Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari



Download 0,89 Mb.
bet149/175
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#87825
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175
Bog'liq
SIYOSATSHUNOSLIK1

Siyosiy daraja. Mazkur darajada davlat va davlatlararo aloqalardan tortib to o‘zini siyosat sub’ekti sifatida qabul qilishgacha bo‘lgan sof siyosiy hodisalarga qadriyatli munosabatlar shakllanadi. Inson va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘zil-kesil oydinlashadi. Siyosatning inson hayotidagi roli belgilanadi.

Mana shu darajaga etgandan so‘ng, kishilar jamiyatning siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlaydilar yoki siyosatdan ongli ravishda chetlashadilar. Bunda odamlarning muayyan qismi «kuzatuvchilar» pozitsiyasini ham egallaydi. Ular qachondir va kimdir ularning muammolarini hal etib berishiga umid bog‘lashni afzal ko‘radilar.

Siyosiy madaniyatning mohiyati haqidagi masalani ko‘rib chiqar ekanmiz, uning asosiy modellariga to‘xtalish joiz.

Siyosiy madaniyatning totalitar-avtoritar modeli fuqaroning jamoaviy sifatlarining uning indivdual sifatlaridan ustunligi bilan ajralib turadi. Bu model uchun quyidagi xususiyatlar xos:



  • jamiyatning siyosiy ongi va qadriyatlari davlat tomonidan markazlashtirilgan holda shakllantiriladi. Shunga muvofiq ravishda davlat manfaatlari ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlarning manfaatlaridan muhimroqdir. Asosiy qadriyatlar jumlasiga «tartib», «xayrixohlik», «siyosiy ishonch», «davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash», «yagona mafkura», «siyosiy birdamlik» kabi tushunchalar kiradi;

  • jamiyatning siyosiy axborot olishi cheklangan bo‘lib, hokimiyat tomonidan bir kanal orqali, monopoliya tarzida boshqariladi. Siyosiy senzuradan faol foydalaniladi;

  • siyosiy til standartlashtirilgan va kambag‘al. Unga keskinlik ko‘p hollarda esa cheklanganlik va qolipga solinganlik xos;

  • amiyatning siyosiy madaniyati yuqoridan turib muqobil holda shakllantiriladi;

  • jamiyat katta qismining siyosiy madaniyati yuqori emas. Siyosiy-madaniy taraqqiyotning o‘sib borishi sust.

Siyosiy madaniyatning totalitar-avtoritar modeli o‘z-o‘zini tashqi dunyodan ajratib qo‘yish, siyosiy-madaniy makonning biqiqligi bilan ajralib turadi. Ushbu makon chegarasida zo‘ravonlik xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik hukmronlik qiladi.

Tashqi muhit bilan aloqaga kirishganda mazkur model qabul qilingan va bag‘rikenglik darajasining pastliga hamda tajovuzkorlik elementlariga ega shafqatsizligi bilan ajralib turadi.

Shu bilan birga mazkur modelning ichida uning totalitar va avtoritar sohalari mutanosib emas. Unda totalitar, yo avtoritar tamoyillar ustunlik qilali. Birinchi holatda yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarning hammasi mavjud bo‘ladi. Ikkinchi holatda tegishli jamiyatning siyosiy madaniyatida ayrim liberal-demokratik unsurlar mavjud bo‘lishi mumkin.

Siyosiy madaniyatning liberal-demokratik modeli fuqaroning siyosiy huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga yo‘nalti­rilganligi, jamiyat hayot-faoliyatining faqat huquqiy boshqarish orqali tartibga solinishi bilan ajralib turadi.

Bu modelning quyidaga xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:


  • jamiyatning siyosiy ongi va qadriyatlari markazlashmagan (ko‘p kanalli) holda xilma-xil manbalar asosida shakllantiriladi. Unga muvofiq davlat manfaatlarining ustuvorlik darajasi ularning jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari, fuqarolar manfaatlariga qay tarzda mos kelishi bi­lan bog‘liq. Asosiy qadriyatlar sirasiga inson huquqlari, erkinligi; mafkurada, siyosatda, iqtisodiyotda fikrlar xilma-xilligi, demokratiya, huquqiy tartibot, xususiy mulk va shaxsiy hayotning daxlsizligi, ijtimoiy fikrning ustuvorligi va boshqa tushunchalar kiradi;

  • jamiyatning siyosiy axborot bilan ta’minlanishi ko‘p kanallar orqali va muqobillik asosida amalga opshriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy senzura juda oz darajada va asosan, radikal ekstremistik mazmundagi axborotga nisbatan qo‘llaniladi;

  • siyosiy til boy va standartlashmagan, uzluksiz takomillashtirilib va boyitib boriladi;

  • siyosiy xulq-atvor xilma-xildir;

  • jamiyatning siyosiy madaniyati ancha yuqori darajada. Unga texnik taraqqiyot bilan mustahkamlab boriluvchi siyosiy-madaniy taraqqiyot xos.

Bu aytib o‘tilgan holatlarning barchasi bir bo‘lib jami­yat siyosiy hayotining faolligini va yuksak dinamikasini ta’minlaydi. Bunda siyosiy barqarorlik jadal siyosiy islohotlarni amalga oshirish orqali saqlab turiladi.

Mazkur model tashqi siyosiy-madaniy makonga nisbatan «ochiqligi» bilan ajralib turadi. Bu model o‘z ta’sir doirasini kengaytira olish qobiliyatiga ega.

Bir qator vaziyatlar yuzaga kelganida (tashqi xavf, siyosiy tanglik va hokazo) liberal-demokratik model chegarasida av­toritarizm unsurlari jamiyatning hayot-faoliyatiga davlat aralashuvining kengayishi, siyosiy huquq va erkinliklarning cheklanishi, senzuraning kuchaytirilishi va boshqa shakllarda paydo bo‘lishi mumkin.

Darajalar va modellar bilan bir qatorda, siyosiy madaniyat turlarga ham ajratiladi. Siyosiy madaniyatning mazmuni ko‘p jihatdan tarixiy rivojlanishga bog‘liq bo‘ladi va siyosiy o‘zgarishlar davomida o‘zgarib boradi. Siyosiy madaniyat turlari tash­qi siyosiy-madaniy muhit bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlariga, boshqa siyosiy-madaniy tuzilmalar bilan aloqa boshlashdagi o‘ziga xosliklar hamda o‘zining ichki mazmuniga ko‘ra farqlanadi.

Siyosiy madaniyatlarning tahlili va ularni qiyoslash uchun ko‘pincha amerikalik olimlar G.Almond va S.Verba tomonidan 1964 yilda taklif etilgan tipologiyadan foydalaniladi. Ular siyosiy madaniyatning uchta ideal «sof» turlarini ajratib ko‘rsatganlar: patriarxal, tobelik, faollik.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish