Bunda qanday xatarlar mavjud?
Birinchidan, alohida global samarasiz iqtisodiyotlar bir oz kattaroq global samarasiz iqtisodiyotga birlashadi.Ikkinchidan, YeOIIning og‘irlik markazi Rossiya tomonga monopolistik tarzda taqsimlanadi.Uchinchidan, global hamjamiyat bilan integratsiyalashuvning muqobil yo‘llarini rivojlantirish salohiyati pasayadi, chunki ittifoq qoidalari milliy davlat rivojlanish strategiyalarining serqirraligini cheklab qo‘yadi.To‘rtinchidan, YeOIIga qo‘shilish uchun kattagina qiymatda to‘lashga to‘g‘ri keladi: har qanday chuqur integratsiya YeOII bozorlarida ittifoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, uyg‘unlashtirish va joriy etish uchun sezilarli investitsiyani talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |