Mavzu: Rossiya iqtisodiyoti Reja: Rossiyaning aralash iqtisodiyoti


Rossiya iqtisodiyotining yirik hajmi va samaradorlik tanqisligi



Download 205,89 Kb.
bet10/11
Sana11.02.2022
Hajmi205,89 Kb.
#444198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rossiya iqtisodiyoti

Rossiya iqtisodiyotining yirik hajmi va samaradorlik tanqisligi
YeOII to‘g‘risida gapirganimizda, Rossiya iqtisodiyotining ko‘lamini hisobdan chiqarmasligimiz lozim. Rossiya YaIM hajmi bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM darajasi bo‘yicha 59-o‘rinda turadi. Bu qarama-qarshilikning sababi faqat bitta narsani — uning iqtisodiyoti yetarli darajada global raqobatbardosh emasligini anglatadi.Bunday yirik iqtisodiyotning samaradorligi bilan bog‘liq murakkabliklar va chaqiriqlar, shubhasiz, tashqi dunyodan kelmaydi, balki ichkaridan o‘sib chiqadi. Rossiya o‘z global kun tartibini mutanosib ravishda amalga oshirishga intilayotgan yirik va muhim geosiyosiy imperiya tizimi bo‘lib qolmoqda. Va bunda Rossiya iqtisodiyotining dunyodagi ulushi 2 foizni tashkil qilishi muhim emas.Mana shu 2 foiz – YeOII doirasida O‘zbekistonni ham qo‘shib hisoblaganda 84 foiz demakdir (1- va 2-jadvallar). Hattoki YeOII davlatlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini shartli ravishda teng deb olganimizda ham, Rossiyaning birgina iqtisodiy ko‘lami bizni hech bo‘lmaganda ehtiyotkorlikka chorlaydi. Rossiya iqtisodiyotining real yuqori raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini hisobga olsak, vaziyat yanada oydinlashadi. Iqtisodiy dominantlik, yumshoq kuch, YeOII davlatlari iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch va tuzilmalarning bir xilligi mavjud sharoitda Rossiyaning boshqa kichik iqtisodiyotlarni yutib yuborishi xavfi juda katta.
1-jadval. YeOII davlatlari va O‘zbekistonning tanlangan guruh YaIMdagi ulushi, 2000 y.

Manba: Jahon banki


2-jadval. YeOII davlatlari va O‘zbekistonning tanlangan guruh YaIMdagi ulushi, 2018 y.

Manba: Jahon banki
Tasavvur qiling, Rossiya iqtisodiyoti resurslar samaradorligining yuqori darajasida ishlaydi va Rossiya aholisi G‘arb mamlakatlaridagi kabi yuqori daromadga ega. Ana shunda YeOIIga a'zo boshqa davlatlar uchun Rossiya iqtisodiyoti – xo‘jalik tuzilmasini jadal qayta qurish va raqobatdoshlikning yanada yuqori darajasiga ko‘tarilish uchun kuchli manba bo‘la olardi. YeOIIning kichik xomashyoga asoslangan iqtisodiyoti Rossiyaning yirik va diversifikatsiyalangan bozorida talab katta bo‘lgan samarali sohalarni qurish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lardi. Tasavvurni davom ettiradigan bo‘lsak, agar Rossiyaning omadi kelib oxir-oqibat o‘z iqtisodiyoti bilan jiddiy shug‘ullansa, unda Markaziy Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi iqtisodiy-texnologik sharoit anchagina yaxshi tomonga o‘zgaradi, deb ta'kidlasa bo‘ladi. Shunda Rossiyaning yuqori samaraga ega iqtisodiyoti kichik iqtisodiyotlarni ezmasdan, balki ularning o‘sishi va diversifikatsiyasini rag‘batlantirgan bo‘lardi.Ammo bu bor-yo‘g‘i iqtisodiy xayolparastlik xolos. Amalda Rossiya atrofidagi kichik iqtisodiyotlar uzoq masofadagi rivojlangan iqtisodiy-texnologik platformalarga yetish uchun qattiq ter to‘kishi va ancha ko‘proq ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘p qutbli strategiyalaridagi xatoliklari ularni Rossiya iqtisodiyotining tarixiy orbitasiga yaqin masofada tutib turadi.

Download 205,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish