MAVZU: STARTAPLARNI MOLIYALASHTIRISH MAVZU: STARTAPLARNI MOLIYALASHTIRISH REJA: 1. Startap tushunchasi 2. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Startapning rivojlanish bosqichlari 4. Startaplarni moliyalashtirish 5. Boshlang‘ich bosqichda startaplarni moliyalashtirish So‘nggi yillarda biznesda startap kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib qoldi. Televideniyeda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop etilmoqda. Bir qarasangiz, internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda. Startap bilan “tandirdan yangi uzilgan” kompaniya o‘rtasida farq bor-yo‘qligi ham hammaga ham tushunarli emas. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga ishora qiladimi? So‘nggi yillarda biznesda startap kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib qoldi. Televideniyeda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop etilmoqda. Bir qarasangiz, internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda. Startap bilan “tandirdan yangi uzilgan” kompaniya o‘rtasida farq bor-yo‘qligi ham hammaga ham tushunarli emas. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga ishora qiladimi? “Startap” so‘zi inglizcha “startup” – “startap” tushunchasidan kelib chiqadi va u endigina yaratilgan yoki yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi. Faoliyat sohasidan qat’iy nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, “Internetbiznes” va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi. “Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani yuksak istiqbol kutib turgan ekan. Ayni paytda bu kompaniya bizga HewlettPackard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir. Faoliyat sohasidan qat’iy nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, “Internetbiznes” va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi. “Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani yuksak istiqbol kutib turgan ekan. Ayni paytda bu kompaniya bizga HewlettPackard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |