Mavzu: Sodda gap qoliplarining nutqiy voqealanishi


Sodda gaplarni nitqiy voqelikda qo`llanilishi



Download 68,49 Kb.
bet5/6
Sana13.06.2022
Hajmi68,49 Kb.
#664482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sodda gap qoliplarining nutqiy voqyelanishi

2.3 Sodda gaplarni nitqiy voqelikda qo`llanilishi.

Shu kunga qadar o’rganib chiqqan sintaktik hodisalar va ularga xos ba’zi muhim xususiyatlarni umumlashtiriidir. Darhaqiqat, dastlabki ma’ruzalarimizda-qayd etganimizdek, sintaksis gap va uni tashkil etgan so’z shakllarining o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalarni o’rganib chiqdi. Lekin bu uning bir qismi, xolos. Eng asosiy qismiga endi kirib boramiz. Hozirgacha


bizga ma’lum sintaktik aloqa turi, vositasi va usullari, so’z birikmasi va gap haqidagi nazariy bilimlar go’yo binoning qad rostlashini eslatadi. Binoning qad ko’tarishida material bo’lgan ashyolar tilda sintaktik birliklar-so’z, suz irikmalari, gaplar shaklida namoyon bo’ladi. So’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar va gaplardan matnlar keltirib chiqariladi. Biroq gapning sintaktik tahlili deganda ko’pchilikka faqat gap bo’laklariga ajratishgina anglashiladi. Biroq sodda gapning tarkibiy tahlili bo’laklarga ajratish emas, ularni dastavval so’z birikmalariga ajratish, shu birikmalarning bog’lanish turi, yo’l va usullarini o’rganish, undan keyin gapning o’zi klassifikatsiya nuqtai nazaridan qanday tahlil etilsa shunga e’tibor qilinadi. Bunda ayniqsa gapning ifoda maqsadiga ko’ra turi, voqelikka munosabatiga ko’ra turi, emotsionalligiga ko’ra turi, struktura asosining miqdoriga, struktura asosining tarkibiga, ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga, zaruriy bo’laklarning ishtirokiga va bo’laklarga ajralish va ajralmasligiga ko’ra- turi kabi tahlil tartibi o’qiladi. so’ngra gapni bo’laklaria ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. An’anaviy tilshunosligimizda esa sodda gapni sintaktik tahlil qilinadigan bo’lsa, uni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratiladi, undalma yoki kirish so’z kabilar qatnashgan bo’lsa sintaktik aloqaga kirishmagan bo’laklar deb tahlil etiladi. Bu tahlilda gap yoki so’z birikmasi klassifikatsiyasi tartibi ham hisobga olinadi, biroq bu oliy va maktab dasturida birdek shakllanish kasb etmagan. Shuning uchun hozirgi davr tilshunosligining taraqqiyoti ta’lim tizimining mazmunan yangilash yo’nalishlarini belgilab bermoqda. Bunga ko’ra maktab ona tili o’qituvchisi "So’z birikmasi" mavzusi bo’yicha quyidagi bilimlar silsilasini to’la o’zlashtirgan bo’lishi shartdir:"-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni kesimdan berilgan so’roq orqali tarkibiy qismlarga ajrata olishi: Paxtakor dalada ishlaydi: paxtakor ishlaydi; dalada ishlaydi; va shunga o’xshash bo’laklari so’z birikmalari bilan foydalangan gaplarni ham tarkibiy qismlarga ajratishni bilishi: Mohir paxtakor kolxoz dalasida fidokorona ishlaydi. Shu tarkibiy qismdagi so’zlarni ma’nodosh yoki uyadoshlari bilan almashtirib, yangi birikmalar yaratishi: mohir paxtakor-epchil paxtakor, kolxoz dalasi-kolxoz bog’i, g’ayrat bilan ishlaydi kabi-so’z birikmasi va undagi tobe, hokim so’zlarni aniqlash, biridan ikkinchisiga so’roq berish.
-berilgan matndagi gaplarni so’z birikmalariga ajratib, aniqlovchili, to’ldiruvchili, holli turlarini aniqlash:
-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni aniqlovchili so’z
kiritish bilan kengaytirish, aniqlovchili so’z birikmalarida tobe va hokim so’zlarga ma’nodosh, uyadosh so’zlar tanlab, yangi birikma va gaplar tuzish;
-so’z birikmalarini klassifikatsiya asosida tahlilini o’tkazish, bunda sodda tuzilishli birikmalarni ma’noviy kengaytiruvchilar ta’sirida murakkab birikmalarga aylantirish;
-turg’un birikmali so’z birikmalarini shakl jihatidan o’zgartirish kabi tahlillar hozirgi kunning eng muhim ilmiy ham uslubiy yo’nalishlaridir.
"Gap" mavzusi va uning sintaktik tahlili bo’yicha esa quyidagi amaliy ishlarni bajarish talab etiladi:
-berilgan matndagi gaplarni bir bo’lakli va ikki bo’lakli turga ajrata olish;
-Boraman. Bilmaysizmi? Ko’ramiz. kabi bir bo’lakli gaplarki ikki bo’lakli turga aylantirishni bilish;
-gaplardagi tasdiq yoki inkor ma’nolarini farqlash va vositalarini aniqlay olish;
-gap markazi kesim ekanini sharxlash va kesimni shakllantiruvchi grammatik formalarni aniqlash;
-kesimdan so’roq berish asosida gapni kengaytirish, so’z ma’nosiga bog’liq holda kelgan kengaytiruvchilarni gap "kengaytiruvchilaridan farqlash;-berilgan gaplarni bo’laklarga ajratish, sintaktik aloqaga kirishmaydigan so’zlar (gapni murakkablashtiruvchi vositalar) ma’noviy guruhlarini aniqlash va hokazolar. Buning uchun albatta, mutahasis nafaqat an’anaviy tilshunosligimiz nazariyalari, balki zamonaviy, chuqur nazariy asosdagi talqinlardan ham bohabar bo’lmog’i darkor. Jumladan, gap kesimini shakllantiradigan vosita-zamon, shaxs-son; mayl, tasdiq-inkor ekanligini bilmaydigan shaxs, kesimning gap markazi bo’la olish imkoniyatini ham tushuntirib bera olmaydi. Gap markazi esa predikativ yadro va uning atrofini qurshab turuvchi argumentlardan iborat.Bu argumentlar ham o’z mazmuniy xususiyatlari bilan agons, lokalis, temporalis kabi turlarning kengaytiruvchilik funksiyalari asosida reallashadi. Buni til birliklaridagi oddiydan murakkabga borish deb tushunish birmuncha qulay. CHunki kichik sath birliklari katta sath birliklari uchun material bo’lib xizmat qiladi. Qimmat jihatdan bir xil birliklarning o’zaro sintaktik munosabati o’zidan yuqoriroq va yangi sifatga ega bo’lgan butunlikni hosil qiladi.
Sintaktik birliklariing bunday butun va bo’lak munosabati -
darajali munosabat hisoblanadi. Biroq nima bo’lganda ham gapda
obektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar-sintaktik shakllar
orqali ifodalanadi. Gapning bunday moddiy ifodalanish tomoni
uning sintaktik tuzilishidir. Sintaktik tuzilish esa uzaro munosabatda bo’lgan bir necha unsurlarning bir butuklik sifatidagi birlashishi. Sintaktik tuzilish unsurlarini an’anaviy tilshunoslikda gap bo’laklari atamasi bilan nomlaydilar. Lekin
sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shakllar gap
bo’laklari tarkibiga kiritilmaydi. An’anaviy tilshunoslikda
sintaktik shaklning tobe aloqaga kirishi (deminatsiya munosabati) uning gap bo’lagi deb hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo’lagi ma’lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik- munosabatdagi vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ldiruvchi va boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’lgan shakliy jihatdan tobe aloqa orqali emas, balki undash, kirish munosabati orqali ifodalangan birliklar snntaktik tuzilish birligi sifatida karalmaydi. Bu esa butunni bo’laklarga bo’lish asosiga zid keladi. Chunki butun bo’laklarga ma’lum asosda shunday bo’linishi kerakki, butunning birorta ham unsuri bo’linishdan tashqarida qolmasligi kerak. Lekin an’anaviy yo’nalishda bunday emas. Gap bo’laklari gapni tashkil etgan sintakiik shakllarni to’la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo’laklarga gap bo’laklari rubrikasi ostida ajratish-etarli asosga ega emas. Shuning uchun bu tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan ganining shakliy tuzilish jihatdan uning ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’lish-mumkin:
I. Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2. Sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Birinchisi an’anaviy gap bo’laklari hisoblanadi. Ya’ni tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo’lagi sanaladi. Tobe aloqadorlik asosidagi so’z shakllar
juftligida tobe qism hokim qism talab etgan vaziyatda keladi.
Bunda tobe kismning vaziyati anik, hokim qism vaziyati esa
noaniq bo’ladi. Uning qaysi vaziyatda kelganligi nutq zanjirining keyingi xalqasida aniqlanadi. Gap bo’lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun qarama-qarshiligi birligidan iborat. SHakl va mazmun tomoni ham o’zining muayyan unsurlarga egaligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun gap bo’laklari shakliy va mazmuniy tuzilishlarini hamda ular o’rtasidagi munosabatni belgilash nazariy tilshunoslikning muhim vazifasidir.
Har qanday gap bo’lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat. Morfologik shakl sintaktik shaklning vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin morfologik shakl asosida hosil bo’lgan sintaktik shakl sifat jihatidan tamoman farqli bo’lgan yangi va unga nisbatan yuqori shakldir. Bir morfologik shakl bir necha sintaktik shaklga asos o’ulganidek bir necha morfologik shakl bir sintaktik shaklga asos bo’lishi ham mumkin. Masalan, O’zbekiston - go’zal o’lka jumlasida bnr xil morfologik shakldagi(bosh kelishik, birlik) ot ikki xil sintaktik vaziyatda kelyapti. O’zbekistonnning poytaxti - Toshkent. Toshkent kundan kunga go’zallashib boryapti jumlalarida esa Toshkent va go’zallashib boryapti kesim vaziyatiga o’tgan va uning bu vaziyatda shakllanishiga bosh kelishik birlikdagi ot hamda o’tgan zamon, bo’lishli, III shaxs birlikdagi fe’l morfologik shakllar asos bo’lgan. Lekin bu ikkisi bir-birisiz yashay olmaydi. Chunki biri moddiy asos bo’lsa,ikkinchisi uning vazifasi hisoblanadi. Sintaktik shakl morfologik shakl asosida vujudga kelgan yuqoriroq birlik ekan, sintaksis uchun sintaktik shakl belgilovchi rol o’ynaydi. Morfologik shakl esa sintaktik shaklning ichki tomonini ko’rsatadi.


3
Xulosa.
Ma’lumki, o`zbek tilshunosligida formal tahlil tamoyillarining keng va izchil ommalashishida ustoz Ayub G`ulomovning xizmatlari beqiyosdir. Zero, ustoz o`zbek tilshunosligining jadal rivojlanishiga formal tahlil o`z oldiga qo`ygan davr talablariga mos va muhim madaniy-ma’rifiy muammolarni yechishda ulkan hissa qo`shgan. Ayni paytda, fidoyi olimning ulkan ilmiy merosi va cheksiz xizmatlari natijasi o`laroq, o`zbek tilshunosligining yutuqlari hozirgi kunda va kelajakda tilni tadqiq etishning lingvistik asosini tashkil etadi. Tilni tizim sifatida tadqiq etish asosida shakllangan struktural, semantik hamda substansial tahlil yo`nalishlari, o`z navbatida, o`zbek formal tilshunosligi yaratgan mustahkam lingvistik asoslar poydevoriga tayanadi.
XX asrning 90-yillarida o`zbek tilshunosligi fanida o`ziga xos formal-funksional yo`nalish shakllandi va bu haqdagi qat`iy xulosalar tilshunos M. Qurbonovaning "O`zbek tilshunosligida formal-funksional yo`nalish va sodda gap qurilishining talqini" nomli tadqiqotida bayon etilgan [33]. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, o`zbek substansial tilshunosligi o`z davrining ilg`or lingvistik maktabi hisoblangan Praga strukturalizmidan lison-nutqni farqlash, lisoniy va nutqiy birliklarning tabiati haqidagi ilmiy qarashlarni qabul qildi, shuningdek, bu qarashlarni dialektik falsafaning substansiallik omili hamda umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (qisqacha – UMIS) va yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat (qisqacha–YHVO) kategoriyalari mazmuni bilan boyitdi. Natijada, lison va lisoniy birliklar UMIS sifatida, nutq va nutqiy birliklar esa YHVO mavqeyida talqin etildi. Boshqacha ifodalaganda, asosiy lingvistik tushunchalar dialektik mazmun bilan to`ldirildi hamda dialektik kategoriyalarga mos ravishda tahlil qilindi. O`zbek funksional tilshunosligi Praga strukturalizmidan bir pog`ona yuqoriga ko`tarildi va jahon tilshunosligi rivojiga samarali hissasini qo`shmoqda.

Download 68,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish