III. Soliq idoralarining hisobotlarni qabul qilish tartibi
Soliq to‘lovchilar tomonidan elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilish va ishlov byerish uchun hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmada alohida elektron manzilga ega bo‘lgan elektron hujjatlarni qabul qilib oluvchi kompyutyer o‘rnatiladi. Ushbu kompyutyer davlat soliq inspeksiyasining lokal tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim. Pochta aloqasi orqali soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar davlat soliq inspeksiyasining umumiy bo‘limiga kelgach, umumiy bo‘lim pochta konvyertidagi barcha hujjatlarni yagona raqam va kelib tushish sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazib, bir kun ichida reyestr asosida hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga taqdim etadi. Soliq to‘lovchilar hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaning mas’ul xodimlariga bevosita hisobotlarni topshirganda, hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs soliq to‘lovchining hisobotning ikkinchi nusxasining o‘ngdan pastki burchagiga davlat soliq xizmati idorasining ro‘yxatga olish shtampini qo‘yadi, kirish raqami va hujjatning kelib tushgan sanasini ko‘rsatadi. Davlat soliq inspeksiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga soliq to‘lovchilarning hisobotlari tushgandan so‘ng, ularni olinganligini, ushbu tartibdagi soliq to‘lovchilarning hisobotlarini ro‘yxatga olish jurnaliga bir kun ichida qayd qiladilar. Topshiriladigan hisobotlarni qayd qilish jurnali raqamlanishi, tikilgan, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim. Soliq to‘lovchilarning hisobotlarini olish jurnalida hisobotlar soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan sanasi: elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilganda, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunigamuvofiq, hisobotlarni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish sanasi; hisobotlarni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish sanasi; pochta aloqasi orqali taqdim etilganda, hisobotlarni yuborilganligi to‘g‘risida pochta bo‘limining shtampidagi sanasi; soliq to‘lovchilarning bevosita davlat soliq inspeksiyasiga tashrifi orqali taqdim etilganda, mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs tomonidan hujjatning kelib tushganligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan sanasi hisoblanadi. Hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linma xodimlari soliq to‘lovchilardan qabul qilingan hisobotlarda quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:
hisobotlar shakllarini to‘liqligini;
hisobotlarda mansabdor shaxslarining imzolarining va muhrning (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) mavjudligi; elektron hujjat aylanishi orqali yuborilganda hisobotlardagi mansabdor shaxslarning elektron raqamli imzolarining mavjudligini va elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining syertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi; hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlarini (bank hisobvaraqlari raqamlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzil, sanalar va shu kabilarni) to‘ldirishini; hisobotlardagi shakllarida nazarda tutilgan barcha ko‘rsatkichlarni to‘ldirishini, shunda korxonada tegishli aktivlar, passivlar, opyeratsiyalar mavjud bo‘lmagan holda bu modda (qator, ustun chizib ) («x» belgi bilan) qo‘yilganligini. Soliq to‘lovchilarning hisobotlarini qayta ishlov byerish kelib tushgan paytidan to hisobotning yoki mulohazalarning bir nusxasi soliq to‘lovchiga byerilishi paytigacha uch kundan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim. Agarda yuqorida aytilgan muddatning tugash vaqti dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Hisobotga doir e’tirozlar bo‘lmagan taqdirda taalluqli kompyutyer dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq to‘lovlari summalari ko‘rsatkichlari hisobvaraqlariga yozuvlarni o‘tkazish va budjet bilan o‘zaro hisob-kitoblarga ko‘ra opyerativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasini olib boruvchi bo‘linmaga topshiriladi, shundan keyin budjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlar ko‘chirilib, soliq summalarining shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni kompyutyerdan chiqarib, belgilangan holda hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga topshiriladi. Shunday keyin, hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaning xodimlari, qog‘oz shakllarda taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilingani haqida shtamp qo‘yib, qabul qilingan hisobotning bir nusxasini soliq to‘lovchiga qaytaradilar. Elektron shakldagi hisobot qabul qilinganligi haqida soliq inspeksiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yiladi va imzolangan hisobot soliq to‘lovchiga qaytariladi. Hisobotning qabul qilingan nusxasi, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, ya’ni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq to‘lovchining o‘ziga qaytariladi. Taqdim etilgan hisobotlar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan, mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda hamda Nizomning 2-ilovasiga muvofiq «Hisobotga doir mulohazalar» tayyorlanib, qayta ishlash uchun soliq to‘lovchiga qaytariladi. «Hisobotga doir mulohazalar» va hisobotlar, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, ya’ni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq to‘lovchining o‘ziga qaytariladi. Mazkur mulohazalar tuzatilish va hisobotlar topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Bunday holda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘llanmasligi lozim. Bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda takror ishlab chiqilgan hisobot davlat soliq xizmati idorasiga qayta taqdim etiladi va hisobotga bog‘liq keyingi ishlar ushbu Nizomning 15-16 bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchilarning qabul qilingan hisobotlari hisobotlar va balanslarni qabul qilish bo‘linmasida maxsus ajratilgan va yopiladigan yaroqli idora shkaflarida va qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim. Elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlar maxsus ajratilgan kompyutyerlarda saqlanadi. Elektron hisobotlarni saqlash chog‘ida ulardan foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash muddati, qog‘oz nusxalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kyerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |