4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Ceminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish.
Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko‘riladi. Talabalar adabiyotlarni o‘rganadilar, material yig‘adilar, turli kuzatishlar o‘tkazadilar, o‘z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminar mashg‘uloti o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladi. U talabalar ishini yo‘naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani yakunlaydi. Zarur qo‘shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma’ruza qilgan, muhoqamada qatnashgan talabalar faoliyati baholanib boriladi.
Seminar mashg‘uloti talabalar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o‘rgatish, darsni faollashtirish hamda o‘quvchilar aqliy qobiliyatlarini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi.
seminar mashg’ulotining o’tkazilish tartibi quyidagicha ketma – ketlikda amalga oshiriladi:
1) seminar mavzusi va o’quv elementlari e’lon qilinadi;
2) seminar maqsadi va tashkil etilish uslubiyoti tushuntiriladi;
3) o’quv elementlarining muxokamalari tashkil etiladi;
4) savol, javoblar, muammoli vaziyatlar, test, tarqatma materiallar, krossvordlar ustida ishlanadi;
5) har bir o’quv elementi kirish so’zi bilan boshlanib, xulosa bilan yakunlanadi;
6) kitob bilan ishlash va amaliy topshiriqlar bajartiriladi;
7) ilg’or pedagogik va axbarot ta’lim texnologiyalari qo’llaniladi;
8) o’z-o’zini boshqarish, baholash, ekspert saylash, ekspert xulosasini muxokama qilinadi;
9) talabalarni mustaqil, erkin fikrlari rag’batlantiriladi;
10) talaba bilimlari reyting ballar bilan baholanadi, izohlanadi va reyting jurnaliga qayd etiladi
Eslatma: seminar mashg’ulotni jadval asosida belgilangan auditoriya yoki seminar mavzusining mazmuniga ko’ra muzey, ARMlarda tashkil etiladi:
1) seminarni tashkil etish va o’tkazishda didaktik tamoyil va qonuniyatlarga amal qilinadi;
2) ta’lim-tarbiyaning eng ilg’or usullari: ko’rgazmali (slaydlar, plakatlar va b.), og’zaki (baxs-munozara, suxbat, savol-javob va b.), amaliy (tarqatma materiallar,krossvord, testlar ustida ishlash, pedagogik masala va mashqlarni bajarish, muammoli vaziyatlarni yaratish va b.) metodlardan, “aqliy xujum”, “klaster”, “bumerang” kabi usullardan foydalaniladi;
3) seminar mashg’ulotlari namunaviy va ishchi dasturlarda aks etgan mavzular bo’yicha o’tkaziladi;
4) o’tkazilgan seminar mashg’ulotining mavzusi guruh jurnalida aks etiriladi va imzo bilan tasdiqlanadi;
5) muzey va ARM larda o’tkaziladigan seminar mashg’ulotlari uchun fan o’qituvchisi tomonidan dekanatga bildirishnoma yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |