Mavzuning dolzarbligi: Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir . Ega kesimga ergashib , kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi . Bular gapning bosh bo‘laklari sanaladi . To‘ldiruvchi , aniqlovchi , hol kabi bo‘laklar esa ega yoki kesimga ergashib kelib , ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi . Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo‘laklari deyiladi .
Kurs ishining maqsadi: Kesim gap tarkibida muhim o’rin tutadigan bosh bo’lakdir, shuning uchun ham u sodda gaplarda eganing qo’llanishiga nisbatan muqimdir (Kesim haqidagi yangicha qarashlar yuqorida aytib o’tilgani uchun qaytarib o’tirmaymiz). Kesim ham xuddi ega kabi sodda va murakkab turlarga bo’linadi.
Sodda kesim bir so’z shakli bilan ifodalanadi. Sodda kesimlar qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab sodda fe’l kesim va sodda ot kesimlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |