Mavzu: sto’ Qizcha va uyqu. Sana Ertak Maqsad


III Y angi mavzu bayoni Hikoya muallifi haqida qiqacha ma`lumot



Download 0,61 Mb.
bet10/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#211779
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
4-sinf O'qish 2-chorak 2020-2021

III Y angi mavzu bayoni Hikoya muallifi haqida qiqacha ma`lumot:

O ‘zbek adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ilgan.

Naim aka otasi Fotih Karimiy maktabda fizika o‘qituvchisi bo‘lsa ham, she‘riyat va adabiyotga oshno inson bo‘lganini, o‘zidagi kitobga qiziqish ham avvalo oiladagi muhitda boshlanganini aytadi.

U 1955 yilda SAGU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlaydi.

Universitetni bitirgach, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga ishga kiradi.

Yarim asrlik ijodiy va ilmiy faoliyati ushbu dargoh bilan uzviy bog‘langan olim o‘nlab kitoblar, yuzlab maqolalar yaratdi, matnshunoslik sohasiga katta hissa qo‘shdi.

XX asrdagi o‘zbek yozuvchilarining, jumladan Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Hamza Hakimzodaning ko‘p jildlik asarlar to‘plamlarini tayyorlab, nashr qildirishda qatnashdi.

Domla o‘zining yorqin ilmiy faoliyati uchun Beruniy nomidagi respublika davlat mukofoti bilan takdirlangan.

1990 yillardan boshlab, Naim Karimov Sho‘ro zamonidagi ommaviy qatag‘on mavzusida adabiyot bilan bog‘liq jihatlarini yoritishga va O‘zbekistonning yaqin tarixining o‘qilmay qolgan, shuningdek noto‘g‘ri yoritib kelingan sahifalarini qayta tiklashga harakat qildi.

1991 yildan Behbudiy, Cho‘lpon, Qodiriy, Usmon Nosir kabi qatag‘on qurbonlarining ijodi haqida keng ko‘lamli ish boshlab, ular haqida aytilmagan ma‘lumotlar oshkor etildi.

RIVOYAT Naim Karimov

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda, Farg‘ona-yu Qo‘qon degan tomonlarda Usmon Nosir degan mashhur shoir maktabni bitirib: «Endi qaysi hunarning etagidan ushlasam? Qayerga borib o‘qisam-u, qaysi sohani tanlasam?» — deb kecha-yu kunduz o‘ylab yurgan ekan. Kunlarning birida u soy bo‘yida xayol surib suvning jimir-jimir to‘lqinlariga qarab o‘tirgan ekan, shu payt osmondan tushibdimi yo suvdan chiqibdimi, uning yonida oppoq soqolli, uzun hassali bir nuroniy kishi paydo bo‘libdi. — Nimani o‘ylayapsan, o‘g‘lim? — so‘rabdi u. Usmon Nosir bir qarasa, tanish, bir qarasa, notahttp://eduportal.uz nish odam. Ovozi ham goh tanish ovozga o‘xshasa, goh notanish kishining ovozi. «Balki meni bo‘lmasa — otamni, otamni bo‘lmasa — onamni tanuvchi kishi bo‘lsa kerak», — deb ochig‘ini aytibdi: — Maktabni tugatyapman, ammo qayerga borib o‘qisam, kim bo‘lsam ekan, deb o‘ylanib turibman. Shunda boyagi kishi so‘rabdi: — O‘zing qaysi hunarni yaxshi ko‘rasan? Qaysi muallimning saboqlari senga ko‘proq ma’qul bo‘lgan? — Men hamma darslarga qiziqqanman. Hamma hunar menga yoqadi. Ammo hamma narsadan ko‘ra ko‘proq kitob o‘qishni yaxshi ko‘raman, — debdi Usmonjon. — Kitob o‘qish — hunar emas. Kitob o‘qish bilan tirikchilik o‘tmaydi. Lekin shunisi ham borki, kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘rgan odamlar borib-borib, o‘zlari ham kitob yozganlar. — Men ham kitob yozsam deyman, — debdi Usmonjon. — Niyating chakki emas. Lekin dunyoda kim ko‘p — shoir ko‘p, yozuvchi ko‘p. Ammo ularning hammasidan ham Navoiy chiqmagan. Agar sen yozgan kitoblarni o‘qib, odamlarning ko‘zi o‘tkir, qo‘li chaqqon, yo‘li ravon bo‘lishiga ishonsang, niyating ushalsin. — Odamlar kitobni ko‘zlari o‘tkir bo‘lishi uchun emas, huzur-halovat topish, dardlariga malham olish uchun o‘qimaydilarmi, otaxon? — so‘rabdi Usmonjon. — Men shunday kitoblar yozayki, uni o‘qib, odamlarning bir-birlariga bo‘lgan mehri oshsin, xayollarida faqat bir-birlariga yaxshilik qilish istagi bo‘lsin. — Aytganing kelsin, o‘g‘lim. Shunday kitoblar kerak. Faqat shuni yodda tutki, sen yashayotgan dunyo — shafqatsiz dunyo. Bilasanmi, o‘g‘lim, har bir kishining orqasidan uning soyasi yuradi. Bu soya emas. Bir kun bo‘lmasa, bir kun u shu odamning boshini yeydi. Ba’zan bitta soya ikkita, hatto uchta va undan ham ko‘p bo‘ladi. Ular seni jar yoqasiga olib borib, tubsiz chuqurlikka otib yubormasin desang, hamisha oftobga qarab yur! Shunday qilib, marhum otaning ruhi Usmon Nosirning shoirlik hunarini tanlab olishiga rizolik va fotiha bergan ekan.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish