Mavzu: “Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”. Bitiruv malakaviy ish



Download 1,57 Mb.
bet25/29
Sana27.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#414320
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”.

Tekshiriluvchining familiyasi ____________________
Sana __________



Temp chastotasi

1seriya individual bajariladigan

2seriya musobaqa sharoitidagi

1va2 seriya ko’rsatkichlari o’rtasidagi farq

1

O’rtacha










2

Sekin










3

O’rtacha










4

Maksimal










5

O’rtacha









Tajribani tugallashda har bir tekshiriluvchining 1-chi va 2-chi seriyadagi odatdagi temp ko’rsatkichlari solishtiriladi. Odatdagi temp varifaolligiga qarab g’olib aniqlanadi.


Natijalarni solishtirib bo’lgan talabalar, musobaqa sharoitida odatdagi tempning o’zgarish harakteri to’g’risidagi va musobaqali emostiyaning harakat tempini boshqarishga ta’sir etish xususiyatlari to’g’risidagi xulosalarini yozadilar.
Yakunlash.
Xulosalarda o’qituvchi tajriba natijalarni va adabiyot manbalari bo’qicha musobaqa paytidagi emostional kechinmalarning xususiyatlari va ularning sportchi Harakatlariga ta’siri haqida qayd qilib o’tadi.










2.4. Sport musobaqasiga ruhiy xarakteristika

Har qanday sport faoliyati sport musobaqasi bilan uzviy bog’liqdir: hech qanday sport faoliyatini sport musobaqasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Sport mashg’ulotsida o’qitish va tarbiyalash ishlarni olib borilishi konkret musobaqada muvaffaqiyatli qatnashishga tayyorlashdan iboratdir: - musobaqa - olib borilgan mashg’ulotni yakunlash davri desa ham bo’ladi;


Musobaqa-pedagogika fanining ta’rificha kishi faoliyatini belgilovchi, kuzatuvchi omildir, ya’ni qo’zg’atuvchi rag’batlantiruvchi omildir. Sport musobaqasining tarbiyalovchi ahamiyati kattadir. Ular quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi.
1. Sport muvaffaqiyati uchun kurash-sport musobaqasining xarakterli tomonlaridan biridir. Keskin kurash birgina individual maqsadlar bilan cheklanmaydi, balki jamoaiviy hamda ijtimoiy motivlarni ham paydo qilinadi.
2. Sport musobaqasi jismoniy kuch va ruhiy faoliyatni zo’r berib ishga solish bilan xarakterlanadi. Zo’r berish sport musobaqasining spestifik xususiyatidir. Bu xususiyat sportchida axloqiy, iroda va xarakter, ruhiy sifatlarni tarbiyalash vositalaridan biridir.
3. Sport musobaqasidagi shiddatli kurash yurak, qon aylanish faoliyatini kuchaytiradi, modda olmashuvni tezlashtiradi. Bularni barchasi yurak - asab faoliyatini mustahkamlaydi. Organizmning ish qobiliyatini oshiradi.
4. Sport musobaqasi yuksak emostional holatning manbaidir. Chunki musobaqada sportchi doimo muvaffaqiyatga erishadi yoki mag’lubiyatga uchrab turadi. Bu hol tabiiy ravishda, goh xursandlik, goh noxushlikni paydo qilib turadi. Natijada sportchida yoki ishchanlik oshadi yoki kamayadi.
5. Sport musobaqasida sportchining barcha ruhiy jarayonlari keskinlashadi. Demak, yuqorida ko’rsatib o’tilgan musobaqaning o’ziga xos xususiyatlaridan ma’lumki, sport musobaqasi sportchining o’z faoliyatini yuksak darajada namoyon qilish va yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash vositasidir. Sportchilarni tayorgarlik holatiga qarab, musobaqa sharoitlari ularga har xil ta’sir ko’rsatadi.
Start oldi holati sportchining bo’ladigan musobaqaga qatnashishi bilan bog’liq bo’lgan holda vujudga keladigan yuksak emotsional holatdir. Start oldida paydo bo’ladigan emostional holat bo’ladigan musobaqaga moslashish imkonini tug’diradi hamda erishadigan yakunlar darajasiga kuchli ta’sir o’tkazadi.
Start oldi holatini profesorlar P.A.Rudik va A.S.Punilmiy eksperemental ishlariga asoslanib 4 (holatga) bo’ladilar.
1.Start oldi lixoradkasi (start hayajoni).
2.Start oldi agatiyasi (start lanji).
3.Jangovor holat.
4.Hotirjam holat.
Start oldi hayajoni quyidagilar bilan ifodalanadi:
1) emotsional holatning beqarorligi;
2) bitta emostional holat ikkinchisi bilan tezda almashinib turishi;
3) hatto ko’z yoshigacha borib etishi va yana aksincha qaytishi. Diqqatning tartibsizlanishi, parishonlik holatining vujudga kelishi; fikrni to’playolmaslik. Hotiraning pasayishi, musobaqaga oid muhim momentlarni hotiradan chiqib ketishi. Bu holatni tashqaridan kuzatganda oyoq - qo’llarning qaltirashi, yuzning oqarishi, oyoq - qo’l uchlarining sovib ketishi, yuzda, qo’l kaftida oyoq uchlarida terning paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Start agatiyasi (ruhsizlanish, xafasizlik, lanj, hech narsaga qiziqmaslik).
Bu holat start lixoradkasining aksidir. Start agatiyasi quyidagi belgilar bilan ifodalanadi:
1) Uyqu bosish holatini paydo bo’lishi;
2) Musobaqaga qatnashishkisi kelmasligi;
3) Salbiy kayfiyat - (astenik) ning namoyon bo’lishi
4) Idrok va diqqatning pasayib ketishi va boshqalar.
Start agatiyasining fiziologik asosi bosh miya po’stlog’ida tormozlanishning kuchayishi, qo’zg’olish jarayonining esa pasayib ketishi (bilan ifodalanadi).
Start lixoradkasi va agatiyasi musobaqada yuksak natijalarga erishish uchun to’siq bo’lsa, jangovor holat esa aksincha sportchiga yo’l ochadi, katta imkoniyat yaratadi. Bu holat quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: diqqatning to’pplanishining doirasini kengayishi (ifodalanadi) tafakkur va idrokning yaxshilanishi. Stenik (ijobiy) kayfiyatning paydo bo’lishi kabilar. Jangovor holatning fiziologik asosi bosh miyada optimal asab qo’zg’alishining sodir bo’lishi. Boshqacha aytganda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlar o’trasida muvozanatning vujudga kelishi. Bunday holat, ya’ni jangovor holat musobaqada ijobiy natijaga olib keladi!


Mashg’ulotning vazifasi va uni tashkil qilish.
Mashg’ulotning vazifasi qo’qidagicha:
1.Talabalarni startoldi holatlarining ruhiy xususiyatlarini kuzatishga va taxlil qilishga shuningdek sportchilardagi bu holatlarni tug’diruvchi sabablarni aniqlashga o’rgatish.
2.Talablarni sportchining startoldi holatida o’z ruhiyasini tartibga solishning asosiy vosita va metodlari bilan tanishtirish.
Vazifa:
Bu mashg’ulotga har bir talaba o’z tajribasida boshidan kechirgan startoldi holatning taxlilini yozma holda tayyorlaydi. Buning uchun talabalar darslikdagi startoldi holatining turli tiplariga berilgan xarakteristikalarga amal qilgan holda olgan bilimlarini o’z shaxsiy tajribalarida qo’llaydilar. Talabalarga sport bilan shug’ullanishning turli davrlarida boshidan kechirilgan yorqinroq va xarakterliroq startoldi holatlarini misol qilib keltirishlari taklif qilinadi.
Olingan materiallarni umumlashtirish metodlari bilan tanishtirish uchun 3-4 ta talabaga ishtirok yetgan musobaqalardagi shaxsiy tajribalaridan o’quv guruhidagi yoki jamoasidagi o’rtoqlarining tajribalaridan faoydalanib, ko’rsatilgan mavzu bo’qicha ma’ruza qilish topshiriladi. Talabalarning ma’ruzalari mashg’ulot paytida tinglanadi va muhokama qilinadi.
Mashg’ulot rejasi.
1.Talabalardan darslik materiallari va vazifaning ayrim masalalari bo’qicha so’rash.
2.Individual vazifalar bo’qicha talabalarning ma’ruzalarini tinglash va
muhokama qilish.
3.Start oldi holatlarini tartibga keltirish va noqulay sharoit bilan kurashish
usullarini taxlil qilish va tushuntirish.
4.Ishlab chiqilgan mavzuni yakunlash.
5. Keyingi mashg’ulotga vazifa.
Nazariy jihatdan tayorgarlik qilish savollari.
1.Start oldi holati deb nimaga aytiladi?
2.Start oldi holatining tiplari qanday farqlanadi?
3.Start lanj holatining xususiyatlari nimadan iborat?
4.Start hayajon holatining xususiyatlari nimadan iborat?
5.Jismoniy tayyorgarlik holatining xususiyatlari nimadan iborat?
6.O’zini hotirajam tutish holatining xususiyatlari nimadan iborat?
7.Individual vazifa ma’ruza uchun.
Talaba o’z shaxsiy tajribasida (yoki qandaydir sportchining tajribasida) uchragan holatlarni kuzatish va tahlil qilish asosida sportoldi holatlarini yozadi. Startoldi holatlarini kuzatish tahlil qilish va bayon qilish sxemasi;
1.Siz musobaqaga necha kun qolganda start oldi holatini aniq seza
boshlaysiz va bu nimalarda ko’rinadi?
2.Musobaqaga yaqinlashganda siz o’zingizni qanday xis qilasiz?
a) shu kuni nima bilan shug’ullanishni ma’qul ko’rasiz;
b) shu kuni sizga yakka o’zingiz bo’lganingiz ma’qulmi yoki do’stlaringiz
va yaqin kishilaringiz o’rtasida bo’lganingizmi;
v) shu kuni belgilangan rejimga amal qilasizmi? musobaqa oldidagi tunda
qanday uxlaysiz?
3.Musobaqa uni va bevosita startga chaqirilishdan oldin shuningdek
startning o’zida qanday hissiyot va kayfiyatni boshdan kechirasiz va qay darajada?
4.Sizning startoldi holatingiz mashq qilish darajangizga bog’liqmi?
5.Start oldi holatingiz musobaqalashuvchi raqibingizga bog’liqmi? Siz qaysi
birinni ma’qul ko’rasiz: sizning raqibingiz kim bo’lishini oldindan bilishnimi, yoki startga chaqirilgan vaqtda bilishnimi? Siz qachon hayajonlanasiz - raqibingiz kuchli bo’lgandami, sizning kuchingiz bilan teng bo’lgandami, yoki kuchsiz bo’lgandami?
6.Musobaqa mashtabi (yoki ahamiyati) va komandadagi o’rningiz sizning
startoldi holatingizga qanday ta’sir etadi? (o’tgan musobaqalar g’olibi va x.k)
7.Sport stajingiz oshishi bilan, sport mahorat darajangiz oshishi bilan,
musobaqalarda qatnashish darajangiz ortishi bilan, startoldi holatingizning mazmuni va darajasi o’zgardimi?
8.Start oldi holati sportchilardagi temperament bilan
bog’liqmi?(sportchilarning xulqi haqida konkret misol keltirish).
9.Noqulay startoldi holatini engish uchun siz qanday usullarni qo’llaysiz.
Razminka xarakterini o’zgartirasizmi, maxsus nafas mashqlari yoki qo’zg’atuvchi mashqlarni bajarasizmi, nima haqida o’qlashga harakat qilasiz. Diqqatingizni nimaga to’playsiz: murabbiylaringiz va o’rtoqlaringizdan madat qidirasizmi?





Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish