Mavzu: Rivojlanish falsafasi
REJA
Falsafada shakllanish, o’zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining mohiyati. Taraqqiyotning asosiy yo’nalishlari.
Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Rivojlanishning umumiy qonunlari.
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Umumiy aloqadorlik va rivojlanish kategoriyalari.
Tayanch tushuncha va iboralar: dialektika, aloqadorlik va boglanishlar, universal, strukturaviy, deterministik aloqadoliklar.
Borliq tug’risidagi falsafiy ta’limotga ko’ra, ma’lum bo’ladiki, butun borliq, garchi, xilma-xil bo’lsada, u ayni paytda bir butun xamdir. Xilma-xil borliqning bir butunligi to’g’risida muloxaza yuritar ekanmiz, bir kator savollar oldimizda kundalang buladi: borliq butunligining asosidav nima yotadi ? Xilma-xil borliqni butun xolatga keltiruvchi tamoyillar bormi? Agar bor bulsa, ular nimalardan iborat ? Modomiki, xilma - xillikdan iborat borliq bir butun ekan, binobarin bu xilma-xillik o’rtasida uzaro aloqadorlik va boglanishlar xam bo’lishi tabiiy. Demak, bu bog’likliklar nimalardan iborat ? Bu bog’likliklar, ravshanki, borliq rivoji va tarrakkiyoti rivojida xam namoyon bulsa kerak. SHunday ekan, aloqadorliklarning rivojlanishi jarayonida namoyon bo’lishi xususiyatlari nimadan iborat ? Va nixoyag, bularning barchasini aks ettiradigan va urganadigan ta’limotning mohiyati nimadan iborat ?
Ushbu savollar xar bir kishini hayoti davomida u yoki bu darajada uziga jalb kila oladigan, uylantiradigan muamolar sarasiga kiradi, okibatda ular insonning falsafiy fikr yuritish jihatlarini shakllantirishda muxim ahamiyat kasb etadi. Ana shu bois bu savollar yuzasidan bosh kotirish muayyan amaliy ahamiyatga xam ega.
Falsafada ushbu muammolarni urganadigan ta’limot dialektikadir.
Dialektika - borliq xilma-xilliklari o’rtasidagi umumiy boglanishlar, aloqadorliklar, butun xarakatlanishi, usishi, o’zgarishi va rivojlanishi to’g’risidagi ta’limotdir. Rivojlanish va taraqqiyot, uzaro aloqadorliklar esa tabiat , jamiyat va inson tafakkuriga xosdir. Binobarin, dialektika asosida borliq rivojlanishini urganish insonga uning mohiyatini chuqurrok anglash imkonini berish bilan birga dunyoni o’zgartirish yo’llarini xam kursatib beradi. Ana shu ma’noda dialektika metodologik kurol vazifasini xam utaydi.
Dialektika, avvalo, umumiy boglanishlar va aloqadorliklar to’g’risidagi fandir. U ni urganish dialektik fikr yuritishni shakllantiradi. Dialektik fikr deganda borliqdagi barcha narsa va xodisalarni uzaro bog’liklikda va aloqadorlikda xamda doimiy rivojlanish va taraqqiy etish jarayonida olib qarashdir.
Tabiatda xam kishilik jamiyatida xam inson tafakkurida xam xech bir xodisa yoki voqea o’zgarish yoki jarayon boshqa xodisa yoki voqealardan o’zgarish yoki jarayonlardan ajralgan aloxida, ularga bog’lik bulmagan xolda, ular bilan aloqadorliksiz mavjud bulmaydi. Aksincha, ularning barchasi doimo uzaro bog’liklikda buladi, bir-birini taqozo qilib turadi. SHuning uchun dialektikaning uzaro aloqadorlik prinsipi yalpi umumiy xarakterga ega. CHunki uzaroaloqadorlik va bog’liklik butun borliqka, ya’ni tabiat, jamiyat, inson tafakkuri xamda bilish jarayoniga xosdir, ayni paytda aloqadorlik va bog’likliklar uz ichiga kamrab olgan , moddiy va ma’naviy olamning cheksiz xolatlari boglanish va aloqadorlik tufayli mavjud.
Inson ana shu borliq xodisalarini bilar ekan, narsa va jarayonlarning mohiyatini urganar ekan, albatta, konkret narsa va xodisani bilish ob’yekti qilib tanlaganda ularni umumiy boglanishlardan fikran ajratadi. Ularga xos bo’lgan xossa va xususiyatlarni ochib berish uchun esa boshqa narsa va xodisalar bilan bog’liklarini aniklab, birga olib urganadi. Borliq predmetlari, xodisalari uzaro murakkab va uzviy bog’likda bo’lgani bois, ularni bilishda imkon kadar bu bog’liklik va aloqadorliklarni aniklab, ularga tayanib ish kurish lozim. Bilish dialektikasi buni taqozo qiladi. Bilishda bunday xar tomonlama yondashuvga erishish mutlak ma’noda juda kiyin bulsada, lekin aynan shunday talab, turli xatoliklar yanglish xulosalar chikarishdan asrab turadi.
Dialektik aloqadorlik va boglanishlar bir butun borliqni tashkil etgan predmet va xodisalar o’rtasidagina mavjud bo’lib kolmasdan, balki ularga tegishli bo’lgan barcha belgi xossa yoki xususiyatlar o’rtasida xam mavjuddir. Zero , narsa va xodisalar bog’likligi ularning belgilari yoki xususiyatlari o’rtasidagi chambarchas bog’likliklarga tayanadi.
Aloqadorlik va boglanishlar borliqning turli soxalarida turlicha namoyon buladi. Masalan makrodunyodagi boglanishlar sayyoralararo boglanishlar, organik olamdagi boglanishlar, kishilik jamiyatidagi bog’likliklar va x.k. Ular shu kadar rang- barang va uziga xoski, umuman olganda borliqning rang-barangligiga mos tushadi. Bu aloqadorlik va boglanishlarning muayyan turini konkret fanlar urganadi. Bunda xar bir fan borliq boglanishlarining muayyan turiga xos mohiyatini urganish bilan birga aloqadorlikning xali noma’lum, urganilmagan jihatlarini ochib beradi. Urganilayotgan aloqadorliklar borliqning boshqa soxalariga oid aloqadorliklar bilan birgalikda urganilsa, oralik soxalarni urganuvchi yangi fanlar xam paydo bo’lishi mumkin. Masalan, biofizika, geofizika, fizximiya va boshqalar shular jumlasidandir.
Kurinib turibdiki, turli fanlar bepoyon borliqdagi xilma-xil aloqadorliklar va boglanishlarning biron turini urganadi. Dialektika esa bir butun borliqka va uning turli kurinishlariga xos bo’lgan eng umumiy aloqadorlik va boglanishlarni urganadi. Dialektika urganadigan aloqadorliklar uch turda bo’lishini ta’kidlab utish lozim: 1) universal 2) strukturaviy 3) deterministik aloqadoliklar. Xuddi shu jihati bilan dialektika boshqa konkret fanlar dan farq qiladi.
Aloqadorlik va boglanishlar shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |