28- MAVZU. SABZAVOT EKINLARI VA MEVALI DARAXTLARNI O’G’ITLASH TIZIMI
Reja
Sabzavot ekinlarini oziqlanish asoslari.
Sabzavot yetishtirishda mineral o’g’itlarning ahamiyati va alohida ekinlarni o’g’itlash.
Mevali daraxtlarni oziqlanish asoslari.
Mevali daraxtlari o’g’itlash tizimi, mevali daraxt ko’chatlarini o’g’itlash.
Tayanch iboralar:sabzavot ekinlarini oziqlanish va o’g’itlash, pomidorni o’g’itlash, karamni o’g’itlash, piyozni o’g’itlash, mevali daraxtlarni o’g’itlash, daraxt ko’chatlarini o’g’itlash
Adabiyotlar: A4, A5, Q5, Q6, X1, X2
Sabzavot ekinlarini o’g’itlash tizimi: asosiy o’g’itlash, uyalab o’g’itlash va oziqlantirish, ushbu o’g’itlashda o’g’itlar me’yori, qo’llash muddati va usullari. Mahalliy o’g’itlarni qo’llash me’yorlari, muddati va usullari. Mineral va mahalliy o’g’itlarni birgalikda qo’llash, ulardan aralashmalar tayyorlash. Rejalashtirilgan hosil uchun o’g’itlar miqdorini belgilash, o’g’itlar miqdorini tuproqxususiyatlari bo’yicha taqsimlash va ularni agrokimyoviy haritanoma bo’yicha to’g’rilash, azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar me’yorlarini tuproqtipi va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha to’g’rilash, ko’p yillik o’tlardan keyin o’g’itlar me’yori. Sabzavotchilikda qo’llaniladigan o’g’itlarni hosil sifatiga va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri.
Sabzavot ekinlari boshqa dala ekinlariga nisbatan tuproqunumdorligiga, haroratga, nam miqdoriga hamda oziqlanishga juda talabchan bo’ladi.
Sabzavot ekinlarining ildiz tizimi asosan tuproqning haydalma qatlamida joylashgan bo’ladi. Ularning ildiz tizimi kuchsiz rivojlanishini hisobga olib, bu ekinlarni unumdor, chirindi miqdori 1,5-2 %, fosfor va kaliy 1 kg tuproqda 20-30 va 250-300 mg bo’lgan yerlarda ekish tavsiya etiladi.
Sabzavot ekinlari oziq moddalar eritmasiga juda sezgir bo’lib, ularning tuproqeritmasining konsentrasiyasiga bo’lgan talabiga qarab 2 guruhga bo’lish mumkin: 1) yuqori chidamli – bu lavlagi, pomidor, karam; 2) kam chidamli: sabzi, piyoz, bodring.
Barcha sabzavot ekinlari tuproqdan ko’plab oziq moddalarni va CO2 ni o’zlashtiradi, bunga sabab, ko’plab quruq modda hosil qilishdir.
Shuning uchun ham oziq moddalarni o’zlashtirishiga qarab sabzavot ekinlari qo’yidagi 4 guruhga bo’linadi:
Yuqori miqdorda o’zlashtiruvchi ekinlar – o’rtangi va kechki karam;
O’rtacha – pomidor, bodring, piyoz;
Kam – lavlagi, sabzi;
Juda kam – sholg’omcha.
Turli sabzavot ekinlari tuproqdan oziq moddalarni turlicha o’zlashtirish xususiyatiga ega. Bu ko’rsatkich vegetasiya davrining uzun – qisqaligiga, ildiz Sistemasining tuzilishiga va boshqa biologik xususiyatlariga bog’liq. Masalan, karam oziq moddalarni tez o’zlashtirsa, piyoz, sabzi, lavlagi esa aksincha juda sust o’zlashtiradi, pomidor har ikkalasining oralig’ida.
Do'stlaringiz bilan baham: |