SO`Z BIRIKMASIDA SO`ZLARNING O`ZARO BIRIKISH USULLARI
So`z birikmasida so`zlarning o`zaro 3 xil birikuv usullari bor: moslashuv; boshqaruv; bitishuv.
Tobe so`zning hokim so`zga qaratqich kelishigi yordamida, hokim so`zning esa tobe so`zga egalik qo`shimchasi orqali birikuvi moslashuv deyiladi: sizning ukangiz, xonaning yorug`i. Ba’zan egalik yoki qaratqich kelishigi shakli belgisiz qo`llanilishi mumkin: yoz yomg`iri (yozning yomg`iri), cho`l havosi, qor jilvasi; bizning uy, sizning o`g`il. Moslashuvda asosan otli birikmalar hosil bo`ladi.
Tobe so`z hokim so`zga tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari yoki ko`makchilar bilan birikuvi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda otli va fe’lli birikmalar hosil bo`ladi: olma termoq, gul uzmoq, yoshlarga g`amxo`rlik, uydan chiqmoq, g`alaba uchun kurashmoq, maktab tomon ketmoq.
Kelishikli va ko`makchili boshqaruv farqlanadi. Kelishikli boshqaruvda tobe so`z hokim so`zga tushum va o`rin kelishiklari vositasida birikadi: do`stini uchratmoq, bog`dan chiqmoq, chelakka solmoq, qarmoqda tutish. Ko`makchili boshqaruvda tobe so`z hokim so`zga ko`makchilar vositasida birikadi: tinchlik uchun kurash, qarmoq bilan tutish, aybiga yarasha jazolanmoq, uy sari yurmoq.
Tobe so`z va hokim so`z xech qanday vositalarsiz faqat tartib va ohang yordamida birikuv usuli bitishuv deyiladi: tez yurmoq, keng ko`cha, kelgan odam, chiroyli gapirmoq, mehribon enaga. Tezda qaytmoq, qo`qqisdan burilmoq, chindan (yolg`ondan) gapirmoq, uzunasiga kesmoq, zimdan kuzatmoq kabi birikmalar ham bitishuv usuli bilan hosil bo`lgan. Ravishlar tobe so`z vazifasida kelganda bitishuv usli bilan hokim so`zga birikadi, ularning tarkibidagi egalik va kelishik qo`shimchalari yaxlitlanib qolgan.
SO`Z BIRIKMALARI ZANJIRI
So`z birikmalarining tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab turlari mavjud.
Sodda so`z birikmalari - ikkita mustaqil so`zdan iborat so`zlarning birikuvidir.
Quyida berilgan holatlar sodda so`z birikmalari hisoblanadi.
Mehnatiga1 yarasha0 olmoq1, hammaga1 qaraganda0 chiroyli1 (bu yerda so`zlar soni uchta bo`lsa ham mustaqil ma’no anglatuvchi so`zlarning soni ikkita).
Qo`li ochiq1 yigit1, tarvuzi qo`ltig`idan tushgan1 odam1, qulog`iga quyib1 uqtirmoq1. Bu birikmalar ham sodda so`z birikmalari bo`lib hisoblanadi, chunki bu yerda turg`un birikma qatnashgan. Turg`un birikma xuddi so`zlar kabi bitta so`roqqa javob bo`ladi va bitta lug`aviy birlik hisoblanadi.
G`arbiy YeBropada1 yashamoq1, vazirlar Mahkamasida1 ko`rilmoq1, kichik korxonada1 ishlamoq1, O`rta Chirchiqda1 yashamoq1, besh qavatli1 bino1 – bir qismi qo`shma so`z shaklida kelganligi sababli bular ham sodda so`z birikmalaridir.
Kitobni o`qib1 chiqmoq1, mehmonlarni1 taklif qilmoq1 – birikmaning bir qismi qo`shma yoki ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi bo`lganligi sababli bular ham sodda so`z birmasidir.
Shoda-shoda1 duru gavharlar1, uyum-uyum1 arpa-bug`doylar1 – bir qismi juft so`zli birikmalar ham sodda so`z birikmalari bo`lib hisoblanadi.
Murakkab so`z birikmalarida – tobe so`z o`ziga qarashli bo`laklar bilan kengayib keladi va gapda so`z birikmalari zanjirini hosil qiladi. So`z birikmasidagi hokim so`z boshqa bir so`zga tobelangan, bir hokim so`z bir necha tobe so`zlarga aloqador bo`lganda yoki bitta tobe so`z bir necha hokim so`zlarga aloqador bo`lganda so`z birikmalari zanjiri hosil qilinadi. Ular bitta so`roqqa javob bo`ladi. Bunday birikmalar tarkibida mustaqil so`zlar soni uch yoki undan ortiq bo`ladi va ular o`zaro tobelanadi.
Zumrad ko`zli uzukhokim so`z
Cho`ldan esgan mayin shamolhokim so`z
So`z birikmalari zanjiri turli gap bo`laklari bo`lib kelishi mumkin. Masalan: DarBeshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to`ldirdi gapida so`z birikmalari zanjiri ega vazifasida kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |