Mavzu: Sportchini tayyorlashning ilmiy nazariy taxlili. Reja


Vosita va uslubiyatlar tarkibining



Download 271,03 Kb.
bet6/18
Sana25.01.2022
Hajmi271,03 Kb.
#409500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12-M. MK.

Vosita va uslubiyatlar tarkibining xususiyatlari

Sport mashqi davrining boshlang‘ich bosqichi yuqorida bayon etib o‘tilganidek, mashq vositalarining ayniqsa, keng majmuasi mavjud ekani bilan farq qiladi. Mazkur bosqichda har tomonlama ta’sir etuvchi mashqlar (tanlangan sport turiga nisbatan) keyingi bosqichlarga qaraganda ancha ko‘proq bo‘ladi. Jumladan, umumiy chidamlilikni tarbiyalaydigan, kuch-quvvat fazilatlarini hamda koordinatsion imkoniyatlarni tarbiyalash uchun berilgan mashqlarga ko‘proq o‘rin beriladi. Mashqlarning xilma-xilligini tanlashda ancha erkin variatsiyalarga ham yo‘l qo‘yiladi.

Musobaqa mashqlariga (tanlangan sport turida) esa mazkur bosqichda minimal o‘rin beriladi. Masalan, bu bosqichda bir qator kuchli og‘ir atletikachilarning bunday mashqlari shtanga bilan bajariladigan yuklamalar umumiy hajmining 1,5-2 % ini, yuguruvchi sprinterlar va suzuvchilarda yugurish yoki suzish umumiy masofasining 0,5-1 % ini tashkil etadi.

Gap shundaki, musobaqa mashqlari birinchi bosqichda faqat eski (ilgari o‘zlashtirilgan) malakalar shaklida bajarilishi mumkin. Shuning uchun ulardan tayyorgarlik ko‘rishning asosiy vositasi sifatida foydalanish odat bo‘lib qolgan harakat mustahkamlanishiga olib keladi. Bu esa kamol topish davom etishiga xalaqit beradigan to‘siqqa aylanib ketishi mumkin. Bundan tashqari, bu bosqichda musobaqa mashqlarining ta’siri nisbatan tabaqalashmagan, shu bilan birga ozmi-ko‘pmi darajada bir yoqlama bo‘ladi. Vaholanki, birinchi bosqichda sport formasining asosiy tashkil etuvchi barcha komponentlarga ta’sir etish har tomonlama va aniq tanlab yo‘naltirilgan bo‘lishi nihoyatda muhimdir.

Musobaqa mashqlarining hissasi, albatta, sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga, sportchining dastlabki tayyorlik darajasiga va boshqa holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Musobaqa harakatlari murakkab tarkibli juda ko‘p variantli sport turlarida (sport o‘yinlari, yakkakurash, ba’zi bir ko‘p kurashlarda) bunday mashqlarning miqdori yuqorida keltirilgan misoldagiga qaraganda ancha ko‘proq bo‘ladi.

Birinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik yo‘nalishi yetakchi o‘rinda bo‘lgani tufayli, bu yerda mashq uslublari ham keyingi bosqichlardagiga qaraganda nisbatan ancha kam ixtisoslashtirilgan bo‘ladi. Tanlangan sport turida sport mashqi uchun xos bo‘lgan uslublar ixtisosga aloqasi bo‘lmagan, lekin, umumiy va maxsus tayyorgarlik sohasidagi xususiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan uslublar bilan to‘ldiriladi. Bunda yuklamalarning asta-sekin o‘sib borishini ta’minlash uchun nisbatan kamroq talablar qo‘yadigan uslublarga, masalan, o‘rtacha yoki o‘zgaruvchan shiddatlikdagi siklli harakatlardan foydalanish, vaqti bir tekis hamda o‘zgaruvchan mashq qilish uslublariga, o‘rtasidagi dam olish oraliqlari uzaytirilgan takroriy va ortib boruvchi mashq uslublariga ko‘proq ahamiyat beriladi.


Download 271,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish