Mavzu: “Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”. Bitiruv malakaviy ish


II bob. Sportchida reaksiya va sport faoliyatidagi ahamiyatini uyg’otish



Download 1,57 Mb.
bet18/29
Sana27.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#414320
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”.

II bob. Sportchida reaksiya va sport faoliyatidagi ahamiyatini uyg’otish

Sportda ongli, irodaviy harakat katta o’rin egallab, ko’pincha reaksiya shaklida namoyon bo’ladi. Reaksiya ongli javob harakat bo’lib, sportchi bo’lajak ko’zg’ovchini oldindan biladi va unga tegishli ma’lum javobni oldindan tayyorlaydi. Reaksiya jarayoniga startni olish mumkin. Sportchi startga tayyorlanar ekan, u faqat oldindan qo’qgan o’zining maqsadini tasavvur qilib qolmay, balki unga erishish vositalarini ham tasavvur qiladi. Reaksiya jarayonining o’ziga hos xususiyati shundan iboratki, u qisqa muddatda o’tadi. Sigma bilan o’lchanadi. Sigma soniya mingdan bir qismi.


Reaksiyaning tuzilishi.
Reaksiya jarayoni oldin ma’lum bo’lgan shartli qo’zg’ovchini idrok qilish, bu qo’zg’ovchini anglash va unga muvofiq javob harakat qilishdan iboratdir.
Reaksiyaning 3-ta davri mavjuddir:
Dastlabki davri - bunga startni misolga olsak, dastlabki signaldan to startgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Dastlabki davr signalni kutish javob harakatga tayyorgarlik qilish bilan chegaralanadi.
Markaziy yoki yashirin (latent) davri - bu signalning berilishidan to javob harakatgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr juda ham qisqa vaqtda o’tsada, lekin reaksiya jarayonida katta rol o’qnaydi. Bu davrda sportchi harakatsiz qoladi, lekin miya yarim sharlar po’stida javob harakatni tayyorlashdan iborat kuchli asab jarayonida rivojlanadi.
Yakunlovchi davr - bu javob harakatidan to tugallashgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi.
Reaksiyalar sensor, motor va neytral tiplarga ajratiladi.Sensor tipda sportchilarda dastlabki davrda signalni idrok qilishda asosan eshitish analizatorlari ko’zg’algan holda bo’ladi va diqqatni signalning berilishiga qaratiladi.
Motor (muskul) harakat analizatorlar bir muncha tormozlangan holda bo’ladi. Reaksiya vaqti 160-175 sigma. Motor (mushak-harakat) tipdagi reaksiyada dastlabki davrda sportchining mushak-harakat analizatorlari faol qo’zgalgan holda bo’lib, diqqatni javob harakatga tayyorgarlik qilish bilan xarakterlanadi. Eshitish analizatorlari esa bir muncha sust yoki butunlay tormozlangan bo’ladi. Reaksiya vaqti 100-125 sigma.
Neytral tipda sportchilarda dastalbki davrda eshitish va mushak-harakat analizatorlarida qo’zg’alish muvozanat holatda bo’ladi. Reaksiya vaqti 140-150 sigma.
Reaksiya oddiy va murakkab deb 2 ta reaksiyaga ajratiladi:
Oddiy reaksiyada, oldindan ma’lum bo’lgan ko’zg’ovchiga oldindan o’rganib olingan javob harakat bilan mazkur signalga javob qaytariladi.
Murakkab reaksiyada, oldindan ma’lum bo’lmagan ko’zg’ovchiga ma’lum bo’lmagan javob bilan harakatlanish murakkab reaksiya deyiladi (misol futbolda darvozobonning harakatlanishi).


Oddiy reaksiya va uning o’lchanishi.
Mashg’ulotning vazifalari. Ayni mashg’ulotning vazifasi:
a) talabalarga quyidagilarni tanishtirish:
1) reaksiya tushunchasi va uning ruhiy ahamiyati, organizmdagi fiziologik
reaksiya tushunchasi va moddalarning reaksiyasi tushunchasidan farqi;
2) reaksiya qilish jarayonining strukturaviy (tuzilishi) bilan tanishtirish;
3) oddiy reaksiyaning xususiyati bilan;
4) murakkab reaksiyaning xususiyati bilan;
5) sportning har xil turlarida reaksiyaning tezlik va aniqlik xususiyati bilan
tanishtirish;
6) oddiy reaksiyani o’lchash metodikasi bilan tanishtirish.
Talabalar laboratoriya sharoitida oddiy reaksiya tezligini o’lchash metodikasini amaliy yo’llash (uddalash) uqumlarini o’zlashtirish.
Shu maqsadda dars quyidagicha uyushtiriladi:Talabalarga nazariy jihatdan tushuntirish, suxbatlar va yakka vazifalar bo’qicha ma’ruzalar muhokama qilingan, hamma talabalarning ishtirokida laboratoriyali tajribalar o’tkaziladi.


Mashg’ulot rejasi.
1.Darslikdagi materiallar bo’qicha talabalar bilan savol-javob va suhbatlar
o’tkazish.
2.O’qituvchi tajribalarni demonstrastiya qilish orqali reaksiyaning tezligini
o’lchash metodikasini tushuntiradi.
3.Oddiy va murakkab reaksiyaning tezligini o’lchash bo’qicha tajribalar
o’tkazish.
4.Natijalarni ishlash va analiz qilish.
5.Mashg’ulotni yakunlash va xulosa chiqarish.
6.Keyingi mashg’ulot mavzusi bo’qicha mustaqil ish uchun topshiriylar berish.


Mashg’ulot o’tkazish uchun kerakli asboblar.
Reaksiya qilish jarayoni sxemasi, oddiy reaksiya va murakkab reaksiya sxemasi, reaksiya qilishning tezligi o’lchanadigan asbob-anjomlarning reaksiya o’lchash asbobi (asboblar soni: 2-3 ta talabaga bitta asbob).
Talabalarning mustaqil ishi uchun vazifalari.
Guruhdagi hamma talabalar uchun umumiy vazifalar:
Ko’rsatilgan adabiyotlar ustida ishlash, sport amaliyotidan misollar tanlash
va quyidagi savollarga javoblar tayyorlash:
1.Reaksiya deb nimaga aytiladi.
2.Odamning u yoki bu qo’zg’ovchiga ta’sir harakati reaksiyasi qanday ruhiy
xususiyat bilan harakterlanadi.
3.Reaksiya qilish jarayonining tuzilish qanday.
4.Oddiy reaksiya qanday (sportdan reaksiyaga misollar keltiring).
5.Reaksiya qilishning sensor (sezuvchi, xis qiluvchi) motor va neytral tiplari
nimadan iborat.
6.Oddiy reaksiyaning xususiyatlari qanday reaksiya qilishning har xil
tiplariga (latent yashirin davriga missollar keltiring).
7.Sportchilarda reaksiyaning tezligini mashq qilish mumkinmi?
Murakkab reaksiyaning xususiyatlari.
Mashg’ulot paytida talabalar oddiy reaksiyaning tezligini o’lchashni mustaqil tajriba qilish bo’qicha topshiriqlar oladi (maxsus instrukstiyaga qarang). Reaksiyani o’lchash asbobi (reaksiyalar o’qituvchi uchun).
Tajriba reaksiyasini o’lchash asbobi bilan o’tkaziladi. Bitta asbob 3 -ta talaba-eksperement, tekshiriluvi va bayonnoma yozuvchi uchun bo’lib, talabalar o’z rollarini almashtirib turadi. Har bir tekshiriluvchi eksperementga o’tishdan olding texnika bilan tanishish va uni o’zlashtirish hamda tajribaning sharti bilan tanishish maqsadida 2-3-4 marta sinov tariqasidagi tajribani o’tkazadi va so’ng asosiy eksperementga o’tiladi.
Asboblarni ishlatish paytida xech qanday kuchlanish (zo’r berishning) hojati yo’q (bunday holat eksperementning buzilishiga olib kelishi mumkin). Reaksiyani o’lchash asbobi (reaksiyalar) orqali oddiy reaksiyaning tezligini o’lchash.
Instrukstiya.
Oddiy reaksiyaning tezligini reaksiyalar yordamida o’lchanadi. Tekshiriluvchi reaksiyalar ro’parasida 20-30sm masofada o’tiradi. Tekshiruvchi tekshiriluvchining nima qilishi kerakligini quyidagicha tushuntiradi: Oldindan beriladigan “tayyorlaning” signaliga ko’ra siz barmog’ingizni kalitning yonida, uni bosmagan holda tutasiz.
Lampochka yonishi bilan barmog’ingiz bilan kalitni bosasiz. (Tayyorlaning! Diqqat! Tekshiruvchi tajriba o’tkazadi). Reaksiyaning vaqtini hisoblash quyidagi hisob bilan olib boriladi har bir yaxlit taqsimot 0,01 soniya 1-2 taqsimot esa 0,005 soniyaga teng. Har bir tajribadan so’ng strelka tekshiriluvchi tomonidan o’z joyiga keltiriladi. Bitta tekshiriluvchi bilan 10 ta sof tajriba 0 o’tkaziladi. (Muvaffaqiyatsiz chiqqan tajribalar hisobga olinmaydi).

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish