Mavzu:Salmoneleyoz kasaligining potomorfologiyasi
Reja:
Kirish 3
Salmoneleyoz kasaligining epizotologiyasi va patogenezi 5
Salmoneleyoz kasaligining patologoanatomik oʼzgarishlar 13
Salmoneleyoz kasaligining diagnozi va davolash 18
Salmoneleyoz kasaligining immuniteti va profilaktika va qarshi kurashish tadbirlari 23
Xulosa 28
Foydalanilgan adabiyotlar 29
Kirish
Salmonellyoz (lot.,ingl. – Salmonellosis; ruscha - salmonellyoz) - turli qishloq xoʼjalik hayvonlari va parrandalarning infektsion kasalligi boʼlib, oʼtkir kechganda isitma va diareya va surunkali kechganda koʼpincha oʼpkaning yalligʼlanishi hamda artrit bilan xarakterlanadi. 1885 y. oʼlgan choʼchqalardan Salmon va Smit qoʼzgʼatuvchi Salmonella suipestifer ajratgan va 1934 yilda bakteriyani uning nomi bilan Salmonella, kasallikni esa salmonellyoz deb atashgan Salmonella enterobakteriya oilasiga mansub boʼlib, buzoqlarda - asosan Salmonella dublin, kam hollarda Salmonella tiphimurium; choʼchqa bolalarida - Salmonella cholerae suis va uning serovariantlari Salmonella gleser va Salmonella voldagsen va juda kam hollardagina Salmonella dublin; qoʼzilarda - Salmonella abortus ovis, kam hollarda Salmonella tiphimurium; qulunlarda - Salmonella abortus equi kasallik qoʼzgʼatadi. Salmonellalarning parrandalarda salьmonellyoz chaqiradigan bir qancha serologik turlari mavjud. S. gallinorum pullorum; S. enteritidis oʼrdaklarda va joʼjalarda, kamroq holda yosh kurka va gʼoz joʼjalarida; S. typhimurium gʼoz, oʼrdak va kaptarlarda; S. ifantis, S. anatum, S. london, S. Haifa tovuq, kurka va sesarkalarda kasallik qoʼzgʼatadi. Salmonellalar morfologik bir-biridan farq qilmaydigan kichik, uchlari egilgan 1-4 x 0,5-0,5 mkm oʼlchamli, gram manfiy, harakatchan, spora va kapsula hosil qilmaydigan bakteriya boʼlib, ular barcha anilin boʼyoqlari bilan boʼyaladi. Undagi termostabil somatik O- va termolabil xivchinli N antigenlarga qarab identifikatsiya qilinadi. Salmonellalar aerob, odatiy suyuq, qattiq ozuqa muhitlarida 370S da yaxshi oʼsadi. Bakteriyalar oʼssa, GPB loyqalanadi. GPА da oqimtir kulrang-havorang koloniya hosil qiladi. Salmonellalarni tasniflash asosida ularni Kaufman va Uayt 1940 yilda aniqlagan antigen tuzilishi yotibdi, u orqali ularning guruh va seroturlari identifikatsiya qilinadi. Salmonellalarni serologik farqlash uchun buyum oynachasida oʼtkaziladigan O- va N- antigenlarga qarshi monoretseptorli zardob yordamida АR dan foydalaniladi. Patologik materialdagi salmonellalarni IFT da aniqlasa ham boʼladi. Salmonellalar tuproqda, goʼng va suvda 9-10 oy, muzlatilganda 4-5 oy faol saqlanadi. 70 - 750S issiqlikda 15-30 daqiqa faol turadi. Barcha maʼlum dezinfektorlar: 3% li oʼyuvchi natriy, 2% li faol xlorli ohak, 2% li formaldegid binodagi qoʼzgʼatuvchini 1 soatda faolsizlantiradi. Uy hayvonlarining barcha turlari kasallanadi. Eng yuqori o'lim darajasi buzoqlarda va cho'chqalarda, ayniqsa yoshligida kuzatiladi. Voyaga etgan hayvonlarda kasallik vaqti-vaqti bilan uchraydi. Otlar va qo'ylarda ular bachadon, homila membranalari va homila o'zgarishi bilan abort qilish bilan birga keladi. Tovuqlarda ular oq diareya - pullorozni, kattalar tovuqlarida esa tifusni keltirib chiqaradi. Salmonella ko'pincha boshqa infektsiyalarni murakkablashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |