Bozor muvozanati Reja: Bozor va uning mohiyati



Download 231,59 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi231,59 Kb.
#892199
Bog'liq
bozor mikro

Bozor muvozanati

Reja:

1. Bozor va uning mohiyati

2. Bozor muvozanati

3. Narx va uning vazifasi

Bozor - bu ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchini bir-biri bilan bog’laydigan ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy tizimdir.

Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin.

Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi

Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu mavzuda biz narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, narx turlari bilan bir qatorda davlatning narx siyosati va uning O’zbekistondagi o’ziga xos jihatlarini ham ko’rib chiqamiz

Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi.


Narx turlari:
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qo’llaniladi.

Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.

Chakana narx – tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni bog’lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi mumkin.

Dеmping narx – bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» dеb ham ataladi. Dеmping narxda rasmiy narxning bir qismidan kеchib yuboriladi

Nufuzli narx – sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo’llash uchun bozorda raqobat chеklangan bo’lib, monopol vaziyat mavjud bo’lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo’lmaydi, shu sababli narxning ko’tarilishi tovar sotilishini kеskin kamaytirmaydi.

Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga kеladigan bozor narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga kеltirishda erkin narx jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’еktlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg’unlashtirishga imkon bеradi.

E'tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 231,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish