Mavzu. Shahar ko‘chalari va yo‘llarini ekspluatatsiya qilish. Reja



Download 62,5 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2022
Hajmi62,5 Kb.
#338582
  1   2
Bog'liq
9 mav ko'cha.


Mavzu. Shahar ko‘chalari va yo‘llarini ekspluatatsiya qilish.

Reja.

  1. Transport vositalarining yo‘l to‘shamasiga ta’siri;

  2. Shahar yo‘llari to‘shamalaridagi deformatsiya turlari;

  3. Shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash turlari;

  4. Shahar yo‘llarida qishki mavsumda bajariladigan tadbirlar;

  5. Shahar hududida transport shovqiniga qarshi chora tadbirlar.


Tayanch so‘z va iboralar: saqlash, tamirlash, ekspluatatsion jarayon, davr, elementlar, qishki saqlash ishlari, omillar ta’siri, materiallar, choralar.

Shahar ko‘chalari – yil davomida yo‘l inshootlarining konstruktiv elementlarini hamda yo‘l uchun ajratilgan ko‘chalarni yaroqli holatd saqlash – muntazam qarovni va nazoratni amalga oshirishda yo‘lning standart talablari ko‘rsatkichlarini takomillashtirish va ushlab turishdan iboratdir.

Avtomobil yo‘llari – transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlarini va quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni ta’minlashi lozim.

Kunduzi va kechasi transport harakatiga standartda belgilangan sharoitni yaratish hamda yil davomida transport harakatini uzluksizligini ta’minlab berish.

Avtomobil yo‘llarini yuqorida aks ettirilgan holatda ushlab turish uchun ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlari quyidagi kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi:


  • yo‘l inshootlarini muntazam nazorat qilib turish va ularni quriqlash;

  • yo‘l inshootlari holatini toza saqlash;

  • yo‘l davomida yo‘lning barcha inshootlarida sodir bo‘lgan jory nuqsonlarni tezda bartaraf etish;

  • shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish va uni saqlab turishni muntazam nazorat qilish;

  • yo‘ldan o‘tuvchilar uchun harakat xavfsizligi va qulaylikni ta’minlash;

  • yo‘l inshootlarining xizmat qilish sharoitini o‘rganish va tahlil qilish.

Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash va quyidagi ishlar bajariladi:

  • yo‘l qoplamasini doimiy ravishda changdan, loydan, qordan,muzdan tozalash, qoplamaning emirilishdan hosil bo‘lgan qoldiqlarni yig‘ishtirish va changsizlashtirish hamda qoplamada buzilish natijasida sodir bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish;

  • qatnov qismidagi muzgarchilik va sirpanchiqni qum va boshqa muzgarchilikka qarshi aralashmalar sepib bartaraf qilish;

  • ayrim dformatsiyalangan va bo‘shliqlar hosil bo‘lib turuvchi hamda ko‘pchish xavfi bo‘lgan yo‘l bo‘laklarida qarovni amalga oshirish (vaqtinchalik to‘siqlar o‘rnatish va qatnovni yopiq shitlar, taxtalar va boshqa buyumlardan foydalangan xolda harakatni tashkil etish, zarur bo‘lganda ularni yig‘ishtirish) yo‘lda hosil bo‘lgan o‘yiq va yoriqlarni ochish va to‘ldirish.

Saqlash ishlarining hajmi va texnologiyasi yil fasliga va yo‘l to‘shamasi konstruksiyasiga bog‘liq. Eng ma’suliyatli va qiyin ishlar bahor faslmda uchraydi, chunki bu vaqtda yo‘l to‘shamasida har xil deformatsiyalar sodir bo‘ladi.

Saqlash ishlari yil moboynida avtomobil yo‘llaridagi barcha elementlar – sun’iy inshootlar, yo‘lning qatnov qismi, tuproq ko‘tarmasi va avtomobml yo‘llari mintaqasi, ko‘cha va aerodromlar uchun juda keng ma’noga ega bo‘lib, odatda ikki guruhga bo‘linadi:



  1. Bahor yoz va kuzgi davr – bunda avtobus bekatlari va povilonlarni yuvish, supurish hamda qoplama chang bo‘lishining oldini olish; yo‘l inshootlari va belgilarini oqlash, yo‘l to‘siqlari, belgidari tozalash va yuvish; ariqlar, yon ariqchalar (kyuvet), sement ariqlar (lotok), suv o‘tkazuvchi quvurlar va yo‘l o‘tkazgichlari, ko‘priklarning tayanch qismlari va yo‘llarni tozalash va yuvish; qaytarish yo‘llari ajratuvchi yo‘llar, yo‘l chekkasi hamda chiqindi bilan to‘lgan qiyaliklarni tozalash; qiyalik hamda qaytarish yo‘llaridagi o‘tlarni o‘rish va tekislash, buta va mayda butalarni qirqish; qirqilgan buta va mayda o‘tloqlarni qayta ishlash, keraksiz o‘simliklarga qarshi kimyoviy kurashish vositalaridan foydalanish, daraxtlarga suv quyish va shox shabbalarni qirqib turish hamda daraxtlarni oqlash, kam hajmli mayda ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish va h.k.

  2. Shahar ko‘chalari va yo‘llarida qishki mavsumda avtomobil yo‘llarini saqlash ishlari yo‘lchilarga katta ma’suliyat yuklaydi. Umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va yo‘llarida sirpanchiqlikni bartaraf etish va qordan tozalash uchun bir qancha o‘nlab maxsus texnikalar, shu bilan birga, minglab tonna qum-tuz aralashmasi va o‘nlab tonna tuz ishlatiladi.

Qishki saqlash ishlarining asosiy maqsadi qorni o‘z vaqtida tozalash yo‘li bilan, transport vositalarining bir maromdagi tezlik bilan uzluksiz xarakatini ta’minlash, yo‘l va yo‘l inshootlarini saqlashni ta’minlochi sharoitlarni yaratishdir.

Qishki qarov ishlariga quyidagilar kiradi:



  • yo‘lni qor qatlamidan saqlash va uni qordan tozalash;

  • qishki sirpanchiqlik va muzlashning oldini olish;

  • piyodalar yo‘lkalari va maydonlarini qordan tozalash

Bu tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi ko‘rsatkichlarni inobatga olish lozim:

  • qor va muzdan tozalanadigan yo‘lning kengligi;

  • yo‘l yuzasidagi yumshoq qorning qalinligi;

  • qor yog‘ishi va qor bo‘roni boshlanishidan oldin qor tozalash mashinalarining o‘tish oralig‘i;

  • qatnov qismi va yo‘l chekkasida zichlangan qorning qalinligi;

  • yo‘lni qordan tozalash muddati.

Qishki saqlash ishlarini tashkil qilish ishchi kuchi, energiya va mashina resurslari, pul resurslariga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida unga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bular tabiiy-iqlim, loyiha-qurilish va ekspluatatsiya omillaridir.

Bu omillar: qor qalinligi, shamolning tezligi, qor yog‘ish kunlari soni, havo harorati, dengiz sathidan balandligi va boshqa axborotlar asosida qishki sirpanchiqlik kunlari sonini statistik usullardan foydalangan holda aniqlash mumkin. Bu esa qishki mavsumda sirpanchiqlikni bartaraf etish uchun ishlatiladigan me’yoriy tuz va qum miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi.

Qishki sirpanchiqlikka qarshi kurashish tadbirlari asosan uch yo‘nalishda olib boriladi, jumladan: qoplamaga maydalangan materiallar sepib, sirpanish koeffitsientini oshirish choralari: kimyoviy, mexanik, issiqlik va boshqa usullar ishlatib muz va qor qatlamini bartaraf qilish choralari; qor, muz qatlamlarini bartaraf qilishga yoki uning qoplamaga yopishishini kamayishiga qaratilgan choralar. Amalda qishki qarov ishlarida qishki sirpanchiqlikka qarshi kurashishda maydalangan mineral materiallar, kimyoviy va aralash usullar qullaniladi.

Maydalangan materiallarni sepish choralarida, muz yoki muz qor qatlam yuzasiga qum, mayda shag‘al, chaqilgan tosh, mayda tosh chiqindilari, shlak va boshqa, o‘lchamlari 5-6 mm dan katta bo‘lmagan qirrali materiallar sepiladi. Sepish maxsus qum sepuvchi va boshqa mashinalarda bajariladi. Qumning me’yoriy sarfi xavfsiz qoplama yo‘l bo‘laklari uchun 200 dan 700 g/m2 gacha yoki 1000 m2 qoplamaga taxminan 0.3-0.4 m3, xavfli pastga tushish, chorraha, kichik radiusli burilish va x.k. larga me’yoriy sarf ikki barobar oshiriladi.



Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish