Mavzu: Saylovchilar siyosiy partiyalar va taklif etilayotgan dasturlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 40,09 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi40,09 Kb.
#678763
  1   2
Bog'liq
Mavzu


Mavzu:Saylovchilar siyosiy partiyalar va taklif etilayotgan dasturlar.
REJA:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati.
2.Siyosiy partiyalarning asosiy funksiyalari.
3.O’zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni va ro’li.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati.
Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati. Siyosiy partiya (lotincha qism, guruh; eski o‘zbekchasi arabchadan―firqa‖ – guruh, to‘da) – umumiy g‘oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi tashkilot; fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir-biriga bog‘lovchi engmuhim vositalardan biri; hozirgi zamon huquqiy demokratik davlati hayotining zaruriy omillaridan biri. Demak, partiya deganda ―g‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi‖ 1 ni tushunish mumkin.
Partiyalarning mohiyati, tabiati, tarkibi juda ko‘p jihatlardan mazkur tarixiy davr mazmuniga, tuzumiga undagi siyosiy jarayonlar oqimiga chambarchas bog‘liq tarzda shakllanib, jamiyatda sodir bo‘layotgan siyosiy kurashning qanday borishida oshkora namoyon bo‘ladi.
Tarixda ma‗lum bo‘lgan dastlabki siyosiy partiyalar qadimgi Yunonistonda tashkil topgan bo‘lib, oldin juda ozchilikni birlashtirgan, guruhlar tarkibi jihatdan juda tor doirada uyushgan siyosiy tashkilotlar edilar. Ammo tom ma‗nodagi siyosiy partiyalar harakati Yevropada XVII-XVIII asrlar inqiloblari oqibatida shakllandi. X1X asr oxiriga kelib,demokratik partiyalar kengayib, saylovlar tizimi, parlamentdagi joylar uchun kurash keskinlashgan sari, siyosiy partiyalar hayoti va faoliyati yangi pag‘onaga ko‘tarildi.
Siyosiy partiyalarning ilk tadqiqotchisi ingliz siyosiy arboblaridan biri Jon Tolanddir (1670-1722). U o‘zining ―Partiyalar vositasida boshqarish san’ati nomli traktatida ingiliz siyosiy tizimining ustun tomonlariga to‘xtalib, shunday deb yozadi: ―Vigilar va torilar guruhlarining shakllanishi parlamentda muhim rol o‘ynaydi. Lekin, eng muhimi, qirol qaysi partiya tomonida ekanligigadir. Eng ideal vaziyat yaratish uchun qirol qonunlarga itoat qilgan holda har ikkala partiyaga ham teng munosabatda bo‘lishi lozim. Siyosiy barqarorlikning kafolati ham shundadir. Qirol partiya boshida turmasligi kerak, aks holda, u biron-bir guruhning yo‘l boshchisiga aylanib, o‘z xalqining otasi ekanligini unutadi‖. Nemis tadqiqotchisi V. Xasbax esa partiyani qo‘yidagicha tushungan: ―Partiya bir xil siyosiy qarashlar va maqsadlarga ega bo‘lgan, o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirish maqsadlarida siyosiyhokimiyatni egallashga intilayotgan kishilarning ittifoqidir.
Hozirgi davrda eng yaqin partiya tushunchasini M. Veber ochib bergan edi: “Partiyalar a’zolikka qabul qilishning ixtiyoriyligiga asoslangan, o’z oldiga faol a’zolarining moddiy foyda yoki shaxsiy imtiyozlar olishi uchun ma„naviy va moddiy sharoitlar yaratish hamda o’z rahbariyati uchun siyosiy hokimiyatni egallash maqsadini qo‟ygan jamoat tashkilotlaridir”.
O’tgan tarixiy davrlar tajribasi partiyani tashkil qilishning to‟rt belgisi borligini ko‟rsatdi. Ular, AQSH siyosatshunosi J. La Palonbaraning ko‟rsatishicha, qo‟yidagilardan iborat:
1. Avvalambor, har qanday partiya u yoki bu mafkura yoki dunyoqarash tashuvchisi yoki uning kamida dunyo va insonni bilish va anglashning o‟z yo‟liga ega bo‟lishidir.
2. Partiya, bu-siyosatning barcha darajalarida – mahalliydan to xalqaro bosqichlar bo’g’inlarida faoliyat ko‟rsatayotgan a„zolarning birlashmasi, tashkiloti bo‟lishi lozim.
3. Partiyaning maqsadi –hokimiyatni egallash va uni amalga oshirish ekanligi.
4. Har bir partiya, unga ovoz berishdan tortib, to mazkur partiyaga faol a„zo bo‟lishigacha bo‟lgan jarayonlarda xalq tomonidan qo‟llab-quvvatlanishga erishish uchun harakat qiladi.
Siyosiy partiyalarni siyosiy tashkilot sifatida tan olish uchun uning o‟ziga xos belgili xususiyatlari shakllangan bo‟lishi kerak. Bu belgilar ijtimoiy zamin, ijtimoiy tarkib, siyosiy mavqe, g‟oyaviy mo‟ljal, saylovchilar ko‟lami (elektorat), kabilardan iborat bo‟lib, mana shu belgilarning zabardastligi va zaifligi bilan baholanadi.
Demak, siyosiy partiya jamiyatning bir bo‟lagi bo‟lib, u muayyan maqsad, guruh yoki qatlamning maqsad va manfaatlarini ifoda etgan holda, uni umumdavlat va umummillat manfaatlari, maqsadlar va vazifalar bilan uyg‟unlashtirilgan holda faoliyat ko‟rsatadigan, rivojlanishning siyosiy yo‟nalishlarini aniqlab beradigan siyosiy tashkilotdir.
Ba’zan, siyosiy partiyaning o‟zi kerakmikan, degan mazmundagi savollarni ham eshitishga to‟g‟ri keladi; bunga javobimiz qo‟yidagicha: siyosiy partiyalar jamiyatda bekorchilikdan emas, balki hayotiy zaruratdan kelib chiqqan. Ular, amalda, inson jamiyatida siyosiy hokimiyat, degan narsa kelib chiqqandan beri mavjuddir. Siyosiy hokimiyat, mohiyatan, jamiyatni boshqarib turish ehtiyoji, zarurati bois paydo bo‟lgan. Garchi siyosiy partiya, deb atalmagan bo‟lsalar ham, ammo o‟z paytida, shohlarga ham ta„sir ko‟rsatish kuchiga ega bo‟lgan shaxslar, guruhlar, amalda, xuddi mana shu “partiyaviy” vazifalarni o‟tab kelganlar. Jamiyat rivojida demokratik tartibotlarning vujudga kelishi tom ma„nodagi siyosiy partiyalarning paydo bo‟lishiga olib keldi.
Butun jahon ma„rifat taraqqiyotining, kishilar tomonidan, adolat uchun kurash yo‟lida uyushib harakat qilish borasidagi erishgan yutug‟i-siyosiy partiyalar amaliyotidir. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, partiyalar o‘z vazifasini to‘la bajarishi, mamlakat taraqqiyotiga tegishli hissa qo‘shishi uchun ularga dastlabki yo‘l imkoniyatlar yaratib berilishi kerak. Bu ayniqsa ko‘ppartiyaviylik shakllanayotgan va o‘z yo‘lini belgilayotgan O‘zbekistonning hozirgi o‘tish davrida ham juda muhimdir.
Siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratishning ko‘pgina vositalari bo‘lib, ular orasida davlat boshlig‘i Prezidentning partiyaga mansubligi masalasini to‘g‘ri hal qilishdir. Shuning uchun ko‘pgina demokratik mamlakatlarda Prezidentlik lavozimini har qanday partiyalarga a‗zolikdan xoli bo‘lishini nazarda tutuvchi huquqiy asoslar mavjud. Bu ayrim mamlakatlarda bevosita Konstitutsiya bilan hal qilingan bo‘lsa, ayrim mamlakatlarda esa Prezidentning prezidentlik davonda biror-bir siyosiy partiyaga mansub bo‘lmasligini o‘rnatuvchi maxsus qonunlar qabul qilish bilan hal qilingan. Masalan, Germaniya Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga asosan, Prezident lavozimidagi davrda u har qanday partiya a‗zoligidan voz kechishi, Ruminiya Konstitutsiyasining 84-moddasida, Prezidentlik muddati davonida Prezident biror-bir partiya a‗zoligida bo‘la olmasligi, Rossiya Federatsiyasida ham Rossiya Prezidentining biror-bir siyosiy partiyaga mansubligini taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanib, Davlat zimasiga kiritilgan.
Davlat boshlig‘ining siyosiy partiyalarga mansub bo‘lmasligining ijobiy jihatlari ikki narsa bilan bog‘liq:
Birinchidan, Prezident nafaqat davlat boshlig‘i, shu bilan birga u siyosiy hayotda hakam vazifasini bajaradi. Jumladan, Gretsiya Konstitutsiyasining 30-moddasida ―Prezident Respublika institutlarining hakami hisoblanadi‖, - deb yozib quyilgan. Shunday holat Frantsiya Konstitutsiyasining 5-moddasida ham mavjud. Prezident partiyaga mansub bo‘lmaganda, uni birorbir partiyaning manfaati emas, balki umumiy manfaat qiziqtiradi. Eng samarali tashabbus qaysi partiyaga tegishli bo‘lsa, shuni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ikkinchidan, Prezidentning biror-bir partiyaga mansub bo‘lmasligi turli partiyalarning faoliyat ko‘rsatish uchun teng imkoniyat yaratadi. Partiyalarning teng mavqega ega bo‘lishi ularning tashabbuskorligini oshiradi. O‘z faoliyatida erkin, hech kimning ta‗sirisiz harakat qilishga imkon tug‘iladi.
Xullas, birinchi savolni xulosasi sifatida aytish kerakki, jamiyat taraqqiyoti davomida har bir partiya o‘zining asosiy maqsadi va kurash yo‘llari ifodalangan dasturlarni ishlab chiqadi. Dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalarning strategik yo‘li bir xilda bo‘lishi mumkin emas.
Partiyalar yana demokratik, avtoritar va totalitar tiplarga bo‘linadi. Demokratik partiyalar boshqa partiyalarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lmay, o‘zaro partiyaviy raqobatda plyuralistik nuqtai nazardan yondoshadi. Totalitarizm partiyalar jamiyatdagi hamma siyosiy institutlarni, jumladan davlat organlari va huquqni bo‘ysundirishga harakat qiladi. Bu tipdagi partiyalar barcha partiyalar tizimida ustun bo‘lishga, yakka hokim holatida turishga harakat qilib, o‘z yo‘lidagi boshqa partiyalarni yo‘qotishga harakat qiladi. Avtoritar partiyalar ko‘proq rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xos bo‘lib, ular asosan milliy va modernizatsiya uchun kurash harakatlaridan kelib chiqadi va mustamlakachilik boshqaruvchiga qarshi ruh bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu partiyalar mavjud rejimni qo‘llab-quvvatlashi evaziga unga murosasizlik siyosatini yoritadilar. Chunki ularning maqsadlari mazkur mamlakatda mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumni o‘zida aks ettiradi. Shoir Erkin Vohidov iborasi bilan aytganda ―shitobi tez, parvozi baland‖ davrimizda yangi siyosiy partiyalarni ikki xili mavjud bo‘lib harakat qilayaptilar. Birinchisi insoniyat sivilizatsiyasiga tahdid solayotgan termoyadro halokati xavfiga qarshi siyosiy vositalar bilan kurash dasturiga amal qiladigan siyosiy partiyalardir. Ikkinchi turdagi yangi siyosiy partiyalar insoniyatning hayot mamotiga hozirgi sharoitda juda dahshatli tahdid solayotgan ekologik halokat xavfiga qarshi kurashni asosiy maqsad qilib olganlar. Fuqarolarning siyosiy partiya tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34-moddasida mustahkamlangan.
Qonunga ko‘ra, siyosiy partiya fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a‘zolarining teng huquqligi, o‘zini-o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.Shu bilan birga ayrim hollarda siyosiy partiyalarni tuzish taqiqlanadi: birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi; ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; uchinchidan, urushni, ijtimoiy , milliy , irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi; to’rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma‘naviyatiga tajovuz qiluvchi; beshinchidan, milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi ta‘qiqlanadi
Shunday qilib, siyosiy partiyaning shakllanish tarixi qadimga borib taqalsada, bugungi kunga qadar mavjudligidan, bundan tashqari, o‘zining rivojlanish bosqichlariga birma-bir erishayotganidan, demak, ular faoliyatiga nafaqat ma‘lum guruhlarning ehtiyoji bor deb xulosa qilish, balki ularning xalq, jamiyat uchun foydasi borligini tushunish mumkin. Fikrlar xilma-xilligi har doim yangi-yangi g‘oyalarni keltirib chiqaradi. Turli fikrlar asosida bahslashuv haqiqatni bilib olishga yordam beradi. O‘tmishdagi xatolarimizning muhim sabablaridan biri ham jamiyatda yagona partiyaning tanho hukmronlik qilganligi edi. 70 yildan ortiqroq davr ichida ―katta‖ rahbarlarning faoliyati ilohiylashtirildi, ularni haqiqatning yagona sohibi deb qaraldi. Ularning fikriga qarshi chiqish u yoqda tursin, tanqidiy ko‘z bilan qarashning o‘zi ham siyosiy ko‘rlik, og‘ir jinoyat deb qaraldi. Shu sababli kommunistik partiya yo‘l quygan xatolar ko‘rsatilmay, uning faoliyati to‘g‘ri deb ma‗qullanib kelingan. Turg‘unlik davrida kommunistik partiya qandaydir ―Oliy hakam‖lik vazifasini bajarib keldi. Aslida, har bir demokratik jamiyatning siyosiy tizimida birinchi o‘rinda davlat tursa, uning qolgan qismini siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari to‘ldirishi kerak. Demak, partiyalar fuqarolar bilan davlatni bog‘lab turuvchi bir bo‘g‘in vazifasini bajarishi kerak. Kommunistik partiya millatlar erkinligi, inson huquqlarini, hur fikrlilikni bo‘g‘ib tashladi. Baynalminalchilikni o‘ziga shior qilib olgan kommunistik partiya alohida bir millatning – ―ulug‘ rus xalqining tili, tarixi, madaniyatini targ‘ibtashviq qildi. ―Katta og‘a‖ manfaatlarini hukmron siyosatga aylantirdi. Kommunistik partiya totalitar tuzum uchun, markaziy hokimiyat uchun xizmat qilgan mafkura edi. Shuning uchun ham odamlarning unga bo‘lgan ishonch va e‗tiqodi ancha so‘nib ketgandi. Provardida bu xatolar yanada ko‘payib, jiddiylashib, chuqurlashib borib, batamom o‘mirilish va inqirozga olib keldi. Ushbu inqirozning sabablari qo‘yidagilardan iborat:
Birinchidan, sobiq sho‘rolar hukmroligi sharoitida kommunistik partiya, mintaqa xalqlari azaldan qon-qardosh bo‘lishlariga qaramasdan, ularni zo‘rma-zo‘raki birlashtirib‖ turgan edi. Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘zlarining mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan bu barbod bo‘ldi.
Ikkinchidan, mintaqadagi mamlakatlar o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan bo‘lishiga qaramasdan, 1991 yilgacha sobiq markaz hali o‘z hukmronligini qaytadan tiklashga moyil edi. Shuning uchun ham u mintaqa mamlakatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarish kabi siyosatni davom ettirdi. Bu o‘z navbatida, o‘sha davrda, ma‗lum darajada, mintaqa xalqlarining o‘zaro munosabatlariga ham muayyan ta‗sir ko‘rsatdi.
Uchinchidan, mustaqillikni qo‘lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini o‘z ta’sir doirasiga o‘tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakat boshlab yubordi. Ularning ko‘pchiligi tashqaridan beg‘araz yordam ko‘rsatayotganday bo‘lib ko‘rinsalarda, aslida har bir ko‘rsatayotgan ―yordamlari‖ evaziga mintaqada o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qildilar. Ularda ham mintaqa davlatlari va xalqlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga intilishlar yo‘q emas.
To’rtinchidan, SSSR parchalanib ketgandan keyin, - Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, -bizning irodamiz yoki intilishimizga bog‘liq bo‘lmagan holda O‘zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Uning tashqi chegaralarida – Afg‘oniston va Tojikistonda so‘nggi yillarda yuz minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan ikkita tanglik o‘chog‘i alanga olib turibdi.
Beshinchidan, sobiq SSSR tugab, O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga qiyinchiliklar paydo bo‘lib turgan dastlabki kezlarda jamiyatimizning taraqqiyotini bundan keyin har qanday mafkuradan butunlay holi qilgan holda davom ettirishni targ‘ib-tashviq qiluvchilar ham kam emas. Shuning uchun ham biz kelajakka tomon ko‘zni yumib, taxminlarga asoslanib, tavakkalchasiga ish tutib bora olmaymiz.
Partiyaga berilgan huquqiy ta'rif ham umumiy , ham alohida belgilarni o'z ichiga oladi. Bu belgilardan eng muhimlari: saylovlarda ishtirok etishning majburiyligi, partiyalar faoliyatining doimiyligi, siyosiy ishtirok etishning, uyushganlikning darajasi, a'zolarning soni va partiyaning nomidir . Bu ta'rifga ko'ra, faoliyati doimiy bo'lmagan tashkilotlar , masalan, faqat saylovoldi davrida faoliyat yurituvchi saylovchilar ittifoqi kabi tashkilotlar partiya, deb hisoblanmaydi. Partiyaning rasmiy tan olinishini ko'rsatuvchi, unga davlat himoyasini beruvchi muhim adolat bu ro'yxatdan o'tkazishdir . Partiya ro'yxatdan o'tgandagina unga saylovlarda ishtirok etish huquqi va moliyaviy imtiyozlar beriladi.
Partiyalarni ro'yxatdan o'tkazish shartlari tufayli davlatlarda turlicha bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasida partiyalar Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkaziladi va buning uchun ma'lum muddatgacha 8 ta viloyatda yashovchi partiya a'zolarning 5000 dan kam bo'lmagan imzosi to'planishi zarur . Ispaniya, Italiya, Fransiya kabi davlatlarda partiyalar , ichki ishlar vazirligida, Belgiya va Niderlandiyada — Adliya vazirligida, Portugaliyada — Oliy sudda, Braziliyada Oliy saylov sudida ro'yxatdan o'tadilar v.h. Shunday qilib, siyosiy adabiyotda partiyaning xilma — xil ta'riflari mavjud ekan: — Ana shulardan kelib chiqib, siyosiy partiyaga quyidagicha ta'rif berish mumkin: siyosiy partiya-siyosiy hokimiyatni egallash yoki unga doimiy ta'sir o'tkazish maqsadida mafkuraviy asosda tashkil topgan ixtiyoriy ittifoq.
Odatda, zamonaviy siyosiy partiyalar quyidagi ichki tuzilishga ega:
• yetakchi (yetakchilar) va rahbarlar guruhi;
• apparat;
• faol a'zolar;
• passiv a'zolar .
Samarali faoliyat ko'rsatish uchun partiya siyosiy faoliyat bilan faol va maxsus shug'ullanuvchi "malakali siyosatchilar" rahbarligiga muhtoj. Ular partiya faoliyatini tashkil etadilar va muvofiqlashtiradilar . Partiyalar , odatda, burokratik apparatga ega. U tashkilotda ishlovchi va o'z mehnati uchun haq oluvchi odamlardan iborat.
Partiyaning faol a'zolari — uning rahbariyati yoki burokratik apparatiga kirmagan holda tashkilot faoliyatida doimo ishtirok etuvchi shaxslardir . Partiyaga kirishga ularga turli sabablar ta'sir etadi: siyosiy manfaatlar , moddiy omillar , hokimiyat, obro'ga intilish v.h.
Partiyaning passiv a'zolariga tashkilotga kirgan, ammo uning faoliyatida dam badam qatnashib turadigan shaxslar kiradi. Partiyaga xayrixoh guruh mavjud bo'lishi mumkin. Ular tashkilotga kirmagan holda uning mafkuraviy va pirovard maqsadlarini qo'llab — quvvatlaydilar . U xayrixohlarning roli saylov kampaniyalari davrida, ayniqsa, beqiyos ortadi.

Download 40,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish