Eslatma:
Agar tekshiriluvchi barmog’ini tekshiruvchi reaksiyaning vaqtini yozib olgandan oldin diskadan tortib olsa, tajriba natijasiz deb topiladi. Tekshiriluvchining reaksiya qilish vaqtini quyidagi bayonnoma sxemasi quyidagicha yoziladi.
1.Tekshiriluvchining familiyasi
2.Oddiy reaksiyaning tezligini o’lchash yakunlari
|
Oddiy reaksiya
|
Murakkab reaksiya
|
№ tajriba
|
Vaqt
|
Reaksiya diapozoni
|
Vaqt
|
Reaksiya diapozoni
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
5.
|
|
|
|
|
6.
|
|
|
|
|
7.
|
|
|
|
|
8.
|
|
|
|
|
2.1. Sportchini texnik jihatdan taqyorlashning ruhiy asoslari
Sporchini texnik jihatdan tayyorlash - pedagogik jarayon bo’lib, ayni sportga xos harakatlarni bajarish usullarini egallash va ularni takomillashtirishdan iboratdir. Har xil sport turlarida sport harakatlarini texnik usullari har xil ruhiy tuzulishga egadir. Sportchi texnikani o’zlashtirishi xilma xil harakat malakalarni o’zlashtirish bilan bog’likdir, chunki har qanday sport faoliyatida texnikani asosi bo’lib malaka hisoblanadi.
Har bir sport turidagi mashqning texnikasini egallash - harakat malakasini egallashdan iboratdir. Odam faoliyatidagi harakatlar shartlari 2 turga ajratiladi - ko’nikmalar va malakalardir.
Harakat malakasi deb sportchilarda bir xil shaklda juda ko’p marta takrorlanish natijasida avtomatlashib kyetgan harakatlarga aytiladi. Ko’nikma - shunday harakatlardirki odam ularni ilgari egallagan bilimlarini tadbiq yetgan holda bajaradi (professor A.S.Puni aytishicha harakat malakalar - odamning yodlab olgan harakatidir. Harakat malakalari bosh miyada differentsiyalashish (ajrata bilish) va vaqtli asab bog’lanishlar asosida shakllanadi.
Har bir harakat malakasi o’z fiziologik asosiga ko’ra shartli reflekslar aloqalari tizimlaridan iborat. Malakalar hosil bo’lishning dastlabki bosqichlari, ularni har bir qismi o’qlagan holda diqqqat bilan bajariladi. Malakalar shakllangan sari harakatlar aniq, tez, tejamli, engil bajariladigan bo’lib qoladi.
Harakat malakalarini tarkib topishida ongning roli.
Harakat malakalarining shakllanish jarayoni ongli jarayon I.M.Sechenovning aytishicha harakat qanchalik yodlangan bo’lsa, u odamning irodasiga shunchalik osonlik bilan bo’qsunadi va aksincha lekin bu avtomatlashgan harakat ongning kontrolidan tashqarida emas,- deydi Sechenov. Har qanday yodlab olingan mehnat, hayotiy va sport harakatlari ongning ishtirokisiz bo’lishi mumkin emas.
Harakat malakalarining xususiyatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi. Malakalarning ong bilan bog’liq bo’lishi. Malakadagi harakatning aniqligi. Bu mushak harakat va boshqa sezgilarning yuksak o’sganligiga bog’liqdir. Malakalardagi harakatlarni tejamli bajarilishi. Malakaning turg’unligi.
Malakalarning egiluvchan va bukuluvchanligi.
Harakat malakalarining shakllanishi uch bosqichdan iborat.
1. Bosqich stadiyasi. o’rganilayotgan mashqning umumiy asoslarini butunligicha egallash. Ayrim usullarni bajarishni aniqlash stadiyasi. Malakani mustahkamlash va takomillashtirish stadiyasi. Bosqichda o’rganuvchilarning vazifasi o’rganayotgan mashq to’g’risida to’g’ri tasavvur tug’dirishdir. Bunda ko’rish sezgilari katta o’rin tutadi.
2. Bosqich stadiyada mashg’ulotning asosiy maqsadi bajarilayotgan mashqlarning ayrim usullarini egallashdan iborat. Bu bosqichda murabbiy yoki o’qituvchi o’z o’quvchisining diqatini mashqning ayrim elementlariga hamda bir butunligiga jalb qilishi kerak. Natijada o’quvchining ko’ruv tasavvuri o’sadi. Bu esa to’g’ri usullar qo’llashga imkon beradi.
3. Bosqich stadiyada asosiy maqsad malakalarni mustahkamlash va takomillashtirish jarayonini amalga oshirish. Bu stadiyaga ong mashqlarni aniq va bir butun bajarishga qaratiladi. Mashqlar uch bosqich jarayonlari avtomatlashib harakat malakasiga aylanadi. Malaka hosil qilishda mashqni takrorlash katta ahamiyatga egadir. Chunki takrorlashsiz malaka hosil bo’lmaydi. Lekin bu takror oddiy takror bo’lmay balki mashqni sifat va xarakterini o’zgartiradigan takrordir.
Malaka hosil bo’lish natijasida: sport uchun zarur bo’lgan kuch, tezlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik, sharoitiga tez moslashish kabi sifatlar etiladi. Musobaqa jarayoniga ruhiy jarayonlarning sifati reaksiya tezligi oshib, sportchida mo’ljalga olish yaxshilanadi. Tafakkur tez va sifatli ishlaydi. Sportchi o’z harakatini erkin nazorat qila oladigan bo’ladi.
Malaka hosil bo’lish jarayonining mashq egri chizig’i deb ataluvchi ko’rsatkichlar yordami bilan grafik ravishda ifodalab berish mumkin (mashq egri chizig’i natijasi). Harakat malakalarining shakllanish jarayoni notekis xarakterga ega.
Harakat malakalarining hosil bo’lishida mushak harakat sezgilari muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda hamma analizatorlar qatnashadi. Sport malakalarini hosil qilishda nutq va tafakkur katta rol o’qnaydi. Har qanday harakat malakalarini hosil qilish boshqa malakalar bilan aloqada bo’ladi va bog’lanadi. Malakalarning o’zaro ta’siri ikki shaklda bo’ladi. Bir malakadan ikkinchisiga o’tishda mavjud malakaning ijobiy ta’sir ko’rsatishi - malakani qo’chishi deyiladi. Bir malakani ikkinchi malakaga salbiy ta’sir qilishni interferenstiya deyiladi. Harakat malakalarining susayishi yoki mutlaqo esdan chiqarilish.
Mashg’ulot vazifasi va uni tashkil qilish.
Mashg’ulotning vazifasi malakalarning mohiyati, ularning asosiy xususiyatlari, o’zaro ta’sirlari va shuningdek bo’zilishi sharoitlari haqidagi nazariy bilimlarni aniqlash va mustahkamlashdan iboratdir. Talabalar mashg’ulot paytida mashq egri chizig’ining tuzilishi va uning qonuniyatlari bilan amaliy tanishishlari va bu qonuniyatlar jismoniy mashqlarni o’rganishda qanday ahamiyatga ega ekanligini aniqlashlari kerak.
Mavzu bo’qicha materialni oldindan mustaqil ishlab chiqishda talabalar darsliqda berilgan va ushbu laboratoriya mashg’ulotini mavzusiga tegishli bo’lgan quyidagi tushunchalarni o’zlashtirishlari va esda olib qolishlari kerak: malaka, ko’nikma, mashq, avtomatizm, avtomatlashgan harakatlar, malakalarning bir biriga qo’shilish natijasida yo’qolishi (interferenstiya) ko’chishi, deavtomatizastiya, mashq chizig’i, odatlar.
Laboratoriya mashg’ulotiga tayyorgarlik qilish va darslik materiallarini mustaqil ishlashda talabalar quyidagi savollarga javob berishlari kerak:
1. Malaka deb nimaga aytiladi?
2. Harakat malakalarning qanday xususiyatlari bor?
3. Maishiy, mehnat va sport harakat malakalari dinamik stereotipning
xarakterli xususiyatlari qanday?
4. Malakaning ko’chishi deb nimaga aytiladi va qanday sharoitlarda u ro’q
beradi?
5. Malakaning interferenstiyasi nima va qachon ro’q beradi?
6. Malakalarning deavtomatizastiya bo’lishining qanday sabablari bor?
7. Mashq egri chizig’i va uning xususiyatlari?
8. Jismoniy mashqlarni o’rganishda mashq egri chizig’ining xususiyatlari
qanday ahamiyatga ega?
Mashg’ulot rejasi:
Mashg’ulotning kirish qismi:
Do'stlaringiz bilan baham: |