Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug’ma, azaliy aql (tabiy aql) va kasbiy aql, ya’ni muktasib (o’rganilgan aql kabilariga bo’linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donish derlar, deydi. Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug’ma, azaliy aql (tabiy aql) va kasbiy aql, ya’ni muktasib (o’rganilgan aql kabilariga bo’linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donish derlar, deydi. Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda "... barcha fikr va tushunchalarimni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham xunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirk to’rt bobda etdim", deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llar usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bu, quyidagi yo`nalishlarda ta’lim-tarbiya berishrish nazarda tutilgan: - 1. Kaykovus bilim olish haqida.
- 2. Xunar va turli kasb egalari haqida.
- 3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
- 4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus "Qobusnoma" asarida jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor bergan. Zero, Kaykovusning "Qobusnoma" asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hatotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo’lish, shatranj va nard uyinini bilish kabilar ham o’z ifodasini topgan. Yusuf Xos Xojib Bolasog`unda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda yozgan. Asarning xijriy 462 (1069 - 1070) yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab , 462 yilning o’rtalarida tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug’ilganligi taxmin etiladi. Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar xukmdori Tavgachxon (kitobda Tavg`och Ulug` Bugra Qoraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg’u bilig" asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham "Qutadg’u bilig" ni chinliklar (Xitoy) "Adab ul - muluk" ("Xukmdorlar odobi"), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) "Anis ul-malolik" ("Mamlakattaning tartib usuli"), eronliklar.; "Shoxnomai turkiy", Sharq elida "Ziynat ul-umaro", ("Amirlar ziynati"),; turonliklar "Qutadg’u bilig" ba’zilar esa "Pandnomai muluk" ("Xukmdorlar nasixatnomasi") deb atagani kitob muqaddimasiga kiritiriladi. Mazkur asarning shuxrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf; Xos Xojib o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |