5.Korxona faoliyatini rejalashtirish
Har bir korxona faoliyati samaradorligi, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatda yengib
chiqish va ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi.
Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Ular
jumlasiga: talab va taklifga asoslangan holda, qachon, qaysi vaqtga, qancha va qanday sifatda
mahsulot ishlab chiqarishni to’g’ri aniqlash; ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyaning
oqilona holatini tanlash; manbaalar bilan doimiy ravishda va o’z vaqtida ta’minlanishiga erishish;
asosiy va aylanma kapital miqdori, mahsulotning sotish shakllarini tanlash kabi savollarga javob
topish talab etiladi.
Bu esa korxonada xo’jalik faoliyatini rejalashtirishni talab etadi. Bir qator samarali ish
yurituvchi korxonalar tajribasi keskin raqobat holatida rejalashtirish iqtisodiy o’sish va
yuksalishning bosh sharti ekanligini ko’rsatadi.
Bu o’z navbatida rejalashtirishning mohiyatini anglatadi va quyidagicha namoyon bo’ladi:
- imkoniyatlarni tanlab olish, taqqoslash mavjudligi bilan aloqadorlik;
- tanlab olingan variant qaror qabul qilishda asos bo’lishi;
- rejalashtirish qaror qabul qilishning uzluksiz jarayoni bo’lishi, bu davrda doimiy ravishda
vaqt, maqsad va vazifa oydinlashtirib boriladi. Ya’ni, mahsulot ishlab chiqarishdan tortib, to
sotishga qadar bo’lgan jarayonlar uchun maqsadga erishish strategiyasi aniqlanadi. Aniq reja
qismlari ishlab chiqiladi va barcha ko’rsatkichlar koordinatsiya qilinadi;
- rejalashtirishning asosiy qonuniyati: foydali ishlash va korxona egalari, tahsischilar,
aktsiyadorlar jamoasi va davlatni manfaatdorligini ta’minlanadi;
- rejalashtirish ishlab chiqarish omillari va mazmunidan xarakteridan kelib chiqib, uzoq
muddatli va o’rta muddatliga bo’linadi. Masalan, mashina va qurilmalar sotib olish va ulardan
foydalanish, kadrlar siyosati, mahsulot turlarini aniqlash va sotish bozorlarini tanlash uzoq
muddatli rejalarda hisobga olinadi. O’z vaqtida ishlab chiqarishni xomashyo va materiallar bilan
ta’minlash joriy rejalarda o’z aksini topadi.
Bunday sharoitda korxonalar ishlab chiqarish programmasi to’g’ridan-to’g’ri mahsulot
ishlab chiqarishni va iste’molchilar o’rtasidagi shartnomalar asosida, real iste’molni hisobga
oluvchi, shundan davlatga kerak bo’lgan narsalarni, shuningdek ishlab chiqarish va resurs
imkoniyatlarni qanoatlantirgan holda shakllantiradi.
Korxonalar darajasida rejalashtirish, mehnat jamoalarini ishlab topgan shaxsiy resruslarning
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qattiq direktiv ko’rinishdan boshqarish munosabatlari
o’rniga, iqtisodiyotni birinchi reja dinamikasi o’z-o’zini sozlovchi iqtisodiy jarayonlar, maxsus
dalolatnomalar bilan qo’llab quvvatlanadigan maqsadli yo’nalish va turli rag’batlantiruchi
iqtisodiy richaglar yordamida, ya’ni,
· soliq va soliqdagi imtiyozlar;
· omonot va ssuda foizlari;
· valyuta kursi;
· amortizatsiya ajratmasi va boshqalar bilan boshqariladi.
Korxonalar rejalarini ishlab chiqishda, bundan buyon "rejali uslub" yo’llari va rejalash ish
uslublarining takomillash asosiy ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish uslubini takomillashni asosiy yo’nalishlari; progressiv texnik-iqtisodiy
me’yorlash va me’yor tuzimini keng qo’llash, bundan buyon ko’rsatkichlar tizimini ishlab
chiqarish samaradorligini ko’tarish maqsadida materiallar sarfini kamaytirish va foiz sig’imi,
mehnat unumdorligini ko’tarish, yuqori sifatli mahsulot chiqarishni ko’paytirish va balansli rejani
ta’minlash.
Korxonani asoslangan rivojlantirish rejasi, progressiv texnik-iqtisodiy me’yorlash va me’yor
asosidagi tizim orqali amalga oshiriladi.
Me’yor deyilganda maksimal ruxsat etilgan o’lchamdagi xomashyo, materiallar yoqilg’i,
energiya va boshqalarning mahsulot birligini tayyorlash uchun absolyut sarfi tushuniladi.
Me’yorlash o’lchovi nisbiy bo’lib, bunda mehnat qurollari, mehnat predmetlari, ularni
birlik maydoniga sarfini, og’irligi, hajm va boshqalarni ishlatish darajasini xarakterlaydi.
Qo’llanilayotgan texnik - iqtisodiy me’yorlar va me’yorlashlar progressiv bo’lishi kerak.
Ularni zamonaviy ilmiy rivojlanish darajasini ishlashda, texnikalar, texnologiyalar, mehnat va
ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatidan to’larok foydalanish va yuqori ishlab
chiqarish tajribasini hisobga olish kerak.
Me’yorga texnik iqtisodiy ishlarning tashkiliy sharti rejali davr uchun asos qilib olinadi.
Texnik - iqtisodiy me’yorlar va me’yorlashtirish quyidagi gruppalar bo’yicha ishlab
chiqiladi:
Jonli mehnat sarf me’yori (mahsulot birligiga ishchi vaqt sarfi me’yori, vaqt biriligiga
mahsulot chiqarish me’yori, xizmat ko’rsatish me’yori, ro’yxatdagilar me’yori)
Materiallar sarf me’yori (xomashyo, materiallar, yoqilgi energiya, komplektlash
buyumlarini solishtirma sarf me’yori).
Mehnat qurollaridan foydalanish me’yorlari (mashinadan, jihozdan, mexanizmdan,
inshootlaridan, asboblaridan foydalanish me’yorlari).
Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish me’yorlari (ishlab chiqarish davrining
davomiyligi tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, xomashyo zahiralari, material, yoqilg’i).
Loyihadagi korxona ishlab chiqarish Sexi, agregat, moslamani ishga tushirish quvvatini
egallashni davomiyligi me’yori.
Me’yor va me’yorlashlar mahsulot tannarxini aniqlashga xizmat kiladi.
Rejalarni texnik - iqtisodiy asoslanish kerakligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
oldindan reja ko’rsatkichlar tizimini aniqlaydi.
Korxonani rivojlantirish rejasi va uning mohiyati
Rejalarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslashda ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Ko’rsatkich bu topshiriqning ifodalanish formasi. Ko’rsatkichlar tizimi esa
ko’rsatkichlarning mazmuni mohiyati va ifodalanishi majmuidir.
Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:
Birinchidan: ma’lum bir maqsad va adresga qaratilganlik.
Ikkinchidan: barcha sub’ektlar uchun umumiylik.
Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Natura va qiymat.
2. Miqdor va sifat.
3. Tasdiqlangan va hisob-kitob.
Rejalashdagi qo’llaniladigan ko’rsatkichlar, son va sifat, hajm va solishtirma
ko’rsatkichlarga bo’linadi.
1.Sonli ko’rsatkichli reja absolyut o’lcham bilan ifodalanadi. Bunga: tovar hajmi, sotish
hajmi, ishchilar soni, ish haqi fondi, foyda summasi, turli ishlab chiqarish resurslarini sarfi (metall,
yonilg’i va boshqalar.)
2.Sifat ko’rsatkichlari nisbiy o’lchamda hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishni iqtisodiy
samarasi, uning alohida omillari bilan ifodalanadi. Bu mehnat unumdorligini o’sishi, mahsulot
tannarxini kamayishi va boshqalar.
Sifat ko’rsatkichlari, son ko’rsatkichlarning o’zaro nisbiyligini ifodalaydi Masalan, ishlab
chiqarish rentabelligi, fond qaytimi, mahsulot sifati va boshqalar.
Son va sifat ko’rsatkichlarining o’zaro bog’lanishi va o’zaro ta’siri korxona jamoasi
mehnatini samarali tashkil etish uchun, uzluksizlikni va ishlab chiqarishni o’sish
proportsionalligini ta’minlash, ishchilarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo’naltirish
uchun bitta ko’rsatkich masalan, tovar mahsuloti hajmi kamlik qiladi, bunda bar qator
ko’rsatkichlar tizimi kerak bo’ladi. Son va sifat ko’rsatkichlarini hisoblash, soha ishchilarini
ishlab chiqarishdagi mahsulot chiqarish hajmiga yo’naltirilgangina bo’lmasdan aholi uchun
kerakli bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish kerak, xalq xo’jaligiga tur bo’yicha, kerakli sifat
talabida kam sarf qilish bilan foyda ko’rinishidagi samara olish kerak. Ushbu muammolarni hal
etish yechimi, korxonani bozor munosabatlariga o’tishi hisoblanadi.
Hajmli ko’rsatkichlar ishlab chiqarishni bir butun absolyut o’lchamlari, unda
qatnashayotgan alohida jarayonlar, omillar bilan belgilanadi. Masalan, ishlab chiqarishni bir butun
hajmi, mexanik ishlovlar, yig’im, mehnat sarflari, material resurslari va boshqalar hajmlari.
Solishtirma ko’rsatkichlar ikki yoki bir qancha o’zaro bog’langan ko’rsatkichlarni
belgilanish nisbiyligi. Masalan, mahsulot birligiga metall sarfi, ishlab chiqarish quvvati birligiga
kapital qo’yilma va boshqalar.
Tasdiqlangan ko’rsatkichlar yuqori davlat organlari tomonidan beriladi, bajarilishi majbur
hisoblanadi. Masalan, yalpi paxta hosili. hisob-kitob ko’rsatkichlar tasdiqlangan ko’rsatkichlarni
asoslashda foydalaniladi. Ularga ekin maydoni, hosildorlik, ishlab chiqarish quvvati, quvvatdan
foydalanishni misol qilib olishimiz mumkin.
Korxonani rivojlantirish rejasiga quyidagi asosiy bo’limlar kiradi:
1. Soha mahsuloti ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish programmasi).
2. Fan va texnikani rivojlantirish rejasi.
3. Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejasi.
4. Kapital qurilish va kapital qo’yilma rejasi.
5. Material texnik ta’minot rejasi.
6. Mehnat va xodimlar rejasi.
7. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotni sotish rejasi.
8. Moliyaviy reja.
9. Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejasi
10. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resruslardan unumli foydalanish rejasi.
· Mahsulot ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarishdagi alohida turdagi mahsulotga
belgilanadigan natural va qiymat ifodasidagi topshiriq bo’lib, kelajakda mahsulot sifatini
oshirishni ko’zda tutadi. Mahsulot hajmini aniqlash uchun tovar mahsulotni qiymati va uni sotish
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
· Fan va texnikani rivojlantirish rejasi - uning bosh ahamiyati - ilmiy texnik taraqqiyotni
tezlashtirish, shu sababli, ushbu tadbirga ilmiy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarishda mahsulotning
yangi turini ko’paytirish, progressiv texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish kiritiladi. Fan va
texnikani rivojlantirish ko’rsatkichlari mamlakatda birinchi ishlab chiqariladigan mahsulotni
yo’lga qo’yishda, mexanizatsiya darajasi va mehnatni avtomatlashtirish, asosiy va yordamchi
ishlab chiqarishga ajratish, rejali davr uchun, ishlab chiqarishni texnik darajasini oshirish tadbiri
bo’yicha nisbiy ishchilar sonini kamayishi, mehnat unumdorligini ortishi va tovar mahsuloti
tannarxini kamayishi, shuningdek soha korxonalari ishlab chiqarish uchun uslubiy bo’lgan
ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, jihozlardan foydalanish, ishlab
chiqarishdagi material sig’imi, mehnat unumdorligi natural ko’rinishi va boshqalar hisoblanadi.
· Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejasi - unda umumlashgan
ko’rsatkichlar, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish, jonli mehnat iqtisodiy
samaradorligini oshirishni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari - asosiy fondlar, aylanma vositalar,
kapital qo’yilma, material resurslar beriladi. SHu ko’rsatkichlar sonidan sof va tovar mahsuloti
ishlab chiqarishni o’sish surhati, umumiy rentabellik, bir so’mlik tovar mahsulotiga xarajatlar,
mehnat unumdorligini o’sishi va aylanma vositalari aylanish sonini o’sishi bilan ifodalanadi.
· Kapital qo’yilishi va kapital qo’yilma rejasi - yangi qurilish, ishlab turgan korxonalarni
kengaytirish va rekonstruktsiya qilish, ishlab turgan yirik Sexlarni qurish va kengaytirish, ishlab
turgan korxonalarni qayta qurollantirish, jihozlarni modernizatsiya qilish, eski jihozlarni
unumdorligi katta bo’lgan ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashgan yangisiga almashtirish,
ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
· Material texnik ta’minot rejasi - bu material hisoblar tizimi, ishlab chiqarishga aloqador
va zarur turdagi soha mahsulotini iste’mol qilish, ular rejasini amalga oshirishni ko’rsatadi.
Material texnik ta’minot rejasi, xomashyo, material, yonilg’i, energiyani solishtirma sarfini
kamayishini hisobga olgan holda ishlab chiqish ta’minlanadi.
· Mehnat va xodimlar rejasini - ishlashda asliy vazifa tizimidagi (mehnat unumdorligi)
ko’tarilishni, ishlab chiqarish hajmi ko’payishini asosiy sharti va uning samaradorligini
ko’tarilishini ko’zda tutishni asosiy shart deb qaraladi. Mehnat unumdarligini oshirish, yillik
unumdorlikni me’yoriy qiyosiy narxlardagi tovar mahsulotini ro’yxatdagi soha -- ishlab chiqarish
xodimini bir ishchisi uchun hisoblanadi. Bu bo’limda boshqa asosiy ko’rsatkich oylik ish haqi
fondi hisoblanadi.
· Ishlab chiqarish xarajatlari (izderjki) va sotish rejasi - bu bo’limni ishlashda doim
vazifa qilib ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, ko’proq material, mehnat va moliyaviy
resurslardan unumli foydalanish qo’yiladi. Bevosita tannarxni rejalashtirishdan maqsad - ishlab
chiqarishda iqtisodiy asoslangan o’lchamdagi xarajatlar rejada ko’zda tutilgan mahsulotni
tayyorlash uchun kerak bo’lgan, ishlab chiqarishni aniqlovchi o’lchamidagi xarajati, foydani
rejalashni vazifasi ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo’yicha olinadigan daromad o’lchami
hisoblanadi.
· Moliyaviy rejani asosiy ko’rsatkichlari - shaxsiy aylanma vositalarga talabni hisoblash
va ular aylanishini tezlashtirish topshirig’i, korxonalarni o’zaro davlat byudjeti bilan ta’siri, asosiy
ishlab chiqarish fondlarini, foyda topshirig’ini bunyod qilish va foydalanish belgilanadi.
Moliyaviy rejaning asosiy qismi kredit rejasi hisoblanadi.
· Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejasida, korxona birlashma
jamoalari uchun ko’proq muhim bo’lgan tadbirlar yechimi, alohida hududdagi ijtimoiy vazifalarni
rivojlantirish, mehnat dam olish va maishiy sharoitni yaxshilashni ko’zda tutadi.
· Tabiatni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanish rejasida quyidagi
yo’nalishlar - suv resurslaridan samarali foydalanish va himoya qilish, havo basseynini himoya
qilish, yerdan samarali foydalanish va himoya qilish, mineral resurslardan samarali foydalanish va
himoya qilishni ichiga oladi.
Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishning
noaniqligi, korxona iqtisodiyoti rivojlanishining mos keluvchi yo’nalishlarini ishlab chiqish
zaruriyatini belgilab beradi. Bu vazifa amalda rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga
oshiriladi.
Basharot – bu, korxona, ob’ekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish
variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab
chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan
ko’ra bilish deb ataladi.
Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning ob’ektlari sifatida iqtisodiy,
ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida
iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga
rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo’nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish,
resurslarni va qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni aniqlashlarni kiritish mumkin.
Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida
korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro’y berayotgan o’zgarishlarni
inobatga olgan holda vaqt bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun
resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish
turlariga bo’linadi.
Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va
hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo’lib, asosan bir yilga mo’ljallangan
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turining
soddalashtirilgan ko’rinishi ko’pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi.
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishning davomi bo’lib,
korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, o’n kunlik, oyga bo’lib
muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish-kalendar rejalashtirish
va dispetcherlashdan iborat bo’ladi.
Kalendar rejalashtirishda korxona yillik rejasida va birinchi o’rinda ishlab chiqarish
dasturi (mahsulot tayyorlash rejasi)ni o’n kunlik, hafta, kun va smena bo’yicha aniqlashtirish
hamda bu ko’rsatkichlarni bajaruvchilarga yetkazish ko’zda tutilgan.
Dispetcherlashtirish oylik, o’n kunlik, kunlik sutka-smenalik rejalarni bajarishni tezkor
boshqarishda ifodalanadi.
SHuni qayd qilish kerakki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan rejalashtirish turlari asosan
mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik kabi sohalarning yirik va bahzi hollarda o’rta
korxonalari uchun xosdir. Garchi, biznes-reja hozirgi kunda “ommaviy” bo’lib yirik va o’rta
korxonalarda qo’llansada, asosan ishlab chiqarish hajmi katta bo’lmagan hamda xodimlar soni 200
kishigacha bo’lgan kichik korxona va mikrofirmalar biznes-rejalar asosida faoliyat yuritadi.
Yana bir muhim narsani aytib o’tish lozim. Hozirgi paytda iqtisodiyotga oid bo’lgan
adabiyotlarda rejalashtirishga nisbatan strategik, uzoq muddatli, qisqa muddatli va joriy
rejalashtirish kabi tushunchalar qo’llanmoqda. Ularning har biri o’z shakli, ko’rsatkichlarni ishlab
chiqish va hisoblash usullariga ega.
Strategik rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga kelib, 10-15 yillik
davrni o’z ichiga oladi. U korxona rahbariyatining masouliyatli vazifasi hisoblanadi hamda
rivojlanishning ustivor yo`nalishlarini topish va bozorda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talabni
inobatga olgan holda resurs bilan taominlashga qaratilgan.
Strategik rejalashtirish asosida yaqin 3-5 yilga mo’ljallangan uzoq muddatli rejalashtirish
amalga oshiriladi. U korxona faoliyatining ishlab chiqarish, sotish, xarajatlar, moliya kabi turlarini
o’z ichiga oladi hamda o’z mazmuni va maqsadli funktsiyalariga ko’ra, strategik rejalashtirishdan
farq qilmaydi.
Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojlanishi 1-3 yilga mo’ljallab
rejalashtiriladi. Uning o’ziga xosligi shundaki, birinchi yil ko’rsatkichlari har chorakda, ikkinchi
va uchinchi yil ko’rsatkichlari esa har yarim yil yoki bir yilda aniqlashtiriladi va tuzatishlar kiritilib
boriladi. Buning maqsadi sifatida esa, reja ko’rsatkichlarining iqtisodiy muhit, bozor va fantexnika taraqqiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni to’laroq aks ettirishga intilishni ko’rsatish
mumkin.
Bozor munosabatlarida raqobatchilikni kuchaytirish hamda xo’jalik yuritish va hayotiy
jarayonlar dinamikasi hisobiga joriy rejalashtirish amalga oshirilib, unga choraklarga bo’lingan
yillik rejalar asos qilib olinadi. Ushbu rejalar qoidaga ko’ra, o’zgaruvchan bo’lib, joriy yilning
birinchi uch oyi uchun qat’iy, hayotiy ko’rsatkichlar belgilanib, keyingi to’qqiz oy davomida
ularga tuzatishlar (korrektirovka) kiritiladi. Ular qisqa muddatli rejalarga qaraganda, ayniqsa,
ishlab chiqarish harakati va moddiy-tovar boyliklari zahirasi, bahoni shakllantirish qismida yanada
aniqroq hisoblanadi. Umuman olganda, korxonaning turli bo’lim va xizmatlari vazifalari bunday
rejalarda o’zaro bog’lanadi.
Korxona biznes - rejasining mohiyati, tuzilishi va vazifalari
Tadbirkorlik faoliyatini rejalashda, xorijda biznes - reja keng qo’llaniladi, amaliyot esa
shunga asoslangan. Biznes - rejani ishlash tartibi va tarkibi qat’iy chegaralanmagan, u asosan
moliyaviy iqtisodiy faoliyatda yutuqlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi.
Biznes - reja 3 – 5 yilga tuziladi. Birinchi va ikkinchi yillar uchun topshiriqlar kavrtallarga
bo’lingan holda, uchinchi yildan boshlab esa yillik ko’rsatilishi mumkin.
Jahon amaliyotida biznes rejalarning 5 bo’limdan, to 18 bo’limgacha variantlari mavjud.
Biznes rejalar ikki xil maqsadga tuzilishi mumkin. Birinchidan, investorlar uchun ya’ni,
loyihani amalga oshirish jarayonida tadbirkorning shaxsiy mablag’lari yetarli bo’lmasligi mumkin.
Bu holatda ular mulkdorlarning bo’sh mablag’laridan foydalanishga majbur bo’ladi. Loyihaning
samarasi biznes rejalarda asoslangan bo’ladi. Bunday biznes rejalar nisbatan qisqa bo’lib,
korxonaning nozik tomonlarini o’zida to’la aks ettirmaydi.
Ikkinchidan – korxona rahbarlari uchun tuziladi. Bu biznes rejalar oldingiga nisbatan
kengroq ma’noni anglatadi. Ishlab chiqarishdagi muhim masalalarga ham ehtibor beriladi.
Biznes rejani tayyorlashda quyidagi shartlarga diqqat qaratilishi kerak:
1. Biznes reja qoliplashgan bo’lishi kerak, tarkibi va tashqi ko’rinishiga xukm chiqarish,
tadbirkorlar vazifasiga kiradi. Bu xujjat tezda tushunish va foydalanish uchun yetarli darajada
bo’lishi kerak.
2. Biznes reja boblarga bo’linishi kerak. Albatta birinchi bo’limda tadbirkorlik ishi va
maqsadi vazifasi yoritilishi kerak. Biznes reja shunday tuzilishi kerakki, har qanday investor uni
qiziqtiruvchi bo’lim, qism punktlarini oson topishi kerak. Ushbu maqsadda har bir bo’lim va
boblarda kerakli vazifalar ko’zda to’tilishi kerak. Berilgan ma’lumot ktarli, to’liq va ko’rinuvchan,
qabul qilish osonlashishi uchun jadvallar, sxemalar, diagrammalar, profillardan foydalanilishi
zarur.
3. Biznes - reja ob’ektiv baholanishi kerak. Hammadan ham buni tadbirkor jamoalarni
barcha a’zolari bilan tanishtirish kerak. Hisobchi yoki bosh hisobchi moliyaviy hisoblarni
sinchiklab tekshirishi kerak. Imkoniyatiga qarab biznes rejaga xulosani auditor berishi zarur.
Boshqa so’z bilan aytganda, xech bir potentsial investor biznes rejadan qandaydir xato topa
olmasligi ehtibor beriladi.
4. Biznes rejaning tarqalib ketishini nazorat qilishi zarur, chunki u biznesda tadbirkorlar yoki
tadbirkorlar guruhini ichki sir axborotlaridan tashkil topadi. SHuningdek har bir nusxasi
nomerlanadi. Har kanday holatda ham potentsial investor bilan birinchi marta topishganida, unga
qisqa ma’lumot yoki berilgan hisobot va agar investor o’zini qiziqishini bildirsa, shu taqdirda unga
detallashgan rejani ko’rsatish mumkin.
Tarkibi va tuzilishi jihatidan biznes rejalar yetti bo’limdan iborat bo’lsa optimal
hisoblanadi.
1-bo’lim. Tadbirkorlik ishlari maqsadi va vazifalari (loyiha). Tadbirkorlik biznesining bosh
maqsadi - foyda olish. Biznes rejani shakllantirishdagi asosiy omil vaqtni hisobga olish zarur. Bu
bilan bir qatorda kutilayotgan foyda o’lchamini bilish kerak, u vaqt bo’yicha qanday bo’linadi,
tadbirkorlarni pul mablag’i va inflyatsiyani hisobiga nisbatan ishlab chiqarish orqada qolmasligi
kerak.
Tadbirkorlik loyihasini dastlab maqsadga muvofiqligini baholashda olinayotgan foyda
o’lcham jihatidan omonat bankiga kirgan mablag’ini sarflagandagidan yuqori bo’lishini bevosita
hisobga olishi kerak.
Yuqoridagidan tashqari biznes reja tuzuvchilar boshqa maqsad va vazifalarni aniqlashtirishi
zarur.
Ijtimoiy maqsad - tovar va xizmatlarning kamyobligini yo’yo qilish, ekologik muhitni
sog’lomlashtirish, mamlakatdagi psixologik muhitni yaxshilash, yangi ma’naviy - madaniy
qiymatni yaratish, ilmiy-texnik va yaratuvchanlik potentsialini rivojlantirish, ishdagi
bog’lanishlarni rivojlantirish, xalqaro bog’lanishlar tadbirkorlar statusini oshirish,
tadbirkorlarning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, xorijga borishlar, turli
assotsiatsiyalar va boshqalarga kirib borish va boshqa maxsus maqsad va vazifalar –
bog’lanishlarni rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
2- bo’lim. Umumlashgan xulosa, asosiy o’lchamlari va biznes reja ko’rsatkichlari.
Bu biznes rejani jamlovchi, asosiy g’oyalaridan rejalarni tashkil topishini tahlil qiluvchi
bo’limdir. U aniq ishonch hosil qiluvchi, biznes - reja bilan tanishishda barcha biznes - reja
tarkibini to’liq ifodalashi kerak. Bu bo’lim asosiy, rejani qayta ishlashda yaratiladi, aniqlik
kiritiladi va faqat bir butun qilib tuzilgandan so’ng tugatiladi, oxiriga yetkaziladi. Biznes rejaning
tashkiliy bo’limida loyihani bosh maqsadi, tadbirkorlik mahsulotiga qisqacha tavsifnoma, ko’zda
tutilgan rejani oxirgi natijalari va uning farqlanish ahamiyati takdim etiladi.
- qo’yilgan maqsadga erishish uslublari va yo’llari;
- loyihani amalga oshirish muddati;
- loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar;
- kutilayotgan samaradorlik va natijalar;
- natijalardan foydalanish hududlari.
3 - bo’lim. Iste’molchiga tadbirkorlar taqdim etadigan mahsulot, tovar, xizmatlar
tavsifnomasi. Biznes rejaning bu bo’limida tadbirkorlik mahsulotini talab qilinayotgan to’liq
holdagi ehtirof etuvchi ko’rgazma uchun berilganlari (tajriba uchun ko’rgazma, uning tavsifi
modeli, rasmiy) ro’yxatga olinish shartlari hisoblanadi. Ko’pincha biznes rejaning eng og’ir
elementi tadbirkorlikdan yuqori inflyatsiya hisobiga olingan qiyosiy narxlardagi bahosini tahlil
qilish hisoblanadi.
4 - bo’lim. Bozor konhyunkturasi, ta’minot, talab, sotish hajmi, baho va tahlil bo’limi. Bu
bo’lim - bevosita talabni o’rganish va bahoni istiqbollashni davom ettirishdir. U oldindan ishlab
chiqarish hajmi va tadbirkorlik loyihasi bo’yicha, vaqtni davriyligida tovar sotishni ko’rsatib
beradi.
Biznes - rejani tayyorlash jarayonida bozorga baho berishda, tadqiqot, tahlil, bir tomondagi
iste’molchi harakteriga ega mo’ljal, boshqa tomondan potentsial iste’molchi yoki savdo, sotuvchi
tashkilotlarni ta’miniy shartnomalariga asoslanadi.
Qisqa yoki uzoq vaqtdagi, mayda yoki yirik tadbirkorlik loyihalarida vaziyat boshqacha
bo’ladi. Birinchi hollarda yuqori darajadagi sotib oluvchilarga aniqlik, iste’molchilar tadbirkorlik
mahsulotini sotish hajmiga xulosa qilish imkonini berishi mumkin. Ikkinchi holatda vaziyat
murakkab bo’lib, mahsulotga talab o’zgarsa, uni sotishda biznes - reja tuzishda iste’molchi
vaziyati asosidagi baho, hisob, bashorat belgilanadi.
Yuqoridagi bozordagi sotishga baho, hisob - analitik, shuningdek bozorni marketing va
boshqa turdagi faoliyat vositasida tezlashtirish usullari biznes - rejada ko’zda to’tilishi kerak.
Bu bo’limni ishlashda bevosita raqobatchilarning imkoniyatlari, qobiliyatlari va baho
siyosati hisobga olinishi kerak. SHuning uchun biznes - rejada raqobatni hisobga olish, sotish
hajmiga tuzatish kiritish bilan ishlanadi.
5 - bo’lim. Rejani amalga oshirish va tashkiliy choralar. Bu bo’lim tarkibi ko’pincha
tadbirkorlik faoliyati turi (ishlab chiqarish, tijoriy, moliyaviy)ga bog’liq. Tadbirkorlik ishlari
dasturi odatda quyidagi ketma – ketlikda tuzilishi maqsadga muvofiqdir:
- marketing faoliyati (reklama, bozorni aniqlash, sotish, iste’molchilar bilan bog’lanishlar,
ularning iltimosini hisobga olish);
- mahsulot ishlab chiqarish (sotib olish, saqlash, transportirovka qilish, tovarni sotish,
haridorga xizmat qilish)ni amalga oshirish;
- tashkiliy choralar-dasturni amalga oshirishda qoldirilmaydigan qismi, biznes rejani
amalga oshirishni tartibga keltirish, moslashishga chaqirish.
6 - bo’lim. Loyihani resurs bilan ta’minlash. Bu bo’limda resurs turi va hajmi, tadbirkorlik
loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan, manbalar va resurs olish uslublari ma’lumot
uchun keltiriladi.
Resurs bilan ta’minlash material resurslari, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, axborot
resurslarni o’z ichiga oladi.
7 - bo’lim. Loyihaning samaradorligi. Bu biznes - rejani tugallovchi bo’limi bo’lib,
tadbirkorlik loyihasini samaradorlik tavsifnomasidan tashkil topadi. Asosiy jamlovchi
samaradorlik ko’rsatkichlari soniga foyda ko’rsatkichlari va loyiha rentabelligi hisoblanadi.
Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy - texnik samaradorlik ham hisobga olinadi.
Tayanch iboralar:
Strategik reja, me’yor, me’yorlashtirish, ko’rsatkich, natura ko’rsatkichlar, qiymat
ko’rsatkichlar, loyiha, biznes - reja, biznes – reja bo’limlari, maqsad, samara, texnik – iqtisodiy
rejalashtirish, taktik rejalashtirish, strategik rejalashtirish,loyiha samaradorligi
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Bozor sharoitida korxona strategiyasini o’rni qanday bo’lishi kerak?
2. Korxona resurslariga nimalar kiradi?
3. Ichki va tashqi omillarining mazmuni nimalardan iborat?
4. Korxona taraqqiyot strategiyalarining qanday turlari bor?
5. Strategiya shakllanishining qanday bosqichlari mavjud?
6. Asosiy raqobat strategiyasi turlarini bayon eting.Bugungi kunda O‘zbekiston jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatdir. Davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Yurtimizning yigirma besh yillik mustaqil taraqqiyoti davrida to‘plangan tajribaning tasdiqlashicha, har qanday davlat iqtisodiyotining negizi bo‘lgan sanoat integratsiya asosida hamda jahon hamjamiyati talablari darajasida ravnaq topishi darkor.
O‘zbekistonning sobiq tuzum davrida sust rivojlangan va deformatsiyalangan iqtisodiyoti oldida turgan murakkab vazifalarni oldindan ko‘ra olgan Islom Karimov 1989 yildayoq shunday degan edi: “Bu o‘rinda asosiy vazifa - ishlab chiqarilayotgan va qazib olinayotgan xom ashyoni kompleks qayta ishlashda, aytish mumkinki, chiqindisiz qayta ishlashda, respublikaning o‘zida uni tayyor mahsulotga aylantirishdadir. Boshqacha aytganda, respublikada zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan qudratli qayta ishlash sanoatini bunyod etish va shunday qilib, uzluksiz o‘sib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash, respublika milliy daromadining yuqori sur'atlarda o‘sishiga erishish hamda mamlakatimizdagi har jihatdan uyg‘un rivojlangan respublikalar darajasiga yetib olishdir”.
Shunday qilib, O‘zbekiston iqtisodiyotini jahonning tez rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyoti darajasiga ko‘tarishdek maqsadni oldiga qo‘ygan davlatimiz rahbari bosqichma-bosqich islohotlar o‘tkazishning besh tamoyiliga asoslangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos modelini ishlab chiqdi. Ma'lumki, yosh mustaqil respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha tanlangan ushbu model bugun jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etildi hamda “o‘zbek modeli” deya nom oldi.
Ko‘zda tutilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy o‘sishning barqarorligi va mutanosibligi ta'minlandi. Keyingi o‘n yil davomida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sish darajasi 8 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Umuman, mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli 6 baravar, aholining real daromadlari qariyb 9 baravar o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda esa, u 6,9 ming AQSH dollarigacha ortdi hamda O‘zbekistonning o‘rtacha darajali daromadga ega mamlakatlar qatoriga kirishiga imkon berdi.
O‘tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Natijada O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi: iqtisodiy o‘sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi bosqichma-bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.
O‘zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport tuzilmasi ham o‘zgarib bormoqda. Agar o‘tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‘lgan va uning ulushi eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi paytda chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‘jaligi texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‘tkazgichlar singari qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‘shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot importining o‘rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‘xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ham har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirishning shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib keldi. Masalan, o‘tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy qiymati 1,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan mahsulotni sotish bo‘yicha 13,3 mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‘rsatkichlariga nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion so‘mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun import qilishni 637,5 million AQSH dollariga qisqartirishni ta'minlaydi.
Agar mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda asosiy maqsadlar qisqa muddatli istiqbolga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlari, makroiqtisodiy barqarorlik va faol tuzilmaviy yangilanishlar tufayli ustuvor vazifalarni o‘rta hamda uzoq muddatlarga belgilab olish va amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Bugungi kunda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi mavjud xom ashyo zaxiralarini qayta ishlashning davomli zanjirini shakllantirishda afzalliklarga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘shimcha qiymatli mahsulotni ko‘paytirishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal taraqqiy ettirish uchun tejamkor hamda innovatsion omillarni kuchaytirish hisobiga raqobatdosh, barqaror, tuzilmaviy jihatdan mutanosib iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir.
Ana shu yo‘nalishda keyingi yillarda mamlakatimiz sanoatida elektrotexnika jihozlari, polietilen, polipropilen, mashinasozlik va boshqa sohalar uchun ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar, maishiy elektrotexnika jihozlari – kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, konditsionerlar, changyutkichlar, yana bir qator yuqori texnologiyali mahsulot turlarini tayyorlash o‘zlashtirildi. Natijada bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 60 foizdan ziyodi mustaqillik yillarida butunlay yangidan tashkil qilingan tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‘yicha 2020 yilgacha mo‘ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan: xususiy mulkni ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya iste'moli hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta'minlash.
Shubhasiz, bunday faol sanoat hamda investitsiyaviy siyosat mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha doimiy ish olib borish orqali amalga oshiriladi.
Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillarda biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratgan islohotchi davlatlar o‘ntaligiga kiritildi. Jahon banki ekspertlarining e'tiroficha, O‘zbekistonda biznesni boshlash uchun sarflanadigan vaqt Yaponiyadagiga qaraganda 1,5 baravar, Germaniyadagiga nisbatan 1,6 baravar, Gretsiya va Isroildagiga qaraganda 2 baravar, Ispaniyadagiga nisbatan 2,2 baravar, Xitoydagiga qaraganda 4,8 baravar kamdir. Kichik biznesga soliq yukining darajasi esa bizning yurtimizda AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Belarus hamda boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past.
O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijiy tadbirkorlar va sarmoyalarni jalb etib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxona fao-liyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida har yili o‘zlashtirilayotgan kapital qo‘yilmalarning 20 foizini xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar tashkil qiladi. Yirik xorijiy hamkorlarimiz sirasiga “Boing”, “Honeywell”, “Airbus”, “MAN”, “Klaas”, “Knauf”, “Lemken”, “Nestle”, “Teknip”, ABB, “Maksam”, “Isuzu”, “Itochu”, “Mitsubishi”, “General motors”, “Hitachi”, “Marubeni”, “Hyundai”, “Samsung”, “El-Gi”, “Lotte chemical”, “Huawei”, ZTE, “CNPC”, “Citic” singari ko‘pdan-ko‘p kompaniyalarni kiritish mumkin.
2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash bo‘yicha dasturi (Ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiya va diversifikatsiyani ta'minlash bo‘yicha 2015 - 2019 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi) umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 846 ta yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Shu jumladan, 25 milliard dollarlik 70 ta loyiha neft-gaz kimyosi hamda kimyo sanoatiga, 9 milliard dollarlik 30 dan ortiq loyiha elektr energetikaga, 1 milliard dollarlik 150 ta loyiha to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatiga, 410 million dollarlik 300 dan ziyod loyiha oziq-ovqat sanoatiga, 270 million dollarlik 40 ga yaqin loyiha elektr texnika sanoatiga tegishli. Yana sanoatning turli tarmoqlarida boshqa bir qator loyihalarni hayotga tatbiq qilish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular xom ashyo zaxiralarini 3-4 bosqichda chuqur qayta ishlashga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish asosida tegishli tarmoqlarni jadal taraqqiy toptirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, yurtimizda ishlab chiqarishni chuqur diversifikatsiya qilish orqali neft-kimyo va kimyo sanoati mahsulotini 3 baravardan ortiqqa ko‘paytirish, murakkab polimerlar, olefinlar, sintetik kauchuk, sun'iy tola, xushbo‘y uglevodorodlar hamda boshqa turdagi yuqori texnologiyali mahsulotlar, murakkab mineral o‘g‘itlar, shuningdek, ko‘plab sohalarda talab etiladigan kimyo mahsulotlarining keng assortimentini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun zarur barcha imkoniyat mavjud.
Mashinasozlik hamda elektr texnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 3,7 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini qariyb 10 baravar, oziq-ovqat sanoatini 5 baravar, qurilish materiallari sanoatini 4 baravar ko‘paytirish uchun real sharoitlarga egamiz.
Ushbu dasturlarni amalga oshirish qator investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq qilishda xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
Albatta, milliy iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishga turtki beruvchi sanoat tarmoqlarini yanada takomillashtirish masalalari bundan keyin ham diqqat-e'tiborda bo‘lishi tabiiy. Zero, bu – davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda tarkibiy o‘zgartishlar hisobiga sanoatni jadal sur'atlar bilan rivojlantirib, uning YAIMdagi ulushini 40 foizgacha yetkazishdek ustuvor maqsadga erishishda eng muhim omillardandir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ish o‘rinlarini saqlab qolish va yangilarini yaratishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois pandemiyaga qaramasdan mamlakatimizda bunday korxonalarning uzluksiz ishlashi uchun sharoitlar yaratib berildi.
Buning natijasida yilning birinchi yarmida “O‘zeltexsanoat”, “O‘zavtosanoat”, to‘qimachilik, charm-poyabzal, metallurgiya, elektr energiyasi tarmoqlarida o‘sishga erishilgan. Qo‘rg‘ontepa, Qumqo‘rg‘on, Romitan, Muzrabot, Izboskan, Norin va Yangibozor tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi bir necha barobar ko‘paygan.
Lekin, umumiy hisobda olganda, birinchi yarim yillikda sanoat mahsuloti hajmi 167 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan 1,9 foizga kamaygan.
Tahlillarga ko‘ra, qolgan olti oyda 229 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarib, yil yakunigacha bu boradagi ko‘rsatkichni 3,5 foizga oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Buning uchun hozirgi murakkab va favqulodda holatdan kelib chiqib, sanoat siyosati, ish uslubi va yondashuvlarni o‘zgartirish, raqobatbardosh tovarlar zanjirini tashkil etish zarur.
Videoselektor yig‘ilishida shu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Eng avvalo, hududlar va tarmoqlar yaqin hamkorlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi.
Misol uchun, Qoraqalpog‘istonda ikkinchi yarim yillikda 7,8 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 5 ta yirik loyihani foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. To‘qimachilik, kimyo tarmoqlaridagi bu loyihalar hisobidan 500 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.
Xuddi shunday, Toshkent shahri va viloyatlarda ham katta rejalar belgilangan.
Davlatimiz rahbari ularga birma-bir to‘xtalib, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish marralarini kafolatli ta’minlash va investitsiya loyihalarini yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tarmoq va hududlarning o‘zaro hamkorligiga mas’ul ishchi guruh tuzib, hududlarga chiqqan holda, korxonalarning muammolarini hal qilish va qo‘shimcha zaxiralarni safarbar etish orqali sanoat ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz “sanoat klasterlari”ni yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida ahamiyat qaratdi.
Misol uchun, Namanganda to‘qimachilik va u bilan bog‘liq tarmoqlar, Navoiy viloyatida qurilish va bezak materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, Toshkent shahrida elektronika va mebel bo‘yicha “sanoat klasterlari”ni tashkil etish uchun tadbirkorlik muhiti shakllangan. Lekin, shu bilan birga, raqobatdosh mahsulot chiqarish uchun klasterda ilm, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlari bo‘lishi kerak.
Bosh vazir o‘rinbosariga ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish, har bir hududda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Pandemiya oqibatida 11 mingta sanoat korxonasining daromadi tiklangani yo‘q. Ularning asosiy qismi to‘qimachilik, oziq-ovqat, mebelsozlik, metall buyumlar, qurilish materiallari korxonalaridir.
Shu bois, to‘liq quvvatda ishlamayotgan korxonalarni jonlantirish, ularga borib, xomashyosi, aylanma mablag‘i, mahsulot bozori bilan bog‘liq masalalarga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Hokimlar sanoat bilan shaxsan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, barcha loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi. Rejadagi 133 ta loyiha ishga tushmagani, yana 261 tasi to‘liq quvvatga yetmagani, oqibatda 1,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmay qolgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu boradagi kamchiliklar viloyatlar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish choralari belgilandi.
Pandemiya davrida mahsulotni namoyish qilish imkoniyati cheklangani bois Elektron kooperatsiya portalidan keng foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlarni ushbu kooperatsiya portaliga joylashtirish, uning maqomi va savdo hajmlarini keskin ko‘tarish bo‘yicha topshiriq berildi.
– Odamlarning daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalar jalb qilish sanoat rivoji bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun sanoat masalalari bundan buyon ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi, – dedi Prezident. Foydalanilgan adabiyotlar
Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Karimov I. A. Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 1999; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomika Oʻzbekistana i stran SNG, T., 2001; Oʻzbekiston Respublikasi, T., 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |