Sabzavot ekinlari berilgan o’g’itlardan ham oziq moddani turlicha o’zlashtiradi:
| N |
P2O5
|
K2O
|
Kechki karam -
|
60
|
30
|
80
|
Ertangi karam -
|
50
|
20
|
70
|
Bodring -
|
40
|
9
|
26
|
Sabzavot ekinlari tuproqdagi oziq moddalar nisbatiga ham turlicha talabchan bo’ladi. M: karam uchun birinchi o’rinda azot bo’lsa, ertapishar sabzavot ekinlari uchun, avallo juda ko’plab fosfor kerak bo’lsa, qishda uzoq muddatda saqlanadigan ekinlar uchun esa fosfor va kaliy kerak bo’ladi.
Ko’plab sabzavot ekinlari tuproqeritmasining reaksiyasi kuchsiz kislotali yoki neytralga yaqin bo’lgan muhitni yoqtiradi.
Sabzavot ekinlari tuproqtarkibidagi harakatchan alyuminiy miqdoriga juda talabchan bo’lib, uning miqdori 100 g da 3-4 mg dan kam bo’lmasligi kerak, ba’zi ekinlar uchun (piyoz, chesnok) 1 mg dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Qishloq xo’jaligida mahalliy o’g’itlar avvalo sabzavot almashlab ekish dalalari uchun ajratiladi. Turli tuproqzonalarida sabzavot ekinlari uchun har gektariga 20-60 tonnagacha go’ng qo’llaniladi.
Tuproqeritmasining reaksiyasiga sezgir bo’lgan sabzavot ekinlari: sabzi, piyoz, bodring organik o’g’itlarga juda talabchan bo’ladi. Lekin bu ekinlar uchun yangi yoki chirimagan go’ngni qo’llash tavsiya etilmaydi, go’ng ularni ildizmevasini shoxlanib ketishiga sabab bo’lib uning sifatini buzadi.
Shuning uchun ham piyoz uchun chirigan go’ngdan gektariga 30-40 t. Berish kerak. Bodring uchun aksincha, chirimagan yangi go’ngdan 60 t/ga berish tavsiya etiladi. Ertangi karam uchun go’ngni samaradorligi kam, chunki vegetasiya davri qisqa.
Sabzavot ekinlari uchun, vegetasiya davri uzoq bo’lsa yarim-chirigan go’ng berish kerak, ertangilari uchun esa yaxshi chirigan go’ng berish kerak yoki ularni go’ngni keyingi ta’siriga ekish kerak.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, organik o’g’itlarni sabzavot almashlab ekish dalasida birinchi navbatda bodring, keyin piyoz va karam (kechki va o’rtangi) uchun berish kerak. Yengil mexanikaviy tarkibga ega bo’lgan qumloq yerlarda go’ngni bahorda, og’ir mextarkibli tuproqlarda esa kuzda shudgorlashdan oldin berish tavsiya etiladi.
Tajribalarda aniqlanishicha, yerga solingan har 1 tonna go’ng pomidor hosilini 170-180, karam hosilini 150-160, kartoshka hosilini 85 – 90 va poliz ekinlari hosilini 180-190 kg ga oshirar ekan.
Xo’jalikda mahalliy o’g’itlar manbalari aniqlangandan keyin go’ng aylanish (oboroti) rejasi tuzilib, unda dalalar bo’yicha organik o’g’itlarni solish navbati ko’rsatiladi. Shu joyda bedapoya buzilgandan keyin to’rtinchi yili gektariga kartoshka ekiniga 50-60, sabzavotlarga 70-75 va poliz ekinlariga 80-90 tonna go’ng ishlatish rejalashtiriladi.
Go’ng almashish tizimiga kirmagan maydonlarga har yili muntazam ravishda kamida gektariga 20-25 tonna organik o’g’itberilishi kerak. O’simliklarni o’suv davrida ularni oziqlantirish maqsadida mineral-organik o’g’itlar berishda chiritilgan, yarim quruq va elangan go’ngdan foydalaniladi. Bunda har 1 kg ammiakli selitraga 2-2,5 kg elangan quruq go’ng aralashtirib solinadi yoki 1 tonna ammofos 1,5-2 tonna go’ngga aralashtirib beriladi.
Yerlarni shudgorlash oldidan, odatda yoz-kuz davomida to’plangan organik o’g’itlar solinadi. Qish va bahor oylarida to’plangan va chirishga ulgurgan go’ngdan yozda ekinlarni oziqlantirish paytida foydalaniladi. Xo’jaliklarda yozgi oziqlantirish mavsumida qo’y qiyi va parranda go’ngi mavjud bo’lsa, u vaqtda ulardan ekinlarni mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishda foydalaniladi. Bu o’z navbatida hosildorlikni oshirish va sabzavot ekinlari hosili sifatini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi.
Har xil sabzavot ekinlari uchun tuproq tiplari bo’yicha biron bir oziq elementining yetishmasligi nomayon bo’ladi.
Mineral o’g’itlarning samaradorligi bo’yicha sabzavot ekinlarini qo’yidagicha joylashtirish mumkin: lavlagi, karam, pomidor, bodring va piyoz. Turli xil tuproq-iqlim sharoitida olib borilgan tajirbalarning ko’rsatishicha har qaysi elementdan 60-90 kg/ga berganda sabzavot ekinlaridan qo’yidagicha qo’shimcha hosil olish mumkin:
- karam - 18 kg;
- lavlagi - sabzi - 12-15 kg;
- pomidor - 12 kg;
- bodring - 11 kg;
- piyoz - 7-8 kg.
Sabzavot va poliz ekinlarini vegetasiya davrida yaxshi oziqlanishini ta’minlash uchun, ya’ni o’simlikning oziq moddalarga bo’lgan ehtiyojini yoshlik davridan qondirish maqsadida o’g’itlar yillik me’yorini bir qismini yosh nihollarga yaqin solish, asosiy qismi esa o’simlik oziq moddaga talabi oshgan vaqtda solish kerak.
Mineral o’g’itlarning asosiy qismini yerlarni asosiy ishlash vaqtida 25-30 sm chuqurlikda berilgani ma’qul. Sabzavot ekinlari odatda dastlab tuproqqa 25-30 sm chuqurlikda solingan o’g’itlardan, ya’ni dalada ko’karib chiqqanidan keyin 20-30 kun o’tganda foydalana boshlaydi.
Sabzavot ekinlarining biologik xususiyati, ekish va o’tkazish usullari, shuningdek tuproqning xossasiga qarab o’g’itlarni qo’yidagi muddatlarda berish tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |