Mavzu: SO`Z BIRIKMASI
Mustaqil so`zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biri bilan bog`lanib, so`z qo`shilmasini hosil qiladi: Keng dalada dehqonlar va hasharchilarning sho`x-shodon ovozlari yangraydi gapida ta so`z qo`shilmasi bor:
ovozlari yangraydi;
sho`x-shodon ovozlari;
hasharchilarning ovozlari;
dehqonlarning ovozlari;
dehqonlar va hasharchilar;
dalada ishlaydi;
keng dala.
So`z qo`shilmasidagi so`zlar bir-biri bilan ikki xil bog`lanadi: teng bog`lanish va tobe bog`lanish.
Teng bog`lanishda so`z qo`shilmasidagi bir so`z boshqasiga tobe bo`lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng bog`lovchilar vositasida birikadi.
Tobe bog`lanishda bir so`z boshqasiga tobe bo`ladi. Yuqoridagi misolda dehqonlar va hasharchilar birligi tenglanish, qolgan birliklar esa tobelanish asosida hosil bo`lgan. So`z birikmasi va gapning asosini tobe aloqa hosil qiladi.
So`z birikmasi ikki yoki undan ortiq mustaqil so`zning ma’no va grammatik jihatdan birikuvidan hosil bo`ladi. So`z birikmasi tobe va hokim qismlardan tuziladi.
Tobe qism (ergash so`z) bosh so`zdan oldin kelib, hokim so`zning ma’nosini izohlaydi, tobe so`zni bosh so`zga bog`lovchi vositalar tobe(ergash) so`zning tarkibida bo`ladi.
Hokim qism (bosh so`z) tobe so`zdan keyin keladi va uning ma’nosi tobe so`z tomonidan izohlanadi, turli turkumdagi so`zlar bosh (hokim) so`z bo`lib kelishi mumkin.
TOBE SO`ZNI HOKIM SO`ZGA BIRIKTIRUBCHI VOSITALAR
Ergash so`zni bosh so`zga biriktiruvchi vositalar yuqorida aytib o`tganimizdek, ergash so`zning tarkibida bo`ladi va ular quyidagi vositalar yordamida tobelanib bog`lanadi.
Kelishik qo`shimchalari- yordamida ot va otlashgan so`zlar turli mustaqil so`zlar bilan birikadi:
OT + FE’L = uyga bormoq, yigitning guli, ko`chaning yuzi, uydan chiqmoq,
ko`chani ko`rmoq...
OT + OT = kitobning varag`i, olmaning vargi, onamning ko`ylagi
OT + SIFAT = qizlarning yaxshisi, asalning shirini, talabalarning
a’lochisi
OT + SON = oyning beshinchisi, nonning yarmi, olmaning ikkalasi.
OT + TAQLID SO`Z = qushlarning chug`ur-chug`uri, traktorning pat-pati
Yordamchi so`zlar (ko`makchilar)- tobe so`z tarkibida qo`llanib, u bilan bitta
so`roqqa javob bo`ladi va tobe so`zni hokim so`zga bog`laydi. Ko`makchilar asosan quyidagi turkumlarni bog`laydi:
OT + FE’L = qilmishiga yarasha jazolanmoq, aybi tufayli uyalmoq
OT + OT = ishiga yarasha mukofotlanmoq, telefon orqali suhvatlashmoq
So`z tartibi va ohang – bunda so`zlar hech qanday vositalarsiz so`zlarning joylashish tartibi va ohangiga ko`ra birikadi, tobe so`z oldin hokim so`z keyin joylashadi. Oq kabutar, ishonchli so`z. Bunday birikmalarning tartibi o`zgarsa, gap hosil bo`ladi. tartib va ohang yordamida quyidagi turkumlar birikadi:
Sifat + ot = rangli qalam, mazali taom, qizil olma, shirin choy, qora choy...
Ot + ot = temir eshik, zumrad vahor, tilla sandiq...
Ravish + fe’l = ko`p o`qimoq, tez yurmoq, sekin gapirmoq, asta siljimoq...
Sifatdosh + ot = o`qigan bola, artilgan stol, aytilgan so`z, otilgan o`q...
Ravishdosh + fe’l = shoshib gapirmoq, yugurib kelmoq ...
Taqlid so`z + fe’l = chug`ur-chug`ur sayramoq, gurs-gurs urmoq, ship-ship yurmoq
Ravish + ot = ko`p odam ...
Do'stlaringiz bilan baham: |