ijtimoiy hayot sohasi bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi;
ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi;
intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi;
geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Evropa, Osiyo va b.) xalqoro o‘zaro ta’sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi;
keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi.
Xalqaro munosabatlar ning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spesifikasi sababli xalqaro munosabatlar ning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. Shu jihatdan xalqaro munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin.
Xalqaro munosabatlar bir necha yo‘nalishdagi munosabatlarni qamrab oladi:
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- xalqaro siyosiy munosabatlar;
- xalqaro madaniy munosabatlar;
- xalqaro xuquqiy munosabatlar.
Xalqaro munosabatlar haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun bu masala falsafiy, ijtimoiy, psixologik, tarixiy, siyosiy jihatlardan tahliliy yondoshish lozim bo‘ladi. Bu hol tadqiqotchilarning siyosiy jarayonlarga, voqelik va hodisalarga mustaqil, tajribaviy yondashishini taqozo qiladi. Shu sababli xalqaro munosabatlarning dolzarb muammolarini tahlil qilishda xalqaro siyosat nazariyasi qoidalariga va taraqqiyotning hozirgi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi uchun ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarga urg‘u beriladi.
Xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‘rqitmaslik;
Chegaralar daxlsizligi;
Davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish;
Mojarolarni tinch yo‘l bilanbartaraf etish;
Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
Insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish;
Teng huquqlilik va xalqlarning o‘z-taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilish;
Xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya qilish;
O‘zaro foydali hamkorlik;
Jahon hamjamiyatini qurolsizlantirish.
Xalqaro siyosat xalqaro huquq sub’ektlarini ularning manfaatlarini muvofiqlashtirish, urush va tinchlik masalalarini hal etish, butun insoniyatning yashab qolishi, yalpi xavfsizlik va qurolsizlanishni ta’minlash, global, mintaqaviy va milliy nizolarni hal etish va ularning oldini olish, atrof muhitni muhofaza qilish, qoloklik va qashshoqlikka, ochlik va kasalliklarga barham berish, insoniyatning boshqa global muammolarini hal etish, dunyoda adolatli tartib o‘rnatish bilan bog‘liq bir maqsadga yo‘naltirilgan siyosiy faoliyatidan iboratdir.
Xalqaro siyosat - xalqaro munosabatlarning asosiy sub’ektlarini umumiy bir maqsadga yo‘naltirilgan siyosiy faoliyati; BMT va jahon hamjamiyatining boshqa qonuniy va barcha tomonidan tan olingan organlari va tashkilotlarining faoliyatida o‘z aksini topgan integratsiyalashgan jarayon.
Xalqaro siyosat tuzilmaviy jihatdan milliy davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati, BMT hamda davlatlar va xalqlar tomonidan vakolat berilgan xalqaro ittifoqlar, tashkilotlar va muassasalarning global faoliyatidan iborat.
Xalqaro siyosat sohasi davlatlar o‘rtasida vujudga kelayotgan siyosiy munosabatlarning butun maydonini qamrab oladi. Dunyo siyosatining asosiy unsurlari o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi tufayli dunyo siyosiy munosabatlari, dunyodagi yagona siyosiy-davriy makon haqida so‘zlash mumkin va zarur, barcha asosiy siyosiy hatti-harakatlar uning davomida yoki tarkibiy qismlarida yuz beradi. Xalqaro siyosatning asosiy ustuvorliklari insoniyat va uning sub’ektlari oldida turgan umumiy muammolarni hal etish zarurati bilan bog‘liq. Xalqaro siyosat ikki yoqlamalik xususiyatiga ega: xalqaro munosabatlarning har qanday sub’ekti o‘z manfaatlarini himoya qilar va amalga oshirar ekan, u yoki bu darajada boshqa davlatlarning, jahon hamjamiyatining ham manfaatlarini hisobga olishi kerak. Shunga ko‘ra, xalqaro siyosat uning sub’ektlarining o‘z (milliy) manfaatlari hamda butun insoniyat oldida turgan, etilgan va dolzarb vazifalar va umumiy maqsadlar uchun kurashning hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosida jahon hamjamiyatida hokimiyatga va ta’sirga ega bo‘lish uchun kurash yotadi.
Sayyoramizda buyuk geografik kashfiyotlar zamonidan beri o‘zaro aloqalarning global tizimi yaratilayapti. Hozirgi dunyo gigant bir tizimdan iborat bo‘lib, unda uning turli jihatlari, unsurlari va bo‘g‘inlari ziddiyatli birlikda va o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Hozirgi zamonning eng asosiy harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama tobora rivojlanib borayotgan ilmiy-texnik inqilob bo‘lib, uning chegaralari poyonsizdek ko‘rinadi. U butun jahon iqtisodiy va madaniy makonining yaratilishiga birligining hosil bo‘lishiga olib keladi. Xalqaro siyosat sub’ektlarining o‘z manfaatlarini amalga oshirish maqsadidagi o‘zaro faoliyati siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos tizimini o‘zida mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |