KI RI SH
Hozirgi zamon raqamli radioelektron qurilmalari va tizimlari xalq xo'jaligining turli sohalari (radioaloqa, televidenie, kosmik uchish apparatlari,radioboshqaruvli raketalar, radiolokasion tizimlar, medisina qurilmalari)da keng oMlaniladi. Ushbu qurilmalami yaratish va ulardan unumli foydalanish injenertexnik xodimlardan chuqur bilim talab qiladi.
Signallarga raqamli ishlov berish (SRIB) fani Radiotexnika, Mobil aloqa tizimlari, Televidenie, radioaloqa va teleradioeshittirish yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash o‘quv rejasidagi tanlov fanlari qatoriga kiradi.
Fan o‘z navbatida Elektr zanjirlar nazariyasi, Diskret matematika,Elektronika va Sxemotexnika, Radiotexnik zanjirlar va signallar, Signallami shakllantirish va ishlov berish, Raqamli texnika va mikroprotsessor fanlaridan talabalar oigan bilimiga asoslanadi.
Fanni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagilami o‘rganishi kerak:
- analog signallami raqamli signallarga aylantirish va raqamli qayta ishlash uslublarining asosiy rivojlanish yo'nalishlari, signallarga raqamli ishlov berish va filtrlash;
- turli ko‘rinishdagi signallami shakllantirish, ulami tahlil etish va sintezlash, raqamli filtrlash va ularga ishlov berishning zamonaviy uslublari;
-signallarga raqamli ishlov berishda z-almashtirish, Uolsh, Adamar,Veyvlet, Fure tez almashtirishlari, raqamli filtrlami yaratish (loyihalash), impuls xarakteristikasi chekli va cheksiz filtrlami loyihalash, turli tezliklarda signallarga raqamli ishlov berish, tahlil etish va adaptiv filtrlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo’lishlari kerak.
SRIB fani nazariy bilimlami amaliy tarzda mustahkamlashga imkoniyat beradi. Turli raqamli uzatish va qabullash qurilmalari va tizimlarining asosiy funksional qismlaridagi fizik jarayonlar, ulaming asosiy ko‘rsatkichlarini optimallash imkoniyatini beradi. Ulami zamonaviy elementlar asosida yaratish ustidagi bilimlami amalda tadbiq etishga sharoit va ko‘nikma varatadL
O’quv qo’llanma oliy o‘quv yurtlarining “Radiotexnika”, “Televidenie,radioaloqa va radioeshittirish”, “Mobil aloqa tizimlari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, undan “Telekommunikatsiya” va “Kompyuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishi talabalari ham foydalanishlari mumkin.
1-mavzu: SIGNALLARNI TA’RIFLASH VA SIGNALLARGA RAQAMLI ISHLOV
BERISH UMUMLASHGAN SXEMASI
Signallarning asosiy turlari
Signallaming asosiy turlariga quyidagilar kiradi: analog, diskret va raqamli.
Analog signallar uzluksiz va bo'laklari uzluksiz x(t) fimksiya bilan ifodalanadi, bunda fiinksiyaning o‘zi va argumenti har qanday qiymatlami qabul qilishi mumkin, ya’ni t < t < t , x < x < x (1 .la-rasm).
1.1-rasm. Uzluksiz signalni diskretlash
Diskret signal x (t) uzluksiz signal x(t) ni diskretizatsiyalash fiinksiyasi y(t) ga ko‘paytirish natijasida hosil qilinadi. Bunda y(t) diskretlash fiinksiyasi t oldin bilan davriy takrorlanuvchi kichik davomiyli impulslar ketma-ketligi (l.lurasm)
dan foydalaniladi. Ideal holatda diskretlash fiinksiyasi sifatida deltafunksiyalar
davriy ketma-ketligidan foydalaniladi (1.16-rasm).
T = kt ( oraliq diskretlash davri deb ataladi, unga teskari bo‘lgan kattalik diskretlash chastotasi deb ataladi,
f =I/T.
Diskret signalning nT vaqtdagi qiymatlari uning oniy qiymatlari deb ataladi.Diskret signal haqiqiy voki kompleks boiishi mumkin. Kompleks signalning haqiqiy va mavhum qismi haqiqiy ketma-ketliklar orqali ifodalanadi
x(nT)= x (nT)+ jx (nT).
Raqamli signal x(t) kvantlangan panjarasimon funksiya (1.2-rasm), ya’ni qator diskret sathlami kvantlash sathi mq qiymatlarga nT vaqtlarda ega bo‘ luvchi panjarasimon fimksiyadir. Bunda q - sath b o ‘yicha kvantlash odimi, m - kvantlash o ralig‘ i tartib raqami. m- 0,1, 2 ,...,M - 1 , M =2 b o iib , n – butun musbat son.
Raqamli signal cheklangan razryadli sonlar ketma-ketligi orqali ifodalanadi.B a ’zan diskret va raqamli signallami ifodalashda normallashtirilgan vaqt I tushunchasidan ham foydalaniladi, ya’ni
i =
deb qabul qilinadi va u t=nT bo'lsa, olingan oniy qiymat tartib raqami n ni imkoniyatini beradi. Bunda diskret signalni ifodalash uchun bir-biriga aynan teng quyidagi ifodalardan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |