Fan : Ona tili
Mavzu: Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar .
Maqsad:
a) ta’limiy : O’quvchilarda kim? Nima? So’roqlari yordamida shaxs va narsani bildirgan so’zlarni aniqlash so’zlarni o’z o’rnida qo’llay bilish erkin mustaqil ishlashga o’rgatish:
b) Tarbiyaviy: o’quvchilarning ona Vatanga bo’lgan
mehr -muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash tasavvur qilish ko’nikmalarini shakllantirish va chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish
Dars turi: yangi bilim ko’nikma va shakllantiruvchi musobaqa darsi.
Dars metodi: Savol-javob induksiya rasmli lug’at diktant
Dars jihozi: tarqatma topshiriqlar rasmlar natural ko’rgazma gullar multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism:
Salomlashish navbatchi hisobotini tinglash
Doim menga ko’makchi
Sinfda kim navbatchi
-Navbatchi o’quvchilar davomati ob-havo haqida hisobot beradi.
-O’quvchilar o’lkamizda qaysi? Fasl
Bahorda tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
O’quvchilar savollarga javob beradilar?
-O’quvchilar hozir darsimiz nima?
Ona tili
Ona tiliga bag’ishlov
Ona tilim jon tilim
Sen o’zingsan jon -dilim
Yuragimning to’rida
Sayrab turgan bulbulim
II.O’tgan mavzu so’raladi
-So’zning ma’nosi
-Nutq nima?
-Gap nima?
So’zlar qanday ma’noni bildiradi?
-shaxsni bildirgan so’z ayting?
Narsani bildirgan so’z ayting
Uyga vazifa 90-mashq
O’qituvchi mashqdagi gaplarni savol tariqasida o’qiydi
O’quvchilar bir so’z bilan javob beradilar.
2.Quyosh nima qildi?
Quyosh chiqdi
-Kim bog’ga bordi?
-Bog’bon bog’ga bordi
U bog’da qanday darsxt o’tqazdi?
-Mevali
Qalqon o’quvchilar daftarlaridan kuzatib tekshiradilar.
III.Yangi mavzuni bayoni
Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar
Sana va mavzu daftarlariga yozdiriladi.
Natural ko’rgazma
O’g’il va qiz bola doskaga chiqarilib kim? So’rog’i berilishi chunki ular shaxsni bildirishi, kitob, daftar , ruchka, gul , ko’rsatilib bularga nima? So’rog’i berilishi tushuntiriladi.
Lug’at ishi
Kichik va bosh G g harflari bir qatordan yozdiriladi.
Multimedia ilova asosida yangi mavzu tushuntiriladi 91-mashqdagi she’r o’qib eshittiriladi.
Ulug’ temur bobomiz
Sevgan sig’ingan Vatan!
Bobur Mirzo doimo
Qo’msab sog’ingan Vatan
(Rauf Tolib)
Sherdagi buyuk ajdodlar A.Temur, Mirzo Bobur va boshqa buyuk inson hayoti haqida suhbat o’tkaziladi?
Sher sizga yoqdimi?
Sher nima haqida ekan?
-Vatanimizni kim doim sog’inib yashagan ekan ?
Sahna ko’rinishi ,,Mirzo Bobur haqida ’’ ,,Ona sabog’i’’ matnidan o’quvchilar ishtirokida ko’rinish qo’yib beriladi.
Mirzo Bobur – Qurbonov Bobur
Avtor – Sattorova Anora
Ona-Norova Muhabbat
So’ng 92-mashq Multimedia ilova namoyish etiladi O’quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar.
Doskaga uch o’quvchi сhiqarilib ularga
Qush Gul Sabzavot
Qaldirg’och binafsha Sabzi
Turna Chuchmoma Piyoz
Yozdiriladi.
IV Mustahkamlash
O’quvchilarning har biriga bir donadan gul tarqatiladi Har bir gulga savollar berilib unga javob berishi kerak Javob bergan o’quvchiga shu gul taqsim etilishi aytiladi.
O’quvchilar javobi tekshiriladi va xulosa qilinadi
Rasmli lug’at diktant o’tkaziladi (doskada rasmlar qo’yiladi)
O’quvchilar rasmda ko’rgan shaxs va narsa nomlarini daftarlariga yozadilar. Yozib bo’lishgach , 3-4 nafar o’quvchiga yozganlari o’qitiladi
M: daraxt , lola, bola, gul, sigir, echki, kitob
Dam olish daqiqasi
O’ng qo’limiz chiroyli
Chap qo’limiz chiroyli
Qo’llar chapak chaladi
O’tirishimiz chiroyli
V.Darsga yakun yasash va baholash
Dars so’ngida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi
VI.Uyga vazifa berish
Uyda 93-mashqni bajarib kelish aytiladi.
Samarqand shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
76-umumiy o’rta ta’lim maktab
1-“A” sinf o’qituvchisi
Azizova Gulnoraning
ona tili fanidan bir soatlik
Do'stlaringiz bilan baham: |