Mavzu: shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi



Download 88,69 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi88,69 Kb.
#286773
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu shaxsni kasbga moslashuvi. Adaptatsiya-fayllar.org



MAVZU: SHAXSNI KASBGA MOSLASHISH PSIXOLOGIYASI.
REJA:

1.       Shaxs haqida tushuncha.

2.       Kasbiy moslashuv.

3.       Shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi.

4.       Foydalanilgan adabiyotlar.

 

 

1. Shaxs haqida tushuncha


      Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada - oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi.

Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir. Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir.

Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.

       Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi:

1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi.

2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan.


             2 Kasbiy moslashuv
Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy ko’nikmalar va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o’z kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo’lishining rivojlanishida ifodalanadi. Ijtimoiy-psixologik moslashuv mehnat tashkiloti (jamoasi)ning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’zlashtirishda, unda qaror topgan o’zaro munosabablar tizimiga kirishda, unimng a’zolari bilano’zaro ijobiy hamjihat bo’lishda o’z ifodasini topadi. Xodim ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonida tashkilaoning real hayotiga kirib boradi, unda ishtirok etadi, xodimda hamkasblari, rahbarlar, ma’muriyat bilan o’zoro ijobiy munosabatlar qaror topadi. Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv korxona (jamoa)ning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish jarayoniga, xizmat ko’rsatish tizimi, mehnat va dam olish rejimini o’zlashtirishni bildiradi. Madaniy-maishiy moslashuv–mehnat tashkilotidagi turmush xususiyatlari va bo’ shvaqtni o’tkazish an’analarini o’zlashtirishdir.

Bu moslashuv xususiyati ishlab chiqarish madaniyati darajasi, tashkilot a’zolarining umumiy rivoljlanishi, ishdan bo’ shvaqtdan foydalanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Mehnat tashkilotidagi a’zolar, faqat ishdagi munosabatlar bilan bog’lanib qolmasdan, shu bilan birga, dam olishni, bo’ shvaqtni birgalikda o’tkazadigan, bunda shaxsning har tomonlama kamol topishiga e’tibor beriladigan jamoalarda madaniy-maishiy moslashuv tezroq sodir bo’ladi. Psixofiziologik moslashuv bu xodimlar uchun mehnat vaqtida zarur bo’ladigan shart-sharoitlarni o’zlashtirish jarayonidir. Zamonaviy ishlab chiqarishda faqat texnika va texnologiya emas, balki ishlab chiqarish sharoitidagi sanitariya-gigieni normalari ham ma’naviy jihatdan eskirib boradi. Hozirgi zamon xodimi sub’yektiv ravishda qabul qilinadigan sanitariya-gigiena shinamligidan, mehnat maromidan, ish o’rnidagi qulayliklar va hokazolar ozgina bo’lsa ham chetga chiqilishiga juda sezgirlik bilan qaraydi. Ko’pgina tadqiqotlar materiallarining ko’rsatishicha, ishchilar uchun sanitariya gigiena shinamligi shart-sharoitlari keskin bo’lib turadi va ular buni og’rinib qabul qiladilar.



Xodim moslashuv jarayonida quyidagi bosqichlarni boshdan kechiradi: Tanishish bosqichi, bunda xodim umuman yangi vaziyat haqida, turli harakatlarga baho berish, etalonlar, muomala normalari to’g’risida axborot oladi. Ko’nikish bosqichi, bu bosqichda xodim qadriyatlarning yangi tizimi asosida elemntlarini bilib oladi, lekin o’zining ko’pgina qarashlarini saqlab qoladi. Assmilyatsiya bosqichi, bunda xodim muhitga to’liq moslashadi, Yangi guruhga o’rganib qoladi. Birxillashtirish (identifikatsiya) bosqichi, bunda xodimning shaxsiy maqsadlari mehnat tashkilotining, korxona va firmaning maqsadlari bilan o’xshab qoladi. Birxillashtirish xususiyati bo’yicha xodimlarning uch toifasini farqlash mumkin: befarqlar, qisman bir xil va to’liq bir xil xodimlardan iborat bo’ladi. Xodimlarning turli toifalari moslashuvning normal muddati bir yildan uch yilgacha bo’ladi.

Download 88,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish