O‘zbekistonda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining o‘ziga xosligi
O‘zbekistonda keng ko‘lamli modernizatsiya islohotlarini amalga oshirish imkoniyati davlat mustaqilligi e’lon qilinib, ijtimoiy jihatdan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish yo‘li tanlab olinganidan keyin vujudga keldi. Aytish zarurki, xorijiy mamlakatlarning hozirgi zamon demokratik fuqarolik jamiyatiga o‘tish borasidagi ijobiy tajribasidan foydalanish bilan bir vaqtda milliy o‘ziga xoslikka tayanish mustaqillikning dastlabki kunlarida bo‘lgani kabi, hozirda ham yurtimizda amalga ashirilayotgan modernizatsiya jarayonining muhim belgilaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan jarayonlar to‘g‘risida ob’ektiv hukm yuritish uchun uni Dune hamjamiyatidagi taraqqiyot kontekstida, tsivilizatsion yondashuv asosida taxlil qilish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Demak bu jarayonlar kechayotgan ijtimoiy — siyosiy muhitning o‘ziga xosligi masalalari doimo diqqat markazida turmog‘i kerak.
Shu ma’noda, O‘zbekiston mustaqillik yillarida, rivojlanishning zamonaviylashuv, funktsiyasini tez sur’atlar bilan amalga oshiryapti, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Jahonga rivojlanishning "o‘zbek modeli" deb tanilgan taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Belorus, kirgiz, yoki rus modellaridan farqlicha rivojlanishning "o‘zbek modeli" zamonaviylashuvni xalqimizning boy tarixiy tajribasi, qadriyatlari, turmush tarzi va tamoyillari negizida amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yganligi bilan ajralib turadts. O‘zbekistondagi zamonaviylashuv jarayoniga jiddiy, ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha omillar chuqur taxlil qilinib, xisobga olinadi. O‘zbekistonning demokratiyaga o‘tishida iqtisod sohasida amalga oshirilgan chora — tadbirlar ham mavjud shart — sharoitlarning chuqur tahliliga tayanadi. Gap shundaki, Polsha, Rossiya singari davlatlarda qo‘llanilgan "shok terapiyasi" usuli O‘zbekistonda qo‘llanmadi. Bu - aholining demografik tarkibi, mavjud iqtisodiy va ish kuchi resurslarini xisobga olib qilindi. Ma’lumki, zamonaviy bozor iqtisodini, yaratish, jarayoni bir necha o‘n yil davom etadi. "SHok terapiyasini" qo‘llagan, mamlakatlar bu bosqichda birinchi darajali va, xalq uchun eng noma’qul, ammo zarur tadbirlarni tezlik bilan amalga oshirib oladilar, Shu bilan birga bu o‘zgarishlarning butun yuki jamiyat zimmasiga, tushadi. Iqtisodiy tizimni bir "sakrash" davomida qayta ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda, zamonaviy bozor . iqtisodiga bosqichma – bosqich, kuchli ijtimoiy himoya siyosatini qo‘llash orqali o‘tish yo’li tanlandi. Natijada yo’qotishlar soni yutuqlar sonidan ortib ketmadi va iqtisodiy, ijtimoiy, hamda siyosiy barqarorlik saqlanib qolindi.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda yangi, demokratik siyosiy va ijtimoiy institutlarning shaklanishi, vazifasi hal qilindi. Jarayon sifatida, u davom etaverishi mumkin, lekin fuqarolar va siyosiy, elita doirasida jamiyatda u yoki bu siyosiy institutlarning roli, funktsiyalari va vakolat doirasi xaqida tushuncha va tasavvurlar shakllanib bo‘ldi.
G’arbdagi demokratshunoslar u yoki bu mamlakatlarda kechayotgan jarayonlarni baholashda ikkiga bo‘linadilar, birinchi gypuh — maksimalistlar biror jamiyatni demokratik, deb tan olinishi uchun uning barcha sohalarida demokratik negizida birlashish (konsolidatsiya) jarayonlari yakunlangan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydilar. Ularga ko‘ra dunyoda xaqiqiy demokratiyalar soni uncha ko‘p emas,
Minimalistik nuqtai nazarga ko‘ra (uni yana formal yondashuv ham deyiladi) siyosiy elita va siyosiy faol fuqarolar demokratik me’yorlar, tadbirlar va institutlarni hurmat qilishlari, qo‘llab quvvatlashlari, hamda nodemokratik tadbirlar, institutlar va me’yorlarni rag‘batlantirmasliklari va qo‘llamasliklari talab etiladi.
Bu yondoshuvlardan kelib chiqib, O‘zbekistonda institutsional demokratiya bosqichi qaror topganligini e’tirof eta olamiz. Institutlar, me’yorlar tamoyillar, tadbirlar, demokratik «o‘yin qoidalari» muntazam va raqobat asosida o‘tuvchi saylovlar, ko‘p partiyaviylik, fuqarolik jamiyati va uning tarkibida iqtisodiy mustaqil sub’ektlarning shakllanishi — bunin g asosiy belgilaridir.
Bundan so‘ng mamlakatimizda demokratiya qurish jarayoni erishilgan yutuqlarni mustaxkamlab borib, fuqarolik jamiyati doirasidagi rivojlanish va iqtisodiy hamda ijtimoiy demokratiyani qaror toptirish bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda yangi ijtimoiy qatlamlar, guruhlar shakllanishi va rivojlanishi jarayoni faol ke chmoqda: professional siyosatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, bank hodimlari, menedjerlar kabi. Shu bilan birga mana shu qatlamlar manfaatlarini hokimiyatda taqdim etishga qaratilgan vakolat tizimi — partiyalar, nodavlat tashkilotlari, jamg‘armalar, harakatlar, mustaqil xalq nomzodlari, mahalla — shakllanib, qaror topib bormoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, totalitarizmdan demokratiyaga o‘tish — juda murakkab va davomli jarayon. Bu jarayonning keyingi bosqichlarida mamlakatimizda bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayottan institutlar yanada rivojlanib, qolganlari ham izga tushib ketishi, demokratiyaning mustahkamlanishi, demokratik me’yorlar va tadbirlarning siyosat sub’ektlari tomonidan o‘zlashtirilishi ro‘y beradi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “... Mamlakatimizni isloh etish va yangilashga qaratilgan dasturiy vazifalarni bajarishda biz milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni saqlashga, xalqimizning asrlar davomida shakllangan mentalitetiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga katta e’tibor qaratdik”.
O‘zbekistonning jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish sohasidagi tajribasi o‘ziga xos va betakror bo‘lib, “kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amalga oshirishda o‘z ifodasini topmoqda.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat” tushunchasi “O‘zbek modeli” tushunchasi orqali o‘zining yanada boy va konkret mazmuniga ega bo‘ldi, aniqrog‘i “demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan “O‘zbek modeli”ga aylandi”53. Uning ijtimoiy-falsafiy tahlilida nazariya va amaliyot birligi qonuni yotadi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish g‘oyasi asosida yaratilgan taraqqiyotning o‘zbek modelida jahon hamjamiyati amaliy tajribasiga ham tayaniladi. Bunda mavjud ijtimoiy tartiblar va nazariy loyihalar o‘rtasidagi integratsiya qonuni namoyon bo‘ladi.
Taraqqiyotning o‘zbek modelida shunday g‘oya yotadiki, shakllanayotgan demokratik jamiyatda, avvalo, siyosiy tizim va uning elementlari tubdan tadrijiy o‘zgarib, takomillashib boradi. O‘zbekiston fuqarolari amalda qonunchilik asosida halq hokimiyatini boshqarishda bevosita yoki bilvosita faol ishtirok etadi va “keng halq ommasi davlat uchun” degan shior ostida emas, balki “demokratik davlat halq uchun hizmat qiladi” (sotsialistik jamiyatda buning aksi edi) degan tamoyilning ustuvorligi asosida ijtimoiy boshqaruv amalga oshiriladi.
Ma’lumki, demokratik jamiyatga o‘tish har doim ham silliq kechavermaydi. CHunki demokratik jamiyatga o‘tishda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi iste’molda bo‘lgan boshqaruv mexanizmlari barham topib, ularning o‘rniga shakllanayotgan demokratik jamiyat fuqarolarining manfaatlari, huquqi va erkinligiga mos keladigan, ularni to‘la-to‘kis ta’minlay oladigan taraqqiyotning o‘zbek modeliga asoslangan kuchli ijtimoiy-siyosiy mexanizmlar shakllantirib boriladi. Xususan,
Birinchidan, iqtisodiy faoliyat ijtimoiy xayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqib, birinchi navbatda, davlat siyosatini emas, xalq manfaatlarini xisobga olgan xolda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi. Iqtisodiy taraqqiyotning talab va taklif qonunlari siyosatdan holi ravishda jamiyat mafaatlariga yo‘naltiriladi.
Ikkinchidan, milliy taraqqiyotimizda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ertangi kunda katta ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda davlat bosh islohotchi sifatida, halqimiz va Vatanimiz asriy tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan, shuningdek, umumjahon taraqqiyoti ijobiy xususiyatlarini nazarda tutgan holda faoliyat olib borishida ko‘rinadi. Bunda jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi ijtimoiy-siyosiy tizimga bo‘lgan extiyoj qonuni yotadi.
Uchinchidan, demokratik jamiyat barpo etishning o‘ziga xos hususiyati –bozor iqtisodiyotini qonunchilik asosida tashkil etishdir. Shu manoda fuqarolarning xuquq va manfaatlarini ximoya qilish xamda xalqimiz faravonligini oshirishning muhim omili bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish ko‘zda tutiladi. Bunda jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish qonuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, boshqaruvchi tizimning boshqariluvchi tizim manfaatlarini ifodalashi va ximoya qilishiga xuquqiy qonun jihatidan asoslanadi.
To‘rtinchidan, milliy siyosat olib borishda ko‘p millatchilik, yagona Vatan tuyg‘usi, xamjixatlik g‘oyalarini, maqsadlar birligini inobatga olgan holda millati, diniy etiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar mamlakatimiz xar bir fuqarosining manfaatlarini ximoya qiladigan kuchli ijtimoiy siyosat olib borishda namoyon bo‘ladi. Bunda jamiyatning manfaatlar uyg‘unligi va ijtimoiy gravitatsiya (jipslashuv) qonunlari namoyon bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimov bu masalaga alohida e’tibor qaratib shunday degan edi: “Butun jamiyatning murakkab rivojlanish davrida manfaatlar o‘rtasidagi nizolarga e’tibor bermaslik havfli ijtimoiy xolatlarga olib kelishi mumkin”54.
Beshinchidan, bozor munosabatlariga o‘tishda respublikaning o‘ziga xos shart-sharoitlarini, xalqimiz turmush tarzi, urf-odati, ananalarini har tomonlama xisobga olish, bozor iqtisodiyotiga shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich o‘tish, xar bir bosqichda kishilar ongini tayyorlab, olib borilayotgan islohotlarning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligiga ishontirish va amaliy faoliyatini ta’minlashda ko‘rinadi. Bunda jamiyat taraqqiyotining vorisiylik, tadrijiylik, moddiylik va ma’naviylik uyg‘unligi qonunlari namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash (yangilash)da quyidagi shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifa sifatida belgilandi:
Birinchidan, qonun ustivorligi, fuqarolarning qonunlarga so‘zsiz itoat etishi;
Ikkinchidan: boy milliy-ma’naviy merosimizga tayanish;
Uchinchidan, jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish;
To‘rtinchidan, kishilarning erkinligi va manfaatlarini ximoya qilish;
Beshinchidan, demokratik jamiyat shakllanishi jarayonida nodavlat, notijorat tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining rolini oshirib borish;
Oltinchidan, demokratik jamiyat barpo etishda mahalla ijtimoiy institutining rolini oshirib borish;
Ettinchidan, demokratik jamiyat shakllanishi jarayonida axolini kuchli ijtimoiy ximoyalash va adolat tamoyilining qaror topishi.
Shunga asoslanib mustaqillik yillarida jamiyatni demok-ratlashtirish, modirnizatsiyalash yo‘lida quyidagi eng asosiy amaliy ishlar amalga oshirildi:
Siyosiy-huquqiy sohada, umumxalq referendumi asosida (boshqariluvchi tizim roziligi bilan) O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti ikki palatali Parlamentga aylantirildi, Prezident va Vazirlar Maxkamasi vakolatlarining ayrimlari Parlamentga o‘tkazildi; sud xuquq tizimi islox qilindi: sud tizimi vakolatlari kengaytirildi (sanksiya berish xuquqi prokuraturadan sudga o‘tkazildi), o‘lim jazosini berish bekor qilindi; siyosiy partiyalarning faolligi kuchaytirildi, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi faoliyati erkinlashtirildi;
Iqtisodiy sohada, xususiy mulkchilik ximoyasi kuchaytirildi, xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi: mahalliy banklar tomonidan imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yildi, texnik-texnologik modernizatsiyalash amalga oshirildi;
Ma’naviy sohada, ma’naviyatni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi, ma’naviyatni yuksaltirish borasida bir qator xuquqiy hujjatlar: 1994 yil 23 aprelda “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida”, 1996 yil 9 sentyabrda “Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”, 1999 yil 3 sentyabrda “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonlar chiqarildi.
Bu kabi faoliyatlar jamiyat ob’ektiv taraqqiyotining nazariy va amaliy faoliyat o‘rtasidagi uyg‘unlik qonuni, moddiylik va ma’naviylik birligi, jamiyatning turli sohalarini mutanosib ravishda takomillashib borishi qonunlari asosida yuzaga kelmoqda va bu jamiyatimizning ob’ektiv ijtimoiy progress qonunlari asosida taraqqiy etib borayotganligini ko‘rsatadi. Jamiyat taraqqiyotining bu kabi qonuniyatlar asosiga qurilishi va ularning barqaror faolligini taminlaydigan ijtimoiy shart-sharoitlarning yaratilishi taraqqiyotimiz garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |