Mavzu: shashmaqom mogʻulchalari mundarija Kirish I- bob. Shashmaqom – mumtoz musiqamiz asosi



Download 0,8 Mb.
bet15/16
Sana24.11.2022
Hajmi0,8 Mb.
#872125
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SHASHMAQOM MOGʻULCHALARI

Xulosa
Mustaqillik yillari o`zbek an`anaviy musiqasiga e`tibor yanada kuchaydi. Milliy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar va marosimlarning tiklanishi musiqa sohasida ham ancha o'zgarishlarga olib keldi. Qadimiy milliy musiqamizdagi boy badiiy-tasviriy vositalar bilan bir qatorda, yangi janr va turlarini o'zlashtirish natijasida o'zbek musiqa san`ati yana ham yuksak darajaga ko'tarildi. Xususan, mamlakatimizda yuksak mumtoz musiqa namunalarini avaylabasrash, jonlantirish, ravnaq topishiga qaratilgan bir qancha ibratli ishlar amalga oshirildi.
Movoraunnaxr, ayniqsa, O`zbekiston xalqlari musiqiy merosini o`rganish borasida,birinchidan; Musiqashunos-manbashunos olimlardan; Abdurauf Fitrat, Galina Pugachenkova, Tatyana Vizgo, Fayzulla Karomatli, Said Saidiy, Ishoq Rajabov, Otanazar Matyoqubov, Abdumannon Nazarov, Rustam Abdullaev, Oqilxon Ibrohimov, R.Yunusovlarning ajdodlarimiz musiqa merosini o’rganishga doir olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Ayniqsa, I.Rajabovning ”Maqomlar masalasiga doir”, ”Maqomlar”, O.Matyoqubovning ”Maqomot” asarlari va S.Saidiyning “Shashmaqom va maqom doyra usullari semantikasi”da milliy qadriyatlarimizdan bo’lmish maqomlarning nazariy va amaliy asoslari. Ikkinchidan; Qariyib 2000 yillik ko’xna tarixga ega bo’lgan ushbu sohada, buyuk Тuron zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san`atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Borbad Marvaziy, Muhammad Al- Хorazmiy, Abu Mog`ulchalari Forobiy, Ahmad al Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Paxlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Paxlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Uchinchidan; Kulliyotning oily maqom bilan bog’lanishida davom maqomlar yaratilib, bunda, yana Xoja Abdulqodirdan rivoyat qilinib, u o’zining “botin idroki” va “fahmi zohiri” bilan mazkur 8 maqomga yana to’rttasini Isfahon, Buzruk, Kuchak va Husayniylarni qo’shganligi bayon etiladi.
O`zbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Shashmaqom, o`z navbatida, zamonaviy musiqa sanati rivojlanishiga samarali tasir korsatdi. O`zbekiston bastakorlari va kompozitorlari o`z ijodida Shashmaqomdandan keng ko`lamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Hozirgi davrda Ozbekiston bo`ylab Shashmaqomni ijro etishga ixtisoslashgan professional ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy o`zlashtirish hamda targ`ib etish borasida samarali faoliyat ko`rsatmoqdalar. So'nggi yillarda o'zbek mumtoz musiqasini o'rganishga, o'zlashtirishga va targ'ib etishga, ularni yanada ravnaq toptirishga qaratilgan qator e'tiborli ishlar amalga oshirildi. Endilikda o'zbek mumtoz musiqamiz, kengroq, an'anaviy musiqamiz maxsus fanlar sifatida musiqa, san'at va madaniyat ta'lim tizimiga joriy etila boshlanganligini ta'kidlash kerak. 1972-yili an'anaviy ijrochilik ilk bor Toshkent konservatoriyasida joriy etilgan bo'lsa, 1990-yillardan boshlab o'rta maxsus bilim yurtlarida va 2002-yildan akademik litseylar va musiqa maktablarida an'anaviy ijrochilik bo'limlari o'z faoliyatlarini boshladi va yosh avlodning milliy an'analarimiz ruhida tarbiyalash jadallashtirildi. O'zbek mumtoz musiqasi va an'anaviy ijrochiligi nafaqat konservatoriya, madaniyat va san'at institutlari, musiqa, san'at va madaniyat kollejlari, akademik litseylarida, balki umumta'lim maktablarining o'quv jarayoni hamda ta'lim-tarbiya tizimidan ham munosib o'rin ola boshladi. Respublikamiz miqyosida muntazam ravishda uyushtirilayotgan ko`rik-tanlovlar, bir jihatdan, buyuk san`atkorlarimizning musiqa madaniyatimizga qo`shgan hissasini, ularning o`ziga xos mahorat va iste`dod qirralarini aniqlashga, ommalashtirishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, xalq orasida mumtoz san`atimiz va san`atkorlarimizning ijodini keng tarqalishi va kelajakda yanada davom ettirib, rivojlanishiga olib keladi degan umiddamiz. Bu nodir ma'naviy xazinani yoshlar ongi, faoliyatiga zamonaviy vosita va uslublar asosida singdira olish zarur. Ana shunda avlodlar va qadriyatlar vorisligi, an'analarning umrboqiyligi, musiqa san'atimiz istiqboli, ravnaqi va zamonaviyligini ta`minlagan bo`lamiz.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish