Tajriba bayonnomai
Sana__________
№
|
Tekshiriluvchining familiyasi
|
1seriya individual bajariladigan taqillatishlar soni
|
2seriya musobaqa sharoitidagi taqillatishlar soni
|
1va 2 seriya ko’rsatkichlari o’rtasidagi farq
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
Harakat tempining tezligi tepping asbobi yordamida o’lchanadi. Bu asbob yog’ochdan tayyorlangan bo’lib, maydonga egadir. Unda 2 ta 10x20 sm razmerli metall plastinkalar bor. Bu metall plastinkalar bir-biridan 5 uzoqlikda joylashgan. Plastinkalarga o’tkazgich orqali metall tayoqcha biriktirilgan. Bu tayoqcha bilan plastinka bo’qlab taqillatiladi.
Tajriba vaqtida tekshiriluvchi asbob oldida turib, o’ng qo’lida tayoqchani ushlagan holda, maksimal tezlikda tepping ikkala plastinkasi bo’qlab, navbatma-navbat taYillatib tayoqchani ura boshlaydi. Tajriba oldidan sinash taqillatishi o’tkaziladi.
Tekshiriluvchi uchun instrukstiya: asbob oldida qulay holatda turib olib, tayoqchani o’ng qo’lida xuddi qalam ushlaganday ushlab Diqqat! Marsh! signali berilishi bilan plastinkalar bo’qlab iloji boricha tezroq taqillata boshlaysizlar. (o’qitvuchining o’zi qanday qilishini ko’rsatib beradi). Stop signali berilishi bilan harakatni to’xtatish kerak: Maksimal temp 15 soniya davomida o’lchanadi.
Eksperementator talaba harakatni boshlangani va tugagani to’g’risida komanda beradi. Eksperementator yordamchisi bo’lgan talaba asbobning ko’rsatkichlari harakatlari to’g’riligini kuzatib boradi. Uning harakatlari sirg’anmasdan bir plastinkadan ikkinchisiga sakrash tipida bo’lishi kerak.
Tajriba 2 seriyadan iborat Birinchi seriya talaba eksperemental gruruhlarga bo’linadilar. Har bir guruhga 1 ta to’p va bitta sekundomer beriladi. Bu seriyada tekshiriluvchi vazifani yakka holda bajaradi. Bu paytda boshqa talabalar tomonida hech qanday ogohlantirish berish ruxsat etilmaydi. Ikkinchi seriyada tekshiriluvchi vazifani musobaqa sharoitida bajaradi.
Eksperementator 2 kishini 1-nchi 2 ta stolda turgan 2 ta teppingga chaqiradi. Boshqa talabalar esa ishqibozlar rolini bajarib musobaqachilarni rag’batlantiradi. Bu seriyada tekshiriluvchi oldida tez taqillatish bilan o’z raqibi ustidan olib chiqish vazifasi turadi.
Tajriba oxirida har bir tekshiriluvchining birinchi va ikkinchi seriya ko’rsatkichlari solishtiriladi. Farqi bayonnomaning oxirgi grafasiga agar ikkinchi seriya ko’rsatkichi birinchiga nisbatan ko’p bo’lsa plyus, kam bo’lsa minus iboralari qo’shilib yoziladi. Talabalar natijalarni solishtirgach, musobaqa sharoitida harakat tempi natijalarining o’zgarish xarakteri to’g’risida xulosalarini va buning asosida musobaqali emostiyaning harakat tezligiga ta’sir etish xususiyatlari to’g’isida yozadilar.
Tajriba Musobaqali emostiyani harakat tezligini aniq tartibga solishga bo’ladigan ta’siri.
Tajribaning vazifasi: musobaqali emostiyasining harakat tezligini aniq tartibga solishga ta’sir etish xususiyatlarini tekshiriluchining normal harakat tezligini musobaqa sharoitida uning individual bajarish ko’rsatkichlarini solishtirish orqali aniklashga.
Harakat tezligini tepping asbobi yordamida o’lchanadi.
Tajriba Chernikova.O.A. metodikasi bo’qicha o’tkaziladi. Bu metodika bo’qicha tekshiriluvchi tajriba vaqtida 5 marta har 10 soniya harakat tezligini o’zgartiradi. Birinchi 10 soniya u plastinka bo’qlab o’ziga qulay bo’lgan harakat tezligida taqillatadi. Keyinga 10 soniya tekshiriluvchi sekinlashgan tempda harakat qiladi, keyin esa yana normal tempda. To’rtinchi o’n soniya harakat tezligi maksimal darajada bo’ladi va oxirgi 10 soniyada harakat normal tempda bo’ladi.
Tajriba 2 seriyadan iborat. birinchi seriyada talaba eksperemintal guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhga to’p va sekundomer beriladi. Bu seriyada tekshiriluvchi vazifani musobaqa sharoitida bajaradi. Eksperementator ularni 2 kishidan chaqiradi. qolgan talabalar ishqibozlar rolini bajaradilar.
Tekshiriluvchi uchun instrukstiya: Asbob oldida qulay xolatda turib olib, o’ng qo’lga qalamni ushlaydigan holda tayoqchani ushlab “Diqqat! Marsh!” signali berilishi bilan asbob plastinkasi bo’qlab o’zingizga qo’lay bo’lgan tempda taqillata boshlaysiz. “Stop! Sekinroq!” - signali berilishi bilan, siz harakat tempini sekinlatasiz. “Stop!” “o’rtacha!” signali berilgandan so’ng esa tajriba boshida qanday tempda takillatgan bo’lsangiz o’sha tempda taqillata boshlaysiz: “Stop! Maksimal!” signali berilgach plastinkalar bo’qlab tezroq taqillata boshlaysiz. “Stop! o’rtacha!” signali berilganda esa siz uchun qulay bo’lgan tempda yana sekinroq taqillata boshlaysiz. Sizning asosiy vazifangiz juda aniqlik bilan Harakatning odatdagi tempini qaytarishdan iborat. Harakat tempini o’lchash natijalari quyidagi tajriba bayonnomaiga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |