3.Soya o‘simligining morfobiologik xususiyatlari
Soya bir yillik, o‘tsimon o‘simlik, vegetatsiya davri 75 kundan 200 va undan
ko‘p kungacha davom etadi.Ildiz tizimi o‘q ildiz. Uning ustki qismida tuproqning 0–10 sm qatlami va asosiy ildizidan 6–10 sm radiusida simbiotik apparat shakllanadi. Tuganakchalar yumaloq (shar shaklida), diametri 2 – 4 mm dan 8 mm gacha. Urug‘pallalari tuproq yuzasiga chiqib turadi. Gipoqotil – yashil yoqi binafasha tusli. Uning yashil rangliligi gulining oq rangliligibilan, binafsha rangi esa – binafsha rangliligi bilan korrelyatsiyali holatda. O‘simlik bo‘yi pakana bo‘ylilarda 20 sm dan baland bo‘ylilarda 200 sm gacha bo‘ladi. Aksariat navlarning bo‘yi 60–180 sm. Poyasining xususiyatiga qarab soyaning shakllari ikki guruhga bo‘linadi: 1) determinant bo‘lmagan shaklli – ularning uchidagi kurtagi o‘suvchan va qulay sharoitda poyasining o‘sishi va yangi generativ organlarini hosil bo‘lishi uzoq davom etadi; 2) determinant shaklli – poyasi gul shingili bilan tugaydigan, poyaning o‘sishi ustki shingilni shakllanishi bilan tugaydi, ular birinchilariga nisbatan kuchliroq o‘sadi va ko‘proq hosil qiladi hamda bu shakldagi soya ertapishar bo‘lib hisoblanadi.
Sp.Glycine soya kenja turlarining hamma shakllari diplod (2n–40). Ammo
Glycine turkumining asosiy xromosom to‘plami=10 hisoblash to‘griroq bo‘ladi,
chunki G. javanica (yavan soyasi) subgen. Glycine ning diploid xromosomalari
2n=20ga teng. Xromosomalar mayda shaklli va ko‘p sonli bo‘lganligi uchun soyaning kariotipi yetarliga o‘rganilmagan va idiogrammmasi tuzilmagan. Asosiy
belgilarini nasldan naslga o‘tkazish xarakteri 15–jadvalda ko‘rsatilgan. Dominant
belgilarga odatda turning filogenizida ertaroq vujudga kelgan belgilar kiradi. Bunday holat monogen nazorat qilinadigan ham murakkabroq xarakterli
(topolegenligacha) belgilarga tegishli. Masalan, o‘rtapisharlilik filogenetik jixatidan erta va kechpisharlilik dan ertaroq shakllangan. Shuning uchun ertapishar bilan o‘rtapishar shakllarni chatishtirganda kechroq pishadigan, o‘rtapisharlar bilan kechpisharlarda esa – ertaroq pishadigan shakllar dominant bo‘ladi. Yovvoyi soya bilan madaniy soyani chatishtirganda naslida dukkaklari yoriladigan xususiyat dominant bo‘ladi, ikki madaniy navlarni chatishtirganda esa yorilishga chidamlilik dominant bo‘lishi mumkin. O‘simliklarni qator kasalliklariga chidamlilik genetikasi aniqlangan. Masalan, bakterial qo‘yish kasalligiga rezistentligi Rpg1 dominant geni bakterial pufakligi rxp retsessiv geni barglarining xalqali dog‘liligiga chidamliligi – ReSI dominant geni, fitoftoroz chirishigat RpS dominant geni, mozaika virusiga chidamliligi bir yoqi ikki genlar tomonidan nazorat qilinadi. Soyaning sonli belgilarini nazorat qiladigan genlarni joylanishi va soni to‘g‘risida amaliy ma’lumotlari yo‘k. Bu belgilarini nasldan – naslga o‘tishi poligenli.
Oziq-ovqat maxsulotlarini doimiy ravishda ishlab chiqarishda
xo‘jalik xayvonlari uchun oziqa yetishtirish maqsadida oxirgi yillar soya doni
ishlab chiqarishni kengaytirishni taqozo etayapti.Soyaning asosiy maxsulotlari-bu
soya uni va soya yogi. Soyaning unidan oziq-ovqatga foydalanib konditerlik
maxsulotlari, to‘ldiruvchilar, go‘shtning o‘rnini bosadigan maxsulotlar ishlab
chiqarishga, sut, pishloq va diabet maxsulotlari. Soya yogi xam ovqatga
ishlatiladi, xamda mayonez, margarin, salat uchun yog tayyorlashga ishlatiladi.
Kayta ishlanmagan soya yogining chiqindilaridan bo‘yoqlar, sovun, lak, siyoxrang,
rezina maxsulotlari ishlab chiqiladi. Ko‘pgina ishlab chiqarish mutaxassislari va olimlar «soyani-em-xashak,oziqa va kelajak», deb xisoblaydilar. Soya ekishdan asosiy maksad quyidagilarga olib keladi: -Inson oziqasini yaxshilash uchun juda ko‘p soya ekini eqiladigan mamlakatlarda u oziq-ovqat sanoati uchun oqsilning birgina manbai bo‘lib kolaveradi. -CHorvachilikning maxsuldorligini kutarish uchun chorva mollarini doimiy ravishda soyali oziqalar bilan oziqlantirish sutkalik vaznining ogirligini 2 barobar oshiradi, boquv davri 10-15 kunga kamayib, 100 kg tirik vazndagi kushimcha ogirlik olish uchun va maxsulotning sifati oshadi.
-Sanoat maxsulotini olish uchun. Oziq-ovqat sanoatida foydalanilgan va chorvachilikda soya maxsuloti xar xil maxsulotlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |