Domla mening harakatimdan bir narsa sezdimi, haytovur, kulimsirab, meni yupatib dedi: – Qo‘rqma, seni so‘ymayman, men yomon emasman. Senga bir xizmat bor, o‘g‘lim, bir poy ho‘kizim bir necha kundan buyon bo‘kib, novqoslanib yotibdi. Mana shu asboblarni boshingga qo‘yib hushyorroq yotasan, mabodo, ho‘kiz yomonlab qolguday bo‘lsa, borib darrov bo‘g‘ziga pichoq tortib yuborasan-da, meni chaqirasan. Ehtiyot bo‘l, tag‘in uxlab qolib, harom o‘ldirib qo‘yma. – Xo‘p, taqsir, – dedim. – Choy-poy yo‘qmi? – Nima-nima, nimchorak choy bir miri-ku, sen choy ichasanmi, suv ariqda oqib yotibdi, erinsang, ana obdastada ham bor, ichaver...
Do'stlaringiz bilan baham: |