Hind okeani osti relyefi va geologik tuzilishi ancha murakkab tuzilgan. Uning o’rtacha chuqurligi 3711 m. ga teng. Eng chuqur joyi Yava (Zond) cho'kmasida 7729 m ga yetadi. Okeanda shelf (materik sayozligi) uncha taraqqiy etmagan va kam maydonni egallaydi. Shelf zonasining kengligi bir necha kilometrdan 80- 100 km gacha boradi. Hind okeanining Fors qo’ltig’i allyuvial yotqiziqlar tekislangan shelf zonasida shakllangan. Uning maksimal chuqur joyi 102 m ni tashkil qiladi. Bengaliya qo’ltig ining shimolidagi shelfning hosil bo’lishida Gang va Braxmaputra daryolari keltirgan terrigen yotqiziqlar faol ishtirok etadi. Andaman dengizining shelfi boshqa regiondagi shelflarga nisbatan bir oz kengroq bo’lib, u akkumulyativ suv osti tekisliklaridan va denudatsion tekisliklardan tarkib topgan.
Hind okeanining shimoliy chekka qismi bo’ylab tik va ensiz materik yonbag’ iri cho’zilgan, u 100-200 m chuqurlikdan boshlanib, ayrim joylarda suv osti konionlari bilan kesilgan. Eng yiriklari Hind va Gang konionlaridir, ularning 1000-1500 m chuqurlikda okean ostiga loyqa oqimlarini keltirishi natijasida ulkan suv osti yoyilma konuslari hosil bo’ladi. Yoyilmalar yuzasi ko’plab abissal vodiylar bilan kesilgan. Hind okeani ostining orografik tuzilishini asosini O’rtalik Hind okean tog’ tizimi tashkil etadi. Bu tog’ tizimi o’zining yo’nalishida uchta tarmoqqa bo’linib, shimoli-g’arb, janubi-g’arb va janubi-sharq tomonlarga Cho’zilgan. Tog’ tizimining o’rta qismi Markaziy Hind tog’ tizmasi deb ataladi. Undan shimoli-g’arbga Arabiston yarim oroli tomon cho’zilgan qismi Arabiston-Hind tog’ tizmasi, janubi-g’arbga tomon cho’zilgan qismi G’arbiy Hind tog’ tizmasi va junubi-sharq tomon cho’zilgan qismi Avstraliya-Antarktika tog’ tizmasi deb ataladi. Bular orasida G’arbiy Hind tog’ tizmasi seysmik jihatdan serharakatchanligi va okean tipidagi suv osti vulkanlarining ko’p tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu tizmaning Sharqiy yonbag’rida ikkita yirik vulkanik massiv mavjud bo’lib, ularning suv sathidan ko’tarilgan cho’qqilari Prins-Eduard va Kroze orollarini hosil qiladi. Arabiston-Hind tog’ tizmasi Sokotra orolidan sharqda Ouen suv osti tektonik yoriq’i bilan kesilgan. Bu yoriq Somali botig’ idan boshlanib, Arabiston dengizi suv osti tog’igacha davom etadi. Binobarin uch tarmoqqa bo’lingan O’rtalik Hind okean suv osti tog’ tizimi bir butun okean osti havzasini yirik uch qismga - Afrika, Osiyo-Avstraliya va Antarktika havzalariga ajratib turadi.
Hind okeanining sharqiy qismida Markaziy va G’arbiy Avstraliya botiqlarini bir-birdan ajratib turuvchi Sharqiy Hind tog’ tizmasi meredional yo’nalishda cho’zilgan. Tog’ tizmalarining kengligi 400-800 km va balandligi 2-3 km gacha boradi.
Okeanning janubiy qismida yirik geomorfologik struktura - Kergilin suv osti platosi joylashgan. Plato yuzasida miotsen davrida harakatda bo’lgan qadimiy suv osti vulkanlari ko’p uchraydi. Vulkanlaming ayrim cho’qqilari suv sathidan ko’tarilib Kergelen va Xerd orollarini hosil qilgan.