Yusuf Xos Xojib Bolasog`unda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda yozgan. Asarning xijriy 462 (1069 - 1070) yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab , 462 yilning o’rtalarida tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug’ilganligi taxmin etiladi. Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar xukmdori Tavgachxon (kitobda Tavg`och Ulug` Bugra Qoraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg’u bilig" asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham "Qutadg’u bilig" ni chinliklar (Xitoy) "Adab ul - muluk" ("Xukmdorlar odobi"), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) "Anis ul-malolik" ("Mamlakattaning tartib usuli"), eronliklar.; "Shoxnomai turkiy", Sharq elida "Ziynat ul-umaro", ("Amirlar ziynati"),; turonliklar "Qutadg’u bilig" ba’zilar esa "Pandnomai muluk" ("Xukmdorlar nasixatnomasi") deb atagani kitob muqaddimasiga kiritiriladi. Mazkur asarning shuxrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf; Xos Xojib o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo’ladi. «Qutadg'u bilig» ni nashrga tayyorlagan va tadqiq-tahlil etgan olimlar - Birinchi bo'lib professor Fitrat tomonidan
- Qayum Karimov
- 1924 Namangan nusxasidan
- To`la nashri-15 yil davomida tayyorlangan
- B.To`xliyev tomonidan yaratilgan
- Mutalboyev S.M
- Mallayev N.M
- Asarni tahlil qilganlar
- Yusuf Xos Hojibning didaktikasi Q.Karimov va Y.Jumaboyevlar tomonidan har tomonlama tadqiq etilgan.
. - Didaktik dostonchilikning asoschisi Yusuf Xos Hojibning birgina “Qutadg`u bilig” asari necha yuz yillar davomida pedagogikadagi eng noyob durdonalardan biri bo`lib hisoblanadi.
- “Qutadg`u bilig” kitobining nomlanishi haqida to`xtaladigan bo`lsak, “Qut” eski turkiy tilda “baxt”, ”baraka” ma`nolarini anglatadi.Bu so`z hozirgacha xalq tilida ishlatilib kelinadi.
- Masalan:”qut baraka arimasin”, “qutlaymiz”, “qutlug` bo`lsin” kabi.
- “Adg`u” so`zi esa – eltuvchi deganidir. “Adg`u” so`zining asli turkiy tilda “edg`u” tarzida uchraydi. “Bilig” so`zi esa “bilim” degan ma`noni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, kitobning o`zbekcha nomi “Baxtga eltuvchi bilim” yoki “Baxtiyor etuvchi bilim”dir. Asar hijriy 462- yilda yozib tugatilgan bo`lsa, milodiy hisob bilan 1069-1070 yillarga to`g`ri keladi. Allomaning 73 bobdan iborat “Qutadg`u bilig” asarida so`zlash odobi, ilm o`rganishning foydasi, olimlarning jamiyatdagi o`rni, mehmondorchilikda o`zini tutish, halollik, poklik, rostgo`ylik, mehr-oqibat ya’ni asarning boshidan oxirigacha komil inson tarbiyasi haqida fikrlariga to`xtalib o`tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |