuki, Sir bilan Donni bir-biridan ancha uzoq masofa ajratib turadi. Strabon ta’kidlaganidek, Tanaid daryosi Yevropa yerlaridan oqsa, Yaksart Osiyoni kesib o’tadi. Biroq, Strabon Yaksartni Kaspiy dengiziga quyiladi, deydi. Balki o’sha davrlarda Orol dengizi Kaspiy bilan tutashgan bo’lishi ham mumkin. yoki ikki dengiz oraiida juda oz masofa qolgan bo’lishi ham mumkin. Har xrlda, Yaksartni Kaspiy dengiziga quyiladi, degan Strabon unchalik haqli emas.  Biz uchun Strabonning xizmati shu bilan xarakterlanadiki, ko’pgina mavhum faktlarga u aniqlik ki-ritgan. Masalan, Yaksart bilan Tanaidni bir-biridan ajratib berishning o’ziyoq muhimdir. Chunki, Yaksart bo’ylarida bo’lib o’tgan voqyealar olimlar uchun juda ahamiyatlidir. Ko’pgina tadqiqotlar bu ikki daryo o’rtasida bo’lib o’tgan voqyealarni bir-biriga chalkashtiradi. 

2.2 “Geografiya” asarida yurtimiz taxining yoritilishi


II. 1. Boshqa tomondan olganda, partavaliklar bizning Girkaniya va Baxtariya haqidagi va ushbu o‘lkalardan shimolda yashovchi skiflar xaqidagi ma’lumotlarimizni to‘ldirdilar. Ushbu hududlar avvalgi geograflarga yetarli darajada ma’lum emas edi, shuning uchun men ular haqida o‘zimdan oldingilardan biroz ko‘proq ayta olaman...
5. ...Amisdan Kolxida va Girkaniya orqali Baxtariyagacha va Baxtariyadan narigi o‘lkalar (ular Janubiy dengizgacha cho‘zilgan) orqali o‘tadigan masofa haqida u to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tengkunlik sharqigacha yetadi, deb kim aytgan edi?
14. ...Deymax hisoblariga ko‘ra, Baxtariya va Sug‘diyona tog‘liq dovongacha bo‘lgan masofani tashkil etadilar. U holda ushbu barcha xalqlar ma’lum olam va mo‘tadil iqlimdan tashqarida bo‘lib qoladilar. Qadim va yangi davr odamlaridan12 kim Shimoliy Hindistonning yumshoq iqlimi va serhosilligi, Girkaniya va Ariya haqida, so‘ngra Marg‘iyona va Baxtariyona haqida bila turib, buni ta’kidlay oladi? Axir, bu mamlakatlarning hammasi Tavr tizmasining shimoliy tomonidan qo‘shnilardir. Baxtariyona hatto Hindistonga tog‘li o‘tish joyi yaqinida joylashgan; shunga qaramay, ular shunday yuksalish darajasiga erishdilarki, ularni olamning kimsasiz qismidan qandaydir katta masofa ajratib turishi kerak. Har holda, aytishlaricha, Girkaniyada uzum shoxi bir metret13 sharob, bir tup tok 60 medimn meva14 beradi; bug‘doy esa boshoqdan tushgan urug‘lardan qayta o‘sib chiqadi, asalarilar daraxtlarda uya quradilar, va bol barglardan tomadi; Midiya viloyati, Matiyena, Armaniston viloyatlari Sakasena va Araksenada shunday bo‘ladi. Oxirgi ikki viloyat uchun, ular Girkaniyadan janubda joylashganliklari va iqlimlarining boshqa yerlardan yumshoqligi bilan ajralib turishi haqiqat bo‘lsa, bu ajablanarli emas. Ammo Girkaniyaga nisbatan bu ajablanarliroqdir. Marg‘iyonada ham, aytishadiki, ikki quchoq enlik uzum novdalari, uzunligi ikki gaz15 keladigan uzum boshlari ko‘plab uchraydi. Xuddi shunday hikoyalarni Ariya haqida aytadilar, biroq bu mamlakat boshqa mamlakatlardan maylarining sifati bilan hatto ustun turadi, chunki u yerda mayni moylanmagan idishlarda kamida uch avlod davomida saqlaydilar. Xuddi shunday, Ariya bilan chegaradosh bo‘lgan Baxtariya ham zaytun moyidan tashqari hamma narsani ishlab chiqaradi.
15. ...So‘ngra Baxtariyonani Sug‘diyonadan ajratib turuvchi O‘kuz daryosi kema yurish imkoniyati bilan shunday ajralib turadiki, tog‘lar orqali unga olib kelinadigan hind mollarini uning oqimi bo‘yicha quyi tomonga Girkan dengizigacha va u yerdan daryolar orqali qo‘shni o‘lkalarga to Pont dengizigacha olib borish mumkin16.2. ...Partavlarga kelsak, ular rimliklarga qo‘shni va juda qudratli bo‘lishlariga qaramay, rimliklarning va ularning hozirgi hukmdorlarining ustunligi oldida shunday bo‘yin egdilarki, bir vaqtlar rimliklar ustidan qozongan g‘alabalarining ramzi sifatida olgan o‘ljalarini Rimga eltib berdilar. Boz ustiga, Fraat hatto Avgust Sezarga o‘z bolalarini va bolalarining bolalarini ishonib topshirib qo‘ydi va bunday sharafli garov bilan o‘zining Avgust bilan “do‘stligini” ta’minladi. Endi partavlar Rimga tez-tez kelib, hatto o‘zlariga podshoh so‘raydilar va o‘zlarining barcha qudratlarini rimliklarga topshirishga deyarli tayyorlar.
III. 12. ...Bu mamlakatning17 qadimdan saqlangan boshqacha bo‘linishi ham bor: uning aholisining ba’zisini dakiyaliklar, boshqasini getlar deb ataydilar; getlar deb Pont tarafidagi va sharqdagilarni, dakiyaliklar deb esa qarama-qarshi, Germaniya va Istrning irmoqlari tarafdagilarni ataydilar. Dakiyaliklar, mening fikrimcha, qadimda davlar deb atalganlar. Bu yerdan Attikada keng qo‘llanilgan Geta va Dov qullar nomlari kelib chiqadi. Axir, u yerda qullarni ular olib kelingan mamlakatlar nomlari bilangina atar edilar
1. Osiyoning ikkinchi qismi Kaspiy dengizidan boshlanadi, unda birinchi qismi tugaydi. Uni yana Girkan dengizi deb ataydilar. Ushbu dengiz va uning bo‘ylarida yashovchi xalqlar haqida men boshidan so‘zlashim kerak.
2. Girkaniya ...juda serhosil va kengdir. Asosiy qismi ko‘p shaharli tekislikdir; ularning qatoriga Talabroka, Samariana, Karta va poytaxt Tapa kiradi. Aytishlaricha, oxirgisi dengizdan biroz balandlikda, Kaspiy darvozalaridan 1400 stadiy masofada joylashgan. Ushbu mamlakat boyligining dalolati quyidagichadir: uzum novdasi 1 metret may, toki esa 60 medimn may beradi; non somondan tushgan bug‘doy urug‘idan tug‘iladi; asalarilar daraxtlarda o‘ralashadilar, asal esabarglardan oqadi. Matiseana viloyatida ham, Midiyada ham, Armonistondagi Sakasena va Araksenada ham xuddi shu holat. Biroq o‘lkaning o‘zi va ana shu nomli dengiz o‘ziga e’tiborni jalb qilmaydi, chunki dengizda kemalar qatnovi yo‘q va foydalanilmasdan qolmoqda. Dengizda odamlar yashash ehtimoli bo‘lgan va hatto, ayrimlarning so‘zlariga ko‘ra, oltin ma’danlariga ega orollar bor. Bunday qarovsizlikning sababi shundaki, avvaliga girkaniyaliklarning hukmdorlari varvarlar bo‘lgan.Ayni midiyaliklar va forslarga, oxir-oqibatda ulardan ham yomoni – partavaliklarga, binobarin, qaroqchilarga va ko‘chmanchilarga to‘la qo‘shni mamlakat sahro edi. Makedoniyaliklar mamlakatga qisqa vaqt moboynidagina egalik qildilar va urushlar bilan mashg‘ul bo‘lib, ushbu uzoq viloyatlarni nazorat qilishga imkoniyatlari bo‘lmagan. Aristobul so‘zlariga ko‘ra, Girkaniya o‘rmonlarida eman o‘sadi, ammo qarag‘ay, archa va oqqarag‘ay yo‘q, vaholanki, Hindinstonda bu daraxtlar ko‘p. Neseya ham Girkaniyaga taalluqlidir. Biroq ayrimlar Neseyani mustaqil viloyat deb hisoblaydilar.
3. Girkaniya orqali Oh va O‘kuz daryolari dengizga quyilguncha oqib o‘tadi. Ushbu daryolardan Oh ham Neseyadan oqib o‘tadi, ammo ayrimlarning so‘zlariga ko‘ra, Oh O‘kuzga quyiladi. Aristobul hatto O‘kuzni u Osiyoda ko‘rgan daryolarning Hindistondagilardan tashqari eng kattasi, deb e’lon qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kema qatnaydigan daryo (u ham, Eratosfen ham ushbu ma’lumotni Patrokldan olganlar) va ko‘p hind tovarlarini uning oqimi bo‘ylab pastga, Girkaniya dengiziga olib keladilar; u yerdan ularni Albaniyaga olib o‘tadilar va Kira daryosi va undan keyingi yerlar orqali Yevksin Pontiga yetkazadilar. Qadimgilar O‘kuzni umuman eslatmaydilar. Biroq “Partavaliklar tarixi”ning muallifiApollodor18 har doim ushbu daryoni partavaliklar mamlakati yaqinidan oqib o‘tuvchi, deb ataydi.
4. Bu dengiz haqidagi hikoyalarga Iskandar shuhratparastligiga hushomadgo‘ylik qilish uchun ko‘p to‘qimalar qo‘shilgan. Hammaning tan olishi bo‘yicha, Tanais daryosiOsiyoni Yevropadan ajratib turishi hamda dengiz va Tanais o‘rtasida joylashgan hamda Osiyoning katta qismini tashkil etgan viloyat makedoniyaliklarga tobe bo‘lmaganligi sababli, Iskandarni (har holda, xalq mish-mishlariga ko‘ra) ushbu mamlakatni ham zabt etgan qilib ko‘rsatib, hiyla ishlatmoqchi bo‘ldilar. Shu bois ular Tanaisni o‘z qa’riga oluvchi Meotida ko‘lini Kaspiy dengizi bilan birlashtirdilar, binobarin, oxirgisini ham ko‘l ataganlar; ushbu ikkisuv havzasi o‘zaro yer osti bog‘lanishiga ega va biri ikkinchisining qismi, deb ta’kidlaganlar. Poliklet hatto ushbu dengiz ko‘l ekanligining (chunki u yerda ilonlar yashaydi va suvi biroz chuchuk) isbotini keltiradi. Kaspiy dengizi Meotidadan farqli o‘laroq alohida dengiz ekanligi haqida Tanais Meotidaga quyilishidan xulosa chiqaradi. Oh, O‘kuz va ayrim boshqa daryolar oqib tushuvchi Hind tog‘laridan Yaksart ham oqib chiqadi va xuddi o‘sha daryolar kabi Kaspiy dengiziga quyiladi; bu –aytilgan daryolarning eng shimoliysidir...
O`rta Osiyo g'arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Эron Islom Respublikasi, Afg'oniston va Hitoy Halq Respublikasi, shilomdan 45032 shimoliy kenlik bilan chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo`lib, jami 1 mln. 984 ming kv. km. ni tashkil etadi.
Bu o`lka qadimiy tsivilizatsiya markazlaridan biridir va yirik imperiya tarkibida jahon siyosiy hamda iqtisodiy tarihida katta o`rin tutgan. qadimgi g'abr va Sharq o`rtasidagi iqtisodiy savdo aloqalarida muhim vositachilik vazifasini bajargan.
O`rta Osiyo haqida geografik, jumladan kattegrafik tasavvurlar tarihi ham ancha qadimgi, aniqrog'i antik davrdan boshlanadi. O`rta Osiyo to`g'risidagi dastlabki kattografik ma`lumotlar antik davrning tsivilizatsiya markazlari bo`lish qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi. Chunki "antik davrmamlakatlari Sharqningko`plab mamlakatlari bilan ijtimoiy iqtisodiy va madaniy aloqalar bo`lgan, shu tufayli o`z tarihiy geografik va kattegrafik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar".Gerodot, Strabon, Klavdiy, Ptolemey va boshqa antik davr mualliflarining aslardagi O`rta Osiyoning ilk tarihi tattografiyasiga oid malumotlarni uchratishimiz mumkin.
Chunonchi, Gerodot (mil. avv. 484-425 yillar) o`zining "Tarix" asarida ko`spiy dengizdan sharqqa bepayon kenliklar mavjudligi haqida ma`lumot beradi. U Kaspiy (Girkan) dengizi yopiq havza deb, uning ko`lami haqida shunday fikr yuritadi: "Uzunligini eshkakli kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo`lib, 8 kunda suzib, o`tish mumkin". Araks (Amudaryo) haqida ma`lumot berib, Gerodot: "Araks, aytishlaricha, Isterga qaraganda kattaroq va (boshqa daryolarga ko`ra) kichikroq, Lesbos kattaligidan ko`plab orollarga ega... Araks Matiyonlar yurtidan oqib keladi. Gindis (Hind) daryosi ham o`sha erdan oqadi",-deb qayd etgan. R.Э.Lentsning fikriga ko`ra, Gerodo yozgan Araks daryosi Sirdaryo yoki Tajan daryosi bo`lishi kerak. Ammo ko`plab olimlarning fikriga ko`ra, u Amudaryodir. Gerodot Amudaryoning bir o`zani (O`zboy) Kaspiyga quyilgan deb o`ylagan bo`lsa kerak.
Professor A.Sa`dullaev ham "Araks bu Amudaryo, Matiyon tog'lari, Gerodotning tushunishicha, Pomир yoki Hinduqush tizmalaridir, chunki tarihning (Gerodotning) aytishicha, Matiyon tog'laridan Hind daryosidan ham boshlanadi",-deb yozadi.
Gerodot massegetlarning erlari haqida fikr yuritib, ular "Kasbiy dengizidan sharqqa, quyoш chiqish ynalishida joylashgan" deb yozadi. Uning Baqtriya va Xorazm haqidagi ma`lumotlari ham qiziqarlidir: "Osiyodi bir vodiy bor. Uning hamma tomoni tog' bilan o`ralgan, tog'ni esa beshta dara kesib o`tadi. Bir vaqtlar bu vodiy horazmliklarga qarashli bo`lib, horazimlik, partiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan".
Yuqoridagi ma`lumotlardan kelib chiqib, J.Tomson. V.Fedchina. V.Dement'ev. O.Andryushenkolar Gerodot ma`lumotiga tayanib, kartalar yatargan. J.Tomson Kasbiy dengizining kenligini uzaytirib yuborgan, bu esa Gerodot yozganlariga mos tushmaydi. V.Dement'ev. O.Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to`g'riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog'itasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V.Fedchina tiklagan kartada Gerodot tilga olgan "botqoqlik va ko`llar" mavjud hududlar tasvirlangan bo`lsa-da, biroq baqtriyaliklar va massagetlar erlari chizilmagan.
Yana bir yunon olimi Gerodotning tarihiy an`analarini davom ettirgan Ktesiy O`rta Osiyodа bo`lmagan bo`lsa-da, lekin bu erlar haqida bir qadar ma`lumotalrga ega bo`lgan. Uning qayd etishicha, qariiyb barcha halqlar satrapliklarga bo`lingan bo`lib, fa-atgina sak qabilalarigina satrapliklarga kirmagan. Ktesiy davrida sharqdagi yirik va ahamiyatli satrapliklardan biri Baqtriya, Sug'diyona, Hind daryosi yo`nalishidagi hududalrni o`z ichiga olgan edi.
Baqtriya erlarida kumush konlari haqida gapirib, Ktesiy ushbu zaminni chuqur er qatlamlarida ushbu metalning ko`pligini yozadi.
Ktesiyga ko`ra, sharqda yirik Shimoliy dengiz (Kasbiy dengizi), bo`lib, dengiz bo`yiga girkanlar va ularning qo`shnisi darbiklar istiqomat qilganlar. Ulradan ham sharqda esa parfiyalik va barkaniyaliklar horamney va Karmoniylar istiqomad qilishgan. Baqtriya "tekisliklari"ga esa g'arbdan faqatgina kichik tog' yo`li orqali o`tish mumkin. Baqtriya erlari Tanais daryosidan Hind daryosi bo`ylarigacha bo`lgan erlarni egallagan. Tanais Baqtriya erlarini Evropadan Hind va Hindistonni ajratib turgan. Ketesiy tasavvuriga ko`ra, Tanais Hind darsiga qarama-qarshi bo`lib, Pont (qora) dengiziga quyilgan. Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, Ktesiyning Tanais deganda ikki daryo-Don va sirdaryo haqida ma`lumotlar bir-biriga ziddir. Ktesiy yozganidek, Baqtriya erlarini Tanais bo`ylariga cho`zilganligini etiborga oladigan bo`lsak, u holda Tanais daryosi bu Sirdaryo bo`ladi va bu nisbat noto`g'ri tushuncha. Baqtriya satrapligi Ktesiy davrida ham, Aleksandr Makedonskiy zamonida ham Sirdaryogacha bo`lgan hududlarni qamrob olgan edi.
O`rta Osiyo haqida ma`lumotlar keyinroq Aleksandr Makedoniskiy yurishlari (mil. avv. 329-327 yillar) davrida to`plandi. Julmadan, antik davrning yirik geograf olimi Strabon milodiy birinchi asrda 17 ta kitobdan iborat "Geografiya" asarini yaratdi. U "miloddan avvalgi V asrdan milodiy I asrdacha bo`lgan barcha geograf va tarihchilarni asrslaridan tanqidiy foydalandi".
"Geografiya"ning XI kitibida O`rta Osiyoning Parfiya va Gerkaniya kabi o`kalari, Amudaryo, Sirdaryo haqida ma`lumotlar uchraydi. Shuningdek, kitobda O`rta Osiyoda yashovchi sak, so`g'd, skif, massaget kabilalari haqida ham ma`lumotlar bor. Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon), Эpard (Murg'ob) daryolari haqida yozilgan; Amudaryo Araks yoki Oks deb atalgan. Uning suvlari esa botqoqliklarga emas, "suvlar mamlakati"ga singadi. "Suvlar mamlakati", Shimoliy dengiz deganda, Strabon Orol dengizini tushungan, Amudaryoni bir o`zini Girkan qultug'iga quyiladi, deb o`ylagan.
Yaksart haqida Strabon quyidagicha yozadi: "Yaksartning boshlanishi Oks daryosi (boshlanishi)dan boshqa joyda, ammo ular bitta dengizga quyiladi". Bu dengizni Strabon Kaspiy deb tushungan. Sababi Kaspiydan sharqdagi o`lkalar haqida yozganda, "birorta ham yunon va rim mualliflari o`z asarlarida Orol dengizi haqida bevosita yoki bilvosita eslatmagan". Ammo akademik L.S.Berg bir tadqiqotida Shimoliy dengiz deganda Strabon Orol dengizini tushungan, deb yozadi.
Strabon "Geografiyasi"da Politimet (Zarafshon) daryosi haqida ham ishonchli ma`lumotlar uchraydi: "So`g'diyona ichidan oqayotgan daryoni aristotelning aytishicha, makedonlar Politimet edeb atashgan. Ariylar eridan oqayotgan Ariy daryosiga o`xshab bu daryo ul diyor erlarini sug'orib, so`ngra cho`l tomonga davom etadiva va qumlar ichida yo`qolib ketadi".Bu ma`lumotlardan bilishimiz mumkinki, Zarafshon antik davrda ham xech bir daryoga quyilmas dan qumlarga singib ketgan.
Strabon Yaksart va Oks daryolari bo`ylarida yashovchi qabilalarning joylashuv holatiga ham to`g'ri baho beradi. U parompis (Hinduqush) tog'larining ishmoliy tarmog'ini Imaus (Pomir) tog'lari deb biladi. Strabonga ko`ra, O`rta Osiyoda massaget qabilarining bir qismi tog'larda, yana bir qismi tekisliklarda, uchinchi qismi botqoqliklarda, to`rtinchi qismi esa ana shu botqoqliklardagi orollarda istiqomat qilganlar.
Strabon tilgan olgan tog'lar Orol dengizi va Kaspiydan Sharqdagi tog'lar, ya`ni Tyanshan vа Pomirni, vodiy deganida esa Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi eralrni nazarda tutgan.
qadimgi dunyoni geografik hamda kartografik bilimlarini umumlashtirgan mashxur olimlardan biri milodiy II asrda yashagan. Yirik kortograf olimi Klavdiy Ptolemeydir. Uning "Geografiyadan qo`llanma" asari antik davrning o`ziga hos geografik entsiklopediyasidir. Ptolemen mazkur asarni birinchi bobida geografiyaning vazifalari va dunyo kartasini tuzishda qanday kortografik proektsiyanи qo`lash lozimiligini bayon etgan. Umuman, bu asarni dunyoning geografik atlasi desa ham bo`lidi. Ptolemey bu asaridan tashqari 27 kartani o`z ichiga olgan dunyo atlasini tuzdi. Ptolemeyning boshqa yunon mualliflaridan afzalligi shundaki, u o`ziga ma`mul barcha faktik ma`lumotalrni kartalarga tushirdi va shu tariqa katta geografik asar yaratdi. Ana shuning uchun ham u "Uyg'onish davrigacha va uyg'onish davraida ham ko`plab evropalik olimlar uchun oliy darajadagi geograf sanalgan". Ptolemeyning "geografiya" asarini ayniqsa, kartalarini yuqori baholab, A.Gumbol'dt shunday yozgan edi: "Shubhasiz, Ptolemey "Geografiya"si shunisi bilan qadirliki, ubizga butun qadimga yunonni faqatgina tasvirlar emas, hisob yo`li ya`ni joylarning kengligi , qutb balandligi va kun davomiyligini aniqlash bilan tasavvurlar hosil qildiradi". Ya`ni Ptolemeyning kartalarida gradu to`ri ishlatilgan бўлиб ular o`z davriga nisbatan ilmiy jihatdan ancha yuksak darajada edi.
o`rta Osiyo Ptolemey "Geografiya"sining V-VII boblarida 12 ta kartada berilgan bo`lib, 48 ta viloyatga bo`lingan. Uning atlasidagi 22 kartada O`rta Osiyoning 810-1470 sharqiy uzunlik va 350-650 shimoliy kenlik orasidagi O`rta Osiyo hududlari ham aks ettirilgan. Ushbu karta tahlili bo`yichа S.A.Vyazigin, B.P.Ditmar, V.V.Latishevlar mahsus shug'ullanishgan.Mashhur sur geografi I.V.Mushketov fikriga ko`ra, Ptolemeyning bu kartasida hatto XVIII asrning birinchi yarmidagi evropalik olimlarning ma`lumotlariga qaraganda ham Turkiston tug'risida kengroq va to`g'ri ma`lumotlar bor. Ptolemey qadar barcha yunon muarrixlari Kaspiy dengizini dunyo okeani qultig'i deb, noto`g'ri tasavvurga ega edilar. Ptolemey ana shu hukumron hato tasavvurni inkor qilibgina qolmay uning noto`g'riligini isbotlab ham bera oldi.Ptolemey kartasida Yaksart(Sirdaryo), Politimet(Zarafshon), Oks(Amudaryo va uning irmoqlari), Ox(Tajan)vaMarg(Murg'ob) daryolari, boshqa ko`plab kichik daryolari bor. Biroq, O`rta Osiyoning yirik daryolari Kaspiy dengiziga quyiladigan qilib tasvirlangan. Kaspiy dengizi esa sharqdan g'arbga cho`ziltirib chizilgan.Kartada tarixiy hududlar (So`g'diyona, Baqtriya, Marg'iyona), xalqlar (xorazmliklar, zariasplar, massagetlar) shaharlar (Tribaktra, Astkana, Xaraxarta, Marakanda, Turkana, Antioxiya-Marg'iyona) aks ettirilgan. Shuningdek kartada Sirdaryo va Amudaryoning o`rta oralig'idagi xudud Transoksiana deb atalgan.
Klavdey Ptolemey kartasi yana shu jihatdan ahamiyatliki, unda O`rta Osiyodagi davlatlar chegaralab berilgan. Bundan tashqari, u etnografik jihatdan ham harakterli. Kartada 12 qabila (horozimliklar, toharlar, massegetlra vahokazo) ajratib ko`rsatilgan.O`rta Osiyo tog'lar orasidagi bir vodiy qilib ko`rsatilgan: janubda-Paropamis tog'lari, sharqda-meridianal cho`zilgan Imaus (Pomir) tog'lari bor.Biroq shahar va qabilalar tasvirida ham bir qancha hatolar uchraydi. Ba`zi shaharlarning nomi xar hil berilgan bo`lib, geografik o`rni ham turlicha aniqlangan. Masalan, Samarqand (Ptolomeyda-Marakanda) shahri Shaxri xaqiqiy geografik o`rnidan bir necha gradus janubda ko`rsatilgan.Ammo ba`zi bir tadqiqotlarda bu shaxar haqidagi Ptolemey tasavvuriga yangiliklar ham kiritilgan. Ptolemey bu shaharni koordinatalarini quyidagichaaniqlagan: 1120 shimoliy uzunlik 390 15 sharqiy kenglik. Ptolemey kartasida Marakanda uchun aniqlangan kenglikning Samarqand shahri kengligiga to`g'ri kelishi tasodifiy xol bo`lsa kerak.
Ammo So`g'diyonaning Marakanda shahrini o`zining VIII kitobida eslatgan Ptolemey bu mashxur shaharni kartada ko`rsatmasligi mumkin emas.

Xulosa
Markaziy Osiyoda xalq og’zaki ijodi ancha rivoj topganligini bilamiz.Darhqiqat,ilk xalq og’zaki ijodi namunalari hisoblangan “To’maris”,”Shiroq”afsonalarini ham Geradot,Polien ijodida uchratamiz.


Hatto bu afsonalarning ham ma’lum darajada tarixiy asosga ega ekanligini yunon adabiyotining ulug’ namoyandasi Ksenofontning asari orqali bilib olishimiz mumkin.Ksenofonning bundan tashqari “Anabasis” “10000 yurishi” asarlarida qarib yarim asrdan ko’proq davom etgan Eron-Yunon urushi tasvirlanadi.Badiiy adabiyot insoniyat tarixini aks ettiradi.Shuning uchun ham biz ko’pincha Geradot,Ksenofont asarlarini tarixiy asar sifatida qaraymiz.Aslida bu asarlar tarixiy nasrning yorqin namunasidir.Ularda go’zal badiiy ifodani kuzatamiz.O’z o’rnida tarixchilar ham bu asarlarni o’qib tarix haqida xulosa chiqaradilar.Hamma davrlarda ham tarix fani bilan adabiyot o’ziga hos ravishda chambarchas bog’lanib kelgan. Ushbu kurs ishining mavzusini shu ma’lumotlar bilan bog’ladim va ochib berishga harakat qildim.Kurs ishini II bob to’rt paragrafga bo’lib yoritdim.Kirish,xulosa va adabiyotlar shular ichida.Yana bir ma’lumot antic tarixchilarning asarlari Yunon tarixiga oid eng asosiy yozma manbadir.Gretsiyada tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas.Greklarning tasavvuricha tarix fan emas,balki san’atdan va pand nasihatdan iborat.Shu sababli qadimgi Greklar boshqa fanlar singari tarixning ham o’z muzasi bor,bu muza Kliodir,Klio boshqa muzalar bilan bir qatorda san’atlar boshi Apollon ayyomlari orasida bo’lgan deb hisoblaganlar.Greklar tarixiy voqealar tog’risida chiroyli va pand nasihatli hikoyani hammadan ko’proq qadirlaganlar.Ular,tarixning asosiy vazifasi pand nasihatdan iborat deb hisoblaganlar. Ellin davrida tasviriy san’at ajoyib yutuqlarga erishdi. Bu davrda yunon va sharq an’analari bilan qo’shilgan anchagina arxitektura yodgorliklari bunyod etilgan. Xashamat va ulug’vorlikka intilish ularning ko’plari uchun xos bo’lgan xususiyat harakterlidir. Haykaltaroshlik san’ati bu davrda ancha ravnaq topgan edi. Ammo uning mazmuni klassik davr an’analaridan farq qildi. Ma’budalar va qahramonlarning ideallashtirilgan va umumlashtirilgan haykallari orqaga surilib tabiiy tarzda gavdalantirilgan va tasvirlangan shaxsning individualligi yaqqol ko’rsatilgan portretlar oldingi qatorga o’tdi. Ellin davrning haykaltaroshlari yaratgan yakka va guruh tarzidagi haykallarda jismoniy va ruhiy azob, kurash, g’alaba, o’lim tasvirlab ko’rsatilar edi.
Peyzajni fan sifatida tasvirlab unda yoki uning o’rtasida asosiy syujetni aks ettirish haykaltaroshlikda yangilik edi. Bu usul klassikaga ma’lum emas edi. Shu bilan bir qatorda haykaltaroshlikda dabdabali yo’nalish mavjud bo’lib, u ellin hukmdorlarni haykallar soyasida namoyon bo’lardi. Ellin haykaltaroshligida er. avv. IV asrning ulug’, mohir ustalariga borib taqaladigan bir necha yo’nalishni ko’rish mumkin. Afinada va Iskandariya Praksitelga borib taqaladigan san’at asarlarini tomosha qilish uchun kiruvchi o’ziga to’q kishilarning didiga mo’ljallangan san’at asarlarini ko’rishi mumkin edi.Afroditaning va boshqa ma’budalarning yalang’och haykallari bu yo’nalishga xos xususiyatdir. Dramatizmda to’la Pergam maktabi Skopasga borib taqalafi. Pergam mexrobining friz mazkur maktabni ajoyib yodgorligi bo’lib, unda ma’budlarning gigantlar bilan kurashi tasvirlanadi. Bu pergam va boshqa ellin davaltlarining jangovor galat (kel’t) qabilalari bilan olib borgan og’ir kurashlarining ramzi edi. Rodos mashhur haykaltaroshlik maktabi Asippga borib taqaladi. Bu maktabda asosan haykallar baquvvat atletlarning tasvirlaridan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


1. Karimov I. A.Tarixiy xotirasiz kelajak yuq .T.,1998,11 b. 
2. Karimov I.A.. O’zbekistonnning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li // O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O’zbekiston, 1996. – 39 b.
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994. 
4. Sagdullayev A.A. O’zbekiston tarixi. – T.: Universitet, 1999, 43 b.
5. Gerodot. Istoriya v devyati knigax.Kniga chetvertaya. M.,1985,219-232 s.
6. Strabon. Geografiya. V semnadsati knigax. Kniga sedmaya, glava shestaya. 
Tipografi Ris. Uyazsk. ., 1979 512 s. ynazarov F.O’rta Osiyoning antik davri. T., O’qituvchi 1991, 29b. 
7.www.Ziyonet.uz 
8.www.edu.uz



1  Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая.В 2-х томах. том I.
Москва 1985 299 бет

2 Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая,301-302бетлар

3 Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая

4 Геродот.История в девяти книгах.Книга четвертая 325 бет

5 Boynazarov.F.A.”Qadimgi dunyo tarixi”
Toshkent 2004 7-bet

6 Арский Н.Ф.Страбон.Москва “Мысль” 1978 17-бет

7 Boynazarov F.A .Qadimgi dunyo tarixi Toshkent 2004 152-bet

8 Крушкол.Ю.С.”Qadimgi dunyo tarixi” II-qism taxriri ostida 1975 yil 8-bet

9 История древней Греции под ред В.И.Кузищина Москва 1986 12стр

10 Плутарх <Сравнительное жизнеописание> Москва 1968 428-бет

11 История древней Греции под ред В.И.Кузищина Москва 1986 15стр

12“Qadim odamlari” deganda Strabon Eratosfenni, “yangi davr odamlari”dan esa Posidoniyni nazardatutmoqda.

131 metret 38,88 litrga teng.

14Medimn 51,84 litrga teng. Antik mualliflarning Sug‘diyonada uzumchilik, may tayyorlash va dehqonchilik rivojlanganligi haqidagi guvohligi bu o‘lka aholisi o‘troq hayot kechirganligidan dalolat beradi.

151 gaz 0,492 metrga teng.

16Matnning shu yerida ko‘rish mumkinki, hozir Orol dengiziga tushadigan O‘kuz (yunoncha Oks– Amudaryo shundan) qadimda Kaspiy dengiziga tushgan va unda kemalar bemalol yura olgan. Hindistondan keltirilgan tovarlar Kura (Kira) va Araks orqali g‘arb mamlakatlariga olib borilgan.

17YA’ni, Dakiyaning.

18Artemitalik Apollodor. Hayoti sanalari noma’lum. Uning Partava va Yunon-Baxtariya tarixi bo‘yicha asari bizgacha yetib kelmagan, ammo Strabon va Pompey Trogga ma’lum bo‘lgan va ular bu asardan keng ko‘lamda foydalanganlar.

Download 59,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish