Bog'liq 4-MAVZU. Sanoatda titrashdan va shovqindan saqlanish
Odam qulog’ining eshitish apparati hujayralari va nervlariga ta’sir etadigan kuchli shovqinga qarshi hech qanday sun’iy himoya yo’q. Tovushni izolyatsiyalaydigan vositalari yo’q sharoitlarda odamning jismoniy va aqliy ish qobiliyati pasayadi. Shovqin markaziy nerv sistemasiga yomon ta’sir etib, bosh miya po’stlog’i hujayralarini holdan toydiradi..

Shovqinning organizmga uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi gipertoniya kasalligini paydo qiluvchi omillardan biridir.

Shovqinga qarshi kurash O’zbekistonda shovqinga qarshi kurashishga davlat miqyosidagi muammo sifatida qaralmoqda. Odam organizmiga shovqin ta’sir etishining oldini olish uchun qator tashkiliy, texnik va meditsina tadbirlari ko’riladi.

Texnologik uskunalar va turli xil transportlarning shovqinini pasaytirish tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarish sharoitini sog’lomlashtirish va kishilarning ayniqsa tungi paytlarda normal dam olishini ta’minlash bo’yicha kompleks injener-texnik va tashkiliy choralar ishlab chiqilmoqda. Shovqinga qarshi kurashish masalalarini hal qilishda sanitariya-epidemiologiya xizmatining ahamiyati katta.