Vositali to`ldiruvchi. O`zx okim bo`lagiga bog`lanib, shu bo`lak orqali ifodalangan harakatning yuzaga kelishida qurol-vosita vazifasini vositali to`ldiruvchi bajaradi.
Vositali to`ldiruvchilar vositali kelishik shaklidagi so`zlar va ko`makchili konstruksiyalar bilan ifodalanadi hamda ularning so`roqlariga javob beradi. Vositali to`ldiruvchilar o`tisiz fe`liga bog`lanib keladi. Kelishikli to`ldiruvchilar, qaysi kelishik shaklida kelishiga qarab, turli xil ma`nolarni ifodalaydi:
1) Jo`nalish kelishigi shaklidagi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Suyu`ekt harakati yo`nalgan o`rin ob`ektini ko`rsatadi: Men baxorda Qattortolga borgan edim (A.Qaxxor).
Harakatni bajarilishida vosita bo`lgan predmetni ko`rsatadi: Safar bo`zchi sandal ko`rpasiga uraniboq o`tirdi (A.Qaxxor). Kelin kattakon doka ro`molga burkangan (A.Qaxxor).
Harakat vosita ta`sir qilgan predmet-ob`ektni ifodalaydi: Mahdum yostiqqa bexol suyandi (A.Qodiriy).
Harakat atalgan ob`ektni ko`rsatadi: Mirzayev shoshib qolib bir kunning o`zida Latofatga ikkita xat yozdi (A.Qaxxor).
Harakatning maqsad ob`ektini ko`rsatadi: O`rtada ikki laganda palov quyilib, Gulshan bilan yetti qiz oshga o`tirdilar (A.Qodiriy).
Tenglik evaz ma`nosidagi ob`ektni ifodalaydi. Ba`zan sut, qaymoqni donga alishar edik (A.Qaxxor).
Biror predmetga o`xshatilgan predmet-ob`ektni ifodalaydi: bu garamlar xudi cho`l o`rtasida bodrab chiqqan azamat qo`ziqoinga o`xshab ketadi (S.Ahmad).
Xolatni, psixik o`zgarishlarni yuzaga keltirilgan, ko`zlangan ob`ektni ifodalaydi: Mahdum bu xolga ortiq chidab turolmadi. (A.Qodiriy).
Sub`ekt harakati qaratilgan predmet-ob`ektni ko`rsatadi: Ra`no onasiga o`pka aralash kulib qaradi (A.Qodiriy).
So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni ko`rsatadi: Siddiqjon O`rmonjonga minnatdorchilik bildirdi (A.Qaxxor).
2. O`rin-payt kelishigidagi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Xolat yuzaga chiqqan o`rinni-ob`ektni ko`rsatadi: Nilufarning ko`zlarida quvonch aralash bir hayrat porladi. (O.Yoqubov)
Harakatning bajarilish paytini bildiradi: Saida uyga kech soat o`n birlarda qaytdi (A. Qaxxor).
Harakatning bajarilishida vosita bo`lgan ob`ektni ko`rsatadi: Chol kechga qolgan yo`lovchilarni daryodan shu qayiqda o`tkazib quydi (G`.G`ulom)
Harakat va holatning yuzaga chiqishida vosita bo`lgan ob`ektni ifodalaydi:
Bobolar mehnatda xorgandir deya,
Aziz nabiralar, uylarsiz beshak (A.Oripov).
Harakat yoki xolatning qay jihatdan yuzaga chiqishini ifodalaydi: Mayxo`rlikka, kurashda, ot chopishda, o`q o`zishda yigitlari bilan do`st tutinishiga ulgurdi (Oybek)
Harakatning xolatini bildiradi: Faqat tabassumda yashardi olam... (A.Oripov)
Harakatning bajarilish maqsadini bildiradi: u anxor buyida jinday yozilish, yuragini qoplab olgan qora dudni jinday tarqatish umidida kelgan edi. (O.Yoqubov)
Chiqish kelishigi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Haraktaning boshlanishi, chiqish, yo`nalish o`rnini ko`rsatadi: Nilufar tez yurib mehmonxonadan chiqdi. (O.Yoqubov).
Harakatning chiqish ob`ektini bildiradi: Ahmadjon hozircha xat yozishdan voz kechdi (A.Qaxxor)
Harakatning vosita ob`ektini ifodalaydi: qo`sh tumshug`idan ilinar (Maqol)
Harakatning bajarilishida vosita bo`lgan shaxsni ko`rsatadi: Xikmat buva xatni nevarasidan berib yubordi (A.Qaxxor)
Harakatning manba-ob`ektini ko`rsatadi. Mehnatdan do`st ortar, g`iybatdan dushman (Maqol).
Harakatning bajarilish paytini bildiradi: Oyim bizlarning yoshlikdan ishga o`rgatganlar (M.Alaviya)
Harakat ob`ektning o`lchovini-miqdorini ko`rsatadi: Bir-ikki piyoladan choy ichdilar (O.Xusanov)
Harakatning chog`ishtirish ob`ektini ko`rsatadi: Nevara degan o`z bolangdan ham shirin bo`lar ekan (“Sharq yulduzi”).
Harakatning ro`y berishi uchun sababchi bo`lgan ob`ektni ko`rsatadi: Qalandarov mashq va ashuladan mazmun bo`ldi (A.Qaxxor)
Harakatning qay tarzda bajarilishini bildiradi: Jon-dildan ishlaymiz, chunki qalbingiz, ezgu umid bilan sevgiga to`liq (Zulfiya)
Ko`makchili to`ldiruvchilar, qaysi ko`makchi bilan kelishiga qarab, harakatning kim yoki nima haqida ekanligini, atash, maqsad, sabab, birgalik kabi ma`nolarni ifoda etadi: Sultonmurod Iskandar Zulqarnayn to`g`risida latifa suyladi (Oybek). Shuni balkim, jon uchun jon olamiz, shuni balkim, tukamiz qon uchun qon (H.Olimjon). Qobil bobo yor-do`stlari bilan kengashdi (A.Qaxxor). Anvar o`z istiqbolini yolg`iz muxabbat orqali ko`rar edi. (A.Qodiriy).
To`ldiruvchilar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab bo`ladilar. Bir so`z bilan ifodalanib, bir sodda tushunchani anglatadigan to`ldiruvchi sodda to`ldiruvchi sanaladi% Yaxshiga yondash, yomondan qoch (maqol).
Ikki va undan ortiq so`zlarning tobelanish munosabatidan tashkil topib, bir murakkab tushuncha anglatsa, murakkab to`ldiruvchi sanaladi: mardikor olish voqeasidan xalq nafratlanadi (Oybek).
Aniqlovchi va uning ifodalanishi. Predmet belgisi, qarashligini ifoda qiluvchi gap bo`lagi aniqlovchi deyiladi. Bu o`rnida belgi tushunchasi keng ma`noda qo`llab, sifat-rang-tus, xususiyat, maza, shakl, xajm, miqdor-daraja ma`nolarini ifoda qiladi: ko`k daftar, shirin ovqat, katta bino, g`ayratli bola, ko`p gap.
Aniqlovchilar otga bog`lanadi. Aniqlovchi ot aniqlanmish sanaladi. Aniqlovchilar otga bog`lanadi. Aniqlovchi anglatgan ma`nolarga ko`ra, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarga bo`linadi.
Sifatlovchi bog`lanib kelgan bo`lak sifatlanmish hisoblanadi.
Sifatlovchilar quyidagicha ifodalanadi:
Sifat bilan: Anhorning bog`dan chiqib ketadigan tomoni yam-yashil maysazor (S.Zunnunova).
Son bilan: erkin uchta mevali daraxt o`tkazdi (“Sharq yulduzlari”).
Olmosh bilan: Qancha odam kelibdi? (A.Qaxxor).
Ravish bilan: Qat`iyat va temirdek iroda bilan qarshi turingiz (Yashin)
Ot bilan: Oq oltinni oltin qo`llar yetishtiradi (“Sharq yulduzlari”).
Ishchilarning temir, po`lat qo`llari eng yuksak tog`larning bargini yoradi (H.Olimjon).
Sifatdosh bilan: Aytilgan gap-otilgan o`q (maqol). Porlagan yuz, yashnagan ko`z, botir qiz! (H.Olimjon). ba`zan sifatdoshlar o`ziga oid so`zlar bilan kengayib sifatdosh oborot xosil qiladilar. Bular yoyiq sifatlovchilardir: qator binolar mag`rur shaxar buyniga taqilgan marjonga uxshaydi. (R.Fayziy)
Oliy so`z birikmasi shakldagi konstruksiyalar bilan: bizga beshxonali uy berildi (“Sharq yulduzlari”).
Predmetning qarashligini ko`rsatib, kimning, nimaning, qaysi? Qanday? kabi so`roqlarga javob bergan aniqlovchi qaratqichli aniqlovchi deb ataladi. Qaratqich vazifasida qo`llanuvchi so`z qaratqich kelishigi shaklida, karatqich egalik shaklida bo`ladi: tog`ning havosi, Navoiyning g`azali.
Qaratqichli aniqlovchilar grammatik va semantik jihatdan belgili va belgisiz bo`lishi mumkin: Artilgan, tozalangan sari semiz otlarning badanlari yarqiraydi (Oybek). Vadamiz bir yerga qaror topdi (G`.G`ulom).
Belgisiz qaratqichli anglovchilar sifatlovchi aniqlovchilarga yaqin turadi va aniqlanmishni jins, tur, xoslik nuqtai nazaridan aniqlaydi:
Dang`illama klub va choyxona binolarini shu kezlarda alohida bezatilgan (R.Fayziy).
Qaratqich aniqlovchili birkmalarida, ba`zan qaratqich komponent qo`llamaydi. Yo`lga solar, turar qo`limdan, boshimdadir sening xayoling, yuraklardagi yonar surating, go`zalligining, guling, jamoling (H.Olimjon).
Qaratqichli aniqlovchilar quyidagi so`zlar bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Yo`lchi mehmonlarning otlarini qoziqlarga temir qoziqlarga qantarib bog`ladi (Oybek).
Olmosh bilan: Mening kelayotganimni bir necha kishilar ko`rgan edi (G`.G`ulom)
Otlashgan sifat bilan: Yomonning yaxshisi bo`lguncha, yomonnig yaxshisi bo`l (maqol).
Otlashgan son bilan: Do`stim, uning yarim besh bo`lar (“Sharq yulduzi”).
Otlashgan sifat bilan: Ishlaganning yuzi yogug` bo`ladi (S.Ahmad).
Aniqlovchilar tuzilishi jihatidan sodda va murakkab bo`ladilar: Ulug` jang kunidir (G`.G`ulom). Samadiy yulduzni benarvon uradigan yigit deb maqtanadi (A.Muxtor).
Izoohlovchi. Izoxlovchi biror predmetga boshqa nom berish, uni boshqacha atash yo`li Bilan aniqlaydi. Izoxlovchi aniqlab kelgan bo`lak izohlanmish deb ataladi. Izoxlovchi va izoxlanmish bitishuv yo`li bilan aloqaga kirishib, izohlovchili birikmani hosil qiladi. Bunda har ikki bo`lak, asosan, ot bilan ifodalanadi. Izohlovchilar quyidagi ma`nolarni anglatadi:
Unvonni: professor A.N.Kanonov atoqli olimdir (“Sharq yulduzi”).
Mashg`ulot, kasb, amalni: Hovliga bosh buxgalter Sulaymon Sodiqovich kirib keldi (“Sharq yulduzi”). Yo`lchi o`z do`sti Qoratoy bilan hangomalashib o`tirar edi (Oybek).
Qarindoshlik va shunga uxshatilgan beligini: To`xta xola uzoqdan kelayotgan ikki kishining qorasini ko`rdi (I.Raxim).
Jinsi: Uzoqda qiz bolalarning ashulasi yangradi (R.Fayziy).
Laqabni: Ayvon pastida Soli sovuq bilan Juman pismiq qo`l qovushtirib turardi (M.Ismoiliy).
Taxallusni: Otaqo`zi o`g`li Rahmatilla-Uyg`un yirik o`zbek adibidir (“Sharq yulduzi”).
O`xshashlikni: Ozodlikka olib chiqdi yurtboshi-quyosh (“Xalq so`zi”).
So`zning ikki holatda izohlovchi bilan izohlanmish orasiga tire qo`yiladi.
Ba`zan izohlovchi birdan ortiq bo`ladi: Qadam tashlayotgan ogyoqlar, ozodlik qadamlari, ildamlanmoqda (“Xalq so`zi”).
Xol va uning ifodalanishi. Xoll ikkinchi darajali bo`laklarning eng muraakabidir. Xol harakat-xolatni qanday xolda, qanday vaziyatda, qayusulda, qachon, qaerda, nima uchun, nima maqsadda, qanday shart bilan bajarilishi, bajarilish miqdori, darajasi, belgilarni ko`rsatadi; sub`ekt, predtkt va ob`ekt munosabatlarini reallashtiradi, ularning ob`ektiv borliqqa munosabatini belgilaydi.
To`ldiruvchiga nisbatan xolning qo`llanish doirasi ancha keng. Har qanday yig`iq gapning xolning u yoki bu turini qo`shish bilan yoyiq gapga aylantirish mumkin. Lekin to`ldiruvchi yordamida kengaytirib bo`lmaydi. Masalan: konsenrt juda kech tamom bo`ldi (A.Qaxxor). Kengayish aniqlovchilar yordamida ham amalga oshiradi.
Xol boshqaruv yo`li bilan xokim bo`lakka ergashadi. Xolning boshqarilishi kelishikli, ko`makchili va aralash vositalar bilan amalga oshiriladi: Tol tagiga yelpinib dam oldi (Oybek). Men siz kabi bo`lishni istar edim (Ayniy).
Xol semantik-sintaktik qurilishi jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi: ravish xoli, o`rin xoli, payt xoli, sabab xoll, maqsad xol, daraja-miqdor xoli, shart va to`siqsizlik xoli. Ayrim ishlarda xolning olti turii boshqalarida o`n uch turi ajraladi.ii
1. Ravish xoli harakat yoki xolatning qanday xolda, qanday kayfiyatda bajarilishini, bajarilish sifatini ko`rsatadi va qanday qanday, qanday qilib, qanday xolda, qanday ravishda, qanday tarzda kabi so`roqlarga javob beradi.
Ravish holi semantik-sintaktik xususiyatlarga ko`ra quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Harakatning bajarilish xolatini ko`rsatadi: Daraxtlarning yashil chodiri ostida u yoq-bu yoqni asta kezdi (Oybek).
Harakatni bajarishda sub`ektning qanday ruxiy qiyofada bo`lganligini ko`rsatadi: Solix Mahmud kulimsiragan kuyi daxlizda yurib berdi (A.Qodiriy).
Harakat yo xolatni bajarilish sifatini anglatadi: Gulchehra atlas kuylagini olovday yondirib daraxtlar orasida go`yo uyinga tushganday yengil, nozik yo`rg`alar edi (Oybek).
Harakat-xolatning belgisini tasvirlab ko`rsatadi: Domla g`azabidan qalt-qalt titrab yana vaysadi. Yuragim qinidan chiqquday gup-gup uradi (Oybek).
Harakat yo xolatning qanday usulda, qanday yo`l bilan bjarilishini ko`rsatadi: Kampir g`azablanibdi, uklok bilan urib itning oyog`ini sindiribdi (O`zbek xalq ertaklari).
Bir predmet harakatning ikkinchi bir predmet harakatiga o`xshashligini ko`rsatadi, shu o`xshashlik zaminida harakat-xolatning belgisi aniqlanadi: Manzura yosh qizchalarday yuguradi, qax-qax uradi (A.Muxtor).
2. O`rin xoli predmetning o`rnini ko`rsatish bilan birga predmet xolatining yuz berish o`rnini, predmet harakatiga mos bo`lgan turli o`rin ma`nolarini ifodalaydi. O`rin xoli voqelikka nisbatan urin ma`nosini quyidagicha ifodalaydi:
O`rin xoli o`rin kelishigida kelib, predmetning turish joylashish o`rnini bildiradi: eshik tagida, devor buylarida turishibdi. (A.Muxtor).
Predmet xolatining yuz berish o`rnini ko`rsatadi. Ariq buyida cho`zilib ulagan (Oybek).
Perdmet chiqish, harakatning boshlanish o`rnini ko`rsatadi: Sal o`tmay Shirinoy daladan qaytib keldi (Oybek).
Predmet harakatining yo`nalish o`rnini ko`taradi: Arslonqul o`z to`dasi turgan chodirga bordi (Oybek). Zangori osmonga tutashgan tog` cho`qqilariga qadar ajoyib boy manzaralar ochilar edi (Oybek).
O`rin xoli bosh, o`rin chiqish kelishigi va ko`makchiligi va ko`makchilar bilan birga qo`llaniladi. U ega, kesim, to`ldiruvchi va xolning boshqa turlariga ergashishi mumkin.
3.Payt xoli harakat yoki xolatning sodir bo`lish paytini ko`rsatadi va qachon, qachondan beri, qachondan boshlab kabi so`roqlarga javob bo`ladi.
Payt xoli zamon ma`nosiga aniqlik kiritishda bir xil xususiyatga ega emas. Shunga ko`ra, quyidagi xolatlarda payt munosabatlarini anglatadi:
Harakat xolat voqeaning yuz berish vaqtini ko`rsatadi: otryad tongda qishloq shurosi oldida saf tortdi. (G`.G`ulom).
Harakat xolatning boshlanish paytini ko`rsatadi: B bakaterakni va undagi laylak uyasini bu yerning qariyalari ham bolaligidan biladi (A.Muxtor).
Payt chegarasini ko`rsatadi: Jo`raxon zalni anchagina tinchitolmadi (A.Muxtor).
Harakat va xolatning boshlanish va tugash paytini ko`rsatadi: ular soat birdan ikkigacha dam olishda olishdi (“Sharq yulduzi”).
Harakat-xolatning boshqa harakat va xolatdan oldin bo`lish yoki bo`lmasligini ko`rsatadi: To`qqiz yil burun mana shu bozor ko`chada, mana shu bozor ko`chada, mana shu o`zimiz o`tirgan imorat derazasining tagida katta mojaro bo`lgan (A.Muxtor).
Harakat-xolatning hamma vaqt takrorlanib turishini ko`rsatiladi: Onasi bilan ertayu kech dalada timiskilanib yuradi (X.G`ulom).
4. Maqsad xoli so`zlovchining qanday maqsadda ish tutishi, harakat-xolatning ular tomonidan nima uchun qilinayotganligini ko`rsatadi va nega, nimaga, kim uchun, nima deb, nima maqsadda, qanday maqsadda kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Maqsad xoli ko`pincha maqsadida, umidida, niyatida, uchun ko`makchilari bilan birga kelgan harakat nomi, maqsad ravishi, ravishdoshning –gali affisi shakli va jo`nalish kelishigidagi ayrim so`zlar bilan ifodalanadi.
Maqsad xoli ikki ko`rinishda ega:
Aniq maqsad xollari: Bu gal o`z o`quvchilarning Oysha xolaning yoniga olib kelish uchun ruxsat keldi (S.Zunnunova).
Noaniq maqsad xollari: ular atayin aylanma yo`ldan yurdilar (A.Muxtor).
5. Sabab ish-harakat yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xoli ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xollari uchun, sabali, tufayli yordamchilari bilan birga kelgan sifatdosh, sabab ravishlari, chiqish kelishigidagi so`zlar va ravishdorlar bilan ifodalanadi. Sabab xollari nima uchun, nima sababdan so`roqlariga javob bo`ladi.
Sabab xoli semantik tomonidan bir necha ko`rinishlarga ega:
Harakatni bajaruvchi shaxsning biror ishi shu harakatning yuzaga kelishmasligiga sabab bo`ladi: Bu gapning tarixini bilganligi uchun Siroj ham kulib yubordi (S.Zunnunova).
Harakatning bajarilish-bajarilmasligiga boshqa birovning harakati sabab buladi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi (A.Muxtor)
Predmet harakatining yuzaga kelishi uchun shu predmet biror xususiyatning sabab bo`lishini ko`rsatadi: Qishloq bir oz pastlikka bo`lganidan daraxtzor biror boqqa o`xshab guj bo`lib ko`riladi (S.Zunnunova).
Bir predmet harakatning yuzaga kelishi uchun boshqa bir predmet harakatining sabab bo`lishini ko`rsatadi: urush tufayli korxona ro`zg`ori birmuncha oqsab qoldi (“Sharq yulduzi”).
Harakat-xolatning kim tufayli, nima sabali bo`lish-bo`lmasligini aniq ko`rsatmaydi: Bu odam o`sha vaqtda uchundir Gulnora ishlayotgan idoraning hisobiga turardi (S.Zunnunova).
6. Miqdor xoli ish-harakatning bijarilish miqdorini bildiradi va qancha, necha marta so`roqlarga javob bo`ladi. Miqdor xoli maktab grammatikasida ravish xoli tarkibiga kiritiladi.iii Oliy o`quv yurti darsligida miqdor daraja xoli deb o`rganilsa-da, kam material berilgan.iv A.N.Kononov uni o`lchov va daraja xoli deb nimaga ajratadi. Biz uni miqdor xoli deb atadik va shu tushuncha doirasida uni boshqa guruhlarga bo`lib o`rganishi lozim topdik.
Miqdor hol semantik jihatidan quyidagi ko`rinishlarga ega:
Sinov-o`lchov belgilarni ifodalovchi so`z xoll bo`lib kelib, u miqdor anglatishi jihatidan rial va nisbiy miqdorni anglatadi: u ikki hovuch tutni ozgina tikdi-yu, yana bir hovuch terib, juvonga o`girildi (A.Qaxxor).
Harakat va xolatning miqdor belgisini darajalab ko`rsatadi va aniqlaydi: Yormat shaxardan piyoda qaytib, o`lgiday charchagani uchun otlarga Yo`lchi qaradi (Oybek).
Harakat yo holatning qaytarilishini, takrorlanishini ko`rsatadi: Bashorat onasining yuzlaridan, ko`zlaridan qayta-qayta o`pdi (A.Muxtor).
Harakat yo holatning og`irligi narx-navo, uzoq-yaqinlik, uzun-qisqalikka oid miqdor belgilarini kuchaytirib ko`rsatadi: Nagan ham biram yarashib turibdiki (X.G`ulom).
7. To`siqsizlik xoli, ma`lum bir harakatning bajarilishida to`siq, zudlik bo`lishiga qaramay, shu harakatning bajarilishini anglatadi: to`siqsizlik xoli nimaga qaramasdan, nimaga qaramay, nima demay so`roqlarga javob bo`ladi. To`siqsizlik xoli mazmunan ikki xil bo`ladi:
Ichki to`siqsizlikni ko`rsatadi, bunda kesimdan anglashilgan harakat bir shaxs, predmetga tegishli bo`ladi: Men xoxlasam – xoxlamasam, otin oyiga qatnashishim shart edi (S.Ayniy).
Tashqi to`siqsizlikni bildiruvchi xoll biror shaxs, biror predmet xususiyatining bajarilishiga to`siq bo`la olmasligini ko`rsatadi: Oysulton juda charchadi, shunga qaramay, yana shunga yurgisi kela berdi (B.Kerboboyev).
8. Shart holi harakat ifodalaydigan bo`lakka bog`lanib, shu bo`lak orqali anglashilgan harakatning sodir bo`lishidagi sharoitni ko`rsatadi va xokim bo`lakka- SA aafiksi yordamida bog`lanadi: Borsam, injenerni boshlab kelaman (Oybek). Shart xolli gaplarda sub`ektning bajarilishi mo`ljallangan. Biroq hali yuzaga keladigan ikki xil harakat indeyasi bo`ladi. Bulardan biri xol-yordamchi harakat, ikkinchisi xol bog`langan so`z-asosiy harakat orqali anglashiladi. Asosiy harakatning yuzaga kelish-kelmasligi yordamchi harakatning bajarilish-bajarilmasligiga bog`liq. Sirni sizga aytib berganimni bilib qolishsa o`ldirishadi (X.G`ulom). Meni ko`rsa toyginam xursand bo`lib kishnaydi. (Z.Diyor).
Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo‘lak kesim deyiladi.
Kesim o‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni grammatik jihatdan shakllantiradigan bosh bo‘lak hisoblanadi.
Kesim ifoda materialiga ko‘ra (qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra) ikki turga ajratiladi: 1) fe’l kesim; 2) ot kesim.
Fe’l kesim. Turli fe’l shakllari bilan ifodalanadigan kesim fe’l kesim deb yuritiladi: Yo‘l chetida zarg‘aldoqlar sayraydi. (P.Q.). O‘rik qiyg‘os gullaganda, birdan havo sovib, laylakqor yog‘ib berdi. (P.Q.).
Fe’l kesim ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanadi: Tog‘ etagida qishloqning mirzateraklari elas-elas ko‘zga tashlanadi. (P.Q.).
Ot kesim. Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va b.) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalanadigan kesim ot kesim deb ataladi.
1) kesimning ot bilan ifodalanishi. Ot kesim vazifasida ko‘pincha bosh kelishikdagi ot, ba’zan esa o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklardagi ot yoki ko‘makchi bilan qo‘llangan ot kelishi mumkin: Yoshning hurmati - qarz, qarining hurmati – farz. (Maqol). So‘zning ko‘rki - maqol. (Maqol). O‘sha kuni Norboy ota dalada edi. (P. Q.). Safaviylar ham o‘zimizning turkiy ulusdan. (P.Q)
Ot bilan ifodalangan kesim nafaqat bosh kelishik shaklida, ba’zan jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklar shaklida bo‘lishi mumkin, hatto ko‘makchi orqali shakllangan bo‘lishi mumkin. Masalan: Ilmu hunar yerga emas, elga. (Maqol). Haqiqat kuchda emas, kuch haqiqatda. (V.Kataev). Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol).
2) kesimning sifat bilan ifodalanishi: O‘rmon ichi sersoya, salqin.(P.Qodirov) Uning bo‘yi baland edi. (P.Qodirov)
3) kesimning son bilan ifodalanishi: Besh karra besh - yigirma besh. Qayiq kattagina, eshkagi to‘rtta edi. (P.Qodirov) So‘zimiz, va’damiz, ahdimiz bitta, do‘stlikda yaratgan baxtimiz bitta.(Maqol). 4) kesimning olmoshbilan ifodalanishi : Endi navbat sizniki. (P.Qodirov) Sen uning kimi bo‘lasan? (Ch.Aytmatov) Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol) 5) kesimning harakat nomi bilan ifodalanishi: Bir ko‘rgan bilish, ikki ko‘rgan tanish. (Maqol)
6) kesimning ravish bilan ifodalanishi: Podshoni kuyov qilishga havasmandlar ko‘p edi.(P.Qodirov). 7) kesimning modal so‘z bilan ifodalanishi: Oy tunda kerak, aql kunda kerak. (Maqol) Tengdoshlari ichida undan tez chopadigani, chillak otishda undan ustasi yo‘q.(P.Qodirov). 8) kesimning undov so‘z bilan ifodalanishi: Ellarni qutqazgan mardlarga balli! Mardlarni yetkizgan yurtlarga balli! (M.SHayxzoda)
Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) sodda kesim yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda bog‘lamasiz kelgan ot kesimlardir. Sodda kesim ifoda materialiga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim. a) sodda fe’l kesim tuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Qodirov) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch.Aytmatov) b) sodda ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘z, modal so‘z, shuningdek, fe’lning harakat nomi bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Yolg‘onchi kishi har kim qoshida beobro‘dir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») Keng-keng ko‘chalari bor-u, lekin markazi tiqilinch. (P.Qodirov) Soyda tosh ko‘p, terib chiqaraverasan. (P.Qodirov)
2) tarkibli kesim ikki va undan ortiq so‘z shakllarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan kesimdir. U doim yetakchi va yordamchi qismlardan tashkil topib, yetakchi qism asosiy ma’noni, yordamchi qism qo‘shimcha ma’noni ifodalaydi. Ifodalanishiga ko‘ra tarkibli kesim ham ikki xil bo‘ladi:
a) tarkibli fe’l kesim fe’lning analitik shakli bilan ifodalanadi. Bunda o‘zining leksik ma’nosini saqlagan fe’l yetakchi fe’l, qolganlari esa ko‘makchi fe’l yoki to‘liqsiz fe’l bo‘lib, yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli qo‘shimcha ma’nolarni ifodalaydi. Yetakchi fe’l asosan ravishdosh shaklida bo‘ladi. Masalan: Bu yumshoq, mulohazali odamga yotoqdoshlarning mehri oshib qolgan edi. (A.Muxtor). O‘rmon ichidan qushlarning sayrashi... eshitilib turadi. (P.Qodirov). b) tarkibli ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlarining bog‘lama bilan birikishidan yuzaga keladi. Bunda tarkibli ot kesimning ot qismini ot, sifat, son, olmosh, ravish yetakchi qismini tashkil qiladi, yordamchi qismini esa bog‘lama vazifasidagi «bo‘lmoq», «sanalmoq», «hisoblanmoq», «tuyulmoq» kabi fe’llar, shuningdek, «edi», «ekan», «emish» to‘liqsiz fe’li tashkil etadi.
Tarkibli ot kesimda asosiy ma’no yetakchi qism, ot qismida bo‘ladi. Yordamchi qism, bog‘lama esa qo‘shimcha ma’noni, grammatik ma’noni: mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi.
O‘zbek tilida bog‘lamani qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
1. So‘z bog‘lamalari: bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, ko‘rinmoq, tuyulmoq, edi, ekan kabilar.
2. Affiks bog‘lama: -dir.
Affiks bog‘lama sodda ot kesim tarkibida qo‘llanib, doimiy sintaktik zamonni ifodalaydi. Masalan: Agar yolg‘iz esang hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir,. (Abdurahmon Jomiy)
Ko‘pincha mazkur bog‘lama qo‘llanmasligi mumkin, nol shaklida ishlatilishi mumkin: Aqlning o‘lchovi – idrok Ø. (Maqol). Dono durdan a’lo Ø. (Maqol).
So‘z bog‘lama tarkibli ot kesimni shakllantiradi va turli mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: Yomonga bosh bo‘lguncha, yaxshiga yo‘ldosh bo‘l. (Maqol). Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. (Maqol). Shirboz qo‘zining tandir kabobi juda yaxshi bo‘ladi-da. (P.Qodirov). Avazning akasi Ortiq shu edi (P.Qodirov).
Tarkibli ot kesim harakat nomi + kerak, lozim, mumkin, shart, darkor kabi so‘zlar shaklida ham kelishi mumkin. Masalan: Endi jiyan panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. (P.Qodirov). Bu vatanni tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga qat’iy zarba berilmog‘i lozim. (P.Qodirov).
Kesimlik kategoriyasi mazmun jihatidan tasdiq-inkor (T), so‘zlovchining bayon etilgan fikrga bildirgan munosabati — modallik (M), zamon (Z) va shaxs-son (Sh) ma’nolaridan tarkib topadi (buni qisqacha shartli ravishda T, M, Z, Sh deb belgilaymiz va qulaylik uchun keyingi o‘rinlarda ana shu shartli qisqartmalardan foydalanamiz). Bu ma’nolar yaxlit holda voqelangandagina kesimlik kategoriyasi ichki mazmun tomonini namoyon qila oladi. T, M, Z, Sh ma’nolarining har biri alohida-alohida ravishda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, modal so‘zlarda mayl (modallik) ma’nosi bo‘ladi. Kishilik olmoshlari va egalik qo‘shimchalarida shaxs-son ma’nosi yetakchilik qiladi. Tasdiq-inkor so‘zlari (ha, уо‘q )da, bo‘lishli-bo‘lishsizlik (-ma)da tasdiq-inkor ma’nosi yorqin ifodalangan bo‘ladi. Payt ravishlari, zamon otlari, shuningdek, o‘rin-payt kelishigi shakli, ravishdosh va sifatdoshda zamon ma’nosi ifodalanadi. Lekin bularning barchasi alohida-alohida voqelanish bo‘lib, kesimlik vazifasida yuzaga chiqishidan boshqa holatda yaxlit sistem tabiatga ega bo‘lmaydi. Zero, kesimlik kategoriyasi mazkur alohida olingan kategoriyalarning yaxlitligi (sistemasi)dan iborat. Har qanday tizim—o‘z tarkibiy qismlarining oddiy yig‘indisidan kattaroq butunlik. Chunki T,M ,Z,Sh kategoriyalari kesimlik kategoriyasida birlashar ekan, bu butunlik tarkibiy qismlarida avval bo‘lmagan, lekin sistema tashkil etganda tug‘iladigan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, o‘tgan yili o‘qimagan odam birikuvidagi o‘qimagan so‘zshaklining birikuvchisi — o‘tgan yili so‘z kengaytiruvchisi (lekin gap bo‘lagi emas). U o‘tgan yili o‘qimagan gapidagi o‘tgan yili so‘zshakli — gap bo‘lagi (hol). Demak, birinchi qurilmadagi kesimlik kategoriyasi a’zosi emas, shu boisdan uning birikuvchisi (o‘tgan yili) gap bo‘lagi emas. Ammo ikkinchi qurilmada [-gan\ kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo‘lib, uning birikuvchisi gap bo‘lagi. Gap kesimlik tarkibidagina gap bo‘laklarini o‘ziga tobelaydi. Bu uning butunlik tarkibida kasb etgan yoki namoyon bo‘lgan belgisi.
Kesim — tasdiq/inkor, zamon, modallik, shaxs/son (ya’ni kesimlik kategoriyasi) ma’no va shakllariga ega bo‘lgan so‘z, gap markazini tashkil qiluvchi bo‘lak.Nutqimizda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili (nutqi) uchun to‘liqsiz gap. Kesim gapning shunday konstruktiv bo‘lagiki, u o‘zini shakllantiruvchi grammatik kategoriya — kesimlik kategoriyasi voqelanishiga ega. Shu sababdan hamma vaqt gapda kesim tarkibi murakkab.O‘zbek tilidagi ayrim gaplarda eganing qo‘llanilishi shart bo‘ladi: 1. Otam — o‘qituvchi. 2. Men — yahudiy. (G‘.G‘ul.). Bunda (m) tushirilgan bo‘lib, uning vazifasi ega va kesim birligidan iborat bo‘ladi. Bu turdagi gaplarning kichik kolipi [E-WP] ko‘rinishida. Qolipning bu turi o‘zbek tilining tipologik sintaktik belgisi bo‘la olmaydi. Chunki o‘zbek tilidagi gaplarning aksariyati [WPm] minimal qolipi va uning kengayishi asosida(Pm) ma’nosi kesimda mujassamlashgan tasdiq/inkor, modallik/mayl, shaxs/son ma’nolarining yaxlitligidan iborat. Shu bois (Pm)ning me’yoriy ma’nosi ushbu to‘rtta grammatik ma’noning majmui sifatida ajratiladi. Shakliy ifodalanishga ko‘ra (Pm) o‘zbek tilida o‘ta rang-barang. Uning nol morfema (Otam — о‘qituvchi) dan boshlab morfemalar tizmasi bilan (aytmasaydingiz), turli xil bog‘lamalar bilan ifodalanishi mumkinligi aytildi. Kesimning lug‘aviy asosi ham nutqda tub, sodda, yasama, qo‘shma, qisqartma, erkin so‘z birikmasi, turg‘un so‘z birikmasi, parafraza, frazema, kengaygan birikma, transformatsiyalashgan gaplar kabi struktura jihatidan rang-barang bo‘lgan nominativ birlik bilan ifodalanishi mumkin.
Kesimlikdagi atov birligi vazifasida barcha mustaqil so‘z turkumi kela oladi. Shunga ko‘ra, kesimlarni umumlashtirib, ism (ot, sifat, son, ravish, taqlid olmosh)li va fe’l (fe’l, olmosh)li kesimlarga ajratish mumkin. Ism bilan ifodalangan kesimlar.
Kesimning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishini modellashtirishda kesimdan keyin turkumning birinchi harfi kichik harfda pastki qismda berishni taklif qildik. Avvalgi gap bo‘laklarini modellashtirishda ushbu jihatlar hisobga olinmagan edi. Masalan:
Ot(modeli – O): Qarg‘a nima deyotganini bilmaymiz, chunki u qarg‘a, biz — odam. («Husnobod») (odam - KO) O‘zbekistonning madaniy markazi – Samarqand. (Samarqand - KO)
Sifat(modeli – Sf): E taqsir, qissamiz uzun. (Oyb.) (uzun – KSf) Onam men uchun hammadan yaxshi. ( yaxshi - KSf)
Son(modeli – S): Ikki karra ikki — to‘rt. ( to‘rt – KS) Ikki o‘n besh - bir o‘ttiz. ( o‘ttiz - KS )
Izoh: sifat va sonning birinchi harflari s bo‘lganligi uchun son uchun - s, sifat uchun - sf harflari bilan belgilaymiz.
Ravish(modeli – R): O‘zlashtirishing — yodaki. ( yodaki - KR)
Taqlid(modeli – Ts): Hamma tomon g‘ovur-g‘uvur. ( g‘ovur-g‘uvur - KTs)
Modal(modeli – Ms): Tinchlik yo‘q (yo‘q – KMs)
Olmosh(modeli - Ol): Sen — mensan-u, men — senman, qissamni bayon etsam.(mensan – KOl, senman – KOl)
Fe’l bilan ifodalangan kesim: Maqsadim — o‘qimoq. (E+KF)
Kesim tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab va tarkibli bo‘ladi. Sodda kesim bir mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 1. Sen bahorni sog‘inmadingmi? (A.Orip.) Murakkab kesim so‘z birikmasi holidagi kengaygan so‘z bilan ifodalanadi. Bu kun biz uchun og‘ir kun. Sherzod yulduzni benarvon uradigan yigit1 . O‘zbek tili sintaktik qurilishi mohiyatini idrok etish turli sintaktik yo‘nalishlarga xos xulosalarni umumlashtirish asosidagina amalga oshiriladi2 . Sistem tilshunoslikda til va nutq hodisalarini farqlash asosiy mezon hisoblanadi. Dialektik qonuniyatlarga ko‘ra til aloqa-aralashuv vositasi sifatida umumiylik, nutq esa xususiylik belgisidir. Har bir inson o‘z nutqini til orqali ifoda etadi. Shu sababdan bunday birliklarning farqli jihatlari aniqlab olinadi. Chunonchi, fonema, leksema, morfema, qolip til birliklarini tashkil etsa, harf, bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap, mikrotekst va makrotekstlar nutq birliklarini tashkil etadi. Ko‘plab lingvistik tadqiqotlarda predikativlikni gap bilan aloqadorlikda, ya’ni gapning gapligini “ega-kesim” va “predikativlik” munosabatida o‘rganib kelishgan6 . Ma’lumki, gap nutqiy hodisa sifatida g‘arb tilshunosligida ancha oldinroq atroflicha o‘rganilgan va ta’riflangan edi. Ko‘rib o‘tganimizdek, bu kategoriya maxsus morfologik kategoriya hisoblanadi va uning ahamiyatli jihatlari formal-funksional tahlil mualliflari “Tezislar”ida ajratib ko‘rsatilgan1. Mantiqiy “subyekt + predikat” (ya’ni predikatsiya, predikativ aloqa) ning mohiyatan “ega+kesim” (gap tarkibiy qismlari orasidagi grammatik munosabatdan farqlanishi. Qiziq tomoni shundaki, [WPm] qolipida [W] ham, [Pm] ham nisbatan mustaqil bo‘lib, ular o‘zaro faqat gap markazi mavqeida kelgandagina birikadi. [W] esa gapda xilma-xil mavqelarda kelishi mumkin. Biz bundan xulosa qila olamizki, [Pm] – ya’ni kesimlik gapning negizini, asosini tashkil etadi. Demak, potensial gap mavqeini istagan [W] ga shu [Pm] beradi. [W] ning o‘zi esa kesimlikka nisbatan befarqdir. Chunonchi, [o‘quvchi] leksemasini olib ko‘raylik. Bu leksema gapda qanday mavqeda kelishiga nisbatan tamoman befarqdir; grammatik shakllanishiga ko‘ra bu leksema gapda har xil o‘rinni egallashi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, u (W tush. kel.) ning hosilasi sifatida o‘quvchini shaklida gapda vositasiz to‘ldiruvchi, yoki (W qar. kel) ning hosilasi sifatida qaratqichli aniqlovchi mavqelarida kela oladi. Shuningdek, [WPm] qolipining hosilasi sifatida o‘quvchiman, o‘quvchi emasman, o‘quvchi edim, o‘quvchi bo‘lsam v.h. kabi minglab shakllarda kesim mavqeida ham kelishi mumkin. Demak, bunday gaplar qolipi [Pm] ning [W] ga nisbatan alohidaligi va kesimning kesimligi [Pm] bilan belgilanishi haqida muhim xulosa chiqarishga imkon beradi. Ya’ni gapni lisoniy bosqichida – umumiy qolip bosqichida shakllantiruvchi vosita kesimlik kategoriyasi yoki [Pm]dir.
Ma’lumki, gapning eng kichik lisoniy qolipi [WPm] ramzi bilan berilib, gapning umumiy lisoniy mohiyati sifatida tavsiflandi. Bunda o‘zbek nutqida qo‘llanadigan aksariyat gapning eng umumiy belgilari mujassamlashgan. Nutqdagi barcha gaplarning kesimdan boshqa bo‘laklari olib tashlansa ham, u gap bo‘la oladi. Biroq nutqiy gaplarning lisoniy sathda bu umumiylik (WPm) dan quyiroqda joylashgan boshqa umumiyliklari ham bor.
E.Vohidov hajviyalarida u yoki bu shaklda hayotning ko’proq yorug’ va ijobiy tomonlari aks ettirilsa, A.Oripovda hayotning ko’proq inkor qilinadigan tomonlari aks ettiriladi. Hajviy obrazlar ikkala shoirda ham bor. Ammo E.Vohidov asarlarida satirik obrazlardan ko’ra yumoristik obrazlar (masalan, Matmusa) yaratish ustuvorlik qilsa, A.Oripovda satirik obrazlar shoir talantini namoyish etadi.
So’z birikmalari va qo’shma so’zlarning o’zaro munosabati masalasi xususiy tilshunoslik uchun ham, umumiy tilshunoslik uchun ham eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. So’z birikmalari va qo’shma so’zlar tashqi shakliga ko’ra, ma`lum o’xshashlikka ega. Bu o’xshashlik shuki, so’z birikmalari tarkibida ham, qo’shma so’zlar tarkibida ham ikki yoki undan ortiq lug’aviy birliklar mavjud bo’ladi. Lekin shunisi xarakterliki, so’z birikmalarining tarkibi «so’z-so’z» tipidagi qismlardan, qo’shma so’z tarkibi esa, sirtdan qaraganda so’zlarning ekvivalenti sanaluvchi «o’zak-o’zak» tipidagi qismlardan tuziladi.
Shoir Erkin Vohidov asarlarida juda ko’plab so’z birikmasi va qo’shma so’zlarga misollar keltirish mumkin. Masalan, Donishqishloq degan joy, Bordir bizning tomonda. O’sha qishloq ahlidek, Dono xalq yo’q jahonda. Qo’ylar…Jarariq yoqasiga yetganda, suvni ko’rdi-yu, mushtdek-mushtdek salki dumbalarini sikitib pastga chopishdi (R.Rahmon. ―Kelin) gapida Jarariq yoqasiga yetganda ko’rdi, suvni ko’rdi, dumbalarini silkitib chopishdi, pastga chopishdi, mushtdek-mushtdek dumbalar kabi so’z birikmalari bilan bir qatorda, so’zlarga ekvialent sanaluvchi jar va ariq qismlaridan tuzilgan, Donishqishloq, Jarariq qo’shma so’zi ham mavjud. So’z birikmalari va qo’shma so’zlarning farqi ana shu gapni yuqoridagidek qismlarga ajratishning o’zidanoq ko’rinib turibdi: so’z birikmalarini tashkil qiluvchi qismlar leksik-semantik jihatdan ham grammatik jihatdan ham «tirik», so’nmagan: ular mustaqil so’zlik xususiyatlarini har qanday holatda ham erkin saqlab qolayotir. ―Jarariq kompoziti tarkibining “jar-“ va “-ariq” qismlari unday xususiyatga ega emas.
So’z birikmalarining ayrim ko’rinishlarida ham tarkibiy qismlarining ma`no yaxlitligi mavjud bo’ladi. Lekin bu butunlik har xil mustaqil lug’aviy ma`nolarning biri boshqasini to’ldirish, Izohlash xarakteridagi munosabatdan hosil bo’luvchi mazmuniy butunlikdir. Sho’rolar davrining mashhur tilshunoslaridan biri A.I.Smirniskiy ta'biri bilan aytganda, qo’shma so’zlar tarkibida qismlariaro ma`no butunligi amal qilsa, so’z birikmalari tarkibida qismlararo ma`no murakkabiligi amal qiladi[3, 182]. Qo’shma so’zlar ifodasidagi ma`nolar so’z birikmalari ifodasidagi ma`nolardan funktsional jihatiga ko’ra ham farq qiladi. So’z birikmalarida yangi, hosila, ma`nolar vujudga kelmaydi, balki lisoniy amali saqlangan bir necha ma`nolar muayyan bir semantik va sintaktik valentliklar asosida bog’lanadi. Agar so’z birikmalari qismlaridan birini ―A, boshqasini ―B kabi shartli simvolik vositalar yordamida nomlasak, ularning qo’shilishidan uchinchi ―V hodisasi vujudga kelmaydi. Ma`no jihatdan qismlar ―A va ―B ligicha qolaveradi.
Erkin Vohidov she`rlarida ham takrorlar ma`noni kuchaytirish va emotsionallikni ta‘minlashga xizmat qilgan. Masalan, "Kichik oy so’zi" she`rida mayli so’zining takror holda qo’llanilishi ayni shu so’zga o’quvchi e`tiborini yanada yaxshiroq qaratilishiga imkoniyat yaratib bergan:
So’radim, dafʼatan jim qoldi bog’lar,
So’radim, cho’kkanday tuyildi tog’lar,
So’radim, chor atrof maʼyus, bemajol,
Ko’rindi behol...
(―Majnuntol. Saylanma 1-jild. Ishq savdosi. 10-b.)
Gap bo’laklaridan kesimning takrori ko’p uchraydi. Chunki kesim gapning asosiy bo’lagidir, bundan tashqari, gap mundarijasi ham kesim vositasida yuzaga chiqadi. Kesimning (so’radim) uch o’rinda, ayniqsa, gap boshida takrorlanishi she`rning ta`sirchanligini oshirgan.
Xulosa
Shoir Erkin Vohidov asarlarida juda ko’plab so’z birikmasi va qo’shma so’zlarga misollar keltirish mumkin. Masalan, Donishqishloq degan joy, Bordir bizning tomonda. O’sha qishloq ahlidek, Dono xalq yo’q jahonda[5]. Qo’ylar…Jarariq yoqasiga yetganda, suvni ko’rdi-yu, mushtdek-mushtdek salki dumbalarini sikitib pastga chopishdi (R.Rahmon. ―Kelin) gapida Jarariq yoqasiga yetganda ko’rdi, suvni ko’rdi, dumbalarini silkitib chopishdi, pastga chopishdi, mushtdek-mushtdek dumbalar kabi so’z birikmalari bilan bir qatorda, so’zlarga ekvialent sanaluvchi jar va ariq qismlaridan tuzilgan, Donishqishloq, Jarariq qo’shma so’zi ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |