Mavzu: splanxnologiya asoslari


Tashqi sekretsiya bezlari



Download 312 Kb.
bet2/9
Sana02.07.2022
Hajmi312 Kb.
#731076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SPLANXNOLOGIYA ASOSLARI.

Tashqi sekretsiya bezlari ikki xil: sodda va murakkab tuzilishga ega. Sodda tuzilgan bezlarning chiqaruv naychalari tarmoqlanmaydi, sekret ishlab chiqaruvchi tub qismlari naysimon yoki alveola (pufakcha)ga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ularga me’daning fundal va terining yog‘ bezlari misol bo‘ladi. Murakkab tuzilgan bezlarning chiqaruv naychalari daraxt kabi tarmoqlangan va o‘zaro birikkanligi sababli, ularning alohida bo‘laklardan tuzilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Murakkab tuzilgan bezlarga so‘lak bezlari va me’da osti bezi kiradi. Bezlardan tashqari, hazm a’zolarining shilliq va shilliq osti pardalarini egallagan holda limfa follikulalari uchraydi. Bular yakka-yakka (solitar) yoki guruh holida (ingichka ichak) joylashgan.
ICHKI ORGANLARNING RIVOJLANISHI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT

Ichki organlar embrion taraqqiyotining 4 – haftasida endodermadan payda bo’lgan birlamchi ichak naychasidan boshlanadi. Ichakning muskul qavati mezodermadan rivojlanadi. Ichak naychasi embrion umurtqa pog’onasining old tomonida , unga boshidan oxirigacha parallel joylashgan bo’ladi. Keyingi rivojlanish davrida ichak naychasi embrionga nisbatan tez o’sib qorin bo’shlig’ida ikkita burilishni hosil qiladi. Natijada ichak naychasi bosh, o’rta va orqa ichak qismlariga ajraladi. Bu vaqtda embrion bosh qismining bet tomonidab ektodermaning botib kirishi natijasida og’iz bo’shlig’i va tilning old qismlari rivojlanadi. Bunga qarama-qarshi birlamchi ichak naychasining bosh qismidan esa og’iz bo’shlig’I va tilning orqa bo’lagi , hiqildoq, qizilo’ngach va me’da rivojlanadi. Bu ikkala kurtak orasida parda bo’lib , u keyinchalik shimilib ketadi. Og’iz bo’shlig’ining oldingi bo’lagi bilan orqa qismi embrion rivojlanishida o’zaro qo’shilib butun og’iz bo’shlig’I va tilni vujudga keltiradi.Birlamchi ichak naychasining bosh qismidan og’iz bo’shlig’I va tildan tashqari tish, so’lak bezlari, limfoid to’qimalar va ayrisimon bez , qalqonsimo va qalqon orqa bezlari rivojlanadi. Birlamchi ichak naychasining o’rta qismidan o’n ikki barmoq ichak , yonbosh ichak va ularga aloqador bezlar ( jigar , me’da osti bezi ) rivojlanadi.


Birlamchi ichak naychasining oxirgi qismidan esa ko’richak , ko’tariluvchi va ko’ndalang, pastga tushuvchi chambar ichaklar , “S”simon ichak va to’g’ri ichak taraqqiy etadi. Birlamchi ichak naychasining oxirgi qismi , dastlab ovqat hazm qilish hamda siydik va tanosil organlariga umumiy bo’lgan bo’shliqqa - kloakaga ochiladi . Ayni paytda to’g’ri ichak bilan siydik tanosil organlari orasida Frontal to’siq rivojlanib , kloakaning bir-biri bilan aloqador bo’lmagan oldingi va orqa qismlariga bo’ladi. To’g’ri ichak nayning oxirgi bo’lagi bo’lib , uning pastki qismi muskul qavati ko’ndalang – targ’il muskullardan iborat. Rivojlanayotgan to’gri ichakning quyi qismi parda bilan berk bo’ladi. Embrion rivojlanishida ektodermadan to’gri ichakka qarab chuqurcha ( bo’lg’usi orqa teshik) hosil bo’ladi. Keyinchalik rivojlanish jarayonida o’rtadagi parda shimilib ketadi va to’g’ri ichak orqa teshik orqali tashqariga ochiladi.



Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish