Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari



Download 0,89 Mb.
bet170/175
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#87825
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
SIYOSATSHUNOSLIK1

Xalqaro kon’yunktura — sanoq vaqti va taqqoslash vaqti o‘rtasidagi oraliq bir necha kecha-kunduz vaqt bilan hisoblansa ham hech qachon bir xil bo‘lmaydigan muayyan munosabatlarning hajm va xarakterini belgilab beradi.

Bugungi kunda xalqaro munosabatlar mazmuni va sur’atiga davlat tomonidan xalqaro huquqiy jihatdan tartibga solinishga yon bermaydigan (bo‘ysunmaydigan) gumanitar, axborot (informatsion), ilmiy, etnomadaniy va boshqa omillarning ta’siri yanada yaqqol sezilmoqda. Tashqi siyosat miqyosining kengayish tendensiyasi nafaqat davlat va hukumatning siyosati sifatida, balki umuman mamlakat, jamiyatning tashqi dunyo bilan aloqasining butun majmui sifatida to‘xtovsiz kuchayib bormoqda. «O‘zining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, axborot (informatsion) va boshqa ahamiyatiga ko‘ra hozirgi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlaridagi bunday aloqalar davlat va hukumatning bevosita tashqi siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan aloqalaridan ko‘p bora «oshib» ketadi»3. Nodavlat sub’ektlar rolining o‘sishi hisobiga xalqaro munosabatlar solishtirma og‘irligining qisqargani bugungi kunda tez-tez tilga olinmoqda4. Ushbu munosabatlar ta’sirining o‘sishi nafaqat obro‘li nodavlat jamoat tashkilotlari, balki o‘z faoliyatida sub’ektiv mafkuraga tayanadigan xususiy tashkilotlar yo‘nalishida ham yuz bermoqda (masalan, Soros fondi). Agarda gap, masalan, yirik davlatlar kabi nufuzli xalqaro kuchlar manfaatlari bilan mos tushadigan oddiy nafsoniyatlar (ambitsiyalar) haqida borayotgan bo‘lsa, yaxshi. Buning natijasida bunday tuzilma ushbu davlatning muayyan davlatdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatga ta’sir etuvchi vositasi yoki ta’sir agentiga aylanadi. Bunday birlashmaga (ittifoqqa) qarshi turish qiyin, lekin mumkin, chunki bunday tuzilmalar o‘z maqsadini yashirishmaydi. Bunday tuzilmalar mafkurasi ostida yashirin sabab bo‘lsa, bunisi yomon. Terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi, uyushtiruvchi, rejalashtiruvchi, ularni amalga oshirishga g‘alamislarcha undovchi, terroristlarni yollaydigan, tayyorlaydigan va qurollantiradigan, ularni moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlaydigan tuzilmalar, ayniqsa, xavfli. Bunday tashkilotlar turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (masalan, e’lon qilinayotgan maslaklari diniy, xayr-saxovat yoki gumanitar mazmun va maqsadga ega bo‘lganda).

Transmilliy korporatsiyalar (TMK) hozirgi xalqaro munosabatlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun qator mutaxassislarning TMK globallashgan dunyoda suveren davlatlar nufuziga ega bo‘layotgani to‘g‘risidagi fikrlariga qo‘shilish mumkin. Dunyo davlatlarining yalpi milliy mahsulotlariga muvofiq ularning ro‘yxati tuzib chiqilsa va TMK ro‘yxati bilan taqqoslansa, «Jeneral motorz» kompaniyasi iqtisodiy qudratiga ko‘ra 23-o‘rindagi «davlat» bo‘lar ekan, «Ford» 24-o‘rinda, «Mitsiu»-25-o‘rin, keyin esa: «Mitsubisi» (26), «Itochu» (30), «SHell» (31), «Eksson» (35), «Su-mitomo» (36), «Toyota»(38), «Uoll-Mart» (39), «Jeneral elektorik»(44) va boshqalar5.

Xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi omillari haqida so‘z ketar ekan, geosiyosat singari siyosiy konsepsiya to‘g‘risida gapirmaslik mumkin emas. Unga muvofiq davlatning tashqi siyosati geografik omillar (davlatning holati, tabiiy resurslari, iqlimi va sh.k.) tomonidan oldindan belgilanadi6.

Milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy aloqalar rivoji va yalpi integratsiyalashuv jarayonlari davlat yoki mintaqaning geosiyosiy holatiga, umuman, uning hayotiy faoliyatini muayyan tarzda belgilovchi geosiyosiy omillar yig‘indisiga bog‘liq, degan qarash mavjud. Ushbu omillar o‘zgarishlarga kam darajada uchraydi, shuning uchun ham davlatning geosiyosiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotning rivojlanishi va xavfsizlik kabi jihatlar eng barqaror hisoblanadi. Mutlaq qulay geosiyosiy omillar bo‘lmagani kabi, mutlaq noqulay geosiyosiy omillar ham mavjud emas. Davlatning har qanday geosiyosiy holati o‘zining musbat va manfiy jihatlariga ega va milliy manfaat yo‘lida unisidan ham, bunisidan ham to‘g‘ri foydalanish siyosiy rahbarlik vazifasiga kiradi.

Tashqi ekspansiyani oqlash uchun, ayniqsa, nemis fashistlari tomonidan foydalanilgan “geosiyosat” termini geografik omillarning davlat tashqi siyosatiga (geopolitik strategiyasi va sh.k.) muayyan ta’sirini bildirish uchun ham qo‘llanadi (hudud, nufuz va boshqalar).



Sobiq SSSR barham topib, yangi mustaqil davlatlar tashkil topgach, geosiyosat ilmiy-amaliy tahlilning ommaviy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Jahon hamjamiyatida o‘zini va o‘z o‘rnini anglash sharoitida o‘z suverenitetini mustahkamlashga hamda milliy ravnaq topish maqsadiga erishishga intilayotgan har bir davlat geosiyosiy konsepsiyaga e’tibor qaratmasligi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida qayd etganidek, geosiyosat dunyo aloqa tizimida davlatning tarixiy, bugungi va kelgusi rolini tahlil etishning muhim vositasi hisoblanadi. Uning fikricha, aynan dunyo ahamiyatiga ega (jahon miqyosidagi) jarayonlar mohiyatini tushunmaslik, bir qator mamlakatlarda xavfsizlikka tahdidni baholashda etarlicha jiddiy munosabatda bo‘lmaslik, kelajakni bashorat qilishdagi zaiflik, u yoki bu mamlakatning o‘z siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olib, ro‘yobga chiqarish imkoniyatini shubha ostiga qo‘yadi. Prezident “Bizni o‘rab turgan, xech kim o‘z holicha yashay olmaydigan, hamma narsa ham bizga bog‘liq bo‘lavermaydigan, yuksak maqsadlarga erishish yo‘lidagi intilishimizga jiddiy xavf-xatar solib turgan bu dunyoning o‘zi nimadan iborat ekanligini chuqur tushunib olish juda muhim”ligini ko‘rsatadi...”7.

Xalqaro munosabatlarning yangi tizimini rivojlantirishning yana bir omili ichki va xalqaro, mintaqaviy va global mojarolar (ziddiyatlar) o‘rtasidagi chegaraning yo‘qolishi hisoblanadi. Bir tomondan, ushbu vaziyat davlatlarni nizoli tendensiyalar va mavjud mojarolarga qarshi harakat qilishning jamoaviy shakllarini tezlik bilan topishga undaydi. Ikkinchi tomondan, vaziyatni tartibga solish bo‘yicha jahon hamjamiyatining birlashgan faoliyati etarli darajada bo‘lmaganda, ushbu mojarolar va konfliktogen vaziyatlar ziddiyat sababini (u qanday bo‘lmasin) hal qilib bo‘lmaydigan qarama-qarshilikka olib kelib, davlatlar, xalqlar, siyosiy kuchlar, konfessiyalar o‘rtasida ajralishni kuchaytiradi.

Natijada mintaqaviy ekstremizm, etnik toqat qilolmaslik, qurol-yaroq, shu jumladan, yadroviy qurol tarqalishi, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi, ekologik krizis ko‘rinishidagi mintaqaviy va global xavfsizlikka potensial tahdidlarning bo‘lishi tabiiy holdir.

Agar munosabatlar qat’iy ravishda huquqiy asosga qurilsa, xalqaro munosabatlarda “o‘yinchi” sindromining salbiy ko‘rinishlari oz bo‘ladi.

Bu yangi haqiqat emas, afsuski, aynan uning vaqti-vaqti bilan rad etib turilishi dunyoni yana va yana o‘yin maydoniga aylanishiga olib keladi.

Har qanday qiziqqon kompyuter strategiyasi kabi kvazi yuqori aqliy va murakkab tuzilishli syujet chiziqlariga qurilgan yangi tahdid hamda qarshi chiqishlar bilan geosiyosat, kurash o‘ynash muayyan turdagi ruhiy qaramlikni keltirib chiqaradi. Bunday o‘yin bu kurashni uning natijalariga ko‘ra, hayotdan bebahra, chuqur anglangan manfaatdorlikdan mahrum qiladi. Shunday yondashuv bilan fanatizmni yoki “...dan boshqa yo‘qotadigan narsasi yo‘q”larni, ayniqsa, yo‘qotadigan narsasi borlarni engish mumkinmi? Bu muayyan siyosiy va ijtimoiy guruhlar tomonidan ongosti darajasida birdamlikda anglanadimi? Shuningdek, moddiy-moliyaviy resurslar bilan tajovuzning ruhiy bazasini oziqlantirib, destruktiv kuchlarning shunday toifalarini boshqarishni o‘rganib olganlarning jinoyatlarini bartaraf etish va ular bilan kurashish mumkin emas.

Shunday qilib, hozirgi xalqaro tizim endilikda tamomila yangi xarakter belgilariga ega:

1. Milliy davlatlar avvalgidek uning bosh aktyori hisoblanadi, bu o‘rinda gap integratsiya darajasiga qaramasdan, ixtiyoriylik sharti bilan davlatning turli davlatlararo mintaqaviy, mintaqalararo va global tashkilotlarda ishtiroki haqida bormoqda. Siyosiy hokimiyat hududiy mustaqillik (suverenitet) tamoyili asosida xalqaro huquqning boshlang‘ich sub’ektlari bo‘lib qolayotgan alohida davlatlar ixtiyorida saqlanadi. Biroq ko‘payib borayotgan global muammolarni hal qilishda ularning kuchi kamayadi. Evropa va Osiyoning ulkan kengliklarida «real sotsializm» g‘oyasi va amaliyotining barbod bo‘lishi shunga olib keldiki, kommunistik utopiya (xayolot) o‘rnini davlat-millatni yaratish konsepsiyasi egalladi. Millat, milliy qurilish g‘oyasi qirq yoki etmish yil davomida totalitarizm zulmi ostida qolgan jamiyatlar uchun tenglashtirish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Millatchilik bu jamiyatlarda konstruktiv (asosiy) kuch rolini o‘ynaydi.

2. Xalqaro xukumatlararo tashkilotlar (XHT) kabi xalqaro nohukumat tashkilotlar (XNT) sonining ham o‘sib borishi xalqaro tashkilotlar siyosiy, iqtisodiy va sotsial sohalarda davlatlarning o‘zaro bog‘liq XT manfaatlarining ortishi tufayli zarur bo‘lgan xalqaro tizimni boshqarishning alohida shaklini yaratadi. XT transchegaraviy, siyosiy jarayonning instutitsional doirasini shakllantiradi, unda ko‘p sonli davlat va hamjamiyatlardan davlat yoki nodavlat aktyorlar ishtirok etishadi. XHT ikkilamchi va yasama bo‘lsa ham, chunki ular xalqaro huquqning birlamchi sub’ektlari — davlatlar tomonidan tuzilgan, xalqaro huquqning sub’ektlari hisoblanadi. XNT esa xalqaro xususiy huquq institutidir. Umuman, XNT siyosiy sohada davlat butkul va to‘lig‘icha o‘ziga ololmaydigan boshqaruvning ma’lum funksiyasini o‘z zimmasiga oladi.

3. Xalqaro tizimdagi qarama-qarshilik (ziddiyat) globallashuv bilan bir vaqtning o‘zida kechgan nomarkazlashtirish, mintaqalashtirish va ko‘pqutblilik jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Sharq va G‘arb ziddiyati konfiguratsiyasi uning bipolyarliligi bilan birga endi xalqaro tizim uchun struktur belgilovchi bo‘lmay qoldi. Kuchlarning yangi mintaqaviy markazlari tashkil topdi. Eng muhim mintaqaviy davlatlar sifatida YAponiya va Germaniya, shuningdek, Xitoy va Braziliyaning ko‘tarilishida ko‘pqutblilik namoyon bo‘lmoqda. Mintaqaviy guruhlar va xalqaro tashkilotlar (Rossiya, Evropa Ittifoqi, NAFTA Islom Konferensiyasi tashkiloti, ASEAN va sh.k. bilan birgalikda «katta ettilik») xalqaro tizimda davlatlar bilan birga yetakchi aktyorlarga aylanmoqda.

4. Xalqaro tizimda qarama-qarshilik markazining Sharq-G‘arb nisbatidan SHimol-Janub o‘qiga ko‘chib o‘tishi, sodda qilib aytganda, boy SHimol bilan, kambag‘al Janub o‘rtasidagi mojaro (ixtilof) industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar rivojining mutlaqo turlicha siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlariga asoslanadi. «77 lar guruhi»ga birlashgan, o‘zida 1XX dan ortiq davlatni qamragan rivojlanayotgan mamlakatlar katta guruhi ichida tabaqalanish jarayoni yuz bermoqda. Unda OPEKga tegishli, son jihatdan uncha ko‘p bo‘lmagan bir necha boy (badavlat) va rivojlanayotgan mamlakatlar hamda «yangi industrial mamlakatlar» ajralmoqda. Ikkinchi tomondan, rivojlangan va rivojlanayotgan, boy va kambag‘al mamlakatlar o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

«Sovuq urush» tugagandan so‘ng SHimol-Janub o‘qidagi keskinlikning kuchayishiga ko‘p jihatdan sivilizatsion omillar sabab bo‘ldi.

5. Sharq va G‘arb mojarosining tugashi «kuch» tushunchasining mazmun va o‘lchamida dramatik burilish yasadi. Kuchning mumtoz belgilari (davlat hududi o‘lchamlari, aholi soni, geopolitik holati, qurolli kuchlari soni va sh.k.) va davlatning hududiy mustaqilligi ko‘p jihatdan endi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. G‘arb siyosiy tafakkuri ilmiy muomalaga «sezilarli kuch» va «sezilmas kuch» tushunchalarini olib kirdi. «Sezilarli kuch» kategoriyasi o‘z ichiga yuqorida qayd etilgan an’anaviy kuch belgilarini oladi. «Sezilmas kuch» kategoriyasi ilmiy-texnologik baza, iqtisodiyotning sanoat va moliyaviy quvvati, valyuta, inson boyligi (kapitali), ijtimoiy xavfsizlik kafolati, davlatning siyosiy va ijtimoiy tuzilishini himoya qilishda aholining safarbarlik layoqati singari go‘yoki bir qarashda ko‘rib va sezib bo‘lmaydigan davlat qudratining belgilaridan iborat. Kuchning ushbu yangi o‘lchamlari davlatning o‘rni, maqomi va qudratini aniqlashda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.

6) Dunyo tizimi «turlarning ayni bir paytda bo‘lishi» («baravar yuz berishi») bilan, ya’ni tarixiy davr va ijtimoiy makon kabi fundamental tushunchalarning ayni bir paytda mavjud bo‘lishi va bir-birining ustiga qo‘yilishi bilan duch kelmoqda. «Jahon o‘tish jamiyati»ning hali etarlicha aniqlanmagan va pishib etilmagan sharoitida, bir tomondan, davlatlararo mojarolarning mintaqaviylashuvi va markazdan uzoqlashuvi, ikkinchi tomondan, davlatlararo harbiy va davlat ichkarisidagi ijtimoiy-siyosiy mojarolarning o‘zaro qo‘shilib ketishi yuz bermoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkilotiga birlashgan evroatlantika makonining sanoati rivoj topgan mamlakatlarida Sharq va G‘arb mojarosining bartaraf etilishi natijasida tinchlik barqaror va xavfsiz bo‘lgan bir vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida beqarorlik va ko‘tarilishlar keskin ortdi. Xalqaro munosabatlarda globallashuv jarayonlarining yonma-yon borishi va mahalliy hamjamiyatlarning saqlanishi, o‘zaro qo‘shilib ketishi va tabaqalanish, qismlarga ajralish (fragmentizatsiya) va markazdan uzoqlashish, yaqinlashish va begonalashish, mustaqillik va o‘zaro bog‘liqlik xalqaro tizim uchun xarakterlidir.

Hozirgi xalqaro munosabatlar tizimining asosiy tendensiyasi uning baynalmilallashuvidir. Zamonaviy baynalmilallashuv nafaqat xalqaro aloqa va almashinuvlarning turli-tumanligi hamda hajmlarning kengayishida, faoliyatning yangi sohalariga tarqalishida aks etadi, balki xalqaro hamkorlikning (ittifoqlar, bitimlar, tashkilotlarning) mustaqil, barqaror, mavjud va davlatdan avtonom (muxtor) ravishda harakat qiluvchi shakllarini ham tug‘diradi. Faoliyatning maqsadi, soha va yo‘nalishlari shakllanmoqda, faqat xalqaro hamkorlik bo‘lgandagina ular amalga oshishi mumkin; iqtisodiy yetakchi mamlakatlarning farovonligi va rivoj topishi tashqi bozor va aloqalarga bog‘liq. Baynalmilallashtirish vositalari, uning harakatlanuvchi kuchlari o‘zgarmoqda: hozirgi paytda u asosan iqtisodiy va ilmiy texnik omillar ta’siri ostida rivojlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, iqtisodiy aloqalar, texnologiyalar, ilm va texnika rivojlanishi bilan baynalmilallashuv jarayonlari kuchli va ahamiyatli bo‘lgan joyda sohalar o‘zgarmoqda.

Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar bo‘yicha jiddiy, barqaror va ishonchli ta’sir ko‘rsatish, ularni samarali boshqarish maqsadida — qo‘shilish zarur. Xalqaro barqarorlik yo‘naltirilgan va kutilayotgan o‘zgarishlarning bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat shunday o‘zgarishlarning ishtirokchilari uchungina mumkin bo‘ladi. Xalqaro hayot va uning muhim jarayonlaridan o‘zni chetga tortish jahon iqtisodiyoti, siyosati va taraqqiyotida mamlakatning o‘rni, roli va mavqeini yo‘qotish evazigagina mumkin bo‘ladi.

Nihoyat, xalqaro hayotning sifat jihatidan yangi hodisasi — alohida davlatlar — sub’ektlar tomonidan er shari (hududiy), dunyo iqtisodiyoti va siyosati miqyosida o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda ehtiyojlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv asosiy belgi sifatida qandaydir muammo yoki faoliyatni darhol global (umumjahon) darajaga chiqarishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, bunday faoliyat ishtirokchilarning tarkibiga ko‘ra, baynalmilal bo‘lishi shart emas, balki bitta davlat, tashkilot, firma tomonidan amalga oshirilishi mumkin (ular buning uchun tegishli imkoniyatlarga ega bo‘lishlari sharti bilan).

Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli hamdir. Unda davlatlar o‘rtasida ham, ularning ichkarisida ham qarama-qarshiliklar o‘zaro bog‘lanib ketgan. Shunga qaramasdan, xalqaro munosabatlarning butun tizimi uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qilgan uning yaxlit sifatdagi birligi hozirgi dunyoning muhim qonuniyati hisoblanadi.

Hozir xalqaro tizimning o‘tish sifatida tavsiflanishi ham davom etmoqda, yaqin va uzoq kelajak joylashishining (konfiguratsiyasining) turli variantlari muhokama qilinmoqda, shu bilan birga, xalqaro munosabat ko‘plab turli rejadagi omil va shartlarning ta’siri ostida rivojlanib borishi vaziyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

1. S.Xantingon “o‘zaro kurashayotgan etti madaniy-diniy sivilizatsiyalar dunyosi”ning: xitoy, yapon, hind, islom, provaslav, g‘arb, lotin amerikasi va ehtimol, afrika modelini taklif qiladi. Ushbu maktab hozirgi sharoitda global siyosat ko‘p qutbli, ko‘p sivilizatsiyali bo‘lib qoldi, dunyoda yuz berayotgan jarayonlar madaniy — sivilizatsion (tamadduniy) ittifoqlarning to‘qnashuvi bilan izohlanadi, degan shiorni yoqlaydi. Iqtisodiy va texnologik modernizatsiyalarning yo‘qotilgan diniy yoki sivilizatsiya jihatidan o‘xshashligini saqlash yoki tiklashga undaydi. Bunda jahon maydonida yangi kuch va ta’sir markazlarini shakllantirish uchun real shart-sharoit hamda qarama-qarshiliklar manbai namoyon bo‘lib; sivilizatsiyalar to‘qnashuvi dunyo siyosatining asosiy omili bo‘lmoqda.

Bunday xulosa yangi mojarolar tug‘ilishi bilan asoslanadi, ular ko‘pincha etnomilliy bo‘yoqqa ega hamda ularning geografiyasi musulmon va xristian sivilizatsiyalari o‘rtasida chegara chizig‘i bilan bir-biriga to‘g‘ri kelar emish.

Shu yo‘nalishning o‘zida islom siyosiy ekstremizmi tahdidi borasidagi xavotir oshib bormoqda.

2. Taklif qilinayotgan boshqa konfiguratsiya modeli “konsentrik aylanalar dunyosi” bo‘lib, unga ko‘ra, xalqaro munosabatlar kelgusida “rivojlangan demokratik jamiyatlar” yoki “mas’uliyatli demokratiyalar hamjamiyati”ni o‘zida ifoda qiluvchi AQSH boshliq asosiy davlatlar atrofida quriladi. Bu dunyoda birinchi guruhni Amerika Qo‘shma SHtatlarining sheriklari bo‘lgan EI va YAponiya tashkil qiladi, ular “asosiy zonani kengaytirish va himoyalash yukini” Amerika bilan bo‘lishishlari mumkin. Ushbu guruh davlatlariga er yuzi aholisining 1/5 dan kamroq ulushi, ammo insoniyat iqtisodiy potensialining 4/5 ulushi to‘g‘ri keladi.

Navbatdagi konsentrik aylanaga mutaxassislar Evropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning “o‘tish mamlakatlari”ni kiritishadi. Ushbu davlatlarda o‘tish jarayonlari bir-biridan farq qilishi va sanoat ishlab chiqarishi, bozorlar, sarmoya, professional kompetensiya (kasbiy vakolat) va islohotlarning globallashuvi yaqin yigirma yil ichida er yuzining barcha mintaqalarida tarqalishi shart emasligi alohida ta’kidlanadi.

AQSH siyosatshunoslarining fikriga ko‘ra, bu mamlakatlarga “e’tibordan qolgan” davlatlar qo‘shiladi. Ular asosiy davlatlarning yetakchilik rolini inkor qilib, vosita va imkoniyatlari bo‘lganda, ularning manfaatlariga zarar etkazar emish. “E’tibordan qolganlar” (“raugue nations”) safiga asosiy mamlakatlarning siyosiy manfaatlari va qadriyatlariga qarshi muayyan vaziyatlarda ochiqchasiga, shu jumladan, kuch ishlatish bilan chiqishi mumkin bo‘lgan Eron, Iroq, Liviya, KNDR va boshqa mamlakatlar kiritiladi. Ushbu ittifoqqa turli mamlakatlardagi ayirmachi (separatist) va fundamentalist guruhlar ham mansub.

Ushbu sxema (chizma) markazidan uzoqda joylashuvni o‘z hududlarida loqal jamoat tartibiga o‘xshash tartibni o‘rnata bilmagan va o‘z fuqarolarining oddiy ehtiyojlarini qondira olmagan “omadsiz” mamlakatlar (“failure nations”) deb ataluvchi davlatlar tashkil qiladi. Bunday mamlakatlarni qochoqlar tark etishadi, natijada er yuzining yirik mintaqalari chegarasida ijtimoiy-siyosiy vaziyat beqarorlashadi. “Omadsiz” mamlakatlarga Somali, Ruanda, Zoir, Serra-Leone va boshqa bir qator mamlakatlar kiritilgan.

3. “AQSH va G‘arbiy sivilizatsiya mamlakatlari “qoloq dunyoga qarshi” shaklidagi yana bir nazariy nizomning mohiyati quyidagilardan iborat: jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida rivojlangan, barqaror “SHimol” va yanada ortda qolayotgan beqaror “Janub”ning yangi tuzilmasi vujudga keladi; ular o‘rtasida iqtisodiy va texnologik farqning ortishi muqarrar, “SHimol”ning dunyoni “qayta o‘zgartirish”ga intilishi shu bilan izohlanar emish. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar natijasida “Janub”ning bunga kuch bilan erishishi amrimahol. Lekin beqaror vaziyat, sharoiti yaxshi zonalarga ommaviy ko‘chish (migratsiya)ga urinish, “Janub”da iqtisodiy va texnogen halokatlar ehtimoli, qashshoqlikdan oziqlanuvchi siyosiy ekstremizmning kuchayishi dunyoni doim keskinlikda tutib turadi. “SHimol” uchun bunday vaziyatdan tubdan chiqishning ikki yo‘li bor: “Janub”dan to‘siqlanish yoki uni iqtisodiy jihatdan barqaror darajaga etkazish.

4. “Demokratik dunyo”ning nazariyasi va modeli G‘arb sivilizatsiyasining izolatsiyasiga qarshi harakatlanishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unga ko‘ra XXI asr “tinchlik va barqarorlik zonasi” hamda “tartibsizliklar va mojarolar zonasi”ga bo‘linadi. Ushbu nazariya tarafdorlari demokratik rejimlarga mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning ichki tarafdorligi mos (muvofiq) keladi va aynan ular tashqi siyosatda kuch bilan qo‘rqitishdan foydalanishning noqonuniyligi shiorini tarqatishlari lozim, deb taxmin qiladilar.

5. Turli xarakter va miqyosdagi integratsion jarayonlar ta’siri ostida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tuzilmasining o‘zgarishi, ya’ni “geoiqtisodiyot”ning tashkil topishi yangi dunyo tartibi vujudga kelishiga xos bo‘lgan asosiy tendensiya sanaladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat va xususiy biznes kuch-g‘ayratlarini birlashtirish jahon maydonida ta’sir ko‘rsatishning “noharbiy vositalari (instrumentlari)” tovarlar va xizmatlar dunyo bozorida operatsiyalar o‘tkazish, xorijiy sarmoya qo‘yish, yangi tadqiqot va ishlanmalar sohasida hamkorlik (va raqobat) rolini oshiradi.

Umuman olganda hozirda xalqaro munosabatlarning turli tarmoqlarida: siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy sohalarda BMTning faoliyati alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda, shuningdek mazkur global tizimni o‘zgarayotgan dunyoga moslashtirish masalasi muhim muammoga aylandi. Bundan keyin ham mazkur global tashkilot xalqaro miqyosdagi muammolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga qodir bo‘lib qoladimi? Jahon mamlakatlari manfaatlari tobora bir-biriga to‘g‘ri kelmay qolish tendensiyasi o‘sib borayotgan davrda umumiy konsensus yo‘lini bu tashkilot topa oladimi? Bu kabi savollarga, afsuski hozirda “yo‘q” deb javob beruvchi fikrlar ko‘payib bormoqda.



  • Kelajakda er shari dunyoda mavjud bo‘lgan qandaydir shakldagi birorta hukumat rahbarlik qiladigan yagona bir siyosiy sistemaga aylanarmikan? Tobora kengayib borayotgan iqtisodiy va madaniy o‘zaro aloqadorlik va bir-biriga bog‘liq bo‘lib qolish hollari kuchayib borayotganiga qaramasdan, butun dunyo miqyosidagi global sistema rishtalarini notenglik uzib tashlamoqda. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, u faqat umumiy manfaatlarigina emas, balki bir-biriga qarama-qarshi munosabatlari ham mavjud bo‘lgan davlatlardan tashkil topgan, xuddi bir “quroq ko‘rpa”ga o‘xshaydi. YAqin kelajakda ayrim davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka barham bera oladigan siyosiy konsensus o‘rnatilishi mumkinligini anglatadigan real belgilar ko‘rinmaydi. Bora-bora dunyo bo‘yicha bitta yagona jahon hukumati vujudga kelishi ham mumkindir, lekin bu voqea uzoq vaqt davom etadigan o‘zgarishlar jarayonining natijasi sifatida sodir bo‘lishi mumkin. Bugungi dunyoning eng dahshatli, kishini tashvishga soladigan belgilaridan biri shuki, globallashtirishning kuchayishi siyosiy integratsiyaning yuz berishi bilan, yo bo‘lmasa boylik va hokimiyat o‘rtasidagi dunyo bo‘yicha mavjud disbalansning kamayishi bilan birga kechmayotganligi hisoblanadi. Ko‘p ma’noda er yuzi ancha yaxlitlashib bormoqda va ba’zi bir millatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan ziddiyatlarning an’anaviy manbalari yo‘qolib bormoqda. Taniqli sotsiolog E.Giddens ta’biri bilan aytganda: “Har holda boy va kambag‘al jamiyatlar o‘rtasidagi jarlik chuqurlashib, o‘zining eng so‘nggi darajasiga etdi va u endi osonlik bilan jiddiy xalqaro keskinlik manbaiga aylanib qolishi mumkin. CHunki hozir er yuzida shu singari keskin vaziyatlarni samarali ravishda nazorat qilib turishi yoki to‘planib qolgan boyliklarni qaytadan taqsimlanishiga yordam beradigan markaziy global tashkilot mavjud emas”59.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish