Mavzu: sto’ Qizcha va uyqu. Sana Ertak Maqsad


II O’tgan mavzuni mustahkamlash



Download 3,86 Mb.
bet26/33
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471871
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
4-sinf O\'qish II ch 20-21 konspekt

II O’tgan mavzuni mustahkamlash
1. Erpo‘lat o‘rtoqlarini nima uchun aldadi?
2. Aldoqchilik bilan yolg‘onchilikning bir-biridan qanday farqi bor?
3. Erpo‘lat o‘rtoqlari oldida izza bo‘lishidan nima uchun qo‘rqdi?
III Yangi mavzu bayoni Muallif haqida qisqacha ma`lumot: Sobit G’ofurov 1933-yil 10-mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida dunyoga keladi. U 7 yoshligida otasidan, 9 yoshligida onasidan yetim bo’lib, singlisi va ukasi bilan qarindoshlari qaramog’ida qoladi. Maktabni a’lo baholarga tugatgandan so’ng, 1953-1959-yillararda O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oladi. O’qishni bitirib, Toshkent televideniye studiyasiga ishga kiradi. Sobit G’ofurov talabalik davridanoq kichik hikoyalar, maqolalar bilan respublika matbuotida qatnashadi. 1960-yildan “G’uncha” jurnaliga adabiy xodim bo’lib ishga o’tadi va umrining oxirigacha shu jurnalda faoliyat ko’rsatgan. Yozuvchining “Insho”, “Jonli sovg’a”, “Topag’on bola”, “Ishonch”( rus tilida), “Qorbobo Toshkentda”, “Posbonlar” (rus tilida), kabi kitoblari nashr qilingan. S. G’ofurov 1993-yil 15-fevralda og’ir xastalikdan so’ng vafot etadi.
SASSIQPOPISHAK Sobit G‘afurov
Dekabr oyi. Qahraton qishning hujumi boshlangan. Qor yog‘gan. Sovuq. Katta-kichik ariqlardan tortib katta anhorgacha muzlagan. Ana shunday kunlarning birida ikkinchi sinf o‘qituvchisi Nasiba opa o‘z o‘quvchilariga oxirgi darsda topshiriq berdi. — Bolalar, hammangiz kuzatuv o‘tkazing. Mahallamiz atrofida qanday qushlar qishda yashar ekan? Shularni aniqlab, daftaringizga yozib keling. Ko‘rib baho qo‘yaman. Qushlar bizning qanotli do‘stimiz. Qor yog‘ganda ularga ancha qiyin bo‘ladi. Hammamiz ana shunaqa paytda qushlarga g‘amxo‘rlik qilib, don-dun berib boqishimiz kerak. Buning evaziga ular bizga sayrab berishadi. Yozda turli mayda zararkunanda qurt-qumursqa, qo‘ng‘iz, chigirtka, kapalak, pashsha singari hasharotlarni yeb, bizga katta yordam beradi. Qushlar — bog‘-rog‘larimizning posboni, qo‘riqchilari.
Nasiba opa va’dasiga binoan dam olish kunining ertasiga bolalardan topshiriqni so‘radi. «Men aytay», degandek bolalarning ko‘pchiligi qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi birinchi bo‘lib Muqaddasdan so‘radi. — Qishda chumchuq, musicha, kaptar kabi qushlar yashaydi, — dedi u. — Yana qanday qushlar? Kim to‘ldiradi? Abdurahmon o‘rnidan turib: «Tovuq, xo‘roz, bedana» desa bo‘ladimi?.. Hamma bolalar gur etib kulib yuborishdi. Ularga qo‘shilib Nasiba opa ham kuldi. Abdurahmon o‘ylamasdan gapirib yuborganidan izza bo‘ldi. — Tovuq, xo‘roz — uy parrandasi. Ular doim uyda — katakda yashashadi. Bedana ham issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Faqat qafasdagilari qoladi, — tushuntirdi o‘qituvchi. Navbat aka-singil Hasan-Zuhralarga keldi. — Qirg‘ovul, kaklik kabi qushlar shaharda bo‘lmaydi. Ular ko‘pincha tog‘, adirlarda, katta cho‘l va o‘rmonlarda bo‘ladi. Hasan atigi bitta qushning nomini aytib, katta bahsga sabab bo‘ldi. Negaki, sassiqpopishakning qishda qishlab qolishiga hech kim ishonmadi-da. Hatto Nasiba opa ham inkor etdi. — Nega ishonmaysiz? Kecha men o‘z ko‘zim bilan sassiqpopishakni ko‘rdim. Ko‘rmasam, aytarmidim? — dedi o‘zining haqligini isbotlamoqchi bo‘lib Hasan. — Xo‘p, mayli, — dedi o‘qituvchi, — darsdan so‘ng o‘sha joyni ko‘rsatasan. Darsdan so‘ng Hasan bir guruh bolalar bilan o‘qituvchisini mahalla choyxonasi yoniga boshlab keldi va sassiqpopishakning qayerda yashashini ko‘rsatdi. Lekin sassiqpopishakning qayerda yashashini ko‘rsatdi. Lekin hadeganda qush ko‘rinmadi. Bolalar xiylagina kutishdi. Keyin zerika boshlashdi. — Yozda ko‘rgandirsan, — dedi o‘rtoqlaridan biri. — Ketdik. Hasan bizni aldayapti, — dedi boshqasi. Hasan oyog‘i kuygan tovuqday tipirchilab: — Og‘aynilar, biroz sabr qiling. Hozir u inidan chiqib qoladi. O‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Axir men yolg‘onchi bo‘lib qolmay, — dedi yalinib. Shu payt zarg‘aldoq shaftoliday olachipor, uzun tumshuq sassiqpopishak allaqayerdan uchib kelib, bo‘g‘otga qo‘ndi. Boshidagi chiroyli yig‘ma yelpig‘ichsimon tojini darrov yig‘ib olganini hamma ko‘rdi. Sassiqpopishak u yoq-bu yoqqa bir qarab, bo‘g‘ot kavagiga kirib ketdi. — Yasha Hasan! Sen ko‘rib, kuzatib aytgan ekansan. Biz senga ishonmay yanglishibmiz. Bizni kechir, — deyishdi o‘rtoqlari. Hikoyani o`quvchilar mustaqil o`qiydilar .Mazmunini so`zlab beradilar.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish