Umumiy va maxsus tayyorgarlikning o‘zaro nisbati. Mashqning asosiy yo‘nalashiga muvofiq birinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik ko‘p bo‘lishi bilan farq qiladi. To‘g‘ri, umumiy tayyorgarlikning maxsus tayyorgarlikka aniq miqdoriy nisbati sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga, sportchining malakasiga hamda uning shaxsiy xususiyatlariga qarab ancha o‘zgarib turadi, biroq sikl boshida ko‘pincha umumiy tayyorgarlik tayyorlov davrining ikkinchi bosqichidagiga va musobaqa davridagiga qaraganda ancha ko‘p vaqt oladi. Aytish mumkinki, sportchining tayyorgarligi darajasi va mahorati ortib borgan sari umumiy va maxsus tayyorgarlik nisbatlari muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. Shuningdek, tayyorgarlikning turli davrlari uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik xususiy asoslarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |