O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI SIRTQI TA’LIM YO`NALISHI
II-BOSQICH _____-GURUH
TALABASI JO’RAYEV SARDORNING
TARIXIY O`LKASHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
Mavzu: Strabonning “Geografiya” asaridagi tarixiy geografik ma’lumotlarning ahamiyati .
Termiz-2022
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………3-bet
I bob. Qadimgi yunon tarixchilari asarlarida yurtimiz tarixi.
1.1. Yunon manbalari haqida………...……………………………………….6-bet
1.2. Fozila Sulaymonova tadqiqotlarida yunon manbalari….……………….12-bet
II bob. Strabonning “Geografiya ” asari muhim manba sifatida
2.1.Strabon asarlarining ilmiy ahamiyati…………………………………….17-bet
2.2 “Geografiya” asarida yurtimiz taxining yoritilishi………………………25-bet
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining moddiy va madaniy boyliklari tarixini o‘rganishda o‘lkashunoslik fanining tutgan o‘rni nihoyatda katta. Chunki o‘lkahunoshlikning arxeologiyaga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Tarixiy yodgorliklarga insoniyat hayotidagi eng muhim voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, inqilobiy harakatlar bo‘lib o‘tgan joylar, atoqli sarkardalar, yirik davlat fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog‘liq voqea joylari, o‘tmishdan bizga meros bo‘lgan qo‘lyozma asarlar manbalari asosida o‘rganiladi. Shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari esa me’morchilik ansambllari, tarixiy markazlar, mavzelar, maydonlar, ko‘chalar, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning qoldiqlari: harbiy, diniy, xalq me’morchiligi inshootlari, monumental, tasviriy, amaliy dekorativ va boshqa turdagi san’at yodgorliklari, markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat boshqaruv organlarining turli xil yozma, chizma, kino, foto hujjatlari, tovush yozuvlari, qadimiy qo‘lyozmalar, arxiv materiallari, folklor va musiqa yozuvlari nodir bosma namunalaridan tashkil topgan. Ma’lumki, etnografik va toponomik materiallar orqali esa xalq urf-odatlari moddiy va ma’naviy madaniyat, xalqlarning ertak, folklor, mifologiyasi hamda joy nomlarining ilmiy jihatdan kelib chiqishi o‘rganiladi. Yuqoridagi tarixiy yodgorliklardan tashqari, tarixiy, ilmiy jihatdan qimmatga ega bo‘lgan obyektlar, muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar va ulardan o‘quv ta’lim-tarbiya ishlarida foydalanishga mo‘ljallangan uslubiy materiallar ma’naviyat dars rejalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu manbalarni o‘rganish va umumlashtirish, o‘lkashunoslik tadqiqotchilari, jamoat o‘lkashunosligi va yosh tarixchilarga zarur ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy oʻlkashunoslik — mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishi. Oʻlkashunoslik. tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. Oʻlkashunoslikda oʻlkaning tabiati, aholisi, xoʻjaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, oʻlka namoyandalari oʻrganiladi. Oʻlkashunoslik kompleks va soha boʻlinadi. O’zbekistn Respublikasi mustaqilligining o’tgan tarixan qisqa davr mobaynida Respublikamiz hayotining barcha barcha jabhalarida ijobiy tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Hozirgi davrda milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi tanilayotgan bir paytda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilgan g`oyat ulkan, bebaho ma’naviy, madaniy merosimizning, o’tmish tariximizni, qolaversa o’lkamizni rivojlantirish borasidagi barcha chora – tadbirlar, o’zlikni anglash kabi masalalar, davlat siyosat darajasida yechilishi lozim bo’lshgan g`oyat muhim vazifa qilib belgilandi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tarixchi olimlar va ziyolilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi fanlar akademyasi tarix instuti faoliyatini takomillashtirish to’g`risida”gi qarorida tarixchi olimlar oldiga, o’lkamiz tarixini, milliy davlatchilik va O’zbek xalqini kelib chiqish (etnogenez)ni holisona yoritish xalqimizning ko’p asrlar qadimiy an’analarini boy tarixiy – madaniy merosini o’rganish muhim vazifa qilib qo’yildi1.
Bugungi kunda o’z – o’zini anglab mustaqiligimiz mustahkamlanib borayotgan bir damda, ona yurtining har bir farzandi uchun o’z tug`ilib o’sgan Vatanini tarixini sevish, o’rganish, diliga jo etishdan ham muqaddasroq burch bo’lmasa kerak O’lkamizni, vatanimizni tarixini yoritishda o’lkashunoslikning salmog`i kattadir.Har bir xalq tarixini asrab avaylab keladi. Tarixi ne’matlar bo’lmish merosdan kelajak sari ildam qadam bosish uchun kuch – quvvat oladi. Xalq ozodligi, faravonligi uchun qurbon bo’lgan milliy qahramonlar jasorati, millat ravnaqi uchun janbozlik qilgan ilm va fan sohiblarining faoliyati esa har bir avlod uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qiladi . Zero, o’z tarixidan bexabar xalq mazlum xalq, tarixi yolg`on bilan yozilgan xalq mahkum xalq, tarixini asragan va bilgan xalq – qudratli va tenglar ichida teng xalqdir2
_______________________
1Karimov I.A “ Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” Toshkent 2008.
2Karimov I.A “ Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” Toshkent 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |