Mavzu: “Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”. Bitiruv malakaviy ish


Muayyan musobaqaga maxsus ruhiy tayyorgarlik



Download 1,57 Mb.
bet27/29
Sana27.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#414320
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”.

Muayyan musobaqaga maxsus ruhiy tayyorgarlik.- Muayyan musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish o‘ta murakkab va mas’uliyatli jarayondir.
Ma’lumki, har bir sportchi musobaqalarda ancha barvaqt va musobaqa oldi vaziyatlarda mahorati va tajribasidan qat’i nazar, turli xil ruhiy holatlar (lixoradka - talvasaga tushish, apatiya – tushkunlikka tushish, jangovor holat, hayajonlanish va h.k.)ga duchor bo‘ladi. Agar o‘yinchi va jamoa uchun bo‘lajak raqibning o‘yin va ruhiy modeli (jismoniy, funksional, texnik-taktik, ruhiy imkoniyatlar) yaxshi, batafsil tanish bo‘lmasa, salbiy ruhiy hissiyotlar kuchayishi, hatto o‘z-o‘zini boshqara olmaslikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun musobaqaoldi mashg‘ulotlarda bo‘lajak raqibning barcha imkoniyatlari, shu jumladan uning ruhiy imkoniyatlari puxta o‘rganiladi. Bunda videofilmlar, «sport razvedkasi» taqdim yetgan ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Imkoniyatlar va vaziyatlar o‘zlashtirilganidan so‘ng, ular modellashtirilgan mashg‘ulotlar tarkibida mashq qilinadi.
Salbiy ruhiy hissiyotlarni bartaraf etish va jangovor ruhiy holatlarni shakllantirish uchun quyidagi mashq-formulalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
1. “Razvedka” ma’lumotlarini tasavvur etish:
- raqibning har bir imkoniyatlari ko‘z oldimda gavdalanmoqda;
- raqibning kamchiliklari va ustunliklarini birma-bir aniq ko‘rayapman;
- kamchiliklar va ustunliklarni o‘z imkoniyatlarim bilan solishtirdim;
- raqibning kamchiliklari va zaif jihatlari xotiramdan mustahkam joy oldi;
- ushbu kamchiliklar va zaif jihatlardan unumli foydalanish loyihasini ishlab chiqdim va uni qo‘llash yo‘llarini rejalashtirdim;
- o‘zimni kamchiliklarimni bartaraf etish imkoniga erishdim, ularni takrorlamaslik choralarini belgilab qo‘ydim;
- o‘zlashtirgan barcha ruhiy va texnik-taktik imkoniyatlarni musobaqaoldi mashg‘ulotlarida sinab ko‘rdim va yaxshi natijaga erishdim;
- musobaqaga barcha imkoniyatlar bo‘yicha tayyorman, jangovor holatga erishish sirlarini puxta o‘zlashtirdim.
2. Musobaqaoldi vaziyatlarida ro‘y beradigan salbiy holatlarni bartaraf etish:
-menga tashqi va ichki “stress-qo‘zg‘atkichlar” ta’sir etmayapti, men ulardan xalos bo‘ldim;
- o‘zimni a’lo his qilayapman;
-ertangi musobaqa meni qiziqtirmaydi, men toza havo bilan nafas olayapman;
- bugun tinch va osoyishta uxlayman, butun ichki a’zolarim, mushaklarim, diqqatim va xotiram chuqur dam oladi;
- uyqudan a’lo kayfiyat, a’lo hissiyot, yorqin xotira bilan uyg‘ondim;
-o‘rnimda bajargan qayishqoqlik va nafas mashqlarim kayfiyatimni yanada ko‘tardi, o‘zimni yengil his qilmoqdaman, “uchishga tayyorman”;
-biroz yengil yugurganim, asta-sekin bajargan badantarbiya – chigilyozdi mashqlarim, toza nafas olish meni “qushdek” yengil qildi;
-yuvinish mashqlari menga yangi kuch, a’lo kayfiyat va ishtahamni kuchaytirdi;
- ertalabki modellashtirilgan yengil mashg‘ulot meni a’lo “sport formasida” ekanligimni eslatdi;
- tushlikdan so‘ng biroz dam oldim, tanam, ruhim va mushaklarimning dam olganligi menga orom bag‘ishladi;
- musobaqa joyiga yetib keldim, asta-sekin kiyindim va yotib, ko‘zim yumilgan holatda jangovor holatga erishish mashqiga kirishdim;
- mening xotiram, nerv tolalarim, asabim, ichki a’zolarim osoyishta dam olmoqda;
- nafaslarim ravon, yuragimni urishi me’yorida, mushaklarimda energetik zaxiralar jamlanmoqda;
- raqibim kamchiliklari va zaif jihatlarini esladim, ko‘z oldimga keltirdim, ularga qarshi kuchli va sirli imkoniyatlarim shaylandi;
- hozir chigilyozdi, qayishqoqlik va maxsus o‘yinoldi mashg‘ulotida raqibga qarshi imkoniyatlarimni “charxlayman”;
- o‘yinoldi mashg‘ulotida barcha imkoniyatlarimni raqib kamchiliklari, zaif jihatlari va kutilmagan vaziyatlarga qarama-qarshi kurashga shaylantirdim;
- jangovor holatga keldim, “jangga” tayyorman;
- barcha imkoniyatlarim yuksak ruhiy faollik asosida tayyor!!!
Yuqorida qayd etilgan “autotrening” – ishontirish mashqlarini har bir sportchining ruhiy va boshqa imkoniyatlariga qarab dasturlash mumkin.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish