XVII asrning boshlaridan Shimoliy Muz okeanining umumiy jihati yaxshi o’rganila boshlangan. Semyon Ivanovich Dejnev Shimoliy Osiyo qirg’oqlarini tadqiq etish bilan shug’ullanib, u Kolima daryosining quyi qismidan materikning eng sharqiy chekkasigacha boradi va 1648-yilda Osiyo bilan Amerika o’rtasida bo’g’iz borligini hamda Shimoliy Muz okeani Tinch okeani bilan tutash ekanini kashf etadi. Keyinchalik bu bo’g’izni 1728-yilda ikkinchi marta Vitus Bering tomonidan kashf etilib uning nomiga quyiladi.
Buyuk shimol ekspedisiyasi 1733-1743-yillar davomida Shimoliy Muz okeani qirg’oqlarini rejali ravishda o’rganish ishlarini amalga oshiradi. Ekspedisiyaning asosiy maqsadi Oq dengizdan Bering dengiziga suzib boradigan qisqa masofali suv yo’lini topish edi. Ekpeditsiya qatnashchilari Pechora daryosining quyilish joyidan Bering bo’g’izigacha qirg’oq bo’ylab borishadi va u joylarning kartasini tuzishadi.
Qatnashchilardan S.I.Chelyuskin, D.Ya.Laptev, X.P.Laptev va boshqalar kartadagi geografik nomlardan o’z o’rinlarini olgan.
Mixail Vasilyevich Lomonosov ekspedisiya to’plagan materiallarni o’rganib, Shimoliy Muz okeani to’g’risidagi birinchi ilmiy tasavvurni hosil qilib, qutb atrofidagi dengizlar ostida ko’tarilmalar borligi haqidagi fikrni bayon etadi, oqimlar va muzlarning harakati to’g’risida tahmin qiladi.
1827-yilda U.Parri Shpitsbergen atrofidagi dengizlarda suzib 82°45' sh.k. gacha boradi.
T.I.Franklin (1827-yil) va I.Ross (1829-yil) Kanada- Arktika arxipelagining dengiz qirg’oqlarini qiyofasini aniqlaydi.
1850- 1853-yillarda Mak-Klur va Mak-Klintoklar shimoli-g’arbiy dengiz yo’li mavjudligini isbotlaydi.
A.Nordensheld rahbarligidagi rus-shved ekspedisiyasi 1878- 1879-yillarda “Vega” yelkanli kemasida okeanni g’arbdan sharqqa tomon o’tadi va shimoli-sharqiy dengiz yo'lini zabt etadi.
Arktika havzasini ilmiy tadqiq qilishning yangi davri boshlanishida F.Nansenning xizmati katta. 1893- 1896-yillarda u boshchilik qilgan ekspedisiya a’zolari “Fram” kemasida suzib, okean to'g’risida ko’plab materiallar to’playdi va buyuk kashfiyotlar uchun imkon yaratadi.
XX asrga kelib Shimoliy Muz okeanini ilmiy tadqiq qilish keng ko’lamda boshlanadi. R.Amundsen 1903-1906-yillarda shimoli-g’arbiy suv yo’lini yana bir bor zabt etib, Shimoliy Amerika materigi qirg’oqlari bo’ylab suzib o’tadi.
R.Piri 1909-yilda birinchi bo’lib Shimoliy qutbga qadam qo’yadi.
S.O.Makarov loyihasi asosida qurilgan “Ermak” muzyorar kemasi 1899-1901-yillarda Arktika havzasida suzib okeanografik kuzatishlar olib boradi, muzlarning holatini va harakatini o’rganadi, okean suvida harorat va sho’rlikning taqsimlanishi to’g’risida materiallar to’playdi. 1932-yilda O.Yu.Shmidt rahbarligidagi ekspeditsiya muzyorar kemada okeanni g’arbdan sharqda bir kema qatnovi faslida suzib o’tadi. Ular suzish davomida chuqurliklarni, muz qalinligini o’lchaydi, ob-havoni kuzatib boradi.
Okeanining qismlari
va orollari.
Hind okeanida okean qismlari boshqa okeanlarga nisbatan uncha ko’p emas. Okeanning shimoli-g’arbiy qismida Arabiston va Qizil dengizlari, shimoli-sharqiy qismida Andaman dengizi, Avstraliyadan shimol tomonda Timor va Arafur dengizlari hamda okeanining eng janubida Antarktida sohillarida Riser-Larsen, Kosmonavtlar, Hamkorlik, Deyvis, Mouson, Dyurvil kabi dengizlar joylashgan. Eng katta dengizi Arabiston dengizi, maydoni 3 685 000 km² ni tashkil etadi.
Arabiston
Qizil
Andaman
Timor
Arafur
Riser-Larsen
Kosmonavtlar
Hamkorlik
Deyvis
Mouson
Dyurvil
Hind okeanining shimoli-g’arbida Fors, Ummon, Adan, Kambey hamda Sinay yarim orolining g’arbidagi Suvaysh, sharqidagi Aqaba qo’ltiqlari shimoli-sharqida Bengaliya va Manar qo’ltiqlari Avstraliyadan shimol tomonda Korpentariya qo’ltig’i, janub tomonida esa Katta Avstraliya go’ltig’i hamda Antarktida sohillarida Pryuds qo’ltig’i mavjud. Eng katta qo’ltig’i Bengaliya qo’ltig’i bo’lib, maydoni 2191 ming km².
Fors
Ummon
Suvaysh
Aqaba
Bengaliya
Manar
Korpentariya
Katta Avstraliya
Pryuds
Kambey
Adan
Qizil dengizni Hind okeani bilan Bob ul-Mandab, Fors qo’ltig’ini Ummon qo’ltig’i bilan Ho’rmuz, Arafur dengizini Marjon dengizi bilan Torres bo’g’izlari bog’lob tursa, Madagaskar orolini Afrika materigidan Mazambik, Shri-Lanka orolini Hindiston yarim orolidan Polk, Andaman arxipelagini Yevrosiyo materigidan Preparis, Andaman va Nikobar arxipelaglarini bir biridan O’ninchi darajali, Nikobar arxipelagini Sumatra orolidan Great channel (ma’nosi Ajoyib kanal), Sumatra orolini Malakka yarim orolidan Malakka, Sumatra va Yava orollarini Zond, Tasmaniya orolini Avstraliya materigidan Bass kabi bo’g’izlar ajratib turadi. Eng yirik bo’g’zi Mazambik bo’lib, uzunligi 1760 km, eng kambar joyining kengligi 422 km ni tashkil etadi
Bob ul-Mandab
Ho’rmuz
Torres
Mazambik
Polk
Preparis
O’ninchi darajali
Great channel
Malakka
Zond
Bass
Hind okeanida orollar ham uncha ko’p emas. Eng yirik orollari Madagaskar, Zanzibar, Sokotra, Shri-Lanka, Sumatra, Yava va Tasmaniya kabilar bo’lib, ular qirg’oqqa yaqin joylashgan va kelib chiqishiga ko’ ra materik orollar hisoblanadi. Bulardan tashqari okeanda maydoni jihatidan uncha katta bo’lmagan vulkan va marjon orollari ham uchraydi. Prins-Eduard, Kroze, Kergelen, Xerd, Amsterdam, Sen-Pol kabi orollar akvatoriyadan baland ko’tarilib turgan vulkanlarning cho’qqilaridir. Lakkadiv, Maldiv, Chagos, Kokos, Amirant va boshqalar marjon alollari tipiga xos bo’lgan orollar. Tevarak atrofi marjon riflari bilan o’ralgan vulkanik orollar ham uchraydi. Bular Maskaren, Komor, Andaman, Nikobar kabi orollardir. Seyshel orollari okean ichk i qismida joylashgan bo’lishiga qaramasdan kelib chiqishiga ko’ ra yer po’stining granitlaridan tashkil topgan materik tipidagi orollar guruhiga kiradi. Madagaskar Hind okeanining eng yirik oroli bo’lib, maydoni 587000 km2. Orol shimoldan janubga 1600 km va g’arbdan sharqqa 600 km masofaga cho’zilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |