Tijorat ulgurji tashkiloti daxlsiz tijorat tashkiloti hisoblanib, sotilayotgan tovarlarga egalik qilish huquqiqa egadir. Bunday tashkilotning ikki turi mavjud: to’liq xizmat ko’rsatadigan tijorat ulgurji tashkilotlar va xizmat ko’rsatish doirasi chegaralangan tijorat ulgurji tashkilotlari. - To’liq xizmat ko’rsatadigan tijorat ulgurji korxonalar tovarlarni saqlash, jo’natish, kreditlar berish, sotuvchi xodimlardan foydalanish, tovarlarni siljitish va soitsh kabi butun xizmatlar turini taklif etadi. Bu xil tashkilotlar ikki turda bo’ladi: chakana sotuvchilarga xizmat ko’rsatadigan ulgurji tashkilotlar va ishlab chiqaruvchi korxonalariga xizmat ko’rsatadigan ulgurji tashkilotlar.
- Xizmat ko’rsatish doirasi chegaralangan ulgurji tijorat tashkilotlari esa o’zlarining tovar bilan ta’minlovchilari va iste’molchilariga ma’lum turdagi xizmatlarni taklif etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |