Mavzu: Saylovchilar siyosiy partiyalar va taklif etilayotgan dasturlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O’zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni va roli



Download 40,09 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2022
Hajmi40,09 Kb.
#678763
1   2
Bog'liq
Mavzu

O’zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni va roli.
Bugungi kunda demokratik jarayonlarni saylovlarsiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Saylovlar fuqarolarning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‗lib, ushbu huquq orqali ular davlat boshqaruvida ishtirok etadilar va fuqarolik faolliklarini ko‗rsatadilar. Saylovlarning ahamiyati to‗g‗risida Prezidentimiz to’xtalib o’tar ekan quyudagi fikrlarni bildiradilar: ―Saylovlar jarayonida har qaysi davlat har qaysi jamiyat xilma-xil fikrlar, odamlarning xohish-irodasi orzu umidlari ijtimoiy kayfiyatlari ayniqsa, yaqqol namoyon bo‗ladi. Shu bilan birga har qanday siyosiy harakatlar va kuchlar saylovga tayyorgarlik ko‗rishi o‗z platformalarini belgilab olishi, bularning barchasi tabiiy holdir. Bu siz o‗zi hayot ham, taraqqiyot ham bo’lmaydi.
Demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri bu parlamentni ko‗ppartiyaviylik tamoyili asosida tashkil etilishidir. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlar asosida shakllanar ekan, bu jarayon siyosiy partiyalarning ishtirokisiz amalga oshmaydi. Siyosiy partiyalarni parlamentni shakllantirishdagi ishtiroki ularning asosiy elektoral funksiyasi yo‗lida hizmat qilib, bu uning davlat hokimiyatini egallash v amalga oshirish uchun mo‗ljallangan tashkilot sifatidagi mohiyatini belgilab beradi.
Demokratik jamiyatda ushbu maqsadga faqatgini qonuniy yo’l bilan erishish, ya‘ni siyosiy partiyalarning saylovlarda, avvalambor, markaziy davlat institutlarida davlat boshlig’i va parlamentni shakllantirishda qatnashishi bilan amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.
Respublikamiz siyosiy partiyalarining Qonunchilik palatasi saylovlarida ishtiroki 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan ―Oliy Majlisga saylov to’g’risida‖gi qonuni bilan kafolotlangan. Ushbu qonunning 1-moddasida ―O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) besh yil muddatga saylanadigan 150 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‗ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‗yicha ko‗ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi‖.
Ushbu qonunda siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko‗rsatish tartibi, nomzodlarning ro‗yxatga olish tartibi va saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratilishi belgilandi. Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiiga sayloviga oid vakolatlarning eng asosiysi ularning nomzodlar ko‗rsatish huquqiga ega ekanligidir. Bunday vakolat O’zbekiston Respublikasi ―Siyosiy partiyalar to’g’risida‖gi (12 modda) va O’zbekiston Respublikasi ―Oliy Majlis saylov to’g’risida‖gi (20 modda) qonunlarida mustahkamlangan.
O‗tgan yillar davomidagi saylovlarda nomzodlar ko‗rsatishga doir qonunchilikdagi o‗zgartirishlarga e‘tibor bersak, ular toboro siyosiy partiyalarning saylovlardagi ishtirokini mustahkamlab borayotganiga guvoh bo‗lamiz. Bu holat siyosiy partiyalarning saylovlarda haqiqiy raqobat olib borishi uchun zamin tayyorlaydi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi ―Oliy Majlis saylov to’g’risida‖gi qonuni 20-moddasiga ko‗ra, deputatlikka nomzodlar ko‗rsatish huquqiga Qoraqolpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat,tuman va shahar Kengashlari ham ega edi.
Siyosiy partiyalarning saylovlardagi ishtiroki etish huquqi 2008 yil 25 dekabrda Prezidentimiz tomonidan yangi ―Saylov to‗g‗risidagi qonun hujjatlari takomillashgani munosabati O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunhujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchchalar kiritish haqida‖ gi qonuniga imzo chekishi yanada kengayishiga olib keldi. Ushbu qonunga ko‗ra saylov jarayonlarida tashabbuskor guruhlarning ishtiroki bekor etildi.
Chunki tashabbuskor guruhlari tomonidan nomzodlar ko‗rsatish yildan-yilga takomillashib borayotgan ko‗ppartiyaviylik tizimida samarasiz institutga aylanib qoldi. Bu institut bekor qilingunga qadar bo‗lgan oxirgi saylovlarda mustaqil deputatlar siyosiy partiyalar bilan raqobatlasha olmadilar. Mustaqil deputatlar guruhlari to‗g‗risida professor Akmal Saidov to‗xtalar ekan, o‗z fikrlarini quyudagicha bayon etadi: ―parlament saylovlari shuni ko‗rsatadiki, mustaqil nomzodlarning aksariyati saylovlarda qatnashish tajribasiga ega emaslar.
Ularning yetarli darajada yo‗lga qo‗ygan saylov kompaniyasini o‗tkazish mexanizmi ham yo’q. Siyosiy partiyalar bu borada ulardan ustundirlar. Mustaqil nomzodlarning aksariyati siyosat bilan yaqindan va to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq bo‗lmaganliklari uchun ularning professional siyosatchilar bilan raqobatlashishi va keyinchalik parlamentda o‗z manfaatlarini qat‘iyatlik bilan himoya qila olishlarini qiyinlashtiradi‖
Mamlakatimiz saylov jarayonlarida fuqarolar tashabbuskor guruhlari tomonidan nomzodlar ko‗rsatish institutini bekor etilishi siyosiy partiyalar uchun ham imkoniyat ham mas‘uliyat sifatida baholashimiz mumkin.
Yevropa va dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida davlat hokimiyatining barcha jabhalarida faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat arboblari partiyalardan yetishib chiqadi. AQSH da prezident saylovlarida g‗alaba qozongan president bo‗shab qolgan ikki yarim mingdan ziyod davlat mansablarini aksariyatiga o‗z partiyasining tavsiyasi bilan kadrlarni tanlab oladi. CHunki ushbu shaxslar partiyaviy raqobatlar natijasida o‗zini shaxsiy va ilmiy salohiyatlarini ko‗rsatishga erishib, siyosiy jihatdan yetuk darajada tarbiyalanadi. Mamlakatimizning mavjud partiyalarida ham barcha sohalarda halol raqobat va munozaralar tizimli ravishda tashkil etilmasdan turib g’oyaviy va siyosiy jihatdan yetuk arboblarni shakllantirish mumkin emas.
Saylovoldi tashviqoti davrida saylovchilarga beriladigan nomzodlar va ularning dasturlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning aniq ravshan bo‗lishi zarur. Ular o‗z dasturlarida siyosiy, iqtisodiy masalalar bilan qatorda ma‘naviy-ma‘rifiy dasturlarini ilgari surishlari lozim.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda siyosiy partiyalarning muvaffaqqiyatli ishtiroki Qonunchilik palatasidagi partiyalar faoliyatiga yo‗l ochib beradi. ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida siyosiy partiyalar ishtiroki esa har bir rivojlangan demokratik-huquqiy davlat parlamentida siyosiy partiyalar faol ishtiroki muqarrar bo‗lgani kabi tabiiy va muhim hodisadir. Chunki siyosiy partiyalarsiyosiy tizimning markaziy bo‗lagi sifatida ijtimoiy-siyosiy tizim yoki hayotda muhim o‗rin egallaydilar.
Ko‗ppartiyaviylik tizimi amal qilayotgan davlatlarda parlament har doim o‗ztarkibiga ko‗ra partiyaviy xususiyatga ega bo‗ladi. Zero, ushbu holatda, ―siyosiy partiyalarsiz parlamentarizm qurib bo‗lmaydi‖ degan mashhur qoida amal qiladi. Zotan demokratik huquqiy davlatda parlament shakllanish shakli sifatida ko‗ppartiyaviylik asosida o’tkazilgan saylov yagona maqsadi bo‗lgan yo’l bo’lganidek, parlament tashkil etilishi va faoliyatida ham siyosiy partiyalar va ularning birlashmalari o’rni va ahamiyati yuqori bo’ladi. Demokratik davlat barpo etishda siyosiy partiyalarning parlament faoliyatidagi ishtiroki shaklini quyudagicha tasniflab, tadqiq etish maqsadga muvofiq:

  • siyosiy partiya vakillarining parlamentdagi faoliyati;

  • siyosiy partiya vakillari birlashmalari (deputalik birlashmalari, guruhlari,fraksiyalari) ning parlamentdagi faoliyati;

Bir necha siyosiy partiyalar fraksiyalarining birgalikdagi faoliyati. Bunda siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarini amalga oshirishda ularning mustaqilligi cheklab qo‗yilmaydi. Hozirda Respublikamizda mavjud siyosiy partiyalar 2014 - yil 21 - dekabrdagi saylovlarda 18 million 400 ming nafar saylovchi ishtirok etdi. Ma’lumotlarga ko’ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 135 saylov okrugining 113 tasida deputatlar saylandi. Xususan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan 47 nafar, O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 17 nafar, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 28 nafar, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 21 nafar deputat saylandi. Ekologik harakatdan 15 nafar deputat saylandi. Qonunchilikka ko’ra, 50 foizdan ortiq ovoz to’plagan nomzod Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Bu siyosiy partiyalarning mamlakatimiz hayotidagi o’rni va rolini yanada yuksaltirishda yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Respublikamiz OAVni kuzatib borsak, Qonunchilik palatasidagi qonunlar muhokamasi paytida fraksiyalar qonun loyihalari partiyalar dasturlariga qanchalik mosligi nuqtai nazaridan qarashlari kuchayib bormoqda. Misol uchun Qonunchilik palatasida o‗tgan oylarda muhokama etilgan Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risidagi qonun loyihasini oladigan bo‗lsak, O‗zLiDeP bu loyihaning tadbirkorlik subyektlariga moddiy jihatdan zarar yetkazmasligi uchun takliflar bersa, XDP bu holatda aholining ma‘naviy qiyofasiga ta‘sir etmasligi masalasini ko‗tardilar. Bu jarayonlar parlamentimizning rivojiga xizmat qilish barobarida qonunlarning puxta yaratilishi uchun ham foydalidir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasisidagi siyosiy partiyalar faoliyatini o‗rganib chiqib, ularning Qonunchilik palatasisining vakolatlarini tahlil etish barobarida bir necha asosiy yo‗nalishni ko‗rsatish mumkin.
Qonunchilik sohasidagi faoliyati. Siyosiy partiya fraksiyalarining Qonunchilik jarayonidagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega bo‗lib, bu qonunchilik faoliyatining asosiy funksiyasi hisoblanadi. Ushbu jarayonni uzoq muddatli va murakkab jarayonligini inobatga olib, fraksiyalarning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini bu borada ko’rsatish mumkin.
Fraksiyalarning qonun ijodkorligi sohasidagi ishtirokini uning ishtirokchilari doirasiga qarab quyudagi yo‗nalishlarni ko‗rsatish mumkin. Qonunchilik tashabbusi huquqqidan foydalanib, saylov oldi dasturida e‘lon qilingan ma‘naviyat, ma‘rifat sohalariga doir yangi qonunlar loyihasini fraksiya a‘zolari tomonidan ishlab chiqish, Biror bir qo’mita tomonidan muhokama etilayotgan qonun loyihalarini xalq ma‘naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini nazarda tutgan holda fraksiya tomonidan muhokama etilishi, Qonunchilik palatasida muhokama etilayotgan qonun loyihasi yuzasidan ma‘naviyat, meros, milliy o‗zlikni anglash masalalarini nazarda tutgan holda fraksiya taklifini kiritish, - Muayyan bir qonun muhokamasi yuzasidan kelishuv komissiyasi tuzish masala kiritish. Tashkiliy masalarni tayyorlash va hal etishga doir vakolatlari. Qonunchilik palatasi majlislarining kun tartibida muhokama qilinayotgan masalalarni ko‗rib chiqib tartibi va mohiyati yuzasidan, takliflar hamda fikr mulohazalarni kiritishga haqlidir. Fraksiya va deputatlik guruhlari navbatdan tashqari majlis chaqirishni talab etishlari va Oliy Majlisning qo’shma majlisini chaqirish vakolatlariga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti 3- modda) ham egadir.
Parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolatlari. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari va ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslangan tushuntirishlar berish yoki O‗zbekiston nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan bilan chiqishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi fraksiyalarining hukumat a‘zolarini va ularning faoliyati masalalari yuzasidan chiqish qilish masalasini qo‗yish huquqi ham mavjuddir.
Qonunchilik yuzasidan nazorat tahlil olib borish. Bu ham partiya fraksiyalarining muhim yo‗nalishi bo‗lib, bu faoliyat orqali siyosiy partiyalar fraksiya joriy qonunlarning qanchalik ijro etilayotganidan xabardor bo‗ladidlar.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining fuqarolar bilan bevosita faoliyati bo‗lib, unga aholi o’rtasida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish, saylovchilar bilan uchrashishlar o’tkazish hamda fuqarolarning murojjaatlariga javob berishi kabi sohalar kiradi. Fraksiyalarning bu faoliyatini o’tgan davriga nazar tashlasak, 2008 yilda O’zbekiston XDP tomonidan saylovchilar bilan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ahamiyatini tushuntirish va ularning bugungi kundagi muommolarini o‗rganish va hal etish maqsadida 735 ta uchrashuv tashkil etilgan. Deputatlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va saylov okruglarida 1266 nafar fuqaro qabul qilingan bo‗lsa, Milliy Tiklanish DP fraksiya a‘zolari saylovchilar bilan 800 marta uchrashuvlar o‗tkazib, 495 fuqaroni qabul qilgan. O‗zbekiston Adolat SDP fraksiya tomonidan 231 uchrashuv o‗tkazilib, deputatlar 179 nafar fuqaroni murojaatlariga javob berganlar.
Dunyodagi demokratik fuqarolik jamiyatlarida hokimiyatning bo‗linish tamoyiliga asoslangan davlat qurilishiga o‗tilgan. Hokimiyatning nisbatan mustaqillik asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linadi. Respublikamizda ham hokimiyatning bo‗linish prinsipini izchil amalga oshira borib, davlat hokimiyati tizimida chuqur islohotlar qilindi. O‗zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va demokrat huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish bo‗lsa, ikkinchi vazifa Respublikamizda davlat hokimiyat ining vakillik va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining yangi mustaqillik sharoitiga mos keladigan tizimini yaratish edi. ―O‗zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida‖gi Qonuniga muvofiq 1992 yil yanvardan boshlab viloyat, tuman va shaharlarda joylarda vakillik hamda ijroiya boshqaruviga rahbarlik qiluvchi hokimlik lavozimi tashkil etildi. Bundan tashqari mahalliy davlat hokimiyati bilan bog‗liq munosabatlarni tartibga solish uchun 1993 yil 2- sentyabrda O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida‖ gi Qonuni qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va boshqa sohaga doir hujjatlarda belgilangan bo’lib, ular quyudagicha tizimlanadi:
O’zbekiston Respublikasi OliyMajlisi –O‗zbekiston Respublikasining oliy davlat vakilik orgoni bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Qoraqolpg‗iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Qoroqolpg‗iston Respublikasidagi butun davlat apparatining yagona va doimiy asosi bo‗lib, u davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda ishtirok etadi, ular faoliyati ustidan nazort olib boradi. Jo’qorg’i Kengesi davlat hokimiyat ining oliy organi sifatida Qoroqolpg‗iston Respublikasi ixtiyoriga berilgan barcha masalalarni o‗zi hal etish huquqiga ega.
Download 40,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish