Mavzu: sto’ Qizcha va uyqu. Sana Ertak Maqsad


III Yangi mavzu bayoni Muallif Pirimqul Qodirov (1928–2010)



Download 3,86 Mb.
bet22/33
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471871
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
4-sinf O\'qish II ch 20-21 konspekt

III Yangi mavzu bayoni Muallif Pirimqul Qodirov (1928–2010)


Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, oʻzbek
nasrining yirik namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirov
Turkiston tizma togʻining etaklaridagi Kengkoʻl degan qishloq
da 1928 yilning 25 oktyabrida tugʻilgan. U asli oʻzbekning
barlos qavmidan; urushdan keyingi yillarda jamoa xoʻjaligida,
yoʻl qurilishi, soʻng Bekobod metallurgiya zavodida ishladi.
1951 yili Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Sharqshunoslik
fakultetini tugatib, Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot
institutining aspiranturasiga oʻqishga kirdi. “Abdulla Qahhor-
ning urushdan keyingi ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1954–1963 yillarda u sobiq ittifoq Yozuvchilar uyushmasi qoshida oʻzbek adabiyoti boʻyicha maslahatchi, OʻzRFA til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963–1983), Oʻzbekiston Respublikasi Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qoʻmitasi raisi (1989–1994) boʻlib ishladi.
Adib ijodining debochasi ‒ “Studentlar” (1951) hikoyasi talabalik yillarida eʼlon qilinib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin “Jon shirin”, “Kayf”, “Olov” hikoyalari, “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974) qissalari, “Najot”, “Baxillar va botirlar” afsona qissalari (1980), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1970) nomli qissa va hikoyalar toʻplamlari birin-ketin chop qilindi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (1977–1978) nashr qilingan. Adib kitobxonlarga “Ona lochin nidosi” degan tarixiy romanini (1997) taqdim etdi. 2001 yilda esa uning “Qalb koʻzlari” nomli (badealar, oʻylar, esdaliklar) kitobi chop etildi. “Amir Temur siymosi” (2007) tadqiqoti tariximizni xolis oʻrganish borasida muhim oʻrin egalladi.
“Yulduzli tunlar” romani uchun Pirimqul Qodirov 1981 yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. U Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1997–2000), Respublika Oliy Majlisi fan, madaniyat va taʼlim qoʻmitasi raisi (1991–1995) boʻlgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Shuhrat” medali (1994), “El-yurt hurmati” (1998), “Buyuk xizmatlari uchun” (2006) ordenlari bilan mukofotlangan.
Xatarli uchrashuv
Urush vaqti edi. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. Harbiy xizmatdagi akamning xotini qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, shahardan oyimni chaqirib keling, deb iltimos qildi. U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi bilan band edi. Men piyoda yo‘lga chiqdim. Ancha yo‘l yurdim. Yog‘ib turgan qor pardasi ortidan uch-to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham bor. Shunga yetsam yo‘lning yarmi qoladi. Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning chap tomonida qandaydir sharpa sezganday bo‘ldim. Durustroq qarasam, mendan yuz qadamcha narida ikkita kulrang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb o‘yladim. Shu atrofda yoyilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, yon-verimga alangladim. Lekin ko‘z ilg‘aydigan joyda bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. Meni sergaklanib kuzatayotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo‘ri ekanligini tushundim-u, etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Keyin sal hushimni yig‘ishtirib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. To‘xtashga ham, jadallashga ham, avzoyimni o‘zgartirishga ham, hatto bo‘rilarga yana bir qarashga ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga qarab avvalgiday yurib
k etyapman-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq solaman. Menga qarab kelishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman. Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilar edim. Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa ham boyagiday shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. Bir jihatdan hozir menga osonrog‘i shu edi. Chunki avzoyimni o‘zgartirsam, masalan, chopsam, bo‘rilar ham orqamdan chopadiganday tuyular edi. Men esa hammadan ham shuni istamas edim. Avvalgiday shoshilmay yurib ketyapman. Yo‘l keng, oyog‘im tagidagi qor juda mayin. Biroq men o‘tkir qilichning ensiz tig‘ida yurib borayotgandayman. Yuragimni hovuchlab nuqul ortga quloq solaman. Shu ahvolda qancha yo‘l bosganimni bilmayman. Shunda: «Qochsam, quvadi!» – degan vahimali o‘y meni yana qochishdan tutib qoldi...
O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish. Qish faslida yovvoyi hayvonlarning hayoti qanday bo’lishini aqliy hujum orqali bilib olish.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish