Mavzu: shashmaqom mogʻulchalari mundarija Kirish I- bob. Shashmaqom – mumtoz musiqamiz asosi



Download 0,8 Mb.
bet12/16
Sana24.11.2022
Hajmi0,8 Mb.
#872125
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SHASHMAQOM MOGʻULCHALARI

Mog`ulchalari bo`limi Shashmaqomning ashula bo`limi sho`balari ham bastakorlik san`ati an`analarining mahsuli sifatada yuzaga kelgan. O`tmish davrlarda yashab ijod etgan shoir va olimlarning asarlarida bizga uncha tushukarli bo`lmagan, kuy, qo`hiq va ashulalarning shakli va yaratilgan uslublariga taalluqli ma`lumotlarga duch kelinadi. Bunday kitoblarni varaqlar ekanmiz, maqomlar va ularning sho`balari, nomi, bastakorlarning ismlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga taalluqli qimmatli satrlarni o`qiymiz. Bunday asarlarda bastakor maqom yo`llariga yangi kuylar, ashulalar bog`lagani haqida gapiriladi. Bu kuy shakllari kor, qavl, amal, peshrav, naqsh, savt va tarona nomlari bilan mashhur bo`lib, ular Shashmaqom tarkibida ham uchraydi, binobarin umumiy tarzda taronalar nomi b ilan ataladi. Shunday bo`lsada, Naqsh, savt, peshrav, amal, tarona shakllarini
nisbatan ajratib olish mumkin. Masalan: Peshravni olaylik. Shashmaqomning deyarli hamma cholg`u yo`llari peshrav ohanglarida tuzilgan. Bu fikrni XVI-XVII asrda yaratilgan musiqa risolalaridagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Lekin Shashmaqomdagi peshravlar o`tmishdagiga qaraganda ancha murakkab va takomillashtirilgan shakldadir. Peshrav yo`llarini tinglab ko`rilsa, pastga pog`onama – pag`ona harakat qilayotgan peshrav tuzilmalarining ichida ohang yuqoriga harakat qilayotgani va kuyni tashkil etadigan xonalar yuzaga kelayotganini ajratib olish mumkin.
Endi naqshga kelsak bu atama bezak ma’nosida ishlatiladi va shashmaqomning mog`ulchalari deyilgan sho`balariga moslanib bastalanadi. Naqshlar engilroq ashula yo`llari bo`lib, murakkab va vazminroq ijro etiladigan mog`ulchalari sho`balariga ulanib aytiladi. Naqshlar taronalardan kuy tuzilishi jixatdan boshqa ashula yo`llaridan ajralib. turadi. O`tmishda esa, hozirgi shaklidan kuy unsurlarini muayyan tartibda, ma’lum qoida asosida tuzilgani bilan farq etgan. Taronai Bayot ashulasi naqshlarning yaqqol misoli bo`la oladi.
Endi taronalar shakliga kelsak, o`tmishda ular to`rtlik, ya’ni ruboyi she’rlarini va shu she’rlarga mos kichik shakldagi alulalarni ifodalagan. Shashmaqomda taronalar yirik ham kichik shakllarida uchraydi, hamda Sarahbor, Talqin va Mog`ulchalari - deyilgan sho`’balardan keyin ijro etiladi. Bunday taronalar shunchalik o`zgarib ketganki, ularni Shashmaqom tarkibida "amal" shaklidami, "naqsh" shaklidami - buni ajratib olish qiyin. Ularning shakli juda katta o`zgarishlarga uchradi, ba’zilari esa bastakorlar tomonidan yiriklashtirildi. Jiddiy o`zgarishlar bilan bo`lsada o`tmishdagi kuy shakllari va yaratilish uslublariga xos cholg`u va ashula yo`llari S hashmaqom tarkibida ham butunlay saqlanib qoldi. Shu bilan birga so`nggi davrlarda yashagan bastakorlar ularni takomillashtirdilar, yangi kuy bo`laklari, qismlari kiritilib, ham shaklan, ham mazmunan boyitdilar. Shashmaqomning bizgacha etib kelgan holada naqsh, amal, kor, tarona, qavl kabi ashula yo`llari umumiy nomlanib, tarona deb ataladi. So`nggi yillarda ularning shaklan o`zgarib ketishi hamda tarona deb nomlana boshlagani hozirgi kunda buashula yo`llarining o`tmishdagi shakllarining aniq ajratib oliniishni mushkullashtiradi.
Shunday qilib, Shashmaqon uzoq o`tmishdagi bastakorlik an’analarining mahsuli sifatida, maqomchilikdagi ustoz – sozanda va xonandalarning boy tajribasiga asoslangani holda yuzaga kelgan deyish mumkin.
Xalq dahosi yaratgan - Shashmaqomning ajoyib durdonalari musiqa boyligimizni o`rganishda alohida ahamiyatga ega. Ular yangi musiqa asarlari yaratilishida bitmas - tuganmas manba sanaladi. Shashmaqom ashula bo`limlari 200 dan – ortiq turli shakllaridagi ashulalarni o`z ichiga oladi. Lekik ularning asosida yaratilgan yuzlab ajoyib kuy va ashula yo`llari mavjud.
Shashmaqomning ashula bo`limlari anchagina murakkab shakldagi sho`balardan tarkib topgan. Ular maqomlarning cholg`u bo`limidagi qismlari birin - ketin ijro etilgandan so`ng turkum tarzida aytiladi. Ashula bo`limlarida tuzilish jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ikki xil sho`balar guruhi mavjud. Bulardan birinchisiga Sarahbor, Talqin, Mog`ulchalari kabi sho`balar va Ufar qismi, ikkinchisiga esa asosan Savt – Mo`g`ulcha shaklida tuzilgan sho`balar kiradi. Olti maqomdagi turdosh shu`balar kuy ohanglari jihatidan har-xil bo`lsada, ularning doira usullari va ashulaga tushirab aytiladigan she’rlarning vazn o`lchovlari bir xildir.
Maqomlar ashula bo`limlaridagi murakkab kuy tuzilmalarini tarkibadagi namudlarni ajratib olmay turib, tushunib olish qiyin .
Odatda, Shashmoq cholg`u qismlari birin ketin yaxlit tarzda ijro etilgandan soʻng uning "Mog`ulchalari" bo`limiga o`tiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi sho`balar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Shashmaqom ashula boʻlimlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa sho`balar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Mog`ulchalari deb nomlanuvchi sho`balar va yakuniy Ufar qismi, ikkinchisiga esa, asosan, Savt va Mo`g`ulcha nomli sho`balar va ularning shoxobchalari kiradi. shahridagi nomdosh shoʻʼbalar (Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va boshqalar)ning kuyohanglari turlicha boʻlsada, doira usuli va kuylariga bogʻlab aytiladigan sheʼr vaznlari bir xildir. Shoʻʼbalarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi oʻziga xos doira usullarida yangraydi. Shashmaqom sho`balarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Namudlar maqom yoʻllarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. O`tmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni (bir sho`bada 4 tagacha) oʻzgarib turgan.
Shashmaqom ashula bo`limi sho`balari shaklan barkamol boʻlib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha boʻlishi mumkin. Mas, har bir sho`ba yo`li cholg`u muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va oʻrta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga oʻtiladi. Urniga qarab dumog`ulchalari tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. Soʻngra sho`balarga xos avjda namudlar aytilib, ashula yoʻli miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard (tushirim) tuzilmasi bilan yakunlanadi. Ba`zi sho`balar tuzilishi boshqacharoq bo`lishi ham mumkin.
Shashmaqom ashula bo`limining birinchi guruh sho`balari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari (6 tagacha) oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin sho`basiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, mog`ulchalari doira usulidagi suporish orqali Mog`ulchalari shoʻʼbasi va uning taronalariga oʻtiladi (Mog`ulchalari sho`ba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Mog`ulchalari shoʻʼbasi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi. Shashmaqom ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi shoʻʼbalar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Mas, asosiy Savt yoki Mo`g`ulcha ashula yo`lidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatmanavbat ulanadi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish